Kommunikatsiya jarayonida xushmuomalalikning ijtimoiy-lingvistik xususiyatlari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 7 декабря, печатный экземпляр отправим 11 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №47 (337) ноябрь 2020 г.

Дата публикации: 23.11.2020

Статья просмотрена: 349 раз

Библиографическое описание:

Мустофокулов, Ф. Х. Kommunikatsiya jarayonida xushmuomalalikning ijtimoiy-lingvistik xususiyatlari / Ф. Х. Мустофокулов, Э. Х. Рахматов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 47 (337). — С. 540-543. — URL: https://moluch.ru/archive/337/75164/ (дата обращения: 24.11.2024).



Ushbu maqolada fransuz tilida xushmuomalakik kategoriyasi elementlarining ijtimoiy muloqot jarayonida qo’llanilishi, ijtimoiy-lingvistik ssenariylar ishtirokchilarining kommunikatsiya jarayonida bajaradigan rollaridan kelib chiqqan holda xushmuomalalik elementlarining qo’llanilishining o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar: xushmuomalakik kategoriyasi, ijtimoiy-lingvistik ssenariy, yozma muloqot, interaksiya ishtirokchilari, distributiv tahlil,pragmatik xususiyatlar.

В статье анализируется использование элементов категории вежливости во французском языке в процессе социальной коммуникации, особенности использования элементов вежливости в процессе общения, исходя из роли участников социолингвистических сценариев.

Ключевые слова: категория вежливости, социолингвистический сценарий, письменное общение, участники взаимодействия, дистрибутивный анализ, прагматические особенности.

Jamiyatda insonlarning o’zaro muloqot jarayonida foydalanadigan xushmuomalalik kategoriyasi elementlarining lisoniy tahlilida ijtimoiy-lingvistik ssenariylardan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega.

Bizga lingvistik ssenariylar tahlilidan ma’lumki, har bir shaxs turli-xil kommunikatsion holatlarda, vaziyatga qarab turli-xil rollarni bajarishi mumkin. Masalan, ish joyida rahbar, betob bo’lsa doktor ko'rsatmalariga amal qiluvchi bemor, oilada o’z ota-onasining qobil farzandi yoki farzandlarining mehribon otasi, mehmondo’st oila boshlig’i bo’ladi. Jamiyatda kommunikatsiya jarayonida turli rollarni bajaruvchi kishilarning o’zaro munosabati rolli kutishlar bilan boshqariladi. Ushbu holatda inson o’zi xohlaydimi yoki yo’qmi atrofdagilar undan jamiyatda o’rnatilgan ma’lum namuna va normalarga mos keluvchi xul-qatvor va muomalani kutadilar. Agar rol yaxshi bajarilmasa jamoatchilik tomonidan baholanadi va vaziyatga qarab ozmi- ko'pmi cheklashlar qilinadi [1].

Sunday ekan jamiyatdagi insonlar orasida kommunikatsiya jarayonlari ham ularning ijtimoiy kelib chiqishi, jamiyatdagi o’rni mavqeyi, kasbi va lavozimiga ko’ra turli xil shakl va holatda sodir bo’ladi. Bunday kommunikatsiya jarayonlarida uning ishtirokchilari kommunikatsiya jarayonini tashkil etishda turli xilda shakl va mazmundagi xushmuomalalik elementlaridan foydalanadilar.

Quyida beriladigan advokat nomiga yo’llangan xat orqali biz insonlar o’rtasidagi kommunikatsiyaning o’ziga xos bir shakli hisoblangan yozma muloqot shakli interaksiya ishtirokchilarining ijtimoiy mavqei, kasbi, lavozimiga ko’ra qanday tartibda tashkil etilishini va unda xushmuomalalik kategoriyasi elementlarining o’ziga xos kommunikativ xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.

Maître,

Je suis actuellement en conflit avec (nom, prénom, qualité: mon employeur, mon voisin, mon époux...) en raison des faits suivants: (expliquez en détails votre situation, le litige...).

Je souhaiterais engager une action en justice pour trancher ce litige et faire appel aux services d’un avocat pour m’assister/ me représenter en justice.

Je vous prie donc de bien vouloir me représenter au cours de cette procédure. Dans l’attente de votre réponse, je vous prie d’agréer, Maître, l’expression de mes salutations distinguées [6].

Ushbu keltirilgan misoldan ko’rishimiz mumkinki, advokatga uning ijtimoiy roli, kasbiy faoliyati va lavozimini inobatga olgan holda kommunikatsiya jarayonining kirish qismi ya’ni la formule d’appelle qismida rasmiy ravishda» maître» shaklidagi xushmuomalalik kategoriyasi elementi qo’llaniladi. Kommunikatsiya jarayonining xushmuomalalik qismida esa kirish qismiga mos ravishda « dans l'attente de votre réponse, je vous prie d'agréer, Maître , l'expression de mes salutations distinguées» shaklidagi xushmuomalalik elementlaridan foydalanilishining guvohi bo’lishimiz mumkin. Bu esa o’ziga xos distributsiyani vujudga keltirishini korish mumkin. Distributiv tahlil esa so’zning matnda qo’llanilish doirasini ifodalaydi [2].

Bundan tashqari fransuz tili kommunikatsiya jarayonida, katolitsizm dinidagi muhim lavozimlardan biri hisoblangan Rim papasiga murojat etish jarayonida ham o’ziga xos xushmuomalalik elementlaridan foydalanilishining guvohi bo’lishimiz mumkin.

Très Saint Père,

Je suis conscient du fait que le problème que nous vivons en relation avec les graves fautes sacredotales vous fait beaucoup souffrir. Il nous affecte tous comme église que nous sommes et comme famille des fils de Dieu. Mais d’une manière tout particulière pour vous, votre Sainteté car vous êtes le Père et le Pasteur Suprême de l’Église.

La doctrine et très claire. Votre Sainteté n’a pas besoin de se fatiguer à nous passer au crible tous les principes de notre foi en un langage parfaitement intelligible.

Votre Sainteté , comptez sur les humbles prières de ce pauvre pécheur. Nous sommes à vos côtés et nous savons que la barque de l’Église continue à naviguer en ayant toujours un Guide qui ne pourra jamais nous manquer.

Recevez mon affection et ma gratitude et mon entière disposition pour collaborer en tout ce que votre Sainteté nous suggère pour le bien de l’Église . Bonne fête de Pâques.

Votre fils [7].

Ushbu misoldan ko’rishimiz mumkinki, Rim papasiga xat yozish jarayonida interaksiyaning kirish qismidayoq so’z unga maqtov bilan boshlanmoqda. Ya’ni « Très Saint Père — Ulug’ Otamiz» so’zlaridan ham Rim papasining jamiyatdagi nufuzi anchayin baland ekanligini ko’rsatmoqda. Bundan tashqari bu yerda « Très Saint Père» so’zlari katta harflarda yozilganligi ham papaga hurmat ma’nosini ifodalamoqda.

Keyingi qismlarda esa butun xat davomida turli o’rinlarda so’zlovchi tomonidan « votre Sainteté — sizning Ulug’vorligingiz», «Père — Otamiz» shaklidagi xushmuomalalik elementlaridan foydalanish orqaali so’zlovchi tinglovchining ijtimoiy jihatdan ancha yuqori statusga ega ekanligini ifodalamoqda.

Shundan so’ng xatning xushmuomalalik qismida so’zlovchi tomonidan « votre Sainteté nous suggère pour le bien de l’Église. Bonne fête de Pâques. – Sizning buyukligingiz bizni cherkovimiz foydasi uchun xizmat qilishga undaydi. Pasxa bayrami muborak bo’lsin!» Shaklida xushmuomalalik bilan xat yakunlanmoqda va tinglovchini Pasxa bayrami bilan tabriklamoqda. Bu qisimda ham yuqoridagi kabi « votre Sainteté — sizning Ulug’vorligingiz» shaklidagi xushmuomalalik elementining qo’llanilganligini ko’rishimiz mumkin. Bundan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, Rim papasiga murojat etish jarayonida « votre Sainteté — sizning Ulug’vorligingiz» iborasi eng ko’p qo’llaniladigan xushmuomalalik elementi hisoblanadi.

Xatning so’ngi qismida esa so’zlovchi o’z nutqini « Votre fils — o’g’lingiz» iborasidan foydalanmoqda bu esa o’z navbatida so’zlovchining jamiyatda tinglovchiga nisbatan ancha past darajada ekanligini ifoda etmoqda.

Bundan tashqari fuqaro tomonidan shahar hokimiga murojat etish jarayonida ham xushmuomalalik kategoriyasining o’ziga xos pragmatik xususiyatlari namoyon bo’lishini ko’rishimiz mumkin.

Madame / Monsieur le Maire,

J'ai l'honneur de vous adresser la présente demande pour louer la maison appartenant à la mairie sise au(donnez l'adresse de la maison concernée).

En effet,(expliquez brièvement vos intentions et les raisons qui vous pousse à demander la maison en location).

Si possible, je souhaiterais occuper la maison du01.02au18.08, soit 10 jours de location.

Vous remerciant pour l'attention que vous avez porté à ma demande, je vous prie d’agréer, Madame / Monsieur le maire, mes respectueuses salutations [8].

Ushbu misolning kirish qismida qo’llanilgan «Madame / Monsieur le Maire xonim / janob hokim» shaklidagi xushmuomalalik elementlari bilan birgalikda tinglovchining lavozimi ham alohida takidlanib kelmoqda. Keyingi o’rinda esa so’zlovchi tomonidan kommunikatsiyadan ko’zlangan maqsadni ifoda etish uchun « J'ai l'honneur de vous adresser — sizga hurmat bilan murojat etaman» shaklidagi xushmuomalalik elementidan foydalanmoqda. Xushmuomalalik qismida esa « Vous remerciant pour l'attention que vous avez porté à ma demande, je vous prie d’agréer, Madame / Monsieur le maire, mes respectueuses salutations» shaklidagi xushmuomalalikni ifodaliovchi iboralardan foydalanilmoqda.

Yuqoridagi misollardan ham ko’rishimiz mumkinki kommunikatsiya jarayonida ishtirokchilar faqatgina o’zaro axborot almashib qolmasdan, o’zlari ko’zlagan maqsadga erishish uchun bir birlariga ta’sir o’tkazib boradilar. Muloqot jarayonida kommunikatsiya ishtirokchilari axborot almashish mobaynida bir-biriga ta’sir etib boradi. O'zaro ta’sir xususiyatlarini aniqlab olish uchun kommunikatsiya jarayonining interaktiv tomonini o'rganish zarur bo'ladi. Kommunikatsiya jarayonining interaktiv tomoni — birgalikdagi faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining o’zaro, bir-biriga ta’sir o'tkazishidir. Kommunikatsiya orqali kishilar birgalikdagi umumiy faoliyatni tashkil etadilar [1].

Shu o’rinda shuni ham alohida takidlab o’tish lozimki, kishilarning jamiyatda tutgan o’rni, kasbi, lavozimi kabi omillarni inobatga olgan holda kommunikatsiya jarayoni tashkil etilganda ularning har biri uchun o’ziga xos xushmuomalalik elementlaridan foydalaniladi. Bulardan bazilarini esa quyidagi misollar yordamida tahlil qilib o’tamiz.

Davlat amaldoriga murojaat etish jarayonida kommunikatsiyaning kirish qismida « Monsieur le (lavozimi)» shaklidagi xushmuomalalik elementi hamda yakuniy qismida esa» Je vous prie d'agréer, Monsieur le (titre), l'expression de ma très haute considération» shaklidagi xushmuomalalik birikmalaridan foydalaniladi.

Diniy amaldorlarga murojaat qilishda esa ularning lavozimlariga qarab turli xil xushmuomalalik elementlaridan foydalaniladi. Masalan kardinalga murojat etishda kommunikatsiyaning kirish qismida « Éminence» shaklidagi hamda yakuniy qismida» Daignez, Votre Éminence, agréer l’expression de mon très profond respect.» shaklidagi xushmuomalalik elementlaridan foydalaniladi.

Arxiyepiskopga murojat qilishda kommunikatsiya jarayonining boshlanish qismida « Monseigneur», yakuniy qismida» Daignez, Votre Excellence, agréer l’expression de ma très respectueuse considération». tarzidagi xushmuomalalik elementlaridan foydalaniladi.

Boshqa diniy lavozimdagi kishilarga murojaat etilganda ularning lavozimlariga qarab kommunikatsiya jarayonining kirish qismida « Mon père –ota, Ma sœur — opa, Monsieur le curé — janob Ruhoniy, Monsieur l’abbé — janob Abbat» singari xushmuomalalik elementlaridan, yakuniy qismida esa « Je vous prie d’agréer, (lavozimi), l'expression de mon respectueux souvenir». shaklidagi xushmuomalalikni ifodalovchi iboralar va gaplardan foydalaniladi.

Harbiy lavozimdagi shaxslarga murojaat etilganda ularning unvoniga mos ravishda xushmuomalalik elementlaridan foydalaniladi. masalan gineral unvonidagi shaxsga murojat etilganida komunikatsiyaning kirish qismida « Mon général» shaklisagi birikmadan foydalanilgan holda murojat etiladi. Bu yerda «Mon» so’zi kishilik olmoshi emas balki «Monsieur — janob» so’zining qisqartirilgan shakli sanaladi [5].

Yakuniy qismida esa « Je vous prie d’agréer, Mon Général, l'expression de ma haute considération» tarzidagi xushmuomalalikni ifodalovchi birikmalar va gaplardan foydalaniladi.

O’rta asrlarda mavjud bo’lgan va hozirgi kunda faqatgina badiiy asarlardagina uchratish mumkin bo’lgan ba’zi yuqori tabaqa vakillarini ifodalovchi nomlar ham mavjud bo’lib, badiiy asarda kommunikatsiya jarayonini tashkil etishda bunday shaxslarga nisbatan martabasiga qarab « Duc — Gersog, duchesse — Gersoginya, Monsieur le Duc — janob Gersog, Madame la Duchesse — Gersoginya xonim», «Marquis — Markiz, Marquise — Markiza, Mon cher Marquis — qadrli janob Markiz, Ma chère Marquise — qadrli Markiza xonim», «Comte — Graf, Comtesse — Grafinya, Mon cher Comte — qadirli Graf, Ma chère Comtesse — qadrli Grafinya», «Baron — Baron, cher Monsieur — qadirli janob, Chère Madame — qadrli xonim» singari xushmuomalalik elementlarini qo’llagan holda murojat qilinadi.

Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rishimiz mumkinki, badiiy asarda yuqori tabaqadagi shaxsga nisbatan uning martabasidan kelib chiqgan holda turlicha xushmuomalalik elementlaridan foydalaniladi.

Kommunikatsiya jarayonining yakuniy qismida esa « Je vous prie d’agréer, (unvoni) l’expression de mon respectueux souvenir» shaklidagi xushmuomalalik kategoriyasi elementlaridan foydalaniladi. Ushbu jarayonda tinglovchining unvoni, lavozimini va ijtimoiy mavqeyini takidlab o’tish ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan jihatlardan biri sanaladi. Negaki, kommunikatsiya jarayonidan ko’zlangan maqsadga erishish uchun tinglovchiga tasir o’tkazish unga nisbatan xushmuomalali munosabatda bo’lish anchayin muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan misollardan xulosa qilishimiz mumkinki, kommunikatsiya jarayonida ishtirokchilarning ijtimoiy mavqei, kasbi, lavozimi, unvoni kabi jihatlarni e’tiborga olish va shunga mos xushmuomalalik elementlaridan foydalanish kommunikativ zarurat hisoblanadi. Negaki insonlar jamiyatda turli vaziyatlarda turli xil rollarni bajarishadi masalan, masalan uyda ota — ona, ko’cha ko’yda do’st, ishxonada boshliq, hamkasb rollarini bajarishlari mumkin. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda kommunikatsiya jarayonini tashkil etish va unga mos xushmuomalalik elementlaridan foydalanish so’zlovchidan katta mahorat talab etadi.

Zero kommunikatsiya jarayonidan ko’zlangan umumiy hamda xususiy maqsadlarga erishishda xushmuomalalik kategoriyasi elementlaridan to’g’ri o’rinli va oqilona foydalanish mihim ahamiyatga ega sanaladi. Chunki, kommunikatsiya jarayonida ishtirokchilar faqatgina axborot alamashib qolmasdan balki, bir- birlariga ta’sir etishga va mana shu tasir orqali o’zlari ko’zlagan maqsadga erishishga harakat qiladilar. Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli kechishi uchun esa xushmuomalalik elementlaridan to’g’ri va o’z o’rnida foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

Adabiyot:

  1. Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi. — Toshkent: Turon- Iqbol, 2006.
  2. O. N. Shomatov. Filalogiyaning ilmiy tadqiqot metodlari. Toshkent 2009.
  3. Safarov Sh. Pragmalingvistika. — Toshkent: O’zbekiston milliy ensklopediyasi, 2008.
  4. Orecchoini K. La conversation. — Paris: Seuil, 1996.
  5. Rouvillois F. Histoire de la politesse de 1789 a nos jours. — Paris: Flammarion, 2006.
  6. https://www.lettres-gratuites.com/modele-lettre-avocat-huissier.html
  7. https://www.modele-lettre.com/lettre-2484/lettre-de-lettre-au-pape.html
  8. https://www.modele-lettre-gratuit.com/modele-de-lettre/demarches-administratives/mairie/


Ключевые слова

xushmuomalakik kategoriyasi, ijtimoiy-lingvistik ssenariy, yozma muloqot, interaksiya ishtirokchilari, distributiv tahlil, pragmatik xususiyatlar

Похожие статьи

Ta’limda bulutli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi

Maqolada taʼlimda bulutli texnologiyalarni qo’llash va undan foydalanishning maqsadi, muammolari shuningdek, O’zbekiston ta’lim tizimida bulutli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Taʼlimda bulutli texno...

Temir yо‘l stansiyalarining yuklanganligini kamaytirish chora-tadbirlari

Mazkur maqolada temir yo‘l stansiyasining yuklanganlik darajasiga ta’sir e’tuvchi omillar «Isikava» diagrammasi yordamida aniqlangan. Shuningdek, stansiyaning yuklanganlik darajasini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilishda ijtimoiy-hissiy jihatidan qo’yiladigan talablar

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich maktabdagi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lishi uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlar, ko'nikmalar va bilimlarni namoyish etish darajasiga qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi.

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida

Maqolada yoshlar axloqiy qadriyatlari mazmuni va axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatidagi tahlili, shuningdеk, axloqiy qadriyatlarni o‘rganish tеstlari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, yoshlarning axloqiy qadriyat...

Metrologik ekspertizani amalga oshirishda zamonaviy yondashuvlar

Maqolada texnikaviy hujjatlarning metrologik ekspertizasini mahsulot sifatiga ta’siri, uning me’yoriy asoslari, metrologik ekspertizani o’tkazish bo’yicha tashkilot standartini korxona uchun ahamiyati, vazifalari va ushbu ishlarni respublika darajasi...

Estrada aktyorlarini о‘qitishda pedagogning kasbiy kompetentligi masalalari

Mazkur maqolada zamonaviy san’at ta’limida, xususan estrada aktyorlarini tayyorlash jarayonida pedagogning kompetentligi masalalari о‘rganilgan va tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqot natijasiga kо‘ra uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Fransuz tilida “ayol’’ konseptining kognitiv tahlili

Mazkur maqola orqali fransuz tilida «femme» (ayol) konseptining kognitiv tahlil qilish usullari borasida fikrlar keltirilgan. Shu bilan bir qatorda fransuz tilshunoslik madaniy konsepsiyasini ko'rib chiqishga hamda konsepsiya tarkibini tashkil etuvch...

Bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining ahamiyati

Muallif maqolada bolaning erta aqliy rivojlanishi jarayonining shakllanishi va unda onaning ishtiroki haqida olib borilgan tadqiqotlarni ilmiy tahlil qiladi. Bolaning erta aqliy rivojlanishida onalar nimalarga e’tibor qaratishi haqida o‘z fikrlarini ...

Похожие статьи

Ta’limda bulutli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi

Maqolada taʼlimda bulutli texnologiyalarni qo’llash va undan foydalanishning maqsadi, muammolari shuningdek, O’zbekiston ta’lim tizimida bulutli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Taʼlimda bulutli texno...

Temir yо‘l stansiyalarining yuklanganligini kamaytirish chora-tadbirlari

Mazkur maqolada temir yo‘l stansiyasining yuklanganlik darajasiga ta’sir e’tuvchi omillar «Isikava» diagrammasi yordamida aniqlangan. Shuningdek, stansiyaning yuklanganlik darajasini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilishda ijtimoiy-hissiy jihatidan qo’yiladigan talablar

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich maktabdagi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lishi uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlar, ko'nikmalar va bilimlarni namoyish etish darajasiga qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi.

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida

Maqolada yoshlar axloqiy qadriyatlari mazmuni va axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatidagi tahlili, shuningdеk, axloqiy qadriyatlarni o‘rganish tеstlari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, yoshlarning axloqiy qadriyat...

Metrologik ekspertizani amalga oshirishda zamonaviy yondashuvlar

Maqolada texnikaviy hujjatlarning metrologik ekspertizasini mahsulot sifatiga ta’siri, uning me’yoriy asoslari, metrologik ekspertizani o’tkazish bo’yicha tashkilot standartini korxona uchun ahamiyati, vazifalari va ushbu ishlarni respublika darajasi...

Estrada aktyorlarini о‘qitishda pedagogning kasbiy kompetentligi masalalari

Mazkur maqolada zamonaviy san’at ta’limida, xususan estrada aktyorlarini tayyorlash jarayonida pedagogning kompetentligi masalalari о‘rganilgan va tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqot natijasiga kо‘ra uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Fransuz tilida “ayol’’ konseptining kognitiv tahlili

Mazkur maqola orqali fransuz tilida «femme» (ayol) konseptining kognitiv tahlil qilish usullari borasida fikrlar keltirilgan. Shu bilan bir qatorda fransuz tilshunoslik madaniy konsepsiyasini ko'rib chiqishga hamda konsepsiya tarkibini tashkil etuvch...

Bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining ahamiyati

Muallif maqolada bolaning erta aqliy rivojlanishi jarayonining shakllanishi va unda onaning ishtiroki haqida olib borilgan tadqiqotlarni ilmiy tahlil qiladi. Bolaning erta aqliy rivojlanishida onalar nimalarga e’tibor qaratishi haqida o‘z fikrlarini ...

Задать вопрос