Mazkur maqolada fransuz tilidagi inson qalb tuyg’ularining tilda aks ettirish vositalari haqida fikr yuritiladi. Hislarni ifoda etadigan so’zlar grammatik, leksik, semantik jihatdan tahlil qilinib,ularning his tuyg’uni ifodalash davomiyligi bo’yicha tahlil natijalari berib o’tilgan. Bunday so’zlar orasida belgini ifodalovchi so’zlar tahlili chuqur berib o’tilgan. Xususan, ularning tarkibiy elementlari o’rtasidagi turlicha semantik munosabatlar insonlarga xos har qanday ichki kechinmalar asosida paydo bo’ladigan g’azab, jahl, qo’rquv, quvonch, zavq kabi ruhiy jarayonlarni aks ettirishi ko’rsatib o’tildi.
Kalit so’zlar: ruhiyat tasviri, fe’llar, sifatlar: otla,r emotsiya, salbiy his- tuyg’u, ijobiy his tuyg’u, neytral his tuyg’u.
В этой статье рассматриваются способы выражения чувств человеческой души на французском языке. Слова, выражающие чувства, анализируются грамматически, лексически и семантически, и результаты анализа приводятся с точки зрения продолжительности выражения ими чувств. Среди таких слов — углубленный анализ слов, обозначающих знак. В частности, было показано, что различные семантические отношения между составляющими их элементами отражают психические процессы, такие как гнев, ярость, страх, радость и удовольствие, которые возникают на основе любого человеческого внутреннего опыта.
Ключевые слова: образ духа, глаголы, прилагательные: эмоция, отрицательные эмоции, позитивные эмоции, нейтральное чувство.
Biz o'zimiz haqimizda, boshqalar haqida, bizni o'rab turgan narsalar to'g'risida fikr yuritamiz, hislar va hissiyotlar orqali bu dunyoni idrok etamiz. Tuyg’ularimizni qanday ifoda etamiz, albatta, turli verbal va noverbal usullarda ularni ifodalaymiz. His qilish beshta sezgi organi orqali seziladigan taassurot bo’lib, ular quyidagilar
– ko'rish (ranglar, chiroqlar, shakllar, hajmlar va boshqalarni idrok etish),
– eshitish (shovqinlarni, tovush effektlarini, kuylarni, qo'shiqlarni idrok etish),
– hid (turli hidlarni idrok qilish),
– ta'm (yoqimli yoki yoqimsiz ta’mni his qilish),
– teri orqali sezish (yumshoq / qo'pol, qattiq / yumshoq, issiq / sovuq…). Hislarni ifoda etadigan so’zlar, asosan, quyidagi so’z turkumlari orqali ifoda etiladi:
Ot |
couleur, lumière, odeur, parfum, saveur, forme, taille |
Sifat |
doux, rugueux, coloré, lumineux, obscur, amer, piquant, sonore, bruyant |
Fe’l |
toucher, caresser, gratter, renifler, respirer, humer, observer, toucher, déguster |
Hislar sezgi bilan bog'liq bo'lgan idrok etish jarayoni bo’lib, uning ta’sirida ko'pincha insonga ta’sir qiladigan, uni xafa qiladigan ruhiy holat vujudga keladi. Keyin emotsiya paydo bo'ladi. Emotsiya kuchli quvonch, qo'rquv va boshqalar hissi tufayli yuzaga keladigan vaqtinchalik jarayondir. [5,341].
Ruhiy holat shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalardir. Shaxs tirik mavjudot bo’lishi bilan birga jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida tevarak- atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini xolisona aks ettiradi [2,86].
Inson munosabatlari uning miyasida his-tuyg’ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi ruhiy holatni va his-tuyg’uni keltirib chiqaradi. Umuman olganda, ruhiy holat inson his- tuyg’ularidan kelib chiqadigan holatdir. Ba’zida ruhiy holatni emotsiya bir xil ma’noda ishlatilishi holatlari ham uchrab turadi. Kishi tana a’zolarining ranglari o’zgarishi, lablarning titrashi, g’amginlik yoki kulguda boshqa kurinishga kelishi albatda emotsiya bilan ham bog’liq hodisadir. Ammo, ikki tushunchaning o’zaro farqi shundaki ruhiy holat ijtimoiy tushuncha hisoblansa, emotsiya esa xususiy ahamiyat kasb etadi. Shaxsning faoliyati, xulq-atvori, muomalasi hamda jamiyat uchun ahamiyatli hisoblangan narsa va hodisalar aks ettiruvchi munosabati ruhiy holatda mujassamlashadi. Emotsiya esa faqat insonlarga emas, mavjudotlarga ham ta’luqli holat hisoblanadi.
Ruhiy holatda ijtimoiy muhitdagi kishilar tomonidan o’zlashtirilgan g’oyalar, me’yorlar aks ettiruvchi, anglashilgan his-tuyg’ular, murakkab kechinmalarning vujudga kelishi jarayonidir. Ruhiy holat yuksak his tuyg’ular ongli harakatlarni bajarishning mazmuni bilan uyg’unlashgan shaxs holatining murakkab tarkibida kechadi. Masala, axloqiy, aqliy, nafosat tuyg’ulari ruhiy holatning o’zagi hisoblanadi.
Ruhiy holat ifoda etadigan so’zlar, asosan, sifat, ot, fe’l kabilardir:
Ruhiy holat |
Fe’l |
Ot |
Sifat |
Qo’rquv |
avoir peur, craindre, appréhender, redouter, être effrayé/paniqué/ horri é/angoissé/épouvanté/terrorisé par |
préoccupation, appréhension, stress, trac, peur, crainte, inquiétude, panique, angoisse, terreur, épouvante, effroi |
soucieux, préoccupé, inquiet, craintif, stressé, peureux, paniqué, angoissé, terrifié, épouvanté |
Hayrat |
interroger, surprendre, déstabiliser, interpeler, étonner, troubler, dérouter |
surprise, étonnement, stupéfaction, saisissement, ébahissement, stupeur |
surpris, étonné, stupéfait, frappé, renversé, stupéfié, interloqué, abasourdi, épaté, estomaqué, médusé, ébahi, déstabilisé, troublé |
Shubha |
douter, hésiter, soupçonner, se méfier de, se demander, pressentir, présumer, croire, imaginer |
doute, incertitude, défiance, hésitation, tâtonnement, soupçon, méfiance, confusion |
incertain, indécis, vague, confus, hésitant, équivoque, ambigu, douteux, suspect |
Quvonch |
se satisfaire de, sourire, prendre plaisir à, rire, s’enthousiasmer pour, rayonner, s’illuminer de joie, |
contentement, satisfaction, joie, gaieté, allégresse, bonheur, félicité, enchantement, euphorie, ravissement |
satisfait, content, joyeux, gai, heureux, enthousiaste, rayonnant, radieux, ravi, enchanté |
Qayg’u, g’am |
regretter, déplorer, pleurer, se lamenter, souffrir, être abattu |
amertume, chagrin, peine, douleur, affliction, tourment, regret, nostalgie, mélancolie, désespoir, abattement, accablement |
chagriné, morose, malheureux, peiné, affligé, nostalgique, mélancolique, désespéré, tourmenté, inconsolable, abattu, accablé |
Muhabbat |
apprécier, tenir à, aimer, s’éprendre de, adorer, raffoler de, être fou de, brûler pour, être passionné par, chérir, vénérer |
attachement, affection, penchant, engouement, amitié, tendresse, attirance, élan, flamme, ardeur, passion, adoration |
amoureux, ami, passionné, amateur, fanatique, exalté |
Ruhiy holat- bu juda keng tushuncha hisoblanadi. Shuningdek, ushbu holat faqat shaxsga tegishli hamdir. Shaxs- bu idrok qiladi, esda olib qoladi, fikr yuritadi va his tuyg’ularini ruhiyat orqali ko’rsata oladi. Ongli faoliyatning subyekti bo’lmish individ psixalogiya fanida shaxs hisoblanadi. Mana shu individda sodir bo’ladigan ruhiy holatni aks ettirish uchun tilshunoslikda ruhiyatni ifodalovchi so’zlardan foydalanamiz. Bunday so’zlar tilda bir qancha. Bunday so’zlar tarkibiga sifatlar, fe’llar, otlar va ba’zi bir ruhiyatni ifodalovchi sifatlar kiradi. Bularning orasida keng uchrashi va bo’yoqdorligi bilan ajralib turuvchi so’zlar albatta, sifatlardir.
Sifat so’z turkumi asosan predmetning (ot va otlashgan so’zlarning), qisman harakatning belgisini bildiruvchi va darajalanuvchi so’zlardir. Belgi tushunchasi o’z ichiga rang-tus, hajm-shakl, xarakter, maza-ta’m kabilarni qamrab oladi. Lekin, fransuz tilida sifatlar faqatgina yuqoridagi belgilarni ifodalab qolmasdan, narsa va shaxsga oid boshqa belgi va holatlarni ifodalashda ishlatiladi.
Belgini ifodalovchi sifatlar grammatikada va leksikalogiyada katta ro’l o’ynaydi va sifat so’z turkumining asosiy qismini tashkil qiladi. Bu turdagi sifatlarning o’zini ham bir necha guruhlarga ajratishimiz mumkin.
a) rang-tus sifatlari
b) maza — ta’m sifatlar
c) shakl-hajm sifatlari
d) hid sifatlai
e) ruhiy holat sifatlari
Ruhiy holat sifatlarini ham ifodalovchi holatiga ko’ra quydagicha guruhlarga ajratishimiz mumkin.
Ruhiy holat |
Misollar |
Muhabbat |
amoureux(euse)- sevib qolgan, passionné(ée)-ehtirosli, épris(ise)- oshifta ardent(ente)-jo’shqin. |
G’azab |
exaspéré(ée)- g’azablangan, irrité(ée) –achchiqlangan, agressif(ve)- tojovuskor, furieux(euse)- darg’azab, courroucé(ée)- jahli chiqqan, g’azablangan, enragé(ée)- darg’azab, coléreux(euse)- jizzaki. |
Nafrat |
haineux(euse)- qahrli, rancunier(iére)- kekchi, xusumat saqlaydigan, hostile- adovatli, repoussant(ante)- yoqimsiz, jirkanch, repugnant(ante)- yoqimsiz, jirkanch |
Quvonch |
joyeux(euse)- xushchaqchaq, quvnoq, heureux(euse)- baxtli, omadli, gai(e)- shod, xursand enchanté(ée)- mo’jizali, maftunkor,xursand,content(ente)- mamnun, xursand. |
Qo’rquv |
peureux(euse)- qo’rqoq, yuraksiz, effrayé(ée)- qo’rqoq, cho’chigan, effrayant(ante)- qo’rqinchli, dahshatli, effroyable- dahshatli, panique — sarosimali, vahimali, terrorisé(ée)- dahshatga tushgan, terrifiant(ante)- dahshatga tushgan, qo’rqqan, inquiet(ète)- jonsarak, tashvishli, inquiétant(ante)- tashvishlantiradigan, alarmé(ée)- xavotirli, épouvanté(ée)- qo’rqqoq, horrifié(ée)- qattiq qo’rqqan, vahimaga tushgan, tourmenté(ée)- iztirobli, tashvishli, préoccupé(ée)- tashvishli, soucieux(euse)-tashvishli, craintif(ve)- yuraksiz, qo’rqoq, anxieux(euse)- g’amgin, tashvishli, froussard(arde)- qo’rqoq, bouleversé(ée)- hayajonga tushgan, |
Hayrat, ajablanish |
médusé(ée)- hayratlangan, esankirab qolgan, étonnant(ante)- hayron qoldiradigan, ébahi(ie)- hayron, lol, inattendu(ue)- kutilmagan, brusque- tosatdan, qo’pol, saisissant(ante)- hayratda qoldiradigan, déconcertant(ante)- tashvishlantiruvchi, shoshtiruvchi, stupéfait(ite)- hayron qolgan, interdit(ite)- hayratda qolgan,boshi qotgan, impressionné(ée)- ta’sirlangan, émerveillé(ée)- qoyil qolgan. |
G’amginlik |
abattu(ue)- ruhi tushgan, ezilgan, découragé(ée)- ruhiy tushkinlikka tushgan, malheureux(euse)- ojiz, baxtsiz, chagriné(ée)- qayg’uga tushgan,inconsolable-yupatib bo’lmaydigan, tasalli topmaydigan, éploré(ée)- qayg’uli, yig’lab ko’zlari qizargan, nostalgique- ma’yus, g’amgin, maussade- xo’mraygan, sombre- g’amgin, anéanti(e)- dili vayron, morose- qayg’uli, ma’yus, accablé(ée)- ruhan ezilgan, dèҫu(ue)- hafsalasi pir bo’lgan, pissimiste- ruhi tushgan, kelajakka ishonchsiz, triste- g’amgin, xafa. |
Tortinchoqlik |
honteux(euse)- uyatchang, timide- tortinchoq,effacé(ée)-ko’zga tashlanmaydigan. |
Istak va xohish |
avide- ishtiyoqmand, concupiscent(ente)- shahvatparastlarcha, envieux(euse)- suqlanib qaraydigan, tentè(èe)- orzu-havasli. |
Rashk va hasad |
jaloux(ouse)- rashkchi,qizg’anadigan, soupçonneux(euse)-shubhali, ishonchsiz, défiant(ante)- shubha bilan qaraydigan, hech kimga ishonmaydigan, farouche- odamovi, murosaga kelmaydigan. |
His-tuyg‘ular albatta, ikki qutbli –ijobiy yoki salbiy, ya’ni yoqimli va yoqimsiz bo‘ladi [1, 232]. Shunga ko‘ra fransuzcha sifatlarni ham ijobiy va salbiy emotsiyali turkumiga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.
Biz yuqorida ruhiy holatni ifodalovchi sifatlarni g’azabni, muhabbatni, umidni, nafratni, quvonchni, qo’rquvni, hayratni, g’amginlikni, istakni, tortinchoqlikni ifodalashiga ko’ra guruhlarga ajratdek. Bu sifatlar ham his- tuyg’uni qanchalik ta’sirchan qilib ifodalashiga ko’ra har birini yana guruhlarga ajratishimiz mumkin. Masalan: G’azabni ifodalovchi coléreux, irrité sifatlarining exaspéré, courroucé, furieux sifatlariga qaraganda bo’yoqdorlik darajasi kamroq. Qo’rquvni ifodalovchi tourmenté, inquiet, alarmé, préoccupé, anxieux sifatlari effrayé, terrifiant, horrifié sifatlariga qaragandan buyoqdorlik darajasi past bulib ular ko’proq tashvish va xavotirni ifodalaydi. Hayrat va ajablasnish sifatlaridan impressionné, émerveillé sifatlarining bo’yoqdorlik darajasi stupéfait va ébahi kabi sifatlarning bo’yoqdorlik darajasidan kamroq.
Ushbu sifatlarning yana bir o’ziga xos jihatlaridan biri, inson his-tuyg’usining davomiyligini ham ko’rsatib kelishidir. His-tuyg’uning davomiyligiga ko’ra g’azabni ifodalovchi sifatlarni quyidagicha guruhlarga ajratishimiz mumkin:
Davomiyligi qisqa. |
Davomiyligi uzoq |
Exaspéré(ée)- g’azablangan irrité(ée)–achchiqlangan courroucé(ée)-jahli chiqqan |
Agressif(ve)-tojovuskor furieux(euse)-darg’azab enragé(ée)-darg’azab coléreux(euse)- jizzaki |
Inson biror narsadan achiqlanganda yoki jahli chiqqanda ma’lum muddatgina bu holat saqlanib turadi, so’ngra o’tib ketadi. Shunday sifatlar borki insonning uzoq muddatli ruhiy holatini ifodalaydi. Ba’zi insonlar borki, ular yoshligidan to umrining so’ngigacha nimadandir g’azablangan holda o’tadi.
Nafratni ifodolovchi sifatlarning deyarli barchasi uzoq davomli ruhiyatni ifodalovchi so’zlardir:
haineux(euse)- qahrli
rancunier(iére)- kekchi
xusumat saqlaydigan
hostile-adovatli
repoussant(ante)-yoqimsiz, jirkanch
repugnant(ante)- yoqimsiz, jirkanch.
Qahrli, adovatli inson ma’lum muddatgina shunday yashab, keyinchalik darhol kechirimli insonga aylanib qolmaydi. Faqatgina vaqt bu insonni o’zgartirishi yoki hech qanday o’zgarishlarsiz umruning oxirigacha shunday qolishi mumkin.
Quvonchni ifodalovchi sifatlardan eng tez muddatda sodir bo’ladigan ruhiy holatni ifodalovchi enchanté(ée)- xursand, content(ente)- mamnun, xursand- kabi sifatlardir.
Hayotda biror quvonchli voqea yuz berganda insonda tezlik bilan paydo bo’ladigan va uzoq davom etmaydigan ruhiy holatlar aynan shu sifatlar orqali ifodalanadi. Joyeux(euse)- xushchaqchaq, heureux(euse)- baxtli- sifatlari esa uzoq muddatli hisoblanib ba’zida bu holatlarni insonning o’zi anglamaydi, chunki ular insonga tezlik bilan keladigan holatlar emas.
Hayrat, ajablanishni ifodalovchi sifatlarning barchasi qisqa muddatli holatni ifodalaydi va ular inson ruhiyatida tezlik bilan sodir bo’ladi.
Tortinchoqlikni ifodalovchi sifatlar va istak va xohishni ifodolovchi sifatlar ham nafratni ifodalovchi sifatlar kabi uzoq muddatli ruhiy holatni ifodayli.
G’amginlikni ifodalovchi sifatlarning ruhiy holatni ifodalash davomiyligiga ko’ra quydagicha darajalash mumkin:
Davomiyligi qisqa |
Davomiyligi uzoq |
Davomiyligi juda uzoq |
éploré(ée)- qayg’uli, yig’lab ko’zlari qizargan maussade- xo’mraygan |
accablé(ée)- ruhan ezilgan dè ҫ u(ue)- hafsalasi pir bo’lgan découragé(ée)- ruhiy tushkinlikka tushgan chagriné(ée)- qayg’uga tushgan |
malheureux(euse)- ojiz, baxtsiz pissimiste- ruhi tushgan, kelajakka ishonchsiz. |
Birinchi guruhdagi g’amginlikni ifodalovchi sifatlar inson ruhiyatida sodir bo’ladigan bir necha kunlik jarayonni ifodalasa, ikkinchi guruhdagi sifatlar esa bir necha oylar yoki yillar davomida sodir bo’ladigan ruhiy jarayonni ifodalaydi. Uchunchi guruhdagi sifatlar ba’zan inson umri davomidagi ruhiy holatini yoki uzoq davom etadigan holatni ifodalashga xizmat qiladi.
Ruhiyatni ifodalovchi sifatlarning semantikasini, nutqda qo’llanishi va uslubiy xususiyatlarini tahlil qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki belgi bildiruvchi so’zlar tilda anchagina, shuningdek ruhiyatni ifodalovchilar ham. Ularning qo’llanish darajasi va nutqiy ma’nolari, ma’no tovlanishlarini tahlil qilish tilimiz ifoda imkoniyatlari, boyligini to’laroq tasavvur qilish imkonini beradi. Demak, sifatning boshqalaridan ajralib turadigan, va o’ziga xos qo’llanilish uslubiga ega bo’lga turi bu ruhiy holatni ifodalovchi sifatlardir.
Adabiyot:
- Xaydarov F., Xalilova N.Umumiy psixologiya.–Toshkent: TDPU, 2010
- Abdumajidov H, Psixologiya Toshkent 2006
- Белянин В. П. Основы психолингвистической диагностики (модели лира в литературе). — М.: Тривола, 2000
- Polguere Alain: Lexicologie et sémantique lexicale, Montréal: Les Presses de l’Université de Montréal. 2008
- Le Larousse de Poche 2006