Umumta`lim fanlarining o’qitilishida interfaol usullarning qo’llanilish samaradorligi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Хусанова, Х. С. Umumta`lim fanlarining o’qitilishida interfaol usullarning qo’llanilish samaradorligi / Х. С. Хусанова, Н. Б. Ахмедова, К. Н. Нормаматова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 5 (400). — С. 427-429. — URL: https://moluch.ru/archive/400/88538/ (дата обращения: 17.12.2024).

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida umumta`lim fanlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda umumta`lim fanlarini o’qitish sifatini ta`minlashda turli innovatsion metodlardan foydalanish orqali belgilangan natijalarga erishish.

Kalit so’zlar: ta`lim, globallashuv, interfaol usul, ta`lim texnologiyasi, dars.

В статье описано формирование высокого уровня общего образования у молодежи нашей страны в процессе достижения желаемых результатов за счет использования различных инновационных методов в обеспечении качества преподавания общеобразовательных дисциплин.

Ключевые слова: образование, глобализация, интерактивный метод, урок.

Ta`lim sohasining XX asr so’nggi choragidan boshlab dunyo miqyosida shiddatli rivojlanishi uning inson va jamiyat taraqqiyotida dolzarb o’rin tutganidan dalolat beradi. Aynan ta`lim orqali asrlar davomida insoniyat jamiyatining madaniy merosi avloddan-avlodga o’tib keladi, professional bilim va saviyaga erishiladi, shuningdek, xalqning ma`naviy qiyofasi va umuminsoniy bag’rikenglik tamoyillari shakllantiriladi.

Ta`kidlash kerakki, globallashuv sharoitida ta`lim saviyasi dunyo miqyosida tobora rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyatida insonlarning hayot faoliyatiga ham uzviy ta`sir o’tkazib, jumladan, sog’ligiga ahamiyat qaratish, siyosiy faollik, yangiliklarni o’zlashtirish tezligi, zararli g’oyalarni ongli tahlil qila olish qobiliyati va boshqalarda yorqin namoyon bo’ladi. Bunday tarixiy sharoitda dunyo miqyosida ta`limning ahamiyati izchil oshib, u nafaqat iqtisodiyotni, balki butun jamiyatni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda eng muhim omillardan biriga aylandi.

Ta`limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta`lim markazida bo’lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta`minlash uchun ta`lim muassasalarida yaxshi tayyorgarlik ko’rgan va o’z sohasidagi bilimlarini mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o’quv va tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalaninsh qoidalarini biladigan o’qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o’qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va olgan bilimlarining o’quv-tarbiyaviy mashg’ulotlarda qo’llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim.

O’qitishdan ko’zlangan maqsad bu davlat ta`lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarni o’quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o’quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa o’qish muvaffaqiyatli kechadi deb hisoblasa bo’ladi. Ma`lumki, ta`lim olish jarayoni-ma`naviy va aqliy qobiliyatlarni ta`limni rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimlardan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir.

https://hozir.org/xorazm-viloyat-pedagog-kadrlarini-qayta-tayyorlash-va-malakasi/19573_html_m5b189149.gif

Rasm 1. O`qituvchining o`z darsi oldiga qo`ygan maqsadilari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Innovatsiya, bu-kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g’oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak” — deb aytganlari umumta`lim fani o’qituvchisini ma`lum zaruriy bilimlar bilan qurollangan bo’lishi bilan birga shu bilimlarni o’quvchi va talabalar ongiga singdirishda yangi texnologiyalar, innovatsiyalar olib kirmog’i lozimligini ta`kidlaydi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi [1].

Interfaol — “o’zaro harakat qilmoq” yoki kim bilandir suxbat, muloqot tartibida bo’lishni bildiradi. Bunday darslarda o’qituvchining o’rni qisman o’quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi.

Darslarni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklari:

— O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi;

— O’z vaqtida o’quvchi — o’qituvchi orasida ta`limiy aloqalar o’rnatiladi;

— O’qitish usullari ta`lim jarayonida turli xil ko’rinishlarda kechadi.

Bugungi ta`lim-tarbiya jarayoni o’zida innovatsion texnologiyalarni mujassam etishi — davrimiz talabiga aylanib ulgurdi. Buning sababi shundaki, ilm-fan, texnika taraqqiyotining juda tez rivojlanishi natijasida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi, ulardan ta`lim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi ta`lim jarayoniga texnologik yondoshish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.

Ta`lim muassasalarida o’quvchi yoshlarga xorijiy tillarni o’qitishda ham aynan zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida darsni tashkil etish va olib borish ta`lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Innovatsiya bu yangilik kiritish ma`nosini anglatsa, texnologiya bu san`at va mahorat demakdir. Pedagog o’z mahorati, tajribasi va aql-zakovati bilan darsga ijodkorona yondoshib, yangilik olib kirishi lozim. Bu borada darsda interfaol metodlardan foydalanish ko’zlangan natijani beradi. Interfaol metodlar — bu jamoa bo’lib fikrlashdir, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo’lib ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida ta`lim berishning ma`nosi shuki, yangilikka intilgan holda darsni mahorat bilan o’tish qobiliyatidir. Bunda an`anaviy ta`limdan farqli o’laroq, ta`lim oluvchining mustaqil fikr yuritishiga keng imkon beriladi. O’quvchilarning dars jarayoniga, fanlarga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishda quyidagi texnologiyalardan foydalanish mumkin:

“Aqliy hujum” metodi — o’qituvchi o’quvchi egallashi kerak bo’lgan mavzuni oddiydan murakkabga tomon bosqichma-bosqich loyihalab beradi;

“Tarmoqlar” metodi — o’quvchini mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga qaratilgan;

“3×4” metodi — o’quvchilarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g’oyalarni bera olishi, ta`lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olishi, ta`rif bera olishiga qaratilgan;

“Blits-o`yin” metodi — harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma-xil fikrlardan, ma`lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan [2].

Chet tillarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarning darsda faol ishtirokini ta`minlash uchun zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, interfaol va didaktik o’yinlar hamda mashq turlarini qo’llash har bir mashg’ulotning yuqori samaradorligini ta`minlashga xizmat qiladi. Til o’rgatish pedagog-o’qituvchilardan katta mehnat va mahorat talab qilgani holda, avvalo o’quvchini shu fanga qiziqtira olish zarur. O’yinlar o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash bilan birga ulardagi tezkorlik, ziyraklik va topqirlik jihatlarini ham rivojlantiradi. Shuningdek, dars davomida quyidagi o’yin turlaridan foydalanib, o’quvchilar qiziqishi va faolligini oshirish mumkin:

Last Man Standing (Oxirgi qolgan odam). Bu o’yin tezkor o’yin hisoblanadi. Lekin o’quvchilarga o’ylash uchun biroz vaqt beradi. Bu o’yin birgalikda o’rganishga undaydi, ya`ni boshqa o’quvchilar so’zlayotganida qolgan o’quvchilar o’zlari so’z o’ylayotgan bo’lishadi. O’yinni o’ynash uchun sizga koptokcha kerak bo’ladi va hamma o’quvchilar doira shaklida turib olishlari kerak. Birorta mavzu tanlashingiz kerak bo’ladi. Masalan: Things found in a kitchen, food, profession va hokazo [3].

Pictionary. Ko’pchilik ingliz tilida so’zlashuvchilar Pictionary, rasm chizish o’yini bilan yaxshi tanish. Rasm chizish maqsadi uchun siz oddiy doska yoki oq magnit doskadan foydalanishingiz mumkin. Sinfni 2 guruhga bo’lib va har bir jamoa uchun doskadaning bir tomonida jadval chizing. Siz jamoalarning ballarini shu yerga yozib borasiz. A jamoadan bir kishi chiqadi. Va ko’pgina teskari o’girilgan so’zlardan bittasini tanlaydi va shu so’zni doskaga chizib beradi va boshqalar topishi kerak bo’ladi.

Charades. Charades o`yini Pictionary o’yiniga o’xshash lekin asosiy farqi bunda so’z ifodalash uchun rasm emas harakatlardan foydalaniladi. Bu o’yin o’quvchilaringiz sust, zerikkan va uyqusi kelgan vaqtlarda juda qo’l keladi [4].

Xulosa. Pedagogik interfaol usullarning yana bir afzal tomoni shundaki, guruhdagi barcha o’quvchilarning birdek faol qatnashishiga, erkin va mustaqil fikr yuritishiga yordam berib, ularning ijod va izlanishga jalb etilishini, fanga bo’lgan qiziqishning oshib borishi hamda ta`lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi harakatini ta`minlaydi. Ta’lim tizimining oldida turgan asosiy vazifalaridan biri ham chet tillarni o’qitishda zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalaridan foydalangan holda ilg’or uslublarni joriy etish hisoblanadi. O’qitishdagi pedagogik interfaol usullar ham taraqqiyot omili bo’lib xizmat qiladi.

Adabiyot:

  1. SH. M. Mirziyoev “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. T.:O’zbekiston 2017.
  2. Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari. M.Kamoliddinov, B. Vahobjonov. O’quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent, “Talqin” 2010.
  3. Maktabgacha ta`limda metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi. N. N. Djamilova. O’quv qo’llanma. Toshkent 2017.
  4. “Learning vocabulary by means of visualization”. / Ed. LV Bankevich. Leningrad: Publishing Mouse of Leningrad University, 1984.
Основные термины (генерируются автоматически): панель управления, ваш компьютер, ваш ребенок, нежелательная почта, учетная запись, MSN, открывшееся меню, автоматическое обновление, нежелательная информация, появившееся окно.

Ключевые слова

dars, ta`lim, globallashuv, interfaol usul, ta`lim texnologiyasi

Похожие статьи

Gazetasi sarlovhasining o'rganilish tarixi va undagi murojaat so'zlarining ishlatishi (misrning «al-Ahram» gazetasi asosida)

Ushbu maqolada gazeta va unda yoritilayotgan axborotlar sarlavxasi tarixi ko’rib chiqilgan hamda sarlavxa tanlashda nimalarga e’tiborish kerakligi ochib berilgan

Ingliz tilini o'qitishdagi zamonaviy ta'lim texnologiyalari

Ushbu maqolada til va uni o’rganishda foydalaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan bir nechtasi yoritib berilgan.

Tarix fanining o’qitilishida tarixiy davrlarni solishtirish jarayonlarining ahamiyatli jihatlari

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida tarixiy bilimlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda O’zbekiston tarixi fanini o’qitish sifatini ta’minlashda vatanimiz tarixining turli davrlarini solishtirish jarayoni orqali qoloqlik va taraqqiyot omilla...

Nutqni tanishda sphinx tizimini qo’llashning ahamiyati

Ushbu maqolada nuqtni tanishning online API lari, ularning imkoniyatlari va kamchilik tamonlari, nuqtni tanish tizimlarida offline ishlovchi Sphinx tizimidan foydalanishning afzallik tamonlari to’g’risida so’z yuritilgan.

Turizm sohasi rivojlanishining ayrim muammolari

Maqolada turizmning rivojlanishi bilan uning yangi turlari va yo’nalishlarining vujudga kelishi ham mazkur soha statistikasini yuritishdagi ayrim muammolar yoritilgan.

Krеmniydа VI-guruh elementlari diffuziyasi

Ishda kremniyda VI-guruh elementlari uchun diffuziya jarayonlari ko’rib chiqiladi va bu elemenlar uchun noma’lum parametrlarni aniqlashga imkon beruvchi umumiy ifoda olingan.

Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan fizika fanida ishlash

Ushbu ishda biz o'qituvchilik faoliyatining boshida yosh o'qituvchida yuzaga keladigan muammolarni ko'rib chiqamiz.

O’quv maqsadlarini ifodalashda Blum toksionomiyasidan samarali foydalanishning innovatsion usullari

Ushbu maqolada maullif Blum toksionomiyasini ta’lim jarayoniga tadbiq etishning samarali usullarini bayon qiladi. Pedagogik texnologiyaning muhim omillaridan biri hisoblangan o’quv maqsadlarini aniqlashda Blum toksionomiyasining roli va ahamiyatini t...

Quyosh elementlarining optik xususiyatlarini yaxshilash usullari

Ushbu maqolada, quyosh elementlarini optik xususiyatlarini optimallashtirish uchun qo’llaniladigan texnik yechimlarning nazariy asoslari berilgan.

Ijodiy salohiyatni yuksaltirishda Corel Draw grafik muharririni o`rganishning ahamiyati

Mazkur maqolada Corel Draw vektorli grafika dasturini o`rganish usullari va uning o`quvchilarning ijodiy salohiyatlarini rivojlantirishdagi roli qaraladi.

Задать вопрос