Ingliz tilini o’qitishning o’ziga xos jihatlari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №23 (365) июнь 2021 г.

Дата публикации: 02.06.2021

Статья просмотрена: 43 раза

Библиографическое описание:

Мирсалиева, Л. А. Ingliz tilini o’qitishning o’ziga xos jihatlari / Л. А. Мирсалиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 23 (365). — С. 518-520. — URL: https://moluch.ru/archive/365/81788/ (дата обращения: 20.04.2024).

Мазкур мақолада инглиз тилини ўқитишда дидактик ўйинларни қўллаш усуллари баён этилган.

Таянч сўзлар: дидактик ўйинлар, ўйин фаолияти, инглиз маданияти.

В данной статье описаны методики использования дидактических игр в обучении английскому языку.

Ключевые слова : дидактические игры, игровая деятельность, английская культура.

Ingliz tili o’qituvchilari oldiga jamiyat boshqa fan o`qituvchilarining ma’suliyatlaridan ortiqroq ma’suliyat yuklanadi. Chunki ular bir vaqtning o`zida chet tili grammatikasi, talaffuzi va xalq madaniyati bo`yicha ham ta’lim berib, bilim qasrining poydevorini qurishda bevosita ishtirok etadilar. Bunda albatta ingliz tili fanlarida didaktik o`yinlar ning ahamiyati yuqori . Didaktik o`yinlar qoidali o`yinlar jumlasiga kiradi va rolli o`yinlarni rivojlantirish predmeti hisoblanadi. Bunday o`yinlar asosini bilishning u yoki bu mazmunini, o`yinning borishini belgilaydigan harakatlarni bajarishga qaratilgan aqliy va irodaviy urinishini tashkil etadi. Didaktik o`yinlarda asosiy fikrlash jarayonlari — tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish va hokazolar takomillashadi.

O`yin paytida bolalarni ijobiy ish faoliyatini kuchaytiradi, ixtiyoriy diqqatini, xotirasini takomillashtiradi. O`yinda o`quvchilar o`zlari sezmagan holda juda ko`p harakatlarni, mashqarni bajaradilar, turli masalalarni yechadilar.

Didaktik o`yinlarga qo`yiladigan talablar:

  1. Didaktik o`yinlar o`quv predmetlari bo`yicha dasur materialiga muvofiq yo`sinda tanlanishi lozim.
  2. Didaktik o`yin unda qatnashuvchilarga bilimlar bo`yicha ma’lum talablar qo`yiladigan yo`sinda ishlab chiqilishi kerak.
  3. Didaktik o`yinning muvaffaqiytli o`tishi uning maqsadini yaqqol anglashiga bog`liq. Chunki bunda o`quvchilarning fikrini maqsadli yo`nalishga solish, ularni ishini bajarishiga qiziqishini oshirish imkoniyati tug`iladi.
  4. O`yinlarni tanlashda ma’lum izchillikka rioya qilish ham zarur. Mazmunan qiyin o`yinlardan oldin osonroq o`yinlarni o`tkazib, o`quvchilarni navbatdagi o`yinlarga puxtaroq tayyorlash juda muhimdir. Shu tariqa tahlil, sintez, taqqoslash, tasniflashda, mavhumlashtirish, muayyanlashtirish, umumlashtirish singari aqliy operatsiyalarni asta sekin murakkablashtirib borish shart.
  5. Didaktik o`yinlarning qoidasini va tashkil etilishini tuzish va ishlab chiqarishda o`quvchilarning o`ziga xos xususiyatlarini, ularning turli (bo`sh va kuchli, faol va loqayd) guruhlarni hisobga olish kerak.
  6. O`yinning qoidalari sodda, aniq bo`lishi va yaqqol ifodalanishi lozim.
  7. Har bir o`quvchi butun o`yin jarayonida faol ishtirok etishi, o`z “navbatini” uzoq kutish, qiziqishini susaytirishi mumkunligini unutmaslik kerak.
  8. Har bir o`yinga umumiy va yakka tartibda yondashish, undagi topshiriqlarning qiyinchilik darajasini va qanchasi mustaqil holda bajarilishini hisobga olish kerak.

O`quv mashqlari yangi material yoritilishi bilanoq boshlanadi va ana shu materialni o`zlashtirishida yordam beradi. Ularning farqli xususiyati o`quvchilarga o`qituvchining doimiy yordam berishidan iboratdir.

“Kim gulni tez yasaydi ? ” o’yini. Sinf uch guruhga bo`linadi. Har bir guruh uchun doskaga bittadan gul kosachasi ilib qo`yiladi, yoki beriladi. Har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib gulning toj barglari ortiga yeshiringan misollarni yechib gul kosachasiga kiritib qo’yadi. So`ng ikkinchi o`quvchi davom ettiradi.o’yin shunday davom etadi. Qaysi guruh gulni birinchi bo’lib yig`sa, shu guruh g`olib hisoblanadi va rag`batlantiradi.

Bu o`yin o`quvchilarni tezlikka, harakatchanlikka, epchillig-u chaqqonlikka, ziyraklikka,tez va to`g`ri hisoblashga o`rgatadi, ularni darsga bo`lgan qiziqishlarini orttirishga yordam beradi.

Bundan tashqari darsda samarali natijaga erishishning usullaridan biri bo’lib xizmat qiladi.

Kimga nima kerak o`yini. O`yinning maqsadi: Bolalarni qisqa jumlalar tuzib so`zlashga o`rgatish, ingliz tilida turli kasblar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.

O`yin uchun jihozlar: Duradgorga, tikuvchiga, o`uvchiga kerakli matolar, mehnat quroli va boshqa narsalarni stol ustiga aralashtirilib qo`yiladi.

O`yinni o`tkazish: stol ustidagi bor narsalarni bolalarga ko`rsarib, tanishtirib chiqadi va hozir biz sizlar bilan “KIMGA NIMA KERAK?” o`yinini o`ynaymiz, deydi. Bolalardan birini stol oldiga chaqirib: Nodira sen mana bu yerdagi narsalar orasidan tikuvchiga kerakli narsalarning nomlarini aytib, o`rtoqlaringga ko`rsatib, alohida ajratib qo`yishing kerak — deydi. Shu tariqa o`yin bir necha martta takrorlanadi. Tarbiyachi bolalarni so`zlash davomida ularning nutqini kuzatib, to`g`ri jumlalar tuzib so`zlashga e’tibor beradi. Bolalar yo`l qo`ygan xatolarni o`z o`rinda to`g`rilab boradi.

Boshlang`ich sinf ingliz tili darslarida o`quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy nisbatlarni tushuntirishga va fazoviy shakllarni anglashga imkon beradigan, mantiqiy fikrlashga o`rgatadigan hajmda bilimlar berishi kerak. Дарс жараёнида инглиз маданиятига доир сўзлар киритиш зарур.

Inglizlarda ovqatlanish vaqtlari an’anaviydir: breakfast (ertalabki 7–8 oralig’ida); lunch (ikkinchi nonushta — kunduzgi 1–2 oralig’ida); five o’clock (doim ham emas — kechki 5–6da); dinner (tushlik — kechki 7–8da) hamda supper (kechki ovqat — kechki 10–11da). Bunda dinner asosiy taom hisoblansa, supper — yengil ovqatlanishni nazarda tutadi.

Quyida ingliz tilida qo’shimcha izohsiz tushunib bo’lmaydigan oziq-ovqat va ichimliklarning eng asosiy turlarini keltiramiz:

ripple ice-cream

snowball

julep

coleslaw

reuben

cocky-leeky

Irish stew

eggnog

tea garden

Functional food

steak and kidney pie

steakhouse

tea break

coffee bar

coffee mate

soup mix

Inglizzabon xalqlar hozir ham o’z “qarichi” bilan o’lchaydigan mamlakatlardir. Angliya va AQSH davlatlari hamon eskidan qolgan noqulay o’lchov birliklari “ dyuym”, “fut”, “yard ”lardan foydalanadi: Meter

foot

inhes

for kilometer

yard

Ingliz tilida “Ta’lim va tarbiya” guruhiga doir alohida so’zlar mavjud:

Athletic fee sport badali (universitetning sportzalidan va boshqa sport inshootlaridan foydalanganligi uchun talaba tomonidan kiritiladigan to’lov).

Laboratory fee laboratoriyadan foydalanganlik uchun to’lov.

Maktablarning tiplari lakunalari qiziqish kasb etadi:

Public school imtiyozli xususiy o’rta maktab (yopiq, ko’pincha o’g’il bolalar uchun maktab-internat; bunday maktablarda, asosan, davlatmand oilalarning bolalari o’qiydilar, chunki ularda to’lov yuqori; 13 yoshdagi bolalar qabul qilinadi; maktab universitetga kirishga tayyorlaydi).

Nonsectarian school diniy mansubligidan qat’iy nazar o’quvchilarni qabul qiluvchi maktab. Maintained school mablag’ bilan ta’minlanuvchi maktab (xalq ta’limi mahalliy organlarining mablag’lari hisobiga tutib turiladi).

Адабиёт:

  1. Мюллер, В. К. Новый англо-русский словарь. — М.: Альта-пресс, 2003
  2. Гачев Г. Д. О национальных картинах мира //Народы Азии и Африки. 1967. № 1.-С. 77–92
Основные термины (генерируются автоматически): AQSH, KERAK, KIMGA, NIMA.

Ключевые слова

дидактик ўйинлар, ўйин фаолияти, инглиз маданияти

Похожие статьи

O'qish darslarida buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanish

U nimani eshitsa, eshitganicha talaffuz qilishga va uni, nutqida qo‘llashga intiladi.

O‘quvchilarning oqish malakalarini takomillashtirish, savodxonligini oshirish, nutqini o‘stirish

− ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda oqish darslarida berilgan o‘tmish...

Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish

Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish. Авторы: Содикова Гулбахор, Бобоева Зулхумор Гофуржановна. Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston.

Oqish darslarida matn ustida ishlash | Статья в журнале...

Абдуллаева, Г. Э. Oqish darslarida matn ustida ishlash / Г. Э. Абдуллаева, Зулхумор Курбанова.

Oqish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri to’g’ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir va unung to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya...

O’quv maqsadlarini ifodalashda Blum toksionomiyasidan...

Chet tilida oqish, yozish, gapirish, tinglash kabi kompetensiyalarini shakllatirishda yuzaga kelayotgan

Talaba yodlagan Grammatik qoidalarni, so’zlarni, birikmalarni og’zaki nutqda qo’llashdagi passivlik darajasini aktivlikka o’zgartirish uchun nima qilish kerak?

Fransuz tili darslarida talabalarning gapirish ko‘nikmasini...

Oqish jarayoni interaktiv ravishda olib boriladi. Mashhur o‘zbek, fransuz yozuvchilar tomonidan yozilgan qisqa hikoyalar, roman va

Hozirgi kunda o‘qituvchilar talabalarning kitob, jurnal va gazetalarni oqish bilan birga haqiqiy filmlarni tomosha qilishga bo‘lgan...

Hayotiy jarayonlarda boradigan kimyoviy reaksiyalar

Библиографическое описание: Ёрманов, Шериммат. Hayotiy jarayonlarda boradigan kimyoviy reaksiyalar / Шериммат Ёрманов, Саида Бобожонова, О. А. Бобожонов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 24.2 (158.2). — С. 24-25.

Oilada bolalarda kitobxonlikni shakllantirish omillari

Shuning uchun ham biz bugungi kunda kitobga bo`lgan qiziqishni oiladan boshlasak va bu uchun ularni yoshiga mos kutubxonalarni shakllantirsak nur ustiga a`lo nur bo`ladi.Bolada o`qish malakalarni shakllantirish negizida og`zaki nutq rivojlanish va kitobga muhabbatni...

Tarbiya va shaxsning shakllanishi | Статья в журнале...

Bola maktabda oqish bilan birga shaxs bo’lib shakllanish jarayoni keng jamiyat orasida chiqadi, ya’ni u maktabda o’qituvchi va o’quvchilar davrasida bo’ladi.

Ayni shu davrda bolaning umumbolalik va odamlar tushunchasini unutmasligimiz kerak.

Задать вопрос