Orol dengizining qurigan tubida himoya o`rmonzorlari barpo etishda cho`l o`simliklarini to`g`ri tanlab olish | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: , ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №47 (389) ноябрь 2021 г.

Дата публикации: 14.11.2021

Статья просмотрена: 303 раза

Библиографическое описание:

Нормаматова, К. Н. Orol dengizining qurigan tubida himoya o`rmonzorlari barpo etishda cho`l o`simliklarini to`g`ri tanlab olish / К. Н. Нормаматова, Н. Н. Ташмурадова, В. Т. Буриева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 47 (389). — С. 494-497. — URL: https://moluch.ru/archive/389/85505/ (дата обращения: 17.12.2024).

Maqolada Orol dengizining qurigan tubida “Yashil qoplamalar” himoya oʻrmonzorlari barpo etish borasida bajarilishi lozim boʻlgan chora tadbirlar haqida soʻz yuritilgan. Yerning holati qum va shoʻrliklarni eʻtiborga olgan holda tanlab olinish kerak boʻlgan choʻl oʻsimliklari haqida qisqacha taʻrif berib oʻtilgan.

Kalit so`zlari: Oroldengizi, choʻl oʻsimliklari, shoʻr yerlar, yashil qoplamalar.

В статье рассматриваются меры, которые необходимо предпринять для создания защитных лесов «зеленого покрова» на высохшем дне Аральского моря. Дано краткое описание пустынной растительности, которую необходимо выбрать с учетом состояния земли, песка и засоленности.

Ключевые слова: Аральское море, пустынные растения, засоление почв.

Mavjud boy tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha zarur shart-sharoitlarni yaratish barqaror rivojlanishni taʻminlovchi asosiy omillar sanaladi. Bu shuningdek, mamlakat aholisi salomatligini ta’minlashning muhim sharoitdan hisoblanishini shoʻrlangan holda mustaqillikning dastlabki kunlaridan tabiiy muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga kirishildi [1].

Mintaqamizning noyob hayvonot dunyosini saqlash uchun Orolboʻyi zonasi muhofaza qilinadigan transchegaraviy tabiiy hududlar tashkil etish ham taklif qilinadi. Yoʻqolib borayotgan hayvonlar, jumladan, qoplon, qulon, saygʻoq va boshqa noyob jonivorlarni saqlab qolish uchun barcha ishlarni oʻzaro kelishib amalga oshirish nihoyatda muhim ahamiyatga ega.

2018-yilning avgust oyida, Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida boʻlib oʻtgan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi ta’sischi davlatlar rahbarlari majlisida Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda Markaziy Osiyo davlatlarining oʻzaro hamkorligi boʻyicha bir nechta takliflarini ilgari surib, Orolboʻyi hududini ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish masalasini koʻrib chiqish haqida toʻxtalgan edi [2].

Soha mutahasislarining fikricha bu tashabbuslar ekologik toza texnalogiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga horijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratish; “Yashil iqtisodiyot” Ekologik toza energiya va suv tejaydigan texnologiyalar tamoyillarini kompileks tatbiq etish choʻllanish va ekalogik mintaqasiga barham berish; ekoturizimni rivojlantirish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradi.

Mintaqada vujudga kelgan ofat. Orol dengizi Markaziy Osiyo iqtisodiyotini rivojlantirish, oziq-ovqat ishlab chiqarish, aholi bandligini ta’minlash va barqaror ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishda muhim oʻrin tutar edi. Suv havzalarida yiliga 35 ming tonnagacha baliq ovlanar, Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi unumdor yerlar, yuqori samarali yaylov va suv havzalari millionlab odamlarning chorvachilik, baliqchilik va qishloq xoʻjaligi sohalarida ish bilan bandligini taʻminlar edi.

Biroq mintaqadagi yirik daryolardan oʻylamasdan ulkan gidrotexnik inshootlar qurilgani, transchegaraviy daryolar hisoblangan Amudaryo va Sirdaryoning tabiiy oqimi notoʻgʻri boshqarilishi yer yuzidagi gʻoyat ogʻir ekologik halokatlardan birini yuzaga keltirdi. Bir paytlar dunyodagi eng noyob, goʻzal va yirik yopiq suv havzalaridan biri boʻlgan Orol dengizi bir avlod koʻz oʻngida batamom yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida turibdi.

Amudaryo va Sirdaryoning Orolga umumiy quyilish hajmi soʻnggi ellik yil ichida 5 barobar, Orol dengizining suvi 14 barobardan koʻproq kamaydi, uning shoʻrlanish darajasi esa deyarli 25-marta ortdi (Rasm 1). Bu Orol dengizida ilgari boʻlgan baliq va boshqa dengiz mavjudotlarining deyarli yoʻqolishiga olib keldi.

Rasm 1. Orol dengizining suv hajmining kamayganlik koʻrinishi

Himoya oʻrmonzorlari barpo etishi. Orol dengizining suvi qurigan maydonidan koʻtarilib havoni zaharlayotgan zararli ta’sirlari kamaytirilsa yoki butunlay toʻxtatilsa, birinchi navbatda shu mintaqada yashayotgan xalqlar uchun koʻrsatilayotgan tibbiy va boshqa yordamlar natijasi ham ijobiy tomonga oʻzgaradi unumdor yerlarga, oʻsimlik dunyosi ustiga yogʻilayotgan zaharli tuzlarga barham beriladi. Bu oʻz respublikamiz iqtisodiyotiga katta ijobiy ta’sir koʻrsatadi.

Shu sababli mamlakatimizda, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1031-sonli qarori “Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “Yashil qoplamalar“ — himoya oʻrmonzorlari barpo etishi boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisidagi “qarori qabul qilingan [3].

2019 va 2020 yil holatiga koʻra oʻrmon xoʻjaliklari ishlari va aholi tomonidan jami 2769,8 tonna choʻl oʻsimliklarining urugʻlari tayyorlangan boʻlib, shundan, 1319,2 tonna saksovul, 541.1 tonna qonolim, 810,9 tonna qoraburoq 5 tonna cherkez va 93,6 tonna choʻl yaylov oʻsimliklarini urugʻlari tashkil etadi [4].

2017–2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan Orol dengizi havzasi va Orolboʻyi mintaqasida, unga yondosh Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida “yashil belbog” yaratish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

“Yashil qoplamalar” uchun har bir hududda oʻziga xos yondashuv. Orol dengizi qurigan maydoning yer holati bir xil emas: 5yil avval qurigan hudud bilan 50 yil avval suv qochgan joyning holatiga umuman katta farq mavjud. Hamma yerdagi bir turdagi oʻsimliklarni ekishni tavsiya qilib boʻlmaydi. Har bir hududga oʻziga xos yondashuv talab etiladi.

Yerning holatini qum va shoʻrliklarni e’tiborga olib, faqat toʻgʻri tanlab ekilgan koʻchatlargina oʻzini tutib ketishi mumkin.

Orol boʻyi gʻarbiy havzalarini yashillligini saqlab qolish maqsadida choʻl oʻsimliklarini qurigan maydonning yer holati mosligini oʻrganish lozim. Shu maqsadda Qason saksovul, Qondim, Qoraburoq kabi choʻl oʻsimliklari urugʻ va koʻchatlarini muhitga moslashuvchaligini urganish maqsadida quyida ularning afzalliklari haqida qisqacha maʻalumot berib oʻtiladi.

Qason saksovul. Saksavul (Halozyion) –shoʻradoshlar oilasiga mansub buta va daraxtlar turkumi. Saksovul oʻrmonlarni tuproqni eroziyadan saqlashda muhim oʻrin tutadi. Oʻzbekistonda saksovul oʻrmonlari 1229 ming ga, shundan oq saksovul 976 ming ga, qora saksovul 253 ming ga egallaydi [5]. 2-rasmda ekilgan saksovulni Orol boʻyi qurigan maydonidagi holati aks etgan.

Rasm 2. Saksovulni choʻl hududidagi kurinishi

Qandim . Juzgʻun yoki qandim (Calligonum) — torondoshlar oilasining bir turkumi. Oʻrta Osiyoda 90 ga yaqin turi bor, asosan, choʻllarda oʻsadi. Boʻyi 50 sm dan 3m gacha. Juzgʻunlar, asosan, koʻchma qumlarni toʻxtatish uchun ekiladi (3-rasm). Juzgʻunlar oʻrtacha 25 yilgacha oʻsadi [5].

Rasm 3. Choʻl sharoitdagi Qandimni oʻsish holati

Xulosa. Orol fojiyasining bartaraf qilinishi mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada yuksalishiga xalqimiz salomatlining tubdan yaxshilanishiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosining saqlab qolinishiga, eng asosiysi kelajak avlodimiz uchun ona tabiatimizni butunligicha asrab qolib xayirli va savob ish qilishimizga olib kelar edi.

Orol boʻyidagi oʻsimliklarni bosqichma bosqich holatlari oʻrganilib shoʻr yerlarda oʻsishga moslashgan doʻlanazor, bedazor, namatak, yorongulzor oʻsimliklarni yana barpo qilish boʻyicha ish olib borilishi maqsadga muvofiq.

Adabiyot:

1. Xronika Arala.URL: http: //www.Kungrad.com.

2. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmanboshi shaxrida Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlar rahbarlari majlisdagi nutqi.

3. Vazirlar Maxkamasining «Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda «yashil qoplamalar»-himoya oʻrmonzorlari barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 1031-son qarori // URL: http://www.lex.uz.

4. Orol dengizi tubidagi himoya oʻrmonzorlari https://urmon.uz/uz/245/.

5. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent: 2000.

Основные термины (генерируются автоматически): URL.

Ключевые слова

Oroldengizi, choʻl oʻsimliklari, shoʻr yerlar, yashil qoplamalar

Похожие статьи

Muloqotning oiladagi o`rni

Muallif maqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy tarbiyasi, shuningdek, tarbiya jarayonida ota-onalarning о‘z farzandlariga nisbatan qо‘llayotgan tarbiya usullari, bolalar axloqini shakllantirishdagi ular bilan aloqalarning xususiyatlariga t...

Komp`yuterda axborotni ergonomik tasvirlash

Ushbu maqolada hozirgi kunga kelib, o`quv yurtlari ta`lim berish va olish jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni komp`yuter yordamida ergonomik tasvirlash asosiy maqsad hisoblanadi. Berilayotgan har qanday axborot manbaining asosiy maqsadi tinglovchi ...

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Nok daraxti ayrim zararkunanda xashoratlari va ularga qarshi kurashishning xos tomonlari

Ushbu maqolada nok daraxti zararkunandalarining ayrim turlari, ularning tuzilishi va hayot tarzi xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu xashoratlarning zararlari to’g’risida qisqacha bayon qilingan.

Maqomi san’atida unutilgan cholg‘u kuylari

Ushbu maqola о‘zbek xalqining qadimdan ma’lum bо‘lgan maqom ijrochiligida unitilgan cholg‘u kuylari haqida yozilgan. Xorazm «Tanbur chizg‘ilari» asosida yozilgan Xorazm olti yarim maqomlaridan Rost maqomi chertim yо‘li ayrim kuylari ustoz-shogird an’...

Kriketning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi

Jahonda sport turlari juda ko’p, ularni sanab, oxiriga etib bo’lmaydi. Mazkur maqola judayam mashxur bolgan sport turlaridan biri hisoblangan kriken sport turiga qaratilgan. Bu yerda kriketning tarixi va rivojlanish bosqichlarini yoritib berishga har...

Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning xalqaro amaliyotda yuzaga kelish sabablari va uning tarkibi

Ushbu maqolada “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” ning amaliyotga kirib kelish sabablari, ahamiyati va rivojlanishi hamda respublikamizda amalda bo’lgan hisobot shaklini takomillashtirish borasida fikr yuritilgan.

Temir yо‘l stansiyalarining yuklanganligini kamaytirish chora-tadbirlari

Mazkur maqolada temir yo‘l stansiyasining yuklanganlik darajasiga ta’sir e’tuvchi omillar «Isikava» diagrammasi yordamida aniqlangan. Shuningdek, stansiyaning yuklanganlik darajasini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Yosh avlodni tarbiyalashda tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati

Mazkur maqolada yosh avlod tarbiyasining ahamiyati, zarurligi, uning ilmiy asoslari xususida so’z yuritilgan. Bolalar tapbiyasida tabiat elementlari, uning boyliklari, sir-asrorlari bilan tanishtirishning ahamiyati alohida o’rin egallaydi.

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Задать вопрос