Navoiy g’azallarida ma’naviy san’atlarning qo’llanishi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 1 мая, печатный экземпляр отправим 5 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №11 (353) март 2021 г.

Дата публикации: 10.03.2021

Статья просмотрена: 1 раз

Библиографическое описание:

Мардонова, Х. А. Navoiy g’azallarida ma’naviy san’atlarning qo’llanishi / Х. А. Мардонова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 11 (353). — С. 262-264. — URL: https://moluch.ru/archive/353/79122/ (дата обращения: 21.04.2021).



Navoiy g’azallarida ma’naviy san’atlarning qo’llanishi,ulardan ayrimlarini o’rganish,misollar yordamida ochib berish,ularni bevosita tahlil etish,badiiy san’atlarda shoir mahoratini yoritish.

Kalit so’zlar: istiora,tashbeh,majoz,talmeh,,tamsil,irsoli masal,husni ta’lil.

Применение духовных искусств в Газелях Навои, изучение некоторых из них, раскрытие их на примерах, их непосредственный анализ, освещение мастерства поэта в художественных искусствах.

Ключевые слова: истиора, ташбех, Маджаз, талмех, басня, ирсоли басня, Хусни таулил.

“Badiiy san’atlarning ikkinchi bir katta guruhi bu birlamchiligiga asoslanib, badi’ ilmida ma’naviy san’atlar deb yuritiladi.Y.Is’hoqov tasnifida ular istiora viy –ramziy tasvir usullari (majoz,istiora,kinoya,baroati istehlol),qiyosiy-assotsiativ usullar (tashbeh,talmeh.tansiq ul-sifot), fikrni dalillash yo‘llari(husni ta’lil, tamsil, irsoli masal), emotional-mubolag’aviy tasvir usullari(mubolag’a,ruju, murojaat,savol-javob,tashbehning ayrim turlari),degan yana bir nechta turlarga bo‘ladi.Tashbeh, istiora,mubolag’a kabi san’atlar nafaqat Alisher Navoiyning balki butun Sharq adabiyoti vakillarining ajralmas poetik usullaridan biri bo’ladi. Tashbeh-biron predmet yoki hodisaning xususiyatini shu xususiyat bor boshqa narsa va hodisalar orqali tasvirlashga qaratiladi” [1].Adabiyotshunosligimizda tashbeh san’ati mushabbah yoki o‘xshamish(tasvirda fikr qaratilayotgan),mushabbahin bih yoki o‘xshatilmish(tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki hodisa),vajhi sabab yoki o‘xshatish sababi (nimaga o‘xshatishning yuzaga kelganligi)odoti tashbih(o‘xshatish vositasi) kabi to‘rt unsurga ega.Agar barcha unsurlar ishtirok etsa tashbihi mufassal, agar bir ikkitasi tushib qolsa tashbihi mujmal deyiladi.

Kimki ko‘rsa mushk-u nob ul sunbuli serob aro, Bir qaro tufroq degaykim tushdi mushki nob aro. Navoiy tashbehda o’xshayotgan timsollar hayotdagi oddiy,biz bilgan narsalar dir.Shuning uchun biz Navoiy tilini tushunamiz,uning fikrini anglaymiz.

Alisher Navoiy ijodida eng go‘zal san’atlardan irsoli masaldan ham mohirona foydalanilgan.Bu san’at she’r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltiradi. “Navoiy ijodida mubolag‘a san’atidan ustalik bilan foydalanilgan.Ma’lumki, Mubolag‘a (ar. kattalashtirish, kuchaytirish) adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol harakati yoki holatini bo‘rttirib,kuchaytirib ifodalash san’ati bo‘lib,o‘quvchi ko‘z oldida yorqinroq gavdalanadi.”Funun ul-balog‘a” asarida mubolag‘a haqida shunday deydi:”Bu san’at aningdek bo‘lurkim, narsaning vasfida mubolag‘ani had va g‘oyatdin o‘tkarurlar”. Alisher Navoiy ijodida mubolag‘aning uch turidan keng ko‘lamda foydalanilgan” [1].Tablig‘(ar. yetkazmoq) -aqlan ishonish mumkin bo‘lgan hayotda yuz berishi mumkin bo‘lgan mubolag‘adir.

“Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,

Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi” [2] .

Visol va’dasini bergan yorning kelmaganini oqibatida oshiqning kechasi uxlamay chiqishi mubolag’ali tasvir, lekin bu holatni hayotda aqlan tasavvur qilish mumkin va ba’zan hayotda ham uchrab turadi. Ig‘roq (ar. kamonni qattiq tortmoq)-aqlan ishonish mumkin bo‘lsa ham, hayotda yuz bermaydigan mubolag‘adir.Bunday tasvirda o‘quvchi voqea yoki xususiyatni hayolida tasavvur etib, ko‘z oldiga keltiradi, biroq uning hayotda yuz berishi hayolga sig‘maydi.Masalan “Farhod va Shirin”da Farhodning kuch quvvati shu san’atdan foydalanib bo‘rttirilgan. 3)”G‘ulu (ar. qo‘lni boricha baland ko‘tarish) aql bovar qilmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin emas”.

“Har qil gulkim,yuzing shavqida olib isladim,

Yetkach ohim shu’lasi, oni sorig’ gul ayladim” [3].

Baytda keltirilishicha, oshiq o‘z yorini sog‘inib, gulni olib hidlagan ekan, qizil gul sariq gulga aylanibdi. Bu hayotda yuz berishi umuman mumkin emas. Navoiy ijodida mahorat bilan qo‘llangan ma’naviy san’atlar orasida eng mu rakkablaridan biri bu husni ta’lildir. U arabcha “chiroyli dalillash “ degan ma’noni bildiradi. U biron voqea,narsa, holatni unga aloqasi bo‘lmagan bosh bir narsaga o‘xshatish san’atidur. Bunda shoir go‘zal bir ifoda keltirib o‘tishi kerak:

Nomai shavqum ne nav ul oyg‘a yetkay,chunki men,

El otin o‘qir hasaddin yozmadim unga unvon.

Alisher Navoiy husni ta’lil ifodasi uchun xizmat qiladigan hayotiy timsollar ning ko‘lamini kengaytirib,o‘zigacha bo‘lgan fors-tojik va turkiy tillarda qo‘llanmagan badiiy timsollarni olib kiradi. Alisher Navoiy ijodida tamsil san’ati ham o‘zgacha bir ruhda tasvir etilgan. Ma’lumki, tamsil arabcha “misol keltirish,dalillash “ degan ma’nolarni bildiradi.

Zaxmin ichra qoldi paykoning, ne yanglig‘ butkay ul,

Chunki qo‘ymas yarag‘a yopishqali malham su.

Baytda oshiq o‘z yarasida yorning o‘qi (kiprigi) qolganini va uning bitishi amri mahol ekanini aytar ekan, bunga malham qo‘ymoqchi bo‘lsalar,suv unga yopishgani qo‘ymayotganini sabab qilib ko’rsatadi. “Navoiy ijodidagi eng yuksak san’atlardan biri talmeh san’atidir. Bunda shoir baytlarda o‘tmishda o’tgan yoki o’z zamondoshlarining eng mashhurlarining nomini, adabiy asar qahramonlarini,joy nomlarini keltirib o‘tadi” [1].

Rumu chin bo‘ldilar anga mahkum,

Balki xoqoni Chin qaysar-i Rum.

“Alisher Navoiy turfa xil san’atlardan mohirlik bilan foydalanilgan.”Bilib turib bilmaslikka olish”ma’nosini ifodalovchi she’riy san’atlardan biri bu tajohuli orif san’atidur.Bu san’at qo‘llangan baytlarda ko‘pincha mahbuba qiyofasi qiyosiy holda tasvirlanib, bir yoki bir nechta narsaga o‘xshatiladi lekin aniq gap aytilmaydi” [2].

Buki ko‘nglum yarasidan oqadur qonmu ekin,

Yo qizorib erigan suv kabi paykonmi ekan.

Alisher Navoiyning ga’zalchilikdagi badiiy mahoratini uning badiiy san’atlar qo‘llashidan ham bilish mumkin.Chunki Navoiy badiiy san’atlarga shunchaki bir oddiy vosita deb qaramaydi.Aksincha, badiiy san’atlar g‘azalning bir qismi bo‘lib, undan mohirona foydalanish g‘azalning musiqiyligini,o‘quvchiga tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Alisher Navoiy badiiy san’atlarning hamma turidan,ma’naviy va lafziy san’atlarning har biridan unumli foydalanadi. Alisher Navoiy badiiy san’at qo‘llashda ham me’yorga rioya qilish kerakligini uqtiradi.Haddan ziyod badiiy san’atning qo‘llanishi g‘azalni qo‘pol va tushu narsiz qilib qo‘yadi.

Adabiyot:

  1. Sirojiddinov.Sh,Yusupova.D,Davlatov.O.Navoiyshunoslik.Toshkent:”Tamaddun”, 2018.418-bet.
  2. Rustamov.A.Navoiyning badiiy mahorati.Toshkent:”Adabiyot va san’at”, 1979.69-bet.
  3. Alisher Navoiy.Badoye ul- vasat.Toshkent: 1988–1990.608-g’azal.
  4. Hojiahmedov.A.Mumtoz badiiyat malohati.Toshkent:”Sharq”, 1999.34-bet.


Ключевые слова

, istiora, tashbeh, majoz, talmeh, tamsil, irsoli masal, husni ta’lil
Задать вопрос