Gazetasi sarlovhasining o'rganilish tarixi va undagi murojaat so'zlarining ishlatishi (misrning «al-Ahram» gazetasi asosida) | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Научный руководитель:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №38 (380) сентябрь 2021 г.

Дата публикации: 15.09.2021

Статья просмотрена: 96 раз

Библиографическое описание:

Нематуллаева, С. Х. Gazetasi sarlovhasining o'rganilish tarixi va undagi murojaat so'zlarining ishlatishi (misrning «al-Ahram» gazetasi asosida) / С. Х. Нематуллаева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 38 (380). — С. 153-155. — URL: https://moluch.ru/archive/380/84052/ (дата обращения: 16.12.2024).

Ushbu maqolada gazeta va unda yoritilayotgan axborotlar sarlavxasi tarixi ko’rib chiqilgan hamda sarlavxa tanlashda nimalarga e’tiborish kerakligi ochib berilgan.

Kalit so’z: sarlavxa, arab gazetasi, taxririyat, funktsional-stilistik va strukturaviy-grafik xususiyatlar, nashriyot

В этой статье рассматривается история газеты и заголовок информации которую она охватывает и объясняется, на что обращать внимание при выборе заголовка.

Ключевые слова: название, арабская газета, редакция, функционально-стилистические и структурно-графические особенности, издательство

Jamiyatni erkinlashtirish, demokratik tamoyillarning keng yoyilishi va chuqur ildiz otishi uchun ko’maklashishga da’vat etilgan ijodiy jamoa — ommaviy axborot vositalaridir.

Ma’lumki, gazeta tili radio, televidenie, internet tili bilan bir qatorda OAV tilining bir qismi sifatida qabul qilingan va XXI asrda tilshunoslikda ilmiy yo‘nalish sifatida o‘rin egallagan. Gazeta tematikasi turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Lekin uning 70 foizi muayyan mamlakat yoki shaharning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy yoki madaniy hayotini aks ettirnishga qaratilgan. Gazeta tilini o‘rganish adabiy til xususiyatlarini o‘rganish bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Shu sababli ham keyingi davrlarda tilshunoslar tomonidan gazeta tilini o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Gazeta matnlari tadqiqida tilshunoslar uning mazmuni, uslubi, grammatik tuzilishi va leksikasini o‘rganmoqdalar.

Tilshunos A.Abusaidov gazetaning informativlik (axborot berish), targ‘ibot (propaganda), tashviqot (agitatsiya), tarbiyaviylik, tashkilotchilik, reklamalilik, ta’sirchanlik vazifalarini sanab, ularga tavsif keltiradi.

“Tahririyatlarda shunday vaziyatni vujudga keltirish lozimki, har bir ijodiy xodim o‟z fikr- mulohazalarini, har qanday sharoitda ham, ochiq- oydin aytaveradigan bo’lsin. Zero bir qolipdagi yoki tayyor andozalardagi gaplar ijod kishisining avvalo dilini, so’ngra esa nigohini ham so’qir qilib qo’yadi. ” [1] deb ta’kidlaganlar, Ismoil Sulaymonov ham o’z risolasida. Biz Misrning “Al-Ahram” mustaqil gazetasini mana shunday erkin ijodiy muhit shakllangan tahririyatlardan deb, ayta olamiz.

Arab gazeta matnlarining asosiy stilistik xususiyatlari sifatida ekspressivlik, hissiyotlilik, ta’sirchanlik, tantanavorlik, hayajonlilik va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.

Arab gazetalari tili — bu kichik til materialida katta axborotni bera oladigan o‘ziga xos mikrotizimdir. Bu mikrotizimning unsurlari muayyan tarzda bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan: bir tomondan unga zamonaviy arab tili normalari, boshqa tomondan uslub hosil qiluvchi ekstrolingvistik (ekspressivlik, hissiyotlilik, ta’sirchanlik va hk.) hamda tilga oid ichki omillar (til vositalarini tejash va hk.) ta’sirini ko‘ramiz.

Sarlavha hodisasi faol 20-asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslar tomonidan o'rganilib kelingan. Sintaktik yo'nalish doirasida 1966 yilda nashr etilgan A. S. Popovning taniqli «Zamonaviy gazeta sarlavhalarining sintaktik tuzilishi va uning rivojlanishi» maqolasi yozildi. Tadqiqot rus tilidagi sarlavhalar asosida olib borildi.

Sarlavhaning sintaktik holati bo'yicha yana bir nuqtai nazar N. A. Kojinaning «Badiiy asarning nomi: tuzilishi, vazifalari, tipologiyasi» (XIX-XX asr rus nasri materiallari asosida) asarida keltirilgan (1986 y.). U sarlavhani «nominativ-predikativ birlik» deb belgilab qo'ygan. Tarkib jihatidan sarlavha kommunikativ birlikdir, chunki u matn haqida ma'lumot beradi.

Arabcha gazeta sarlavhalarining funktsional-stilistik va strukturaviy-grafik xususiyatlari professor A. L. Spirkin «Zamonaviy arab tilining funktsional uslublari va nutq janrlarini aniqlash» (2008) asarida. Olimning fikriga ko'ra, sarlavha gazeta matnining muhim tarkibiy qismidir, uning o'rganilishi gazeta tilini nazariy o'rganishga hissa qo'shadi va umuman arab tili hodisalarini chuqurroq anglashga olib keladi.

«Al-Ahram» gazetasi Misrning milliy gazetasi bo'lib, u 1875 yil 27-dekabrda o'sha paytda Iskandariyada yashagan ikki Livanlik aka-uka Bishara va Salim Takla tomonidan tashkil etilgan. Birinchi son 1876 yil 5-avgustda Iskandariya shahridagi Mansheya shahrida nashr etilgan, shuningdek har shanba kuni chiqadigan haftalik gazetani chiqara boshladi. Gazeta tashkil etilganidan ikki oy o'tgach, birodarlar uni kundalik gazetaga aylantirdila

Bugungi kunda, Xalqaro arab tilidagi “Xalqaro Al-Ahram» deb nomlangan nashr Londonda 1984 yildan beri nashr etilib, Evropa, AQSh, Kanada va Misr bo'ylab tarqatilmoqda. Shuningdek “Al-Ahram” gazetasi English.Ahram.org.eg da doimiy ravishda yangilanib turadigan «Al-Ahram Online» deb nomlangan ingliz tilidagi yangiliklar sayti ham mavjud.

Misrning “Al-Ahram” gazetasidagi ijtimoiy va siyosiy sarlovhalarni o’rganish jarayonida tayyorlangan ushbu maqolada arab tilidagi ba’zi qoliplashgan tuzilmalar va ularning o'z o'rnida ishlatish tartibi haqida so’z ketadi

Gazetada, asosan, ijtimoiy qimmatli ommaboplik xususiyatiga ega va shu bilan birga publitsistik-emotsional kuchga ega nutq vositalaridan foydalaniladi. Lekin muallif ham, muharrir ham shuni yodida saqlashi kerakki, gazetada faqat ijtimoiy qimmatga ega nutq vositalaridan foydalanibgina qolmay, balki shundaylarni o'zi ham “ixtiro” qilishni yoddan chiqarmasligi kerak.. Adabiy tildagi sinonimiya hodisasida ham tabaqalashish e‟tiborga sazovordir. Masalan: “janob” — جناب، صاحب، سائد، سنيور، أفندي va h. z. Ziyolilarga /الأستاذ yoki /الأستاذ الفاضل, hatto فضيلة الأستاذ الفاضل/, janob ma’nosidaالسيد/, xonim ma’nosida /السيدة, elchilarga سعادة السفير/, vazirlarga / معالي الوزير, prezidentlarga فخامة الرئيس/ yoki صاحب الفخامة الرئيس/ yoki /فخامة السيد الرئيس yoki /صاحب الفخامة amirlarga صاحب السمو الأمير..., yoki حضرة صاحب السمو الأمير... yoki حضرة صاحب السمو الملكي الأمير... sultonlarga صاحب الجلالة السلطان... yoki حضرة صاحب الجلالة السلطان... podshohlarga صاحب الجلالة الملك...yoki الجلالة الملك... حضرة صاحب shaklida murojaat qilinsa, din arboblariga ... فضيلة الشيخ, yoki صاحب الفضيلة الشيخ... yoki حضرة صاحب الفضيلة الشيخ..., muftilargа ... سماحة المفتي yoki... سماحة المفتي فضيلة الشيخ tarzida bosh kelishikda murojaat qilinadi.

Arablarda kishining ismi sharifi uning lavozimi, unvoni yoki ilmiy darajasidan kelib chiqqan holda muayyan so'zlari bilan birga murojaat qilinadi. Masalan, السيد نصر نائبا لرئيس حزب المؤتمر و امينا للعاصمة janob Nasr kongress partiyasining vitse-prezidenti va poytaxt kotibi . Bu yerdagi سيد so'zi janob ma'nosida ishlatilayapti. Endi quyidagi jumlaga nazar tashlasak وحيد حامد: قصة فيلم معالي الوزير حقيقية و شخصييته كانت موجودة في الواقع Voxid Xamid: vazir janoblarining filmi voqeasi haqiqiy va uning shaxsiyati haqiqatda mavjud . Bu yerdagi معالي so'zi ham janob ma'nosini anglatayapti. Lekin bu so'z معالي الوزير “vazir janobi oliylari” faqatgina vazirlarga nisbatan qo'llaniladigan tushuncha hisoblanadi (bosh vazirdan tashqari). Buni quyidagi sarlovhada ham ko'rsak bo'ladi. محافظة قنا تصدر قرارا بحظر استخدام لقب "باشا" و"معالي الوزير" بين الموظفين Qina viloyati hodimlar orasida “Poshsho” va “Vazir janobi” unvonlaridan foydalanishni taqiqlovchi farmon chiqardi . Sarlovha matnidan ko'rinib turibdiki bu yerdagi معالي janob so'zi الوزير vazir so'zi bilan birga qo'llanilib davlat xizmati lavozimiga aloqador atamani ifodalab kelayapti. " على مائدة معالي الوزير"... كتاب جديد في قالب ساخر لجودة كف “janob Vazir stolida”... Javdat Kafning satirik shakldagi yangi kitobi . Ushbu sarlovxada kelgan معالي الوزير vazir janoblari birikmasini ham yuqoridagi so'zlarimizning yorqin dalili sifatida ko'rsata olamiz.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ommaviy muloqot uslubining mavzu ko‟lami nihoyatda keng, ko‟lami cheksiz. Misrning “Al-Ahram” gazetasi ham ijtimoiy hayotning barcha sohalarini ham barcha ijtimoiy toifalarini ham qamrab oladi. Bu omil turli sohaga oid ommabop so‟z va atamalarning o‟ziga xos lug‟at mulkini qaror toptiradi. Ushbu lug’atning qanchalik to’g’ri tanlangani esa, eng avvalo, u matnda xususan, gazeta sarlovhasida qanday ifodasini topishini, shuningdek qay mazmundagi axborotni berishini va ushbu atama qanchalik mavzuning mohiyatini ochib berishida ko’rinadi.

Adabiyot:

  1. Sulaymonov I. Tahririyat — ijodiy jamoa// Men jurnalistman. — T.: Sharq, 2001, 19-b.
  2. Абусаидов А. Газета жанрларининг тил хусусиятлари. Филол. фан. док.... дис. — Т.: 2005. 19–21-бетлар.
  3. Спиркин А. Л. Функционально-стилистическая и структурно-графическая интерпретация арабских газетных заголовков.// Вестник РУДН. — 2008 — Вып.4. — С.55
  4. ahram.org.eg
  5. Сабинина Елена Александровна «Коммуникативная функция газетного заголовка» Диссертация на соискание ученой степеникандидата филологических наук Москва — 2017 С.. 20- 23.
Основные термины (генерируются автоматически): OAV, XIX-XX.

Ключевые слова

Sarlavxa, arab gazetasi, taxririyat, funktsional-stilistik va strukturaviy-grafik xususiyatlar, nashriyot

Похожие статьи

Nasolarning detallarning yeyilishi mexanizimi va uning nazariy asoslarini o’rganish

Ushbu maqolada nasos agregatlari detallarining metalli charchash oqibatida ishchi g’ildiraklarida sodir bo’layotgan abraziv yemirilishlar sababli ishdan chiqishi va uning nazariy asoslarini o’rganishdan iboratdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi aloqa vositasi sifatida

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va nutq madaniyati haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish borasida tavsiyalar berilgan. Tarbiyachining nutq madaniya...

Azot ishlab chiqarish

Ushbu maqolada azot ishlab chiqarilishi va uning qanday olinishi haqida fikr-mulohazalar, hamda ilmiy faktlarga asoslangan dalillar misol tariqasida keltiriladi. Azotning foydali va hayot uchun zararli xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tiladi.

Umumta`lim fanlarining o’qitilishida interfaol usullarning qo’llanilish samaradorligi

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida umumta`lim fanlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda umumta`lim fanlarini o’qitish sifatini ta`minlashda turli innovatsion metodlardan foydalanish orqali belgilangan natijalarga erishish.

Tarix fanining o’qitilishida tarixiy davrlarni solishtirish jarayonlarining ahamiyatli jihatlari

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida tarixiy bilimlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda O’zbekiston tarixi fanini o’qitish sifatini ta’minlashda vatanimiz tarixining turli davrlarini solishtirish jarayoni orqali qoloqlik va taraqqiyot omilla...

O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston Republikasi tomonidan ta’lim soxa bo’yicha olib borilayotgan isloxotlar ochib berilgan. O’zbekistondagi chet-tiliga bo’lgan qiziqish hamda chet-tilini mukammal egallash yuzasidan qilinayotgan ishalar ko’rsatib o’tilgan

O’zbek tilshunosligida sintaksis va qo’shma gaplar nazariyasi

Mazkur maqolada sintaksis va qo’shma gaplar nazariyasi ustida ish olib borgan olim va tadqiqotchilarning fikrlari hamda o’zbek tilshunosligida ham o’xshash va farqli jihatlarini o’rgangan olim-u olimalarning ishlari bayon etilgan.

Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan fizika fanida ishlash

Ushbu ishda biz o'qituvchilik faoliyatining boshida yosh o'qituvchida yuzaga keladigan muammolarni ko'rib chiqamiz.

Oilada bolalarda kitobxonlikni shakllantirish omillari

Mazkur maqolada bolalarni kitobga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bu borada ota-onalarning o`rni haqidagi fikrlar yoritilgan.

Nutqni tanishda sphinx tizimini qo’llashning ahamiyati

Ushbu maqolada nuqtni tanishning online API lari, ularning imkoniyatlari va kamchilik tamonlari, nuqtni tanish tizimlarida offline ishlovchi Sphinx tizimidan foydalanishning afzallik tamonlari to’g’risida so’z yuritilgan.

Задать вопрос