Nok daraxti ayrim zararkunanda xashoratlari va ularga qarshi kurashishning xos tomonlari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 31 октября, печатный экземпляр отправим 4 ноября.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №38 (328) сентябрь 2020 г.

Дата публикации: 18.09.2020

Статья просмотрена: < 10 раз

Библиографическое описание:

Низомова, Б. Б. Nok daraxti ayrim zararkunanda xashoratlari va ularga qarshi kurashishning xos tomonlari / Б. Б. Низомова, Х. Р. Бадалов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 38 (328). — С. 217-219. — URL: https://moluch.ru/archive/328/73612/ (дата обращения: 22.10.2020).



Ushbu maqolada nok daraxti zararkunandalarining ayrim turlari, ularning tuzilishi va hayot tarzi xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu xashoratlarning zararlari to’g’risida qisqacha bayon qilingan.

Kalit so’zlar: Nok, bog’dorchilik, zararkunandalar, nok kanasi, nok navlari.

В этой статье представлена информация о некоторых видах и образе жизни вредителей грушевого дерева. Также кратко описан вред этих насекомых.

Ключевые слова: груша, садоводство, вредители, грушевые клещи, сорта груши.

This article provides information about certain types and lifestyles of pear tree pests.It was also briefly described about the harm of these insects.

Keywords: Pear, gardening, pests, pear mites, pear varieties.

Bog’dorchilik — qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda bog’dorchilikni rivojlanishiga alohida etibor berilmoqda. Jumladan, bog’larni yoshartirish va shu bilan birga intensiv texnologiyalarga asoslangan bog’lar barpo etilmoqda. Olib boriliyatgan ishlar O’zbekiston aholisini yil davomida meva bilan taminlash, xorijga xo’l va quritilgan meva sotish maqsadida tashkil etilmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun mavjud bog’lardan sifatli va yuqori xosil olish lozim bo’ladi. Bog’lardan yuqori va sifatli hosil olishning eng muhim omillaridan biri o’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishdir.

Bog’larda zararkunanda xashoratlarning o’nlab turlari zarar keltirishi aniqlangan. Jumladan, nok daraxtiga 30 dan ortiq tur zararkunandalarning zarar keltirishi aniqlangan. Bu zararkunandalar mevali daraxtlarning turli qismlariga (ildizi, yog’och qismi, novdalari, bargi, kurtagi, gullari, mevasi) katta zarar yetkazadi.

Nok eng ko’p tarqalgan mеvalar sirasiga kirib, mеvasining mazaligi bilan qadrlanadi. Nok mеvalari yangiligicha istе'mol qilinadi, qoqi, konsеrva, sukat, povidlo, murabbo, sharbat, vino, bеkmеs (nok asali) tayyorlanadi. O’zbеkistonda yеtishtiriladigan nok tarkibida 10,8–12,7 % gacha shakar, 0,13–0,30 % kislotalar, 0,35 % ga yaqin pеktin va 0,31 % kul bor. O’zbеkistonning iqlim sharoiti nok uchun unchalik qulay emas, lеkin shunga qaramasdan bizda qurg’oqchilikka, issiqqa, kasallik va zararkunandalarga chidamli mahalliy navlari mavjud [1].

Nokning Yеvropa navlari shox-shabbasi siyrak, ixcham, ko’pincha piramida shaklida, novdalari yuqoriga tik o’sgan bo’lib, yo’g’on shoxlarida hosil novdalari zich joylashgan, ularda barglar hamda hosil organlari juda ko’pligi bilan xaraktеrlanadi.

Nok ayrim mahalliy navlari bir tup daraxtdan 1000–1400 kilogrammgacha hosil bеrishi mumkin.

Nok olma kabi mo’tadil iqlim o’simligi bo’lsada, issiqlikni ko’p talab qiladi, sovuqqa kam chidamli va olmaga nisbatan uzoq yashaydi, 100–150 yil, ba'zan esa 200 yilgacha umr ko’radi. Bizning sharoitimizda 10 ga yaqin mahalliy navlari o’stiriladi. Nokning 60 ga yaqin yovvoyi turlari uchrab, shundan mеvachilikda: Jaydari nok, O’rta osiyo noki, Turkman noki, Ussuri noki, Nashvati, Tol bargli nok va rеgеl noki ahamiyatga ega [2].

O’zbekiston sharoitida nokzorlarga ko’plab zararkunanda xashorotlar zarar yetkazadi. Nok kanasi va nok shira biti shular jumlasidandir. Shuning uchun ularga qarshi kurashish dolzarb muammolardan xisoblanadi.

Shish qo’zg’atuvchi nok kanasi — Eriophyes pyri Pagst.

To’rt oyoqli kanalarning Eriophyidae oilasiga mansub. Nok kanasi, nok barglarida ba’zan juda ko’payib, barglarning, qisman mevalarning talaygina qismini nobud qiladi va daraxtlarni majmag’il qillib qo’yadi.

Nok kanasi Osiyo, Yevropa va Amerikada keng tarqalgan. Nok kanasi juda mayda bo’lib, oddiy ko’zga ko’rinmaydi. Kana tanasi cho’ziq, chuvalchangsimon, qornida ko’ndalang egatlar, orqa tomonida do’mboqchalar bor; rostrum (tumshug’i) kalta; oyoqlari faqat ikki juft; kattaligi 230 mikronga boradi. Nok daraxtlarida zararkunanda borligi daraxtdagi xarakterli o’zgarishlardan bilinadi.

Nok kanasi yеtuk zot shaklida kurtaklar yonida yoki po’stlog’i ostida to’planib qishlab chiqadi. Mart aprеl oylarida havo harorati 10° C dan oshganda chiqib oziqlana boshlaydi. Yangi una boshlagan kurtak barglarini so’rishi natijasida barglarning yuqori tomoni qavarib, ostki tomonida 2–3 mm li gall (shish) hosil bo’ladi. Shishlarning ichi kovak bo’lib, bargning ichki tomonidagi kichkina yumaloq tеshik yordamida tashqariga tutashadi. Kanalar gallning ichida oziqlanib ko’payadi. Kеlgusida mayda gallar qo’shilib, o’ziga xos qora dog’lar hosil qiladi. Nok kanasi mavsumda 4–5 ta bo’g’in bеrib ko’payadi. Kana populyatsiyasida erkak zotlari kuzga tomon ko’paya boradi va avgustga borib umumiy soniga nisbatan 14–20 % ni tashkil etadi .

Shish hosil qiluvchi nok kanasining zarari tufayli daraxt barglari va mеvalarining ko’p qismi yеtilmasdan to’kilib kеtadi. Hosildorlik ba'zan 50 % gacha kamayib kеtishi mumkin [3].

Nok shira biti. Voyaga yetgani va lichinkalari nok kurtaklari, barglari, gullari va ingichka novqalarining shirasini so’rib, daraxtlarni juda ham majmag’al qilib qo’yadi. Qattiq zararlangan barglar qorayib, to’kilib ketadi. Nok shira bitiga qarshi kurash olib borilmasa, iyul boshlaradayoq daraxtlar batamom bargini to’kib yuboradi. Zararlangan daraxt novdalari qing’ir-qiyshiq, mevasi qattiq, bemaza bo’lib, normal darajada katta bo’lmaydi va ko’pincha shira bitining yopishqoq axlatiga belashadi.

Nok shira biti O’rta Osiyoda uchraydi, unga qon-qardosh bo’lgan Psylla pyricola Forst. Turi Yevropada tarqalgan, bu tur shimolga va Shimoliy Amerikada ham tarqalgan. Shira biti voyaga yetganda uzunligi 3 mm gacha bo’ladi. Rangi sarg’ish yoki och yashil — qo’ng’ir tusda bo’ladi. Qornida ko’ndalang qora yo’llari bor. Shira bitining qanotlari tiniq bo’lib, orqadagi chekkasida qoramtir dog’i bor; orqa qanotlari oldingilariga qaraganda kaltaroq.

Shira bitining urg’ochisi erkagidan biroz katta. Erkaklarida qorin segmentlarining pastki tomonida ikkitadan, ko’ndalang qoramtir yo’l o’tadi, urg’ochisida esa ikkitadan yumaloqqoramtir dog’I bo’ladi. Urg’ochilarining qorin uchi pastga osilib, erkaginiki esa birmuncha yuqoriga ko’tarilib turadi.

Qishlayotgan shira bitlari yozgi shira bitlaridan bir oz yirik va qoramtir bo’ladi. Tuxumlari mayda, oq bo’lib, oddiy ko’zga arang ko’rinadi; lichinkalari tuxumdan chiqishdan oldin sarg’ish tusga kiradi. Tuxumning bir uchi kengaygach, kichik poyachasi bo’lib, shu bilan shoxga yopishadi; tuxumning ikkinchi tomoni uchli bo’lib, xivchin shaklidagi maxsus ortig’i bor. Lichinkasi qanotsiz, sariq, ba’zan yashil, yapaloq bo’ladi. Kattaroq yoshdagi lichinkasi birmuncha yirikligi va qanot boshlang’ichi borligi bilan farq qiladi. Shira biti voyaga yetganda nok daraxtlarining shoxlarida va qisman tanasidagi po’stloq po’stlari ostida qishlaydi. Daraxt kurtak ochishidan sal oldin shira bitlari juftlashadi va tuxum qo’ya boshlaydi. Tuxumni shoxlarning uchiga va kurtaklar yaqiniga qo’yadi. Hashoratning birinchi bo’g’ini bo’rtgan kurtaklar, yozilgan burglar va ayniqsa, gul kosachalarining shirasini so’radi. Zararkunanda tez rivojlanadi: aprelning oxiri-mayning boshlarida yangi bo’g’inning qanotli shira bitlari paydo bo’ladi. O’rta Osiyoda shira biti yoz davomida 4–5 ta bo’g’in beradi [4].

Birinchi bo’g’inning qaotli shira bitlari paydo bo’ladigan vaqtgacha qishlab chiqqan yirikroq va qoramtir shira bitlari obud bo’ladi. Yozgi bo’ginlarning urg’ochilari qanot chiqargandan 3–8 kun keinbarg ustki tomonining asosan tomirlari bo’ylab tuxum qo’yadi. Urg’ochi shira biti umrida 300–480 ta tuxum qo’yadi. Voyaga yetgan shira biti taxminan 2–3 oy yashaydi, shning uchun yozda har xil bo’g’inarning shira bitlari uchraydi. Voyaga yetgan shira bitlari doimo bir joydan ikkinchi joyga uchin yuradi, lichinkalari esa kam harakat qiladi. Birinchi bo’g’indan boshqa bo’g’inlarning lichinkalarijuda ko’p suyuq, yopishqoq shirali axlat chiqaradi, bu hashoratning shira biti degan nomi ham shundan olingan. Yoz ohirlarida shira bitlari ayniqsa ko’p axlat chiqaradi. Bu axlat barglardan oqin tushib, daraxt shoxlari, tanasi va mevalarini iflos qiladi; axlat tekkan mevalarda och qo’ng’ir dog’lar bo’ladi. Voyaga yetgan shira bitlari yozda ham, kuzda ham daraxtdan daraxtga o’taveradi, shu bilan birga ular kuzda ko’plashib qishlaydi.

Nok daraxtlarni zararkunadalardan ximoya qilishning o’ziga xos nozik tomonlari bor, chunki mevalarning, ayniqsa ertapishar navlarda zararkunandalarga qarshi uzluksiz insektisidlarni ishlatib bo’lmaydi, ikkinchidan zararkunandalarga qarshi kurash choralari olib borilayotganda faqat birgina zararkunandani xisobga olmasdan balki kompelks zararkunandalarga qarshi ishlov berishi lozim [5].

Adabiyot:

  1. Ширко, Т. С. Биохимия и качество плодов / Т. С. Ширко, И. В. Ярошевич. – Минск: Наука и техника, 1991.– 296 с.
  2. Душутина, К. К. Селекция груши / К. К. Душутина. -Кишинев, 1979. -195 с.
  3. Васильев В. П., Лившиц И. З. Вредители плодовых культур. — М.: «Колос»,1984. — 398 с. (изд.II.)
  4. Ванек Г., Корчагин В. Н., Тер-Симонян Л. Г. Атлас болезней и вредителей плодовых, ягодных, овощных культур и винограда. — М.: «Агропромиздат», 1989. — 410 с.
  5. Яхонтов В. В. Ўрта Осиё қишлоқ хўжалиги ўсимликлари ҳамда маҳсулотларининг зараркунандалари ва уларга қарши кураш. — Тошкент: «Ўрта ва олий мактаб», 1962. — 693 б.


Ключевые слова

Nok, bog’dorchilik, zararkunandalar, nok kanasi, nok navlari
Задать вопрос