«Quyuv-mexanika zavodi» ShK da ishlab chiqarilayotgan yuk vagonlarining turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilish | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 30 ноября, печатный экземпляр отправим 4 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

«Quyuv-mexanika zavodi» ShK da ishlab chiqarilayotgan yuk vagonlarining turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilish / Х. А. Рахматов, С. Б. Намозов, Ф. Ф. Музаффаров [и др.]. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 6 (401). — С. 297-301. — URL: https://moluch.ru/archive/401/88659/ (дата обращения: 19.11.2024).

Bu maqolada O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 12–9922 modelidagi 4-o‘qli universal yarim vagon va 11–9923 modelidagi 4-o‘qli yopiq vagonni turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilindi. Tahlil egri uchastkalarda bo'sh vagon harakati paytida ta’sir qiluvchi dinamik kuchlarni hisobga olgan holda amalga oshirildi. Hisoblarga ko'ra, vagonning turli egrilik uchastkalari bo'ylab xavfsiz o'tishi uchun ma'lumotlar olingan.

Kalit so’zlar: egrilik, barqarorlik koeffisenti, vagonning egrilikdan tashqariga ag‘darilishi, inersiya kuchlari, «QMZ» ShK.

Целью исследования было проверить устойчивость вагонов моделей 12–9922, 11–9923 производство ДП «Литейно-механический завод» от опрокидывания при движении в кривых участках пути. Анализ проведен с учетом действующих динамических сил при движении порожнего вагона в кривых участках. Согласно расчетам получены данные для безопасного прохода вагона по различным кривым участкам.

Ключевые слова: крытый вагон, полувагон, ДП «ЛМЗ», устойчивость, прочность от опрокидывания, коэффициент устойчивости, силы инерции.

Temir yo‘l izlari o‘zgaruvchan to‘g‘ri va egri uchastkalardan iborat. Vagon yo‘lning egri uchastkalaridan harakatlanganda unga markazdan qochma kuch ta‘sir qiladi. Markazdan qochma kuch, shamolning bosim kuchi va kuzovning yonlama tebranishi natijasida yuzaga keladigan ko‘ndalang inersiya kuchlari bilan birgalikda tashilayotgan yukga noqulayliklar keltirib chiqaradi. Kuzovning tebranishi ressorralarda moment xosil qiladi natijada vagon egrilikdan tashqariga, nisbatan kamroq yuklangan g‘ildirak esa egrilik ichkarisiga og‘adi [1].

R radiusli egri uchastkalarda markazdan qochma kuchning ta‘sirini qoplash uchun tashqi rels ichki relsdan yuqoriroq yotqizilgan. Egri uchastkada tashqi relsning maksimal ruxsat etilgan balandligi 150 mm [2].

Tashqi relsning balandligi h odatda ikkala g‘ildiraklarning vertikal yuklamalari relsning kallagiga bir xil bo‘lishi sharti bilan aniqlanadi. Demak,

(1)

bu yerda:

— markazdan qochma kuch,

m — vagon massasi,

2s — koleya eni,

α — relsning balandlik burchagi.

C:\Users\sohib\Desktop\image_2022-01-17_15-56-17.png

Rasm 1. Egrilik bo‘ylab harakatlanayotganda harakatlanuvchi tarkibga ta’sir qiluvchi kuchlar

Vagonning ag'darilishiga qarshi barqarorligi uni loyihalashda g'ildiraklarning relslar bilan o'zaro ta’sir kuchlarining nisbati asosida shartli mezon bo‘yicha hisoblash yo‘li bilan baholanadi.

Vagonning egrilikdan tashqariga ag‘darilishga vagonning barqarorligi holatini tekshirish uchun markazdan qochma kuch va vagonning barqarorlik koeffitsientini aniqlash kerak. Hisoblash vagonni bo‘sh holatida uchun amalga oshiriladi, chunki bo‘sh vagon kamroq barqaror hisoblanadi [3].

Tashqi egrilikga nisbatan barqarorlik koeffitsientini hisoblashning umumiy algoritmi.

Bo‘sh holatdagi vagon kuzoviga yo‘nalgan markazdan qochma kuch quyidagi formula bilan aniqlanadi.

(2)

bunda:

v = 15….33 — vagonning harakatlanish tezligi, m/s

h = 0,15 egrilikda tashqi relsning balandligi, metr

Kuzovga ta’sir qiladigan shamol bosim kuchini aniqlash, N.

Bo‘sh holat uchun rels bosh qismidan bir xil balandlikdagi teng ta‘sir qiluvchi shamol bosim kuchi va markazdan qochma yuklamalar nuqtasini aniqlash, metr

(3)

Bunda

= 1.8 bo‘sh holat uchun rels bosh qismidan yuqorida joylashgan markazdan qochma yuklama nuqtasining balandligi, metr;

= 1.98 rels bosh qismidan yuqorida joylashgan shamol bosim kuchi nuqtasining balandligi, metr;

Kuzovga yo‘nalgan shamol bosim kuchini aniqlaymiz

(4)

bunda:

F — kuzov yon proyehsiyasining hajmi, m 2 ;

= nisbiy shamol bosimi, Pa.

Bo‘sh holat uchun yon kuchlarning kuzovning og‘irligiga nisbatini aniqlash

(5)

Bo‘sh holat uchun yon kuchlar ta’sirida vagonning massa markazini ko‘ndalang siljishini aniqlash

(6)

bunda: = — g’ildirak juftligi o‘q bo‘yinchasi markazlari orasidagi masofaning yarmi, metr

(7)

bunda: r = 0.478 vagon g‘ildiragi radiusi

Egrilik bo‘ylab harakatlanayotganda vagonning ag‘darilishga qarshi barqarorlik koeffitsientini aniqlash

(8)

— barqarorlik koeffitsentining ruxsat etilgan qiymati [4].

Hisob-kitob 11–9923 modelidagi yopiq vagon va ixtisoslashgan yarim vagonlar uchun mo'ljallangan [5]. Texnik xususiyatlar 1-jadvalda keltirilgan.

Jadval 1

Vagon texnik xususiyatlari

Ko‘rsatkichlar

12–9922 modelidagi 4-o‘qli universal yarim vagon

11–9923 modelidagi 4- o‘qli yopiq vagon

Yuk ko‘tarish qobulyati. t

70

65

Tara, t

23.5

28.5

Kuzov hajmi m 2

92

158

Vagon bazasi m

8.65

14.14

O‘qga tushadigan o‘g‘irlik kN

235.0

235.0

Kuzov, mm:

balandligi

uzunligi

2800

12674

3385

17680

Konstruksiaviy tezligi km/s,

120

120

Vagon bazasi mm,

8650

14170

Barqarorlik koeffitsientini hisoblash natijalari 2–3 jadvallarida keltirilgan.

Jadval 2

12–9922 modelidagi 4-o‘qli universal yarim vagonining hisoblash natijalari

Egrilik radiusi R,m

Tashqi rels balandligi h,mm

Maksimal tezlik V, m/s

Vagonni hisoblangan barqarorlik koeffitsienti

Tezlik bo‘yicha o‘rnatilgan cheklov V, m/s

250

150

33

1.203

28

300

150

33

1,337

29

350

150

33

1,363

31

400

150

33

1,374

33

450

120

33

1,470

33

500

90

33

1,543

33

600

30

33

1,628

33

800

0

33

1,890

33

1000

0

33

2.170

33

Jadval 3

11–9923 modelidagi 4-o‘qli yopiq vagonining hisoblash natijalari

Egrilik radiusi R,m

Tashqi rels balandligi, h,mm

Maksimal tezlik, V, m/s

Vagonni hisoblangan barqarorlik koeffitsienti

Tezlik bo‘yicha o‘rnatilgan cheklov V, m/s

250

150

33

1.148

26

300

150

33

1,180

28

350

150

33

1,195

30

400

150

33

1,329

30

450

120

33

1,267

32

500

90

33

1,260

33

600

30

33

1,281

33

800

0

33

1,494

33

1000

0

33

1,671

33

Tadqiqotni tahlil qilgandan so‘ng, shunday xulosa qilish mumkin ya’ni kichik radiuslarda (250÷400) 12–9922 va 11–9923 modelidagi vagonlar uchun tashqi relsning maksimal ruxsat etilgan balandligi talab qilinadi, chunki nisbatan kamroq balandlikda harakatlanayotgan harakat tarkibi ag‘darilib ketishi mumkin. Bundan tashqari, xavfsiz harakatlanish uchun o‘rnatilgan tezlik chegarasiga rioya qilish kerak.

R=250 m egrilikda va maksimal balandlik bilan 12–9922 modelidagi universal yarim vagon uchun tezlikni 28 m/s ga qadar, 11–9923 modelidagi yopiq vagon uchun esa tezlikni 26 m/s ga qadar cheklash kerak. R=300 m egrilikda 12- 9922 modelidagi universal yarim vagon uchun tezlik 29 m/s gacha bo‘ladi, 11–9923 modelidagi yopiq vagon uchun 28 m/s gacha tezlikni cheklash, R=350 m va balandlik h=150 mm bo‘lganda 12–9922 modelidagi universal yarim vagon uchun harakatlanish tezligini 31 m/s gacha 11–9923 modelidagi yopiq vagon uchun esa tezlikni 30 m/s ga qadar cheklash kerak bo‘ladi. R=400 m egrilikda va maksimal balandlik bilan 12–9922 modelidagi universal yarim vagon uchun tezlikni 33 m/s ga qadar, 11–9923 modelidagi yopiq vagon uchun esa tezlikni 30 m/s ga qadar cheklash kerak.

Radiusning (450÷1000) yanada oshishi bilan tashqi relsning balandligi harakat tarkibining harakatlanish tezligini chegaralanmaydi va vagonni ag‘darilish ehtimoli kamayib boradi. R=450 egrilik uchun tashqi relsning balandligining optimal qiymati h=120 mm, R=500 egrilik uchun h=90 mm, R=600 egrilik uchun h=30 mm, R=800, R=1000 uchun tashqi relsning balandligi talab etilmaydi.

Adabiyot:

  1. Рахимов Р. В. Проверка точности восстановления вертикальных нагрузок от колеса на рельс по напряжениям в двух сечениях рельса на стенде / Р. В. Рахимов, А. А. Петров // Транспорт Российской Федерации. — 2018. — № 4 (77). — С. 55–58.
  2. Waail M. L. Investigated the strength of rolling stock as a fuzzy function / M. L. Waail, R. V. Rahimov // ToshTYMI Axboroti. — 2019. — № 3. — P. 43–49.
  3. Sement tashuvchi vagon-xopperni ag‘darilishga qarshi mustahkamligini aniqlash / H. A. Rahmatov, F. F. Muzaffarov, S. B. Namozov [et al.] // Молодой ученый. — 2022. — No 1(396). — P. 312–317.
  4. Вершинский, C. B. Динамика вагона / C. B. Вершинский, В. Н. Данилов, В. Д. Хусидов. -М.: Транспорт, 1991. — 360 с.
  5. Нормы для расчета и проектирования новых и модернизируемых вагонов железных дорог МПС колеи 1520 мм (несамоходных). — М.: ГосНИИВ-ВНИИЖТ, 2005. — 317 с.

Ключевые слова

egrilik, barqarorlik koeffisenti, vagonning egrilikdan tashqariga ag‘darilishi, inersiya kuchlari, «QMZ» ShK

Похожие статьи

Sement tashuvchi vagon-xopperni ag‘darilishga qarshi mustahkamligini aniqlash

Tadqiqotning maqsadi sement tashuvchi vagon-xopperning a‘g‘darilishiga qarshi mustahkamligi hisobini tekshirish. Tadqiqotlar ishlari “Yangi va modernizatsiya qilingan vagonlarni hisoblash va loyihalash standartlari, Rossiya Federatsiyasi (RF) Temir y...

Vagonlar guruhini yuk ob’yektlariga uzatish va olib chiqish texnologik amallarini bajarishda manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligini aniqlash usuli

Mavjud ilmiy ishlarlarda manyovr lokomotivlarining band bо‘lish vaqtini aniqlash uchun stansiya sutkalik ish reja-grafigini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Ushbu maqolada temir yo‘l stansiyasi yo‘llarida yuk obyektlari talablari bo‘yicha jamlangan va...

Jigar, uning inson organizmidagi vazifalari va ahamiyati

Mazkur maqolada tirik organizmlaning ichki organlaridan biri jigar haqida haqida fikr yuritilgan. Jigar tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlaridan biri. U ovqatni hazm qilishga yordam beradi, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez...

Boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо‘lib, bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо‘nikmalari, vazifalari, shuningdek kasb tanla...

O‘zbekiston respublikasining mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligi, xususan mintaqaviy tashkilotlar doirasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida olib borayotgan izchil aloqalari va sa’y harakatlari ilmiy asosda o’rganilgan. Bunda O’zbekiston Respubli...

Xitoy va Аfg‘oniston hamkorlik munosabatlarida Shanxay hamkorlik tashkilotining o‘rni va ahamiyati

Mazkur maqolada Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) doirasida Аfg‘oniston bilan aloqalari ochib berilgan. Unda ShHTning bugungi kundagi geosiyosiy ahamiyati, tashkilot doirasida Xitoyning Аfg‘oniston bilan aloqalari tiziml...

Shaxmat o’rgatish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchi qizlarning mantiqiy fikrlash va shaxsiy sifatlarini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari

Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchi qizlar, maktabgacha va oilada shaxmat o’rganish orqali mantiqiy fiklash, shaxmat bilan shug’ullangan bolaning bo’sh vaqti, barcha fanlarni o’zlashtirishi osonlashtiradi, intellektual salohiyat yuksaladi, qobiliyat...

Uch fazali qisqa tutashtirilgan kuch avtotransformatorining nosemmetirik rejimlarini matlab simulingda tadqiq qilish

Ushbu maqolada uch fazali kuch avtotransformator qisqa tutashuvli tadqiqotlar uchun matlab Simulink programmasi asosida ilmiy tadqiqot ishlari ko'rsatilgan. Uch fazali qisqa tutashuv nosozlik uchun modeli natijalari simmetrik komponentlar natijalari ...

Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotg...

Qovoq o’simligining kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlari

Ushbu maqolada qovoqdoshlar (Cucurbitaceae Juss.) oilasining qovoq (Cucurbita L.) turkumiga kiruvchi madaniy qovoq turlari, ularning O’zbekistonda, jumladan, Andijon viloyatida eng ko’p ekiladigan navlarining botanik tavsifi, morfologiyasi, fenologiy...

Задать вопрос