Xo‘jai Sarob Ota — ajdodlar poyi tekkan maskan | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №37 (327) сентябрь 2020 г.

Дата публикации: 13.09.2020

Статья просмотрена: 621 раз

Библиографическое описание:

Холмуродова, Н. Ш. Xo‘jai Sarob Ota — ajdodlar poyi tekkan maskan / Н. Ш. Холмуродова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 37 (327). — С. 177-179. — URL: https://moluch.ru/archive/327/73585/ (дата обращения: 17.12.2024).

Turizm bugungi kunda eng katta daromad keltiradigan va jadal rivojlanib borayotgan sohalardan biridir.Ziyoratgoh va tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish turizmni, ayniqsa ichki turizmni rivojlantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.Bugungi kunda yurtimizda turizm sohasida qilinayotgan islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida chet el fuqarolarining oqimi yildan yilga ko'payotganini ko'rib guvohi bo'lishimiz mumkin.

Kalit so'zlar: Jizzax viloyati, Zomin tumani, ziyoratgohlar, Xo'jai Sarob Ota, Mavlono Muhammad Peshag'oriy, turizm maskani

Туризм является одним из секторов, которые сегодня приносят наибольший доход и быстро развиваются. Развитие туризма, особенно внутреннего, стало одной из самых актуальных задач сегодняшнего дня.Сегодня, благодаря успешной реализации проводимых в нашей стране реформ в сфере туризма мы можем стать свидетелями того, что поток иностранных граждан из года в год увеличивается.

Ключевые слова: Джизакская область, Зааминский район, паломники, Хужай Сараб Ота, Мавлоно Мухаммад Пешагари, туристическая достопримечательность

Tourism is one of the most lucrative and fast-growing industries today. Landscaping of shrines and historical sites has become one of the most pressing tasks today in the development of tourism, especially domestic tourism.Today, as a result of the successful implementation of reforms in the field of tourism in our country, we can see coming people from all over the world is growing year by year.

Keywords: Jizzakh region, Zaamin district, shrines, Khojai Sarob Ota, Mavlono Muhammad Peshagori, tourist destination.

O'zbekiston katta sayyohlik salohiyatiga ega mamlakatdir. Turizm yangi ish o'rinlari yaratish va turmush darajasini yaxshilashda muhim rol o'ynaydi.So'nggi yillarda mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.Jizzax viloyati Zomin tumanida, ayniqsa, turizmni rivojlantirish bo'yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda.Zomin tog'lari o'zining qadimgi tarixiy strategik ahamiyati, go'zal tabiati, boy mineral-xomashyo resurslari va hammaga ma'lum va mashhur ziyoratgohlari bilan qadimdan tanilib kelgan.Bu maskanda joylashgan shunday ziyoratgohlardan biri ham bugungi kunda turizm maskaniga aylanib chet ellik mehmonlar bilan gavjum.Bu qadimiy ziyoratgoh Zomin tumani Pishag'or mahallasi yaqinidan o'tgan yo'lning chorrahasida joylashgan.Bu joyni mahalliy aholi «Xo'jai Sarob Ota» ziyoratgohi deb atashadi.Fors tilidan tarjimasi «Suv boshining egasi».Ushbu ziyoratgoh yashil o'simliklar,daraxtlar va bog'lar bilan qoplangan bo'lib, kelgan ziyoratchilarning ko'ngli musaffolik va ziyo nuri bilan to'lib toshadi.Bu ziyoratgohning atrofini quyuq daraxtzor o'rab turgani, etakda adirlab oralab Ravodsoy tekisligigacha cho'zilib ketgan katta qishloqni suv bilan ta'minlaydigan buloq aynan mana shu yerdan boshlangani uchun ham bu yerni «Xo'jai Serob» deb atashadi. Bu yerda vaqt xuddi to'xtab qolgan,ziyoratchilarning ko'ngliga yorug'lik va ulug'vorlik baxsh etgan, kulfatlar va qiyinchiliklar esa barham topib ulardan chekingandek tuyuladi. Sal teparoqda esa avliyoning qabr toshini uning yonida esa ushbu dargohga ulug'vorlik va joziba baxsh etgan masjidni ko'rishingiz mumkin. Albatta, ziyoratgohdagi qabr toshi kimga tegishli degan haqli savol tug'iladi, javobi esa juda oddiy, bu mahalliy atoqli mutafakkir bo'lmish Mavlono Muhammad Peshag'oriy dafn etilgan joy hisoblanadi.Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra qadimiy mutafakkir 1321 yilda tug'ilgan.Atoqli alloma shaxsi xususidagi ma'lumotlarni siz, Faxriddin Ali ibn Voiz al Koshifiy qalamiga mansub bo'lgan «Rashxat-ul aynulxayot» solnomasida uchratishingiz mumkin.Ushbu ma'lumotlarga ko'ra, Mavlono Muhammad Peshag'oriy nasroniy kalendariga ko'ra 700 yilda tavallud topgan bo'lib, uni ko'pchilik «Xojai Ser-ob yoki «Xojai Sar-ob» nomi bilan tanigan.

Aytishlaricha, Mavlono Muhammad Peshag'oriy bu joyga uzoq o'lkalardan kelgan va umrining oxirigacha shu joyda yashab o'tgan.Ajablanarlisi, mavlono bu joyni bekorga tanlamagan, bu joyning shu yerda qolishga va mahalliy aholiga bilimlarini ulashishiga undagan.Shu yerning aholisiga ta'lim berib savodli qilgan.

Mahalliy keksalar tilida Muhammad Peshag'oriy to'g'risida turli afsonalarni eshitish mumkin,aytishlaricha u bu yerda o'ziga uncha katta bo'lmagan uy qurgan va mehnat qila boshlagan, mahalliy urf-odat va an'analarga yaqinlashish maqsadida o'ziga «Pishag'oriy» ya'ni «Pishag'orlik» nomini olgan.

Xo'jai Sarob Ota umrining so'nggi kunlarigacha shu qishloqda yashab, bog'dorchilik, uzumchilik bilan shug'ullangan va yoshlarni hunarmandchilikka va halol mehnat qilishga o'rgatgan.

Xalq orasida inson salomatligi uchun foydali bo'lgan shifobaxsh tog' bulog'i suvi juda mashhur.Kasalligi bor insonlar ushbu suvdan ichsa,shubhasiz ushbu irmoq suvi og'riqlarni qondirishda va kasalliklarni davolashda yordam beradi.Suvning bunday shifobaxsh xususiyati insonlarning dardlariga davo bo'lmoqda.Bundan tashqari bu suvning go'zal jilosi ham har qanday kishini diqqatini tortadi.

Bu yerning go'zal tabiat, ajoyib ko'zni qamashtiradigan irmoqlari va toza havosi har qanday kasalligi bor insonlar uchun juda ham foydalidir.

Hozirgi kunda ushbu irmoq suvidan Pishag'or va Qang'li qishlog'ida istiqomat qiluvchi 3 mingdan ortiq mahalliy aholi iste'mol qilib kelmoqda.

Ishonish qiyin, lekin qalb oynasidek tiniq bo'lgan ushbu irmoq suvining bir qultumi ham har qanday chanqoqni qoldiradi hamda ajoyib ta'mdan rohatlanishga imkon beradi.Buloq va irmoqlarda suzib yurgan baliqlar tabiat in'omlari va ziyoratchilar tashlagan non ushoqlari bilan oziqlanishadi. Aynan shular ziyoratgohning tarovati va musaffoligidan dalolat beradi.

Mustaqillik sharofati bilan Mavlono Muhammad Peshag'oriy ziyoratgohi ekoturizm markaziga aylandi, bu yerda qo'shni viloyatdan kelgan mehmonlar bilan bir qatorda chet ellik sayyohlarni ham aylantirish mumkin.Ziyoratgoh infrastruktura rivojlantirishda Pishag'or, A.Ilashev, Yu.Ahmedov va S.Karshiboyev qishloqlari aholisining hissasi katta bo'ldi.Aynan ularning mehnati bilan 1997 yildan 2001 yilgacha bo'lgan muddat oralig'ida ziyoratgohda katta bog'lar yaratildi. Bugungi kunda bu ziyoratgoh o'zining ko'rkamligi va ajoyib xushmanzara tabiati bilan chet ellik mehmonlar mehrini qozondi.

Zomin tumani ana shunday muqaddas qadamjolari bilan birga o'zining betakror tabiati, toza havosi hamda samimiy va mehmondo'st insonlari sababli ham sayyohlarni o'ziga bamisoli ohangrabodek jalb etadi.

Xalq orasida «O'zbekiston Shvetsariyasi» deb nomlangan bu tuman, nafaqat, ziyoratgohlari, balki, Turkiston tog' tizmasining shimoliy yon bag'rida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashgan Zomin sihatgohi bilan ham yurtimizga kelayotgan mehmonlarning diqqat e'tiborida.Bu sihatgoh nafas olish tizimida kasalligi mavjud bo'lgan insonlar uchun tabiiy sog'lomlashtirish maskani hisoblanadi.Hozirgi kunda ushbu sihatgohning toza havosi, zilol suvi, go'zal tog'li landshafti hamda tajribali shifokorlarning muolajalari natijasida nafas yo'llari va asab tizimida kasalligi mavjud bo'lgan yurtimiz aholisi va chet el fuqarolari samarali davolanib kelmoqdalar.

Shubhasiz, bularning barchasi mustaqillikning bizga yaratib berayotgan imkoniyatlari va sohada olib borilayotgan keng islohotlar bugungi kunda tariximizni bilishimizga, ota-bobolarimizdan qolgan meroslarni asrab avaylashga, ajdodlarimiz bilan faxrlanishga keng imkon berdi.Xalqimiz o'zining yorqin kelajagiga ishonch koz'lari bilan boqayotgan ayni paytda, biz haqiqatdan ham o'zbek xalqining boy tarixi to'g'risida butun dunyoga baralla gapirish imkonini qo'lga kiritdik.

Adabiyot:

  1. Atabayev R. Turizm resurslarini tahlil qilish va baholash. Sam.ISI — 2006.
  2. O.Burgutli. Bu eski zomin. Toshkent, 1996 y.
  3. www.zomin.jizzax.uz
Основные термины (генерируются автоматически): Российская Федерация, трудовой договор, Трудовой кодекс, Конституционный Суд, должность, конкурс, педагогический работник, часть, высшее образование, профессорско-преподавательский состав.

Ключевые слова

Jizzax viloyati, Zomin tumani, ziyoratgohlar, turizm maskani, ,

Похожие статьи

Qoraqalpoq ayolining jamiyatdagi mavqei

Ushbu maqolada Qoraqalpog'iston Respublikasidagi ayollar muammolari, o'zbek jamiyatining zamonaviy rivojlanishi nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi. Qoraqalpoq ayollari ob'ektiv va sub'ektiv tabiatning ko'plab hal etilmagan muammolariga duch kelishmoqd...

Kamqon ayollarda homiladorlik va tug`ruqning kechishi

Tadqiqot davomida 20 dan 38 haftagacha bo'lgan anemiya bilan kasallangan ayollarda homiladorlik va tug'ish tekshirildi. Tug`ruq jarayonida yuzaga keladigan potologik asoratlar homilador ayollarda chuqur o`zgarishlarni ta`minlab, organizmda moslashuv ...

Dolixokolon fonidagi kolostazli bemorlarning hayot sifatiga kolektomiya ta'siri

Maqolada surunkali kolostaz bo'lgan 13 nafar bemor Toshkent shahridagi 1-RKSHda dolixokolon fonida jarrohlik davolash natijalari keltirilgan bo'lib, unda ileorektomiya kolektomiya bilan birga qilingan. Operatsiyadan keyin o'tgan vaqt oshgani sayin, d...

Jigar, uning inson organizmidagi vazifalari va ahamiyati

Mazkur maqolada tirik organizmlaning ichki organlaridan biri jigar haqida haqida fikr yuritilgan. Jigar tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlaridan biri. U ovqatni hazm qilishga yordam beradi, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez...

Qovoq o’simligining kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlari

Ushbu maqolada qovoqdoshlar (Cucurbitaceae Juss.) oilasining qovoq (Cucurbita L.) turkumiga kiruvchi madaniy qovoq turlari, ularning O’zbekistonda, jumladan, Andijon viloyatida eng ko’p ekiladigan navlarining botanik tavsifi, morfologiyasi, fenologiy...

Oilaga ijtimoiy muhitning ta`siri

Maqolada voyaga yetmaganlarning oilaviy tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolari tahlil qilingan. Muallif yoshlar tarbiyasida oilaviy omillar muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida insonn...

Suv resurslaridan foydalanishda suv taqsimlash inshooatlarning ahamiyati

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi yerlarning jadal o‘zlashtirilishi o‘z navbatida yangi suv inshootlarini (suv omborlari, kanallar, kollektor-drenaj tizimlari va h. k.) qurilishi meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan bog‘liqdir. Bu e...

Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotg...

Bolalarni ilk yoshida xorijiy tillarni o’rgatishda ta’limiy o’yinlarning ahamiyati: Muammo va yechimlar

Dunyo globalashuv jarayoni insonlardan o’z ona tilidan tashqari yana bir necha xorijiy tillarni o’rganishni taqozo qilmoqda. Hozirgi tadqiqotlar ushbu jarayonni erta yoshda boshlash samariliroq bo’lishini ko’rsatadi. Bizning yurtimizda ham ushbu masa...

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi aloqa vositasi sifatida

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va nutq madaniyati haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish borasida tavsiyalar berilgan. Tarbiyachining nutq madaniya...

Задать вопрос