Оliy o‘quv yurt tаlаbalari o‘rtаsida millаtlararо munosаbatlаr mаdаniyatini shаkllantirish | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №28 (370) июль 2021 г.

Дата публикации: 11.07.2021

Статья просмотрена: 135 раз

Библиографическое описание:

Азимова, Н. С. Оliy o‘quv yurt tаlаbalari o‘rtаsida millаtlararо munosаbatlаr mаdаniyatini shаkllantirish / Н. С. Азимова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 28 (370). — С. 214-217. — URL: https://moluch.ru/archive/370/83184/ (дата обращения: 17.12.2024).



Ushbu maqolada millatlar, madaniyatlararo munosabatlar va oliy o‘quv yurt talabalari o‘rtasida millatlararo munosabatlar madaniyatini shakllantirish haqida fikr yuritilgan. Bundan tashqari diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, qo’shnichilik, qardoshlik haqida namunalar keltirib, talabalar tafakkurini boyitishdagi o‘rni haqidagi fikrlar bilan maqola boyitilgan.

Kalit so‘zlar: Davlat siyosati, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, umuminsoniy qadriyatlar, hamjihatlik.

Вэтой статье обсуждается, как построить культуру межэтнических отношений между нациями, межкультурными отношениями и студентами университетов. Кроме того, в статье обсуждались идеи о роли религиозной терпимости, межэтнической гармонии, верности, братства и роли в обогащении мыслей студентов.

Ключевые слова: государственная политика, терпимость, межэтническая гармония, универсальные ценности, солидарность.

Kirish

Oliy o‘quv yurt talabalari o‘rtasida millatlararo munosabatlar madaniyatini shakllantirish Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Bu borada 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligini va suverenitetini mustahkamlash. O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahli qushnichilik muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Harakatlar strategiyasining yuqoridagi bosqichi bo‘yicha respublikamizda ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Bir qancha qushni davvlatlar bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatildi. Respublikamizda faol “xalq diplomatiyasi” asosida xorijdagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va o‘zaro foydali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni qolaversa, madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o‘z faoliyatini O‘zbekistonda yashab kelayotgan barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, milliy an’analari va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan Respublika baynalminal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do‘stlik jamiyatlari muvafaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Fuqarolar totuvligi barqarorligini, turli millatlar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga, vatandoshlarimiz ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashga, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga, mamlakatimizning jamiyat turli sohalaridagi yutuqlari mazmun va mohiyati targ‘ibotiga, shuningdek, ushbu yo‘nalishda bajarilayotgan ishlarni va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish maqsad qilib qo‘yilgan. O‘zbekiston ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali davlatdir. Bunday davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun millatlararo totuvlik mamlakatimizda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. O‘tgan qisqa davr ichida mazkur yo‘nalishda qator ishlar amalga oshirildi va millatlararo totuvlikni rivojlantirishga keng zamin yaratildi. Fuqarolik jamiyati o‘z navbatida, turli etnik nizolar, ziddiyatli vaziyatlar, to‘qnashuvlar yuki ostida qolgan hozirgi davrda, bir tomondan, insoniyat o‘zining bir butunligini, ikkinchi tomondan, alohida olingan har bir jamiyat ichki birlik, totuvlik va hamkorlik bo‘lgandagina mavjud muammolarni hal qilish, yangilari paydo bo‘lishining oldini olish va taraqqiyotni ta’minlash mumkinligini tobora chuqur anglab bormoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, jamiyatda ijtimoiy bag‘rikenglik muhitini qaror toptirish muhim ahamiyatga ega. “Millatlararo totuvlik” (“tolerant”) atamasining lug‘aviy ma’nosi lotincha “chidamoq” so‘zidan olingan. Tolerantlik biror narsani, o‘zgacha fikr yoki qarashni, o‘z shaxsiy tushunchalaridan qat’i nazar, imkon qadar bag‘rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag‘rikenglik vijdon erkinligi va ma’naviy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yo dinga hurmatni bildiradi. Turli din hamda konfessiya vakillari e’tiqodida aqidaviy farqlar bo‘lishiga qaramay, ularning yonma-yon va o‘zaro tinch-totuv yashashini anglatadi. Madaniy bag‘rikenglik o‘zga tilda yaratilgan san’at va madaniyat boyliklaridan o‘z madaniyatini ustun ko‘rmaslik, ulardagi ma’no va go‘zallikni tan olish, o‘zga madaniyatlardan nimanidir o‘rganishni bildiradi. Madaniy bag‘rikenglik turli millatga mansub ziyolilarni bir-biriga ruhan yaqinlashtiradi. O‘zidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga yordam beradi. Etnomadaniy hamkorlik yagona mamlakatda yashovchi turli millatga mansub xalqlarning muayyan mafkura asosida qo‘lni qo‘lga berib ishlashi, bir maqsad yo‘lida faoliyat olib borishini bildiradi. “Millatlararo totuvlik” (“tolerantlik”) deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib “bag‘rikenlik” chidamlilik, bardoshlilik, toqatlilik, o‘zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, muruvvatlilik, himmatlilik, kechirimlilik, mehribonlik, hamdardlik kabi ma’nolarga ega deyish mumkin. Bugungi kunda chuqur ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy mazmun kasb etgan ushbu tushuncha ko‘pchilik tomonidan tan olingan, ilmiy ta’rifi ishlab chiqilgan.

Muhokama va natijalar

“Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi”da bag‘rikenglik tushunchasiga shunday ta’rif berilgan: “Bag‘rikenglik-bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to‘g‘ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi. Bag‘rikenglik — turli tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma’naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag‘rikenlik — tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir”. “Bag‘rikenglik” tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, filosofiya, ilohiyot, ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslik kabi sohalarda keng istifoda etiladigan tushunchalardan biri hisoblanadi. Lotincha tolerare, ya’ni “chidamoq”, “sabr qilmoq” ma’nosini anglatgan bu so‘z, asosan bir insonning boshqa inson dunyoqarashiga toqat qilishini bildirsa-da, etimologik tahlil uning tom ma’nosini doim ham ochib beravermaydi. Shu o‘rinda, YUNESKO “Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi”da “tolerant” ya’ni “bag‘rikenglik” tushunchasiga berilgan ta’riflarni keltirib o‘tmoqchimiz:

1.2. Bag‘rikenglik — yon berish, andisha yoki xushomad emas. Bag‘rikenglik — eng avvalo, insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham bag‘rikenglik ana shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi bo‘lib xizmat qilmaydi. Bag‘rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim.

1.3. Bag‘rikenglik — inson huquqlarini qaror toptirish, plyuralizm (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya va huquqning tantanasi uchun ko‘maklashish majburuyatidir. Bag‘rikenglik — aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda o‘rnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi tushunchadir.

1.4. Bag‘rikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga ehtirom bilan hamohang, u ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan sabr-toqatli munosabatda bo‘lishni, o‘z iymon- e’tiqodidan voz kechish yoxud boshqalarning e’tiqodiga yon berishni anglatmaydi. Har kim o‘z e’tiqodiga amal qilishda erkinligi va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmog‘i lozimligini hamda odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra, tashqi ko‘rinishi, qiyofasi, o‘zini tutishi, nutqi, xulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi e’tirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda yashashga va o‘zlarining ana shu individualligini saqlab qolishga haqliligini anglatadi. Shu bilan birga, bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emasligini anglatadi. Turli til va madaniyatlarni bilish, etnik va lisoniy bag‘rikenglik, o‘zgalar borlig‘i va dunyoqarashining ijobiy jihatlarini o‘ziga qabul qila olish xususiyati jamiyatga yangi g‘oyalar va yangi ijtimoiy-iqtisodiy resurslarning kirib kelishiga imkoniyat yaratadi. Buni mamlakatimiz misolida, etnik xilma-xillik turli yo‘nalishlarda “chegaralarimizni ochayotgani” hamda etnoslararo bag‘rikenglik tufayli jahon hamjamiyatining bizga nisbatan hurmati va ishonchining ortib borayotganida ham ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda zamonaviy jamiyatda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sohalarda tub o‘zgartirishlar, jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar tubdan qayta tashkil etish, millatlararo to‘yingan va dinlararo ziddiyatlar, ijtimoiy ong, axloqiy qadriyatlar ma’naviy, axloqiy, ijodiy va mehnat salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish darajasi vahokozolar. Xususan, madaniyat, urf-odatlari va boshqa etnik guruhlar odatlariga tolerant munosabatni ta’minlash, bu munosabat, xalqaro hamkorlikni zamonaviy yoshlar madaniyati shakllanishi muammosini va shu asosda turli millat va etnik jamoalar, hatto xalqlarning individual vakillari optimal munosabatlarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, turmush va kundalik hayotda millatlararo munosabatlarga qarshi talabalar ongida ko‘proq namoyon bo‘ladi.

Oliy ta’lim, zamonaviy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida sezilarli darajada bu hodisani rivojlanishini ta’minlaydi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning o‘quv, ilmiy faoliyatiga e’tiborni kuchaytirish ularning munosabatlarni yaxshilash va talabalar hayotini demokratlashtirish xalqaro hamkorlik, madaniyatni shakllanishiga zamonaviy yondashuv asosini, ta’lim tizimini yangilash asosiy qoidalariga asoslangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni o‘quv yurtlarida chuqur takomillashtirish maqsadga muvofiq. Tabiatan xalqaro hamkorlikni madaniyat xalqaro munosabatlarning ijtimoiysiyosiy, ma’naviy-axloqiy mohiyatini aks ettiruvchi o‘ziga xos shaklda ma’naviy hayot hodisasi hisoblanadi. Hodisa xalqlarning alohida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va siyosiy shakllarini bir biri bilan bog‘liqdir. Bu umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi milliy psixologiya, insonparvarlik boshlang‘ich an’analariga rioya qilib, millatidan qat’i nazar, dini, irqi shaxsi, ularning tarixi, madaniyati, tili, urf-odatlari va an’analaridan qatiy nazar hurmat uchun bag‘rikenglik hodisasi hisoblanadi. So‘nggi yillarda millatlararo munosabatlarni amalga oshirishda sezilarli eng muhim yozuvlar, umumiy yo‘nalishini inson omillar ma’naviy ehtiyojini qondirish muhim omil odamlar harakatlar sifatida insoniy va axloqiy qadriyatlarning o‘rni ko‘paydi. Bu, birinchi navbatda, shaxsning turlituman rivojlanishi uchun shaxslararo muloqotning o‘ziga xos ahamiyatiga, uning shaxsiyat tarkibida axloqiy tamoyillarning o‘sishi bilan bog‘liq. Xalqaro hamkorlik, millatlararo totuvlik inson munosabatlarini ma’naviy-axloqiy mexanizmini rivojlantirish va mustahkamlash uchun bir asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek madaniyatining tajribasi turli etnik guruhlar va ularning shaxsiy vakillari o‘rtasidagi munosabatlarning tarixiy jihatdan belgilanadigan qimmatli va foydali an’analari bilan boy.

Shu munosabat bilan, u vatanparvarlik va enternasyonalizm tushunchalar xalqaro hamkorlik bugungi yoshlar madaniyati, xususan shakllantirishda birinchilardan ekanligini ta’kidlash lozim. Chunki Oliy maktab, xalqaro munosabatlar muammolarni hal qilish uchun haqiqiy ishga tushiriladi. Shuning uchun, ko‘p millatli muassasada bo‘lajak mutaxassislar tayyorlash o‘ziga xosligi hisobga olib, ish va hayotning turli jihatlarini ma’lum xususiyatlari bilan harakterlanadi. Uning ijtimoiy va milliy tarkibi, milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda, kadrlar tayyorlash va ta’lim holda shakllantirish uchun kompleks yondashuvni o‘z ichiga oladi. Oliy ta’limda, jumladan, ta’lim mazmunan yangilash barcha bosqichlarida maktab islohoti davrida talabalarning millatlararo o‘zaro madaniyatini tarbiyalash, tarixiy ildizlariga, ilg‘or an’analar, xalqning ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni tiklash tamoyili amalga oshirish, talabaning shaxsiyat tuzilmasida ushbu hodisani shakllantirish Vatan tarixi haqida bilmasdan o‘ylab topilmaydi. Bizning bilimlarimizni kengaytirish va chuqurlashtirish istagi nafaqat har bir ravshan shaxsga xos bo‘lgan ta’lim sohasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish, balki uning ma’naviy madaniyatining o‘sishi haqida ham dalolat beradi. Shu bilan birga, bu jarayon ta’lim intizomlari mazmunini atrofdagi hayotga, bugungi kunning haqiqatiga va ehtiyojlariga maksimal yaqinlashishini nazarda tutadi. Bu oliy maktabda ma’rifiy ishlar sifati ongli va ongsiz ruhiy jarayonlarning butun kompleksi, ichki muhiti orqali ta’sir barcha tabiiy va ijtimoiy hodisalar uchun, asosan odamlar, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanish albatta bog‘liq ekanligi ma’lum. Kelajak mutaxassisning shaxsini shakllantirish bilan bir qatorda uning madaniy madaniyatini rivojlantirish orqali millatlararo munosabatlar, oliy o‘quv yurtida keyingi avlod hayoti muayyan darajada aniqlanadi. Shuning uchun, oliy ta’lim muassasalarida talabalar tayyorlash bugungi kun darajasiga xalqaro hamkorlik madaniyatini o‘zlashtirish, barkamollik, yangilash va jamiyatni demokratlashtirish masalalarini hal qilish, kelajak avlodlar qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq. Hozirgi kunda globallashuv jarayoni aynan madaniyatlararo kommunikatsiyaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Natijada davlat va xalqlar o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalari kuchaymoqda; xorijiy investitsiya, kapital va tovaralar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga keltirmoqda; ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi kuzatilmoqda; turli qadriyatlarning umuminsoniy negizida uyg‘unlashuvi kuchaymoqda; sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlari ortib bormoqda. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mustaqillik, erkinlik shu bilan bir qatorda bag‘rikenglik tuyg‘isini ham berdi. Ushbu tuyg‘u chet davlatlar bilan halqaro aloqalarni kuchaytirish hamda do‘stlik, birodarlik kabi faxrli so‘zni muhrlashga ham zamin yaratdi. O‘zbekiston chet davlatlar bilan qat’iy ravishda yaqin munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda. Bu esa diniy va etnik ziddiyatlar o‘ta murakkab xalqaro muammolarga aylanib borayotgan hozirgi davrda muhim ahamiyatga ega. Zero, madaniyatlararo, konfessiyalararo va millatlararo hamkorlik, muloqot turli negativ stereotiplarga qarshi ziddiyatlarni bartaraf etishda turli madaniy va diniy birliklar va uyushmalar o‘rtasidagi hamkorlikni shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Shunday ekan, bugungi kun intelektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalashda madaniyatlararo, millatlararo kommunikatsiyani bag‘rikenglik tamoyillarini ularning ongiga singdirishda kuyidagilarga e’tibor berish muhimdir.

Xulosa

O‘zbekiston turli millat va elat vakillarining umumiy uyidir. Bu, bizningcha, boylik va taraqqiyotning muhim manbaidir. Zero, polietnik salohiyat va xilma-xillikni o‘zida mujassam eta olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakat taraqqiyot kalitini o‘z qo‘lida tutib turadi, o‘z madaniyatini sevmagan inson, oxir-oqibatda o‘zgalar madaniyatini ham sevmay qo‘yadi.

Adabiyot:

  1. Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi // YUNESKO xalqaro me’yoriy hujjatlari. — T.: Adolat, 2004. –B. 82- 91.
  2. Садохин А. П. Теория и практика межкультурной коммуникации. М.2004.58 стр.
Основные термины (генерируются автоматически): YUNESKO, межэтническая гармония.


Ключевые слова

Davlat siyosati, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, umuminsoniy qadriyatlar, hamjihatlik

Похожие статьи

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida

Maqolada yoshlar axloqiy qadriyatlari mazmuni va axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatidagi tahlili, shuningdеk, axloqiy qadriyatlarni o‘rganish tеstlari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, yoshlarning axloqiy qadriyat...

Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi interaktiv va noan’anaviy metodlari

Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyat...

Boshlang`ich sinflarda o`quv mativlarining xususiyatlari

Ushbu maqolada motivlar asosida o‘quvchilarda o‘quv mustaqilligining shakllanishi hamda uning rivojlantiruvchi ta’lim shartlariga bog‘liqligi yoritib berilgan. Shunindek, muallif kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi xususiyatla...

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining ahamiyati

Muallif maqolada bolaning erta aqliy rivojlanishi jarayonining shakllanishi va unda onaning ishtiroki haqida olib borilgan tadqiqotlarni ilmiy tahlil qiladi. Bolaning erta aqliy rivojlanishida onalar nimalarga e’tibor qaratishi haqida o‘z fikrlarini ...

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilishda ijtimoiy-hissiy jihatidan qo’yiladigan talablar

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich maktabdagi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lishi uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlar, ko'nikmalar va bilimlarni namoyish etish darajasiga qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi.

Komp`yuterda axborotni ergonomik tasvirlash

Ushbu maqolada hozirgi kunga kelib, o`quv yurtlari ta`lim berish va olish jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni komp`yuter yordamida ergonomik tasvirlash asosiy maqsad hisoblanadi. Berilayotgan har qanday axborot manbaining asosiy maqsadi tinglovchi ...

Muloqotning oiladagi o`rni

Muallif maqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy tarbiyasi, shuningdek, tarbiya jarayonida ota-onalarning о‘z farzandlariga nisbatan qо‘llayotgan tarbiya usullari, bolalar axloqini shakllantirishdagi ular bilan aloqalarning xususiyatlariga t...

Похожие статьи

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida

Maqolada yoshlar axloqiy qadriyatlari mazmuni va axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatidagi tahlili, shuningdеk, axloqiy qadriyatlarni o‘rganish tеstlari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, yoshlarning axloqiy qadriyat...

Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi interaktiv va noan’anaviy metodlari

Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyat...

Boshlang`ich sinflarda o`quv mativlarining xususiyatlari

Ushbu maqolada motivlar asosida o‘quvchilarda o‘quv mustaqilligining shakllanishi hamda uning rivojlantiruvchi ta’lim shartlariga bog‘liqligi yoritib berilgan. Shunindek, muallif kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi xususiyatla...

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining ahamiyati

Muallif maqolada bolaning erta aqliy rivojlanishi jarayonining shakllanishi va unda onaning ishtiroki haqida olib borilgan tadqiqotlarni ilmiy tahlil qiladi. Bolaning erta aqliy rivojlanishida onalar nimalarga e’tibor qaratishi haqida o‘z fikrlarini ...

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilishda ijtimoiy-hissiy jihatidan qo’yiladigan talablar

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich maktabdagi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lishi uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlar, ko'nikmalar va bilimlarni namoyish etish darajasiga qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi.

Komp`yuterda axborotni ergonomik tasvirlash

Ushbu maqolada hozirgi kunga kelib, o`quv yurtlari ta`lim berish va olish jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni komp`yuter yordamida ergonomik tasvirlash asosiy maqsad hisoblanadi. Berilayotgan har qanday axborot manbaining asosiy maqsadi tinglovchi ...

Muloqotning oiladagi o`rni

Muallif maqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy tarbiyasi, shuningdek, tarbiya jarayonida ota-onalarning о‘z farzandlariga nisbatan qо‘llayotgan tarbiya usullari, bolalar axloqini shakllantirishdagi ular bilan aloqalarning xususiyatlariga t...

Задать вопрос