Qur`oni karimda shart maylining ishlatilinishi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Научный руководитель:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №44 (334) октябрь 2020 г.

Дата публикации: 28.10.2020

Статья просмотрена: 332 раза

Библиографическое описание:

Ахмаджанова, Гулшона. Qur`oni karimda shart maylining ishlatilinishi / Гулшона Ахмаджанова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 44 (334). — С. 388-390. — URL: https://moluch.ru/archive/334/74530/ (дата обращения: 16.12.2024).

M aqolada Qur'oni karim oyatlarida shartli maylining ishlatilinishi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so`zlar: shart mayli yuklamalari, grammatik tahlil, oyat, tarjima, tahlil, qoidalar, shart maylining qoidalari, tarjima nazariyasi

В статье представлена информация об использовании условного наклонения в аятах Священного Корана.

Ключевые слова: предлоги условного наклонения, грамматический разбор, аяты, перевод, анализ, правила условного наклонения, теория перевода

Arab tilida shartli ravishda nomlangan “Shart mayli” aslida mazkur maylning harakterini to`liq ochib bera olmaydi, chunki bu mayldagi fe`l faqat shartni bildirmaydi. Balki boshqa bir qator ma`nolarni ham ifodalashi bilan o`zbek tilidagi shart maylidan farq qiladi. Shart maylida kelgan fe`lni to`gridan to`gri tarjima qila olmaymiz. Tarjima qilish uchun shart maylida turgan fe`ldan oldin shart mayli yuklamalari kelishi lozim. Shart maylini hosil qilish uchun biz aniqlik maylidan foydalanamiz. Aniqlik mayli bu ish-harakatning mavjud zamonlardan biriga munosabatini bildiruvchi mayldir va u har doim fe`lning hozirgi-kelasi zamon shaklida ifodalanadi. Demak, shart mayli fe`lning hozirgi kelasi zamon shaklidan yasaladi va o`zining ayrim qoidalariga ega. Quyida shart maylining yasalishi hamda shart mayli yuklamalarining vazifalari keltirilgan:

1-qoida. Shart mayli fe`llarining hozirgi kelasi zamon shaklidan yasalishini quyida ta`kidlab o`tdik. Buning uchun hozirgi-kelasi zamondagi fe`lning oxirgi harakati sukunga o`zgartiriladi. Misol uchun: يَكْتُبُ-يَكْتُبْ

2-qoida. Hozirgi-kelasi zamondagi fe`llarining quyidagi shakllarida ن harfi tushib qoladi.

1. 2-shaxs, birlik, muannas تَفْهَمِي

2. 2-shaxs, ikkilik, muzakkar-muannas تَفْهَمَا

3. 3-shaxs, ikkilik, muzakkar يفْهَمَا

4. 3-shaxs, ikkilik, muannas تَفْهَمَا

3-qoida. Hozirgi-kelasi zamondagi fe`llarining quyidagi shakllarida ن harfi tushib qoladi va o`rniga o`qilmaydigan ا (alif) orttiriladi.

1. 2-shaxs, ko`plik, muzakkar تَفْحِمُوا

2. 3-shaxs, ko`plik, muzakkar يفْحِمُوا

4-qoida. Hozirgi-kelasi zamondagi fe`llarining quyidagi shakli shart maylida o`zgarmaydi.

1. 2-shaxs, ko`plik, muannas تَفْهَمْنَ

2. 3-shaxs, ko`plik, muannas يفْهَمْنَ

Quyida biz shart maylining qanday hosil bo`lishini ko`rib chiqdik. Shart maylida turgan fe`lning o`zini to`gridan-to`gri tarjima qilolmaymiz. Tarjima qilishimiz uchun shart maylida turgan fe`lning oldida shart mayli yuklamalari bo`lishi kerak. Shartni anglatadigan bu so`zlardan keyin shart ergash gapning va bosh gapning kesimlari yuqorida berilgan misollardagi kabi jazm holatidagi fe`llar bilan ifodalanadi. Bunda kesimlarning biri jazm holatida, ikkinchisi esa shart mayli yuklamasining ishlatilinishiga ko`ra yo hozirgi-kelasi zamonda yo o`tgan zamon shaklida bo`ladi. Shart mayli yuklamalari — اِنْ,مَتَئ, مَن, لَم, لِ, لأَ Ular quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. مَتَئ, إن, مَنْ shart yuklamalari umumiy xususiyatga ega, ya`ni ushbu yuklamalardan keyin 2 ta shart maylidagi fe`l kelishi kerak bo`ladi.

إنْ تُكْرِمْنِي أكْرِمْكَ Meni hurmat qilsang, seni hurmat qilaman.

مَن يَطْ لَبْ يَجِدْ Kim istasa (qidirsa) topadi.

مَتئ يَسمَعْ يَفْهَمْ Qachonki eshitsa, tushunadi.

2. لَمْ shart mayli yuklamasidan keyin kelgan fe’l umuman bajarilmagan ish harakatni ifoda etadi hamda mazmuni shartni ifodalamaydi. Buning mazmuni o`tgan zamonga ishora qiladigan qat`iy inkorni ifodalaydi. Ya`ni, shakli shart maylida turadi, mazmuni esa o`tgan-zamondagi qat`iy inkor. Bu yuklamadan keyin shart maylidagi bitta fe`l keladi. Gapda “umuman”, “mutlaqo”, “also”, “hech ham” degan tarjima ko`proq mos tushadi.

لَمْ يأْكُلْ Mutlaqo yemadi.

لَمْ أذهبْ Hech bormadi.

3. لأَ shart yuklamasi ham umuman shart mazmunini ifodalamaydi balki buyruq mayli shaklini ifodalash uchun ishlatilinadi. Ya`ni, shakli shart maylida kelishini talab qilsa, mazmuni buyruq-inkorni anglatadi.

! لاَ تَفْعَلْ هَكَذَا Bunday qilma!

لاَ تَتَكَلنمْ وَقْتَ الندرْسِ Dars paytida gaplashma!

Ana endi, shart maylining Qur`oni Karimda ishlatilinishini ko`rib chiqamiz. Shart mayli yuklamalari Qur`oni Karimda juda ko`p o`rinlarda ishlatilingan. Bundan tashqari Qur`oni Karimda لَما, مَا, كَيْفَما, حَيثُمَا, إذ ا, لَوْ kabi shart mayli yuklamalarini uchratishingiz mumkin. مَتَئ, إن, ملْ shart mayli yuklamalarining Qur’on Karimda ishlatilinishini oyatlarda ko`rib o`tamiz.

  1. Baqara surasi 85-oyat

يَأْتُوكُمْ أُسَٰرَىٰ تُفَٰدُوهُمْ وَهُوَ وَإِن

«Agar ular asir bo`lsalar, (tovon to`lab) qutqarib olasiz».

Baqara surasining 85-oyatida إِن (agar) shart mayli yuklamasining ishlatilinishini ko`rish mumkin. Bu yuklamaning asosiy qoidasi, o`zidan keyin 2 ta shart maylidagi fe`lni talab qiladi. Bu oyatda ham ko`rish mumkinki, إِن yuklamasidan keyin يَأْتُوكُمْ ya`ni يأَتُوا shart maylining 3-shaxs, ko`plik, muzakkar shakli qo`llanilmoqda hamda تُفَٰدُوهُمْ fe`li ya`ni تُفَٰدُوا shart maylining 2-shaxs, ko`plik, muzakkar shakli qo`llanilmoqda. Shart ergash gapning va bosh gapning kesimlarini jazm holatda kelayotganini ko`rish mumkin.

  1. Baqara surasi 197-oyat

وَمَا تَفْعَلُوا۟ مِنْ خَيْرٍ يَعْلَمْهُ ٱللَّهُ «Nima yaxshilik qilsangiz, Alloh uni biladi» .

Baqara surasining 197-oyatida مَا shart mayli yuklamasi ishlatilingan. Bu yuklamaning o`ziga xos qoidasi shundaki, o`zidan keyin faqat bitta shart maylidagi fe`lni talab qiladi. Bu oyatda مَا yuklamasidan so`ng تَفْعَلُوا۟ shart maylidagi fe`l kelmoqda. Bu fe`l 2-shaxs, ko`plik, muzakkar shaklda turibdi. Ya`ni, nimaiki yaxshilik qilsangiz degan ma`noni bildiradi. Demak, مَا shart mayli yuklamasi tarjimada nimaiki degan ma`noni beradi.

  1. Niso surasi 123-oyat

مَن يَعْمَلْ سُوٓءًا يُجْزَ بِهِۦ «Kim yomonlik qilsa, uning jazosini tortadir»

مَنْ shart mayli yuklamasining Qur`oni Karimda ishlatilinishini ushbu oyatda ko`rish mumkin. O`zidan keyin bevosita shart maylidagi fe`l ishlatilingan. يَعْمَلْ 3-shaxs, muzakkar, birlik shaklda.

  1. Ixlos surasi 3–4-oyat

لَمْ يَلِدْ وَلَمْ يُولَدْ وَلَمْ يَكُن لَّهُۥ كُفُوًا أَحَدٌۢ

«U tug`magan va tug`ilmagan», «Va unga hech kim teng bo`lmagan»

Ixlos surasining uchinchi va to`rtinchi oyatlarida لَمْ shart mayli yuklamasining ishlatilinishini ko`rish mumkin. Bu yuklama shakl jihatdan o`zidan keyin shart mayli fe`lini talab qilsa, mazmun jihatdan o`tgan zamon qat`iy inkor ma`nosini bildiradi. لَمْ yuklamasi grammatik jihatdan qoidasiga binoan o`zidan keying bitta fe`lni shart maylida turishini talab qiladi Ixlos surasining 3-oyatida لَمْ shart mayli yuklamalaridan so`ng يَلِدْ va يُولَدْ 3-shaxs, birlik, muzakkar shaklidagi shart mayli fe`li qo`llanilmoqda. 4-oyatda esa يَكُن3-shaxs, birlik, muzakkar shaklidagi shart mayli yuklamasi kelyapti. Bu oyatning tarjimasini umuman yoki also tug`magan va also tug`ilmagan va unga hech kim teng bo`lmagan deb olsak ham bo`ladi. Ayni tarjimada لَمْ yukla,sini umuman, also, hech kabi so`zlar chiqarib beradi. Alloh taologa biror zot na zotida, na sifatida va na amalida teng bo`lgan emas, bo`lolmaydi ham.

Shart maylining qo`llanilishini Qur`oni Karimning ko`pgina oyatlarida ko`rishimiz mumkin. Quyida faqat ba`zi misollar keltirildi. Agar chuqur yondashilinadigan bo`lsa, shart ergashgan gapning turli o`rinlarda turlicha ishlatilinishiga guvoh bo`lishingiz mumkin.

Адабиётлар:

  1. Qu`roni Karim
  2. Mirqobil Xasanov va Muborak Abzalova «Arab tili darslari» 2008.
  3. Abdujabborov A. «Arab tili darsligi» Toshkent 2007.
  4. Yorqin Shukurov online video darslik «Shart mayli yuklamalari» 2020.
  5. Ibrohimov N., Xasanov B., Musaev O., Ibrohimov B. “O`zbekcha-arabcha lug`at». Toshkent 2000
  6. Mullasodiqova, Nigora (2019) Sentence in the science of maoniy and its types, The Light of Islam: 2019 (2),14.
  7. Matibaeva Raziya. (2019) Teoreticheskie osnovi interaktivnix metodov obucheniya. Materials of International scientific-practical conference on the theme Women’s achievements in science, culture and innovational technologies. Jizzakh Polytechnical Institute, 17/05/2019.
  8. Матибаева, Р. Б. (2019) Редкая рукопись по ханафизму «Манакиб Аби Ханифа» / Р. Б. Матибаева. — Текст: непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 36 (274). — С. 71–74.
  9. Матибаева, Р. Б. (2020) Научно-духовное наследие имама Абу Ханифы / Р. Б. Матибаева. — Текст: непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 42 (332). — С. 282–284.
  10. Akbar Kazakbayev, (2019) Osobennosti prepodavaniya inostrannix yazikov: Problemi i metodi. The Light of Islam: 2019 (4), 14
Основные термины (генерируются автоматически): условное наклонение.

Ключевые слова

tahlil, shart mayli yuklamalari, grammatik tahlil, oyat, tarjima, qoidalar, shart maylining qoidalari, tarjima nazariyasi

Похожие статьи

O’quvchilarda notiqlik mahoratini kuchaytirish

Maqolada notiqlik san’ati hamda uning mahoratini o’quvchi yoshlarda shakllantirish yo’llari ko’rib chiqilgan

Turli xil tillardagi onomastik va tarixiy frazeologik birliklar

Bu maqola tarixiy va onomastik birliklar qatnashgan frazalar haqida Ingliz va O'zbek tillardagi misollar yordamida ma'lumot beradi.

Affikslarning polisemantik pоtensiali (nemis tili misolida)

Ushbu maqolada nemis tili lug’at boyligi, so’z yasalishida affikslarning ahamiyati, ularning turlari haqida so’z yuritiladi.

Ingliz tilini o’qitishda innovatsion usullardan foydalanish

Ushbu maqolada hozirgi davr talabiga aylangan ingliz tilini oq’ishitish hamda o’quv jarayonida innovatsion usullardan foydalanish ochib berilgan

Ingliz va o'zbek tillarining funktsional uslublari

Maqolada ingliz va o'zbek tillarining funktsional uslublarining xususiyatlari, turli uslubdagi matnlarni idrok etishning murakkabligini aniqlash tahlil qilinadi.

Multimediyaviy longrid internet jurnalistikasida yangi fenomen sifatida

Maqolada internet jurnalistikada paydo boʻlgan yangi multimediaviy longrid formati tarixi, uning xususiyatlari, oʻziga xosligi, jurnalistikadagi ahamiyati tadqiq etiladi.

Axborot xizmatlarini taqdim etishda telegram botlarning imkoniyatlari

Mazkur tadqiqot ishida axborot xizmatlarini ko’rstishda telegram botlardan foydalanishning imkoniyatlari qarab chiqilgan.

Kasb-hunar kolleglarida seminar mashg’ulotlarini tashkil qilishning o’ziga hos xususiyatlari

Ushbu maqolada o’quv jarayonini tashkil etishda seminar darslarining alohida o’rni, seminar mashg`ulotlarining maqsadi, seminar-amaliy mashg`ulotlarning shakllari, seminar darsi funksiyalari yoritib berilgan.

Chet tili fani darslarida mustaqil ishlarning bajarilishini nazorat qilishda ma’sofaviy ta’lim tizimi bo’lgan Moodle tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari

Xitoy tilida g’am-qayg’uni ifodalovchi undovlarning leksik-semantik tahlili

Xitoy tilida undov so`zlarning bir qancha ma’noviy guruhlari mavjud. Ularning orasida g’am-qayg’u undovlari hayrat undovlaridan so’ng son va qo’llanilish darajasi jihatidan ikkinchi o’rinni egallaydi. Ushbu maqolada muallif tomonidan xitoy tilida g’a...

Задать вопрос