O’quv maqsadlarini ifodalashda Blum toksionomiyasidan samarali foydalanishning innovatsion usullari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №43 (333) октябрь 2020 г.

Дата публикации: 20.10.2020

Статья просмотрена: 714 раз

Библиографическое описание:

Шукуров, Ё. А. O’quv maqsadlarini ifodalashda Blum toksionomiyasidan samarali foydalanishning innovatsion usullari / Ё. А. Шукуров. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 43 (333). — С. 353-355. — URL: https://moluch.ru/archive/333/74336/ (дата обращения: 26.04.2024).



Ushbu maqolada maullif Blum toksionomiyasini ta’lim jarayoniga tadbiq etishning samarali usullarini bayon qiladi. Pedagogik texnologiyaning muhim omillaridan biri hisoblangan o’quv maqsadlarini aniqlashda Blum toksionomiyasining roli va ahamiyatini ta’riflaydi. Blum toksinomiyasini samarali qo’llash uchun zarur bo’lga metodik tavsiyalarini taqdim etadi.

Kalit so’zlar: toksionomiya, o’qitish, usul, bilish, tushinish, analiz, tahlil

В этой статье описываются эффективные способы внедрения метода токсиономии Блум в образовательный процесс. Он описывает роль и значение токсиономии при определении учебных целей, которая считается одним из важных факторов педагогической технологии и предлагает методические рекомендации, необходимые для эффективного применения этого метода.

Ключевые слова: токсиономия, обучение, метод, знание, понимание, анализ

Mamlakatimiz ta’lim tizimida so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida oliy ta’lim tizimini mazmunan yangilash, axborotlar globallashgan bir davrda mazkur ta’lim tizimida pedagogik faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni modernizatsiyalash, mazkur jarayonga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish, bu borada xorij tajribalaridan samarali foydalanish kabi muhim vazifalarni qamrab olgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda bugungi kun pedagogi zimmasiga ta’lim-tarbiya mazmuniga bog’liq innovatsion ta’lim texnologiyalarini tanlash, mashg’ulotlar ishlanmalari va texnlogik xaritalarni loyihalash, ularda belgilangan o’quv maqsadlarini amalda qo’llay olish, talabalarning yosh, psixologik va ergonomic xususiyatlariga asosan talaba shaxsiga yo’naltirilgan ta’limni tashkil eta olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Ma’lumki, har qanday o’quv mashg’ulotini loyihalashtirishda o’quv maqsadi kata ahamiyatga egadir. Binobarin, maqsadni belgilash — texnologiyalashtirishning asosiy omili hisoblanib, pedagogik texnologiyani loyihalashtirish, o’quv jarayonini tuzish hamda tashkillashtirish shundan boshlanadi.

Ma’limku, maqsad — bu ko’zlanayotgan natija model ko’rinishidagi muhim yo’nalishning mahsuli hisoblanib, ta’lim subyektlarining faoliyat yakunida egallashlari ko’zlanayotgan narsadir. Natija esa o’z navbatida, birinchidan, o’quv faoliyatidan olingan natija ta’lim oluvchining rivojlanishida oldingi siljish bo’lib, bu uning u yoki bu faoliyatida o’z aksini topadi. Ikkinchidan esa ta’lim jarayonining samarali borishini namoyon qilib, maqsadga erishilganlik darajasini xususiyatlaydi, ta’lim berish va ta’lim olish jarayoni natija maqsadga mos kelgandagina tugaydi. Demak, o’quv maqsadlarini belgilshda uning oldindan rejalashtirilgan natijalarga to’la ravishda mos kelishi muhim ahamiyatga egadir.

Bugungi kunda ta’lim jarayonida, ayniqsa, xorijiy tillarni o’qitishda mavjud muammolarni izchil tahlil qilarkanmiz, beixtiyor quyidagi haqli savollar o’rtaga tashlanishini ko’ramiz: nima uchun ta’lim jarayoniga tadbiq etilayotgan pedagogik texnologiyalar to’laqonli natija bermayapti? Chet tilida o’qish, yozish, gapirish, tinglash kabi kompetensiyalarini shakllatirishda yuzaga kelayotgan murakkabliklarning yechimi qanday? Talaba yodlagan Grammatik qoidalarni, so’zlarni, birikmalarni og’zaki nutqda qo’llashdagi passivlik darajasini aktivlikka o’zgartirish uchun nima qilish kerak? Talaba xorijiy tilda olib boriladigan muloqot jarayonida “javob beruvchi” pozitsiyasidan “savol beruvchi” pozitsiyasiga olib chiqishga qaratilgan texnologiyalar mavjudmi?

Albatta mazkur muammolarning yuzaga kelishi muayyan sabablarga asoslanadi. Shularda biri — pedagog tomonidan pedagogik va ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishdagi izchillikka muntazam ravishda amal qilinmasligi, shuningdek, ta’lim berishning asosiy komponentlari (ta’lim shakli, vosita va usullari)dan foydalanishda uzviylik va uzliuksizlikka roiya etilmasligi hamda ta’lim texnologiyalarini qo’llashdagi tizimlilikka e’tibor qilinmasligi va boshqa shu kabi sabablar — o’quv maqsadlarini to’g’ri belgilash naqadar muhim ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

Bu borada talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko’nikmalar bilan baravar rivojlantirib borishda bevosita “Blum toksionomiyasi” ni ahamiyatini va rolini alohida ta’kidlagan bo’lardik. Zero, xorijiy tillar bo’yicha o’quv mashg’ulotlarining mazmunidan kelib chiqqan holda Blum toksionomiyasiga asosan o’quv maqsadlarini aniqlash va shu asosda mashg’ulotlarni tashkil etish — talabalarning mavzu maqsadidan kelib chiqib, rejelashtirilgan natijaga to’laqonli erishishlarini samarali ta’minlaydi, desak xato qilmagan bo’lamiz. Chunki, o’quv maqsadlarini mashg’ulotning didaktik maqsadlariga muvofiq belgilanishi ta’lim samaradorligini aniqlash va mavjud kamchiliklarga barham berilishiga zamin tayyorlaydi.

1956 yili amerikalik o'quv-psixolog Benjamin Samuel Bloom tomonidan ishlab chiqilgan mazkur toksionomiyada Bloom fikrlash qobiliyatlarini tanqidiy fikrlash va mulohaza yuritish miqdoriga qarab tasniflashning yo'lini yaratdi. Ushbu toksionomiya o’z ichiga bilish, tushunish, amaliyotga qo’llash, tahlil qilish, sintezlash, baholash kabilarni o’z ichiga oladi [1, 232].

Aynan Blum toksionomiyasini qo’llagan holda o’qitishda erishili mumkin bo’lgan yutuqlarni ikkiga bo’lish mumkin: birinchisi — o’quv maqsadlarini aniq va natijaga qaratilgan holda belgilanishi; ikkinchisi — talabalarda egallaniladigan nazariy bilimlar bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirishga erishish.

Blum toksionomiyasini qo’llashda pedagog tomonidan quyidagi omillarga rioya qilinishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

- o’quv maqsadlarini belgilashda mavzuning mazmunidan kelib chiqish;

- Blumning har bir bosqishidagi jarayonlarni samarali tashkil etishda muayyan ta’lim usullaridan izchil va tizimli foydalanish;

- Blum toksionomiyasining har bir bosqichiga erishishni ta’minlashga qaratilgan omillarni hisobga olish;

Albatta, mavzu bo’yicha bilimlarni talabalar tomonidan o’zlashtirilganligini obyektiv va haqqoniy aniqlash va baholash maqsadida muayyan topshiriqlarndan foydalanish talab etiladi. Bu yo’lda Blum toksionomiyasi bo’yicha bilishga oid o’quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholash nostandart test topshiriqlaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Talabalarning Blum toksionomiyasi bo’yicha o’quv maqsadiga erishilganligini nazorat qilishda ular tomonidan muayyan mavzu bo’yicha ma’lumot va axborotlarni o’zlashtirganlik darajasini aniqlash muhimdir. Buning uchun talaba mavzu bo’yicha obyektlarni aniqlashi, ularga ta’rif berishi, ma’lumotlarni qayta ishlashlari, o’z fikrini bayon etishi, muayyan jarayon, obyekt va voqeaning o’ziga xos xususiyatlarini ajratib ko’rsatishi kerak bo’ladi. Ushbu fikrlarni stadart o’quv va test topshiriqlari bilan amalga oshirib bo’lmaydi, bilish o’quv maqsadiga erishilganlik darajasini aniqlashda rasmli va ko’p javobli nostandart testlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Quyida bu borada shaxsiy tajribalarimizni tavsiya etamiz:

1) Bilish. Bu bosqichda asosiy o’quv maqsadi — talabalar tomonidan axborotni o’zlashtirishga qaratiladi. Bunda talaba mavzuni aniqlashi, uni ta’riflayshi, qayta ishlashi, mazmunini gapirib berishi, mohiyatini tushuntirib berishi av ajratib ko’rsatib berishi talab etiladi. Test topshiriqlari, og’zaki javob, klaster tuzish — preproduktib, produktiv, qisman izlanishli, kreativ darajani ta’minlashda muhim hisoblanadi.

2) Tushunish. Bu bosqichda asosiy o’quv maqsadi mavzuning ahamiyatini anglash, asosiy g’oyani ajratib ko’rsatishga qaratiladi. Bunda talaba umumlashtirish, qayta ishlash, asosiy g’oyani qayta ishlash, u bo’yicha mustaqil misollarni keltirishi, o’z fikrini himoya qilishi talab etiladi. Klaster tuzish, Venn diagrammasi, xorijiy tildan ona tiliga tarjima qilish — produktiv, qisman izlanishli hamda kreativ darajani ta’minlashga xizmat qiladi.

3) Amaliyotga qo’llash. Bu bosqichda asosiy o’quv maqsad axborotni yangi kutilmagan vaziyatda qo’llashga qaratiladi. Bunda talaba mavzu mazmunini moslashtirishi, qayta ishlashi, loyihalash, modellashtirish, qayta aytib berish jarayonlarida qatnashadi. Klaster tuzish, aqliy hujum, og’zaki javob, Chizmali organayzerlar, Pinboard texnikasi, Insert usuli reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli, kreativ darajani ta’minlashga xizmat qiladi.

4) Tahlil. Mazkur bosqichda o’quv maqsadi axborotni yoki obyektni qismlarga ajratishga qaratilishi lozim. Bunda talaba mavzu asosidagi ma’lumotlarni taqqoslash, ularni qismlarga ajratish, muayyan tularini alohida ajratish, shuningdek, qiyoslash kabi vazifalarni bajarishi lozim. Venn diagrammasi, FSMU, “T” jadvali, “Toifalash” jadvali, qisman izlanishli, kreativ darajani ta’minlashga xizmat qiladi.

5) Sintez. Bu bosqichda asosiy o’quv maqsadi goy’alarni mujassamlashitirshdan iborat bo’ladi. Bu esa talabadan mavzu bo’yicha axborotni guruhlarga ajratib berish, ularni umumlashirish, qayta ishlab berish (rekonstruksiya) vazifasi talab etiladi. Bunda qisman izlanishli, kreativ darajani ta’minlashda Klaster, Chizmaliorganayzerlar (“Nima uchun”, “Baliq skeleti”, “Konseptual jadval” va b.) qisman izlanishli, kreativ darajani ta’minlashda o’zining samarasini beradi.

6) Xulosalash. Bu bosqichda asosiy o’quv maqsadi o’rganilgan mavzu bo’yicha xulosa yasashga qaratiladi. Bunda talaba mavzu mazmunini baholashi, u bo’yicha tanqidiy fikr yuritishi, fikrga qarshi fikr bildirishi, muayyan fikrlarni qo’llab quvvatlay olishi, zarur holda ularni inkor qila olishi talab etiladi. Mazkur kreativ darajani ta’minlashda asosan og’zaki javob muhim ahamiyatga egadir.

Ta’lim jarayonida Blum toksionomiyasiga binoan o’quv maqsadlarining aniqlanishi, talabalarning o’quv maqsadlariga erishish darajasini nazorat qilish va baholashda nostandart test topshiriqlaridan foydalanish nafaqat nazoratning haqqoniyligini, balki uning keng qamrovligini ham ta’minlaydi.

Adabiyotlar:

  1. Bloom B.S. a.o. Handbook on Formative and Summative Evaluation of Student Leraning. N-Y., McGraw-Hill, 2014
  2. Golish L. V., Fayzullayeva D. M. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. “Iqtisodiyot” nashriyoti, 2011.
  3. Garry G. Azgaldov Alexander V. Kostin Alvaro E. Padilla Omiste The ABC of Qualimetry Fonts kindly provided by ParaType Inc Redero 2015.
  4. Федюкин В. К. Квалитология: Учебное пособие. Часть 1. — СПб.: Изд-во СПбГИЭУ, 2002.
  5. Федюкин В. К. Основы квалиметрии. — М.: Изд-во «ФИЛИНЪ»,2004.
  6. Фомин В. Н. Квалиметрия. Управление качеством. Сертификация. — М.: Ассоциация авторов и издателей «ТАНДЕМ». Изд-во «ЭКМОС»,2002.
Основные термины (генерируются автоматически): ABC, FSMU, n-y.


Ключевые слова

tahlil, toksionomiya, o’qitish, usul, bilish, tushinish, analiz

Похожие статьи

Рекомендации по повышению финансовой устойчивости...

В статье рассмотрены основные часто используемые мероприятия по повышению финансовой устойчивости предприятия.

Похожие статьи

Рекомендации по повышению финансовой устойчивости...

В статье рассмотрены основные часто используемые мероприятия по повышению финансовой устойчивости предприятия.

Задать вопрос