Amudaryo havzasidagi nasos stansiyalar texnik suv ta’minoti tizimi tahlili («Quyimozor Yordamchi» nasos stansiyasi misolida) | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №48 (390) ноябрь 2021 г.

Дата публикации: 29.11.2021

Статья просмотрена: 417 раз

Библиографическое описание:

Мирзаев, М. А. Amudaryo havzasidagi nasos stansiyalar texnik suv ta’minoti tizimi tahlili («Quyimozor Yordamchi» nasos stansiyasi misolida) / М. А. Мирзаев, Х. Э. Эргашев. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 48 (390). — С. 552-555. — URL: https://moluch.ru/archive/390/85929/ (дата обращения: 16.12.2024).

Respublikada sug‘orma dehqonchilik qilinadigan maydonlarning qariyib 78 % ga yaqini mashinali suv ko‘tarish tizimi yordamida sug‘orilishini ta’minlash uchun nasos stansiyalaridan foydalaniladi. Yangi nasos stansiyalarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash ishlarini sifatli olib borish xamda yangi texnologiyalarni tatbiq etish yo‘nalishi bo‘yicha keng qamrovli tadbirlar amalga oshirish, qishloq xo‘jalik ekinlari uchun kafolatlangan suvni yetkazib berilishini ta’minlaydi. Nasos stansiyalarini majburiy to‘xtatishlar suvni o‘z vaqtida yetkazib berilmasligiga va buning natijasida qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini tushib ketishiga olib keladi. Quyimozor yordamchi nasos stansiyasida olib borilgan tadqiqot va kuzatuv ishlari, texnik suv bilan ta’minlash tizimiga o‘rnatilgan tozalash (filtr) tizimining iflosliklar bilan to‘lib qolishi, nasos qurilmalarini majburiy to‘xtatishlarga olib keluvchi asosiy sabablardan biri ekanligi aniqlandi.

Kalit so‘zlar : nasos, favqulotda o’chirish, nasos stansiya, texnik suv ta’minoti, gidrosiklon, filtr, bosimli quvur, agregat, salnik.

Насосные станции используются для орошения около 78 % орошаемых земель в стране с помощью механических насосных систем. Строительство и реконструкция новых насосных станций, реализация комплексных мероприятий по качеству ремонтных работ и внедрение новых технологий обеспечат гарантированную подачу воды для посевов. Обязательные остановки насосных станций приводят к несвоевременной подаче воды и, как следствие, снижению урожайности сельскохозяйственных культур. Исследования и мониторинг на вспомогательной насосной станции выявили, что загрязнение фильтровальной системы, установленной в системе технического водоснабжения, явилось одной из основных причин вынужденного отключения насосного оборудования.

Ключевые слова : насос, аварийный останов, насосная станция, технический водопровод, гидроциклон, фильтр, напорная труба, агрегат, сальник.

Kirish. Texnik suv ta’minoti tizimi elektr dvigatellarning sovutgichlari, podshipnik va panja osti tayanchlari moy idishlari sovutgichlarini bir me’yorda ishlashini ta’minlash, nasoslarni radial (sirpanuvchi) podshipniklarini moylash, kompressor qurilmalari va kuch transformatorlarni sovutish uchun xizmat qiladi.

Texnik suv taminoti uchun nasos stansiyaning suv chiqarish yoki suv olish inshooti suv manbasi hisoblanadi. Nasos stansiya uzatadigan suvda loyqa miqdori ko‘p bo‘lgan hollarda asosiy nasoslarning podshipniklarini moylash uchun texnik toza suv tindirgichdan olinadi. Ba’zi hollarda vertikal quduqlardagi yer osti suvlardan foydalanish mumkin.

Me’yoriy texnik xujjatlarda keltirilishicha nasos stansiyalarini texnik suv bilan ta’minlashda quyidagi usullar qo‘llaniladi:

a) nasoslarning napori 10 m dan kichik bo‘lganda pastki b’efdan suv oluvchi qo‘shimcha nasoslar qo‘llash;

b) nasoslarning napori 10…50 m gacha bo‘lganda yuqori b’efdan suv oluvchi o‘zi oqar tizim qo‘llash;

v) nasoslarning napori 50 m dan yuqori bo‘lganda yuqori b’efdan suv olish va napor pasaytiruvchi uskunalar qo‘llash;

Ma’lumki Amudaryodan oqib kelayotgan suvning tarkibida loyqa miqdori yuqori bo‘lib, ba’zi bir hollarda 7–9 gr/l gacha boradi. Nasos stansiyasi jihozlarining ishonchli ishlashi uchun texnik suvni turli xil mexanik zarrachalardan tozalab yetkazib berish lozim.

Texnik suv bilan sovutish tizimida suv oqimini doimiy nazorat qiluvchi rele va harorat datchiklari o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida podshipnik va tovon ostki tayanchlarni sovutish va moylash ishlatiladigan suvning napori va sarfi aniqlanadi va boshqarilib turiladi. Texnik suv ta’minoti uchun suv texnik toza, qattiq va mexanik zarrachalarisiz bo‘lishi, harorati + 25 0 S dan yuqori va + 1 0 S dan past bo‘lmasligi kerak.

Texnik suv ta’minoti tizimidan foydalanishda, moylashga beriladigan suv kelmay qolgan hollarda nasos agregatini o‘chiruvchi avtomatik qurilma muntazam tekshirilib turilishi, idishlar, suv tindirgichlar filtrlari yuvilib turilishi lozim. Filtr to‘ri kesimi yuzasining 25 % ifloslangan suvni ruxsat etiladigan harakat tezligi 0,05…0,10 m/s, filtrda ruxsat etiladigan naporning farqi 0,02…0,03 mPa ga teng qabul qilinadi.

Amudaryoda suvning loyqaligi katta bo‘lganligi sababli, nasos stansiyalaridagi filtrlarni loyqa zarrachalar bilan tez to‘lib qolishi kuzatildi. Nasos stansiyasidan olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki loyqa to‘lib qolgan filtrni tozalash uchun nasos qurilmasini to‘xtatib filtrni tozalash ishlari bajarilgan. Bunday xolatlar ayniqsa qishloq xo‘jalik ekinlari uchun talab qilinadigan suv katta miqdorda kerak bo‘ladigan davrda ko‘p uchragan. Chunki suv sarfining oshib borishi bilan daryodan olinayotgan suvning tarkibidagi loyqa miqdori oshib boradi.

Nasos stansiyasini texnik suv bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu muammoni ilmiy asoslangan holda yechish qishloq xo‘jalik ekinlarining suvga bo‘lgan talabini doimiy ta’minlash imkoniyatlarini yaratadi.

Texnik suv bilan ta’minlash tizimi nasos stansiyadagi texnologik jihozlarni sovutish va moylash uchun ishlatiladi.

Nasos agregatlarining soni, suv berish unumdorligi va quvvatiga qarab nasos stansiyalarida markazlashgan, guruhlashgan va blokli suv ta’minoti sxemalaridan foydalaniladi. Texnik suv ta’minoti uchun K, KM va D turdagi markazdan qochma nasoslardan foydalaniladi.

ABMK tarkibiga kiruvchi ko‘plab yordamchi nasos stansiyalarida o‘rnatilgan markazdan qochma nasoslarni texnik suv bilan ta’minlashda gidrosiklon va filtrdan iborat bo‘lgan tizimdan foydalaniladi. Quyimazor yordamchi nasos stansiyasi misolida markazdan qochma nasoslarning texnik suv tizimiga batafsil to‘xtalamiz.

Tadqiqot usuli. Quyi mozor yordamchi nasos stansiyasida hozirgi vaqtda texnik suv bilan ta’minlash tizimidan foydalanish jarayoni o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar tahlil qilinib texnik suv bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi

Tadqiqot natijalari . Quyimazor yordamchi nasos stansiyasi 2013-yida ishga tushirilgan. Nasos stansiyada umumiy suv sarfi 43,2 m3/s va suv ko‘tarish balandligi 21 m ga teng bo‘lgan jami 12 dona AD-12500–24 nasoslar o‘rnatilgan.

Bu nasoslar yordamida Buxoro, Kogon, Vobkent, Romitan, Peshku tumanlaridagi 29 ming gektar yer maydonlari sug‘oriladi. Nasos stansiya atrofida toza suv manbalari bo‘lmaganligi tufayli har bir agregat uchun alohida o‘rnatilgan GSP-150 markali gidrosiklon va suv filtridan iborat texnik suv tizimiga suv bevosita nasos agregatlarining bosimli quvurlaridan olinadi.

Rasm 1. Quyimazor yordamchi nasos stansiyasi texnik suv taminoti tizimining sxemasi

Gidrosiklonlar quyultirish, tasniflash va boyitish uchun ishlatiladi. Gidrosiklonlar quyma va po‘lat listdan payvandlangan bo‘lishi mumkin va ichki tomonidan rezina bilan qoplanadi. Bu uni yeyilib ketishidan saqlaydi. Ular silindr va konussimon qismlardan iborat bo‘lib, bo‘tana yuboruvchi va ajralgan suyuqlik chiqib ketadigan quvurlari bor. Dastgohda berilayotgan bo‘tana katta aylanma tezlik bilan harakat qiladi. Hosil bo‘lgan markazdan qochma kuch ta’sirida qattiq zarrachalar gidrosiklon devorlariga borib uriladi va tezligini yo‘qotib sekin-asta pastga qarab sirpanib tusha boshlaydi. Suyuqlik esa ichki aylanma harakat orqali yuqoriga ko‘tariladi va qopqoqdan teshik orqali chiqarib olinadi.

Rasm 2. GSP-150 markali gidrosiklon

Rasm 3. Suv filtri

TIZIMNING SUV SARFI:

Q=v b.q ɷ t.s = v b.q 2 =2,5m/s 3.14 m 2 =0.0095 m 3 /s=9.5 l/s

Q um =Q n n.a =9.5 l/s 12=114 l/s

Bu yerda:

Q um — texnik suv bilan ta’minlash tizimining umumiy suv sarfi. —m3/s

Q — har bir agregat uchun bosimli quvurdan olinadigan suv sarfi. —m3/s

v b.q —bosimli quvurdan suv oluvchi quvurdagi suvning tezligi. Izoh: bu tezlik odatda nasos agregati bosimli quvurlaridagi suvning ruhsat yetilgan tezligiga teng bo‘ladi. —m/s

ɷ t.s — bosimli quvurdan texnik suv tizimiga suv oluvchi quvur ko‘ndalang kesim yuzasi— sm2

r—bosimli quvurdan texnik suv tizimiga suv oluvchi quvur radiusi. —sm

n n . a —nasos stansiyadagi agregatlar umumiy soni-ta

Tizimdagi asosiy muammo bu — filtrlarning tez to‘lib qolishidir. Filtrlarning loyqadan to‘lish davomiyligi mavsumiy o‘zgaradi. Ya’ni vegetatsiyaning yeng yuqori davri bo‘lgan yoz oylarida filtrlar bir hafta vaqt intervali bilan tozalansa, bu interval novegetatsiya davri bo‘lgan va nisbatan daryoning loyqaligi kam bo‘lgan qish oylarida bir oygacha uzayadi. Filtrlarning to‘lishi nasos agragatini to‘xtatishga olib keladi. Bu yesa o‘z navbatida,

— vaqtning yo‘qotilishiga;

— umumiy suv sarfi kamayishiga;

— ortiqcha yenergiya yo‘qotilishiga (nasos agregati optimal ish rejimiga tushguncha ortiqcha yenergiya iste’mol qiladi) olib keladi.

Har bir nasos agregatining dvigatelida va podshibniklarida issiqlik datchiklar o‘rnatilgan bo‘lib, harorat 80°C ga yetganda markaziy kompyuter yekranida qizil rangda ogohlantirish signalini beradi. So‘ngra nasos agregati o‘chiriladi va filtrlar qo‘l kuchi yordamida tozalanadi.

Xulosa

  1. Quyimozor nasos stansiyasining tabiati,iqlim sharoiti, tuproq tarkibi o‘rganildi va juda og‘ir sharoitda ya’ni yuqori temperaturada, loyqaligi yuqori bo‘lgan suvni uzatishi kerakligi aniqlandi. Bunday og‘ir sharoitda foydalaniladigan nasos stansiyasining ekspluatatsion holatlarini yaxshilash uchun qo‘yilgan talablarni bajarish muhim ahamiyatga egadir.
  2. Quyimazor nasos stansiyasiga suv beruvchi manba hisoblanadigan Amudaryoda suvnng loyqaligi yuqori bo‘lib, nasos qurilmasini texnik suv bilan ta’minlashda to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanib bo‘lmasligi aniqlandi.
  3. Nasos qurilmalarini texnik suv bilan ta’minlash uchun xozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan texnik yechimlar o‘rganildi va taxlil qilindi.
  4. Olingan ma’lumotlar nasos qurilmalarini texnik suv bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish agregatlarni majburiy to‘xtashlarsiz ishlashini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Adabiyot:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» gi PF-6024-son Farmoni.
  2. Oleg Glovatsky, Rustam Ergashev, Azamat Saparov, Mustafo Berdiev and Bobur Shodiev Cavitation-abrasive wear working collectors of pumps // IOP Conference Series: Materials Science and Engineering (2020) 869 042006.
  3. Glovaskiy O.Ya.,Ergashev R. R.,Rustamov Sh.R.Ekspluatatsiya i issledovaniya krupnыx nasosnыx stansiy. LAP LAMBERT Academic Publishing — 2013.-181b.
  4. Bazarov D. R.,Norkulov B. E., Ruzimuxametova D. M. Izmenenie gidrologicheskogo rejima reki pri besplotinnom vodozabore (na primere vodozabora ABMK) «Arxitektura, qurilish, dizayn” 4, 2011 g. Izd. TASI, Tashkent, 2011g. 39–42 str.
Основные термины (генерируются автоматически): ABMK, IOP, LAMBERT, LAP, SARFI, SUV, TASI, TIZIMNING.

Ключевые слова

filtr, nasos, favqulotda o’chirish, nasos stansiya, texnik suv ta’minoti, gidrosiklon, bosimli quvur, agregat, salnik

Похожие статьи

Bolalarni ilk yoshida xorijiy tillarni o’rgatishda ta’limiy o’yinlarning ahamiyati: Muammo va yechimlar

Dunyo globalashuv jarayoni insonlardan o’z ona tilidan tashqari yana bir necha xorijiy tillarni o’rganishni taqozo qilmoqda. Hozirgi tadqiqotlar ushbu jarayonni erta yoshda boshlash samariliroq bo’lishini ko’rsatadi. Bizning yurtimizda ham ushbu masa...

Qovoq o’simligining kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlari

Ushbu maqolada qovoqdoshlar (Cucurbitaceae Juss.) oilasining qovoq (Cucurbita L.) turkumiga kiruvchi madaniy qovoq turlari, ularning O’zbekistonda, jumladan, Andijon viloyatida eng ko’p ekiladigan navlarining botanik tavsifi, morfologiyasi, fenologiy...

Ichki uyqu arteriyasining patologik burilishlari bo'lgan bemorlarni jarrohlik davolash usulini tanlash

Akademik Vohidov nomidagi RIJIATM jarrohligining qon tomir jarrohligi bo‘limida ichki uyqu arteriyasining patologik qiyshayishi (PQ IUA) bilan og‘rigan 60 nafar bemor operatsiya qilindi. Jarrohlik texnikasi usuliga qarab, barcha bemorlar ikki guruhga...

Boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо‘lib, bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо‘nikmalari, vazifalari, shuningdek kasb tanla...

Sement tashuvchi vagon-xopperni ag‘darilishga qarshi mustahkamligini aniqlash

Tadqiqotning maqsadi sement tashuvchi vagon-xopperning a‘g‘darilishiga qarshi mustahkamligi hisobini tekshirish. Tadqiqotlar ishlari “Yangi va modernizatsiya qilingan vagonlarni hisoblash va loyihalash standartlari, Rossiya Federatsiyasi (RF) Temir y...

Suv resurslaridan foydalanishda suv taqsimlash inshooatlarning ahamiyati

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi yerlarning jadal o‘zlashtirilishi o‘z navbatida yangi suv inshootlarini (suv omborlari, kanallar, kollektor-drenaj tizimlari va h. k.) qurilishi meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan bog‘liqdir. Bu e...

Fransuz tilida inson tuyg’ularini tilda aks ettirish vositalariga doir

Mazkur maqolada fransuz tilidagi inson qalb tuyg’ularining tilda aks ettirish vositalari haqida fikr yuritiladi. Hislarni ifoda etadigan so’zlar grammatik, leksik, semantik jihatdan tahlil qilinib,ularning his tuyg’uni ifodalash davomiyligi bo’yicha ...

Vagonlar guruhini yuk ob’yektlariga uzatish va olib chiqish texnologik amallarini bajarishda manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligini aniqlash usuli

Mavjud ilmiy ishlarlarda manyovr lokomotivlarining band bо‘lish vaqtini aniqlash uchun stansiya sutkalik ish reja-grafigini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Ushbu maqolada temir yo‘l stansiyasi yo‘llarida yuk obyektlari talablari bo‘yicha jamlangan va...

Jigar, uning inson organizmidagi vazifalari va ahamiyati

Mazkur maqolada tirik organizmlaning ichki organlaridan biri jigar haqida haqida fikr yuritilgan. Jigar tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlaridan biri. U ovqatni hazm qilishga yordam beradi, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez...

Dolixokolon fonidagi kolostazli bemorlarning hayot sifatiga kolektomiya ta'siri

Maqolada surunkali kolostaz bo'lgan 13 nafar bemor Toshkent shahridagi 1-RKSHda dolixokolon fonida jarrohlik davolash natijalari keltirilgan bo'lib, unda ileorektomiya kolektomiya bilan birga qilingan. Operatsiyadan keyin o'tgan vaqt oshgani sayin, d...

Задать вопрос