Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari ish faoliyatini avtomatlashtirishda web texnologiyalarning imkoniyatlarini qo’llash | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 27 апреля, печатный экземпляр отправим 1 мая.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: , ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №12 (407) март 2022 г.

Дата публикации: 27.03.2022

Статья просмотрена: 57 раз

Библиографическое описание:

Турениязова, А. И. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari ish faoliyatini avtomatlashtirishda web texnologiyalarning imkoniyatlarini qo’llash / А. И. Турениязова, А. А. Калбаева, А. Е. Шимбергенова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 12 (407). — С. 340-343. — URL: https://moluch.ru/archive/407/89745/ (дата обращения: 18.04.2024).

Mazkur maqolada fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari ish faoliyatini avtomatlashtirishda qo’llash mumkin bo’lgan axborot tizimi va ma’lumotlar bazasini yaratish jarayonlari qarab chiqilgan.

Kalit so’zlar: ma’lumotlar bazasi, axborot tizimi, web texnologiyalar, PHP, SQL, MariaDb, web interfeys.

В данной статье рассматривается процесс создания информационной системы и базы данных, которые могут быть использованы для автоматизации работы органов самоуправления граждан.

Ключевые слова: база данных, информационная система, веб‑технологии, PHP, SQL, MariaDb, веб-интерфейс.

Bugungi kunda axborot texnologiyalari rivojlanishini web texnologiyalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi sababi Internet tarmog’ining ommalashishi bilan ko’pgina axborot xizmatlari onlayn formatga o’tmoqda [1]. Web texnologiyalari deganda — web ilovalar hosil qilishda, web saytlar tashkil qilishda, tarmoqlarni qurishda foydalaniladigan texnologiyalar jamlanmasi tushuniladi [2].

Web texnologiyalarida quyidagi 3 ta asosiy tushuncha mavjud:

  1. Web sahifa — oʻzining unikal (takrorlanmas) adresiga ega boʻlgan va maxsus brauzer dasturlar orqali ochiladigan va koʻriladigan elektron hujjatdir.
  2. Web sayt — bir nechta web sahifalarning mantiqiy va funksional jihatdan birlashtirilgan sahifalar toʻplami.
  3. Web server — internet tarmogʻiga ulangan umumiy resurs va dasturlarni boshqaradigan kompyuter va bu kompyuterda murojaatlarni qayta ishlovchi dastur (masalan Apache) [1].

Web sahifa va web saytlar bilan ishlash uchun eng keng tarqalgan texnologiya WWW texnologiyasidir. Umumiy holda web texnologiyalarni quyidagi sxema koʻrinishida tasvirlash mumkin (1-rasm).

C:\Users\Begench\Desktop\web.jpg

1-rasm. Web texnologiyalarning sinflanishi

Shuningdek, axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasini yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmokda [3].

Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim oʻrin tutmoqda. Sababi, bugungi kunda jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, ma’lumotlarga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, ma’lumotlar bazasini tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir [3].

Ma’lumki, ma’lumotlar bazasi tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli maqsadlarda foydalanish juda qiyin edi. Dasturchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.

Ma’lumotlar bazasi tushunchasining paydo bo’lishi bilan bu muammolar hal qilindi va malumotlar bilan ishlash o’zining yangi darajasiga ko’tarildi. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash anchagina qulay bo’lganligi uchun u tez fursatlarda ommalashib hayotimizning har bir sohasiga kirib keldi va malumotlar bilan ishlashda asosiy qurolga aylandi.

Keyinchalik ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni yengillashtirish maqsadida axborot texnologoyalari sohasidagi yetakchi kompaniyalar tomonidan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari dasturiy majmuolari ishlab chiqildi. Bundan asosiy maqsad oddiy foydalanuvchilar uchun ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda qulayliklar yaratish edi [4].

Ma’lumotlar bazasi — bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan (strukturalashtirilgan) ma’lumotlarning nomlangan to’plamidir. Ma’lumotlar bazasi serverda joylashgan bir yoki bir necha fayllardan tashkil topgan bo’ladi va shu serverga yigʻiladi. Barcha ma’lumotlar soʻrovlar orqali nazorat qilinadi va kerakli ma’lumotlar so’rovlar orqali olinadi. Bu so’rovlar ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun yaratilgan maxsus dasturlash tili bo’lib u SQL tili deb nomlanadi.

SQL(Structured Query Language) — bu soʻrovlar tili bo’lib u ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda qo’llaniladi. Bu til koʻp operatorlardan tashkil topgan boʻlib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidagi ma’lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin [4].

Yuqorida aytilganlar kelib chiqib biz tadqiqot ishi mobaynida web texnologilarning imkoniyatlaridan foydalanishni maqsad qilib qo’ydik. Buning uchun dastlab ma’lumotlar bazasini ishlab chiqamiz va uning asosida PHP dasturlash tili yordamida ishlaydigan web interfeysga ega bo’lgan tizimni yaratamiz.

Tadqiqot ishida qaralayotgan tizim uchun yaratilgan ma’lumotlar bazasi 5 ta jadvaldan iborat bo’lib unig infologik modeli quyidagi rasmda keltirilgan (2-rasm).

2-rasm. Axborot tizimi uchun yaratilgan ma’lumotlar bazasining infologik modeli

Bu yerda eng asosiy jadval mahalla jadvali bo’lib qolgan barcha jadvallar ushbu jadval bilan kalitlar yordamida bog’langan va ularning har birida mos ma’lumotlar saqlanadi. Xususan, users jadvalida tizim foydalanuvchilari haqidagi umumiy ma’lumotlar saqlanadi, rais jadvalida mahalla fuqarolari yig’ini raisi haqidagi ma’lumotlar saqlanadi, murojaat jadvalida mahalla fuqarolari yig’iniga kelib tushgan murojaatlar saqlanadi, hodimlar jadvalida esa ushbu tashkilotda ishlayotgan hodimlar haqidagi ma’lumotlar saqlanadi.

Ma’lumotlar bazasini yaratish jarayonida axborot tizimlari uchun yaratiladigan ma’lumotlar bazalariga qo’yiladigan talablarning barchasi hisobga olindi va shu asosda normal darajalarga javob beradigan ma’lumotlar bazasi yaratildi. Ma’lumotlar bazasini yaratishda hozirga vaqtda keng tarqalgan MariaDB ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan shuningdek mazkur tizim bilan qulay web interfeys yordamida ishlash imkonini beradigan phpMyAdmin web ilovasidan foydalanildi.

Tadqiqot ishining keyingi bosqichida mazkur ma’lumotlar bazasi negizida axborot tizimi ishlab chiqildi. Tizimni ishlab chiqishda web texnologiyalardan foydalanildi. Bunda server tamonida skriptlarni amalga oshirish tili sifatida PHP dasturlash tili, brauzerda interfeys elementlarini yaratish uchun esa HTML, CSS va JavaScript tillari tanlandi.

Mazkur tizim foydalanuvchilar uchun murojaatlarni onlayn rasmiylashtirish imkonini yaratib beradi. Buning uchun tizimda maxsus sahifa yaratilgan bo’lib uning ko’rinishi 3-rasmda keltirilgan. Bundan tashqari mazkur tizimda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi hodimlari va raisi uchun ish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratildi. Ularning har biri alohida sahifa ko’rinishida ishlab chiqilgan.

3-rasm. Axborot tizimining “Murojaat jo’natish” oynasi ko’rinishi

Xulosa qilib aytganda bugungi kunda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko’rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish, ulardan kerakli ma’lumotlarni yig’ish, shuningdek ularning maummolarini o’rganishda Internet va web texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Mazkur tadqiqot ishida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari ish faoliyatini avtomatlashtirish uchun axborot tizimi ishlab chiqildi. Bunda bugungi kunda keng tarqalgan onlayn shakldagi xizmatlarni ko’rsatish amalga oshirildi va ish jarayonini avtomatlashtirishga erishildi.

Adabiyot:

  1. Aripov M. M., Muhammadiyev J.O’. «Informatika, information texnologiyalar» — T.: “O’zbekiston” NMIU, 2005.
  2. Кузнецов М. В. «РНР 5 на примерах» — БХВ-Петербург, 2005.
  3. Nazirov Sh., Ne’matov A., Qobulov R., Mardonova N. «Ma'lumotlar bazasi» — T.: “Sharq” NMAK, 2007
  4. Sattarov A. «Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi» — T.: «Fan va texnologiya» — T.: nashriyoti, 2006
Основные термины (генерируются автоматически): PHP, SQL, CSS, HTML, NMAK, NMIU, WWW, информационная система.

Ключевые слова

PHP, SQL, axborot tizimi, ma’lumotlar bazasi, web texnologiyalar, MariaDb, web interfeys

Похожие статьи

Создание BPM-системы на основе базы данных SQL при...

 Создание BPM системы на основе SQL базы данных при поддержке технологии REST API.

Маленькая компания или большая, у каждой компании есть своя информационная система

Так как система разрабатывается на SQL чистом, с минимальным использованием C Sharp в...

Разработка базы данных для отдела кадров в программе...

В данной статье рассматривается пример построения базы данных в программах «Erwin 4.0»., «IB Expert» для отдела кадров и её дальнейшая практическая реализация. Для создания базы данных «Кадры» автором были определены и описаны основные сущности и атрибуты, заданы...

Особенности применения баз данных и систем управления...

В статье раскрывается понятие и сущность баз данных и систем управления базами данных, описываются сферы и отрасли их применения, в том числе особенности применения для обработки экономической информации, а также приводится актуальный рейтинг наиболее...

Статьи по ключевому слову "информационная система..."

Анализ эффективности внедрения информационной системы на предприятии. Молодой учёный №24 (210) июнь 2018 г. — Коновалов М. В.

Значимость информационных систем в деятельности современного предприятия. Молодой учёный №17 (255) апрель 2019 г...

Алгоритмы веб-сервиса обработки сборок метаданных для...

Ключевые слова: PHP, SQL, cURL, многопоточная... Оптимизация взаимодействия web-приложения с базой данных... b. Трансляционная схема содержит правило обновления или вставки данных - программа производит модификацию базы данных в соответствии с правилами.

Реализация архитектурного шаблона MVC с использованием...

В статье рассматриваются особенности реализации и пример использования архитектурного шаблона MVC и шаблона «наблюдатель» для разработки веб-приложений на языке PHP.

Разработка интеллектуальных средств поддержки веб-порталов...

Основные термины (генерируются автоматически): CMS, HTML, PHP, указанная возможность, CSS, IDE, отладка, программная реализация

Информационно-компьютерное сопровождение бизнес-процессов... В данной статье представлены результаты реализации программного...

Управление техническими системами с помощью web-интерфейса

Любую автоматическую систему управления техническими системами разных уровней сложности (от роутера в домашней сети до гидроэлектростанции) можно в конечном итоге разделить на 3 основных уровня иерархии.

Выбор языка программирования для разработки серверной части...

Реализованы версии JVM для всех существующих операционных систем. PHP-скрипты обычно обрабатываются интерпретатором в порядке

Производительность информационной системы, в первую очередь, зависит от языка и инфраструктуры, на которой она написана...

Задать вопрос