Maqolada arab va ingliz tillarida izohlovchining o’rni va uning turlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Tayanch iboralar: izohlovchi, badal, e’rob, marfu’, mansub’ majrur, ism, maf’ul
В статье представлена информация о роли приложения и ее типах на арабском и английском языках.
Ключевые слова: приложение, заменитель, арабский язык, марфуъ, принадлежность, маджрур, существительное, мафъул
Tilimizga izohlovchi nomi bilan o’zlashgan grammatik holat, aslida, arab va ingliz tillarida turli xil terminlar orqali ifodalanadi. Tilning kelib chiqish nazariyalari va til oilalariga ajratilishiga ko’ra ushbu ikki til turli guruhlarga mansub bo’lishiga qaramay ularda ko’plab farqlar bilan birgalikda bir nechta o’xshashliklar ham yo’q emas. Ushbu maqola orqali shunday o’xshashlik va farqlarni izohlovchining bir turi misolida tahlil qilamiz. Izohlovchi— ot birga kelib, turli yo’llar bilan uning kasb-hunari, mansabi, ijtimoy holati, qarindoshlik belgisini bildirishi yoki ta’kidlab kelishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu morfologik tushunchadan qism va butunlikni bildirish, shaxsiga nisbatan alohida urg’u berish uchun ham foydalanamiz.
Arab tilida izohlovchi ikki turni o’z ichiga oladi:
- Badal (البدل):
- Ta’kid (التوكيد).
Badal —bir so’z ifodalanib, ortidan boshqa maqsad qilingan, birinchi so’zni aniqlashtirib kelgan so’zning qo’llanilishi. Bundan birikma ikki qismdan tarkib topadi: izohlab kelayotgan ikkinchi so’z badal (البدل), izohlanib kelayotgan so’z esa mubdal minhu (المبدل منه) deyiladi. Ingliz tilida badalni nisbatan aniqlovchi (modifier yoki determiner) va tegishlilikka (possessive form) qiyoslashimiz mumkin. Quyida badalning turlari va ularning ingliz tilida ifodalanishini ko’rib chiqamiz.
1. Badal mutobiq ( البدل المطابق), ba’zi manbalarda badal mutlaq (البدل المطلق) yoki badal kull minal kull (بدل الكل من الكل) deb ham berilgan. Bunda badal o’rnida kelgan ism mubdal minhu orqali kim yoki nima nazarda tutilganini bildirib keladi. Misol:
جاء الأستاذ محمود—Ustoz Mahmud keldilar. Gap tahlili:
جاء—o’tgan zamon fe’li; الأستاذ—mubdal minhu, محمود—badal mutobiqdir.
نبينا محمد صل الله عليه وسلم: نبينا—mubdal minhu, محمد—badal.
Bundan tashqari, ko’rsatish olmoshlari (اسماء الإشارة) ham mubdal minhu vazifasida kelishi mumkin:
هذا الطالب، هؤلاء الأخوات، تانك الطبيبتان.
Misollarda ifodalangani kabi mubdal minhuga moslashgan holda badal mutlaq ham aniq holatda bo’ladi.
Inliz tilida badal mutobiq anglatadigan holat mavjud va uning tuzilishi arab tilidagi ketma-ketlikka mos: President Clinton (Prezident Klinton), Student Nick (Talaba Nik) kabi. Bunday birikmalarda arab tilidan farqli ravishda so’zlar oldidan aniqlik artikli “the” ishlatilmaydi. Lekin ba’zi hollarda shunday ismli ikkita shaxs bo’lganida yoki ismga urg’u berishni xohlaganimizda artikl qo’yiladi:
That’s not the Stephen Fraser I went to school with (Bu men maktabga birga borgan Stefn Freyzer emas).
Do they mean the Ronald Reagan, or someone else? (Ular (o’sha) Ronald Reyganni nazarda tutishmoqdami yoki boshqa birontasinimi?)
Ba’zi hollarda esa noaniqlik artikli “a/an” bilan kelib, nazarda tutilgan shaxsning nutq so’zlovchi tanimasligini bildiradi:
There’s a Dr Kenneth Perch on the phone= I haven’t heard of him before. (egalik va ko’rsatish olmoshlari (possessive and demonstrative pronouns) ham أسماء الإشارة vazifasida kela oladi. Masalan:
These flowers—bu gullar—هذه الأزهار
My laptop—mening noutbugim—حاسوبي المحمول. (Arab tilida egalik olmoshi (ضمير متصل) arab tilidagi kabi mubdal minhu sifatida emas, so’z oxirida qo’shimcha sifatida keladi).
Nil daryosi, Kuvayt davlati, Ramazon oyi kabi birikmalar ham shu turga mansub:
نهر النيل دولة الكويت شهر الرمضان
Ushbu birikmalarda ikkinchi so’z, ya’ni tushum kelishigidagi ism asosiy qism—badal hisoblanadi.
Ingliz tilida esa bunday birikmalar ikki xil ifodalanadi:
University of Cambridge; Republic of Uzbekistan; Airport of Manchester kabi yoki: Cambridge University; Manchester Airport; Somali Republic.
Lekin: the River Thames, Mount Everest shakllari ham mavjud.
2. Badal ba’d — بدل البعض. Badalning mazkur turi yana badal juz minal kull– بدل الجزء من الكل deb ham aytiladi. Badalning bu turida badal mubdal minhuning bir qismini bildirib keladi. Badalni mubdal minhuga bog’lash uchun unga mos bog’lovchi olmosh badalga qo’shiladi. Bunday olmosh arab tilida ضمير عائد deyiladi.
اكلت الرغيفَ نصفَهُ—Nonning hammasini emas, yarmini yedim.
قرأت الكتابَ رُبعَهُ—Kitobning hammasini emas, chorak qismini o’qidim.
سقط البيتُ سقفُه—Uyning butun qismi emas, faqat shifti quladi.
أريد الكعكةَ أكثرَها—Tortning hammasini emas, ko’proq qismini xohlayman.
Qism va butunlik ma’nosini quyidagi izofa birikmalari ko’rinishida bo’lishi ham mumkin lekin badal kabi kuchli ma’no anglatmaydi:
الرغيفَ نصفَهُ ≈ نصف الرغيف
الكتابَ رُبعَهُ ≈ ربع الكتاب
Ingliz tilida badal ba’d arab tilidagi izofaga o’xshash shakl orqali ifodalandi:
I ate half of the bread—nonning yarmini yedim.
I have read quarter of the book—kitobning chorak qismini o’qidim.
The ceiling of the home has fallen—uyning shifti quladi.
I would like some/much of the cake—Tortning bir/ko’p qismini istayman.
3. Badal ishtimal (بدل الاشتمال) da esa mubdal minhu qamragan sifatlaran biriga ishora qilinadi.
أعجبني البلبل صوته—Menga bulbulning (aynan) ovozini yaxshi ko’raman.
أحببت سليما خلقه—Salimning xulqi yoqdi.
نفعني المعلمون علمهم — Ustozlarning ilmlari menga foydali bo’ldi.
Tuzilish va, hatto, ma’no jihatidan ham badalning yuqoridagi ikki turi deyarli bir xilga o’xshaydi. Farqi shundaki, badal ba’dda badal badal minhuning asosiy va haqiqiy qismi bo’lsa, badal ishtimolda mubdal minhu o’z ichiga olgan sifatlardan biri bo’ladi.
Ingliz tilida esa badal ishtimol ifodalagan ma’no umuman boshqacha shaklda tuziladi. Misollarda ko’rib o’tamiz:
A of B : I like the voice of nightingale —Men bulbulning ovozini yoqtiraman (alohida urg’usiz).
B’s A : I admire Salim’s behavior —Salimning xulqini qadrlayman.
The teachers’ knowledge was useful for me—ustozlarning bilimi menga foydali bo’ldi.
E’rob masalasi. Kelishik, ya’ni e’robda badal mubdal minhu bilan kelishikda moslashadi. Agar mubdal minhu marfu’ bo’lsa, badal ham marfu’ yoki ikkalasi ham mansub yo majrur bo’lishi mumkin.
جاء الطالبُ فريدٌ— mubtado vazifasida, marfu’, ya’ni bosh kelishikda kelgan.
رأيت الطالبَ فريدًا— maf’ul vazifasida, mansub, ya’ni tushum kelishigida.
سلمت على الطالبِ فريدٍ—majrur, ya’ni qaratqich kelishigida.
الت الرغيفَ نصفَهُ—maf’ul vazifasida, mansub holatida ifodalangan.
Адабиётлар:
1. زايد إبراهيم الساعدي. ملخص المحو بالجداول النحوية.
2. Б. З. Халидов: «Учебник арабского языка», Ташкент — «Ўқитувчи», 1982.
3. محمود زياد "قواعد اللغة العربية".
4. Mullasodiqova, Nigora (2019) «Sentence in the science of maoniy and its types», e Light of Islam: Vol. 2019: Iss. 2, Article 14.
5. Available at: h ps://uzjournals.edu.uz/iiau/vol2019/iss2/14
6. Matibaeva Raziya. (2019) Teoreticheskie osnovi interaktivnix metodov obucheniya. Materials of International scientific-practical conference on the theme Women’s achievements in science, culture and innovational technologies. Jizzakh Polytechnical Institute, 17/05/2019.
7. Akbar Kazakbayev, (2019) osobennosti prepodavaniya inostrannix yazikov: problemi i metodi. The Light of Islam: Vol. 2019: Iss. 4, Article