Abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazi axborot tizimini yaratish | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №27 (317) июль 2020 г.

Дата публикации: 03.07.2020

Статья просмотрена: 407 раз

Библиографическое описание:

Сейтимбетов, Д. М. Abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazi axborot tizimini yaratish / Д. М. Сейтимбетов, Л. Ж. Саханова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 27 (317). — С. 376-380. — URL: https://moluch.ru/archive/317/72183/ (дата обращения: 25.04.2024).

Mazkur maqolada abonentlarga xizmat ko’rsatish markazi axborot tizimini yaratishning dastabki bosqichi ko’rib o’tilgan.

Kalit so’zlar: Joomla, axborot tizimi, abonent

В статье рассматриваются этапы создания информационной системы Центра обслуживания абонентов с использованием фреймворка Joomla.

Ключевые слова: Joomla, информационная система.

Abonentlarga xizmat markazlarini(internet xizmati) ishlab chiqish abaynida abonentlarga yaxshi va juda samaralari xizmat ko‘rsatish hozirgi kunda juda dolzarb masalalardan biri bo‘lib, bu yo‘nalishda ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Bizning hayotimizda abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifati jihatdan qaraladigan aniqlikga ko‘proq e’tibor qaratiladiganini hisobga olsak, abonentlarga xizmat ko‘rsatish biz uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligini tushinib yetamiz. “Abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazi” axborot tizimini yaratish. (Internet xizmati) esa hozirgi kunning muhim muammolari sirasiga kiradi.

Oxirgi 15 yillik ichida abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha internet xizmatlariga ehtiyoj juda kuchayib bordi. Zamonaviy axborot texnologiyalar juda kuchayib bormoqda, abonentlar o‘z ma’lumotlar va o‘zining hisob raqamlari va hakozolarini bilishi uchun kompaniya binolariga bormasdan turib internet orqali bolib olish uchun harakat qilishyapdi. Abonentlar o‘zlariga kerak ma’lumotlarni olish uchun ko‘proq soddalik va o‘zlari uchun qulaylikni hisobga olishadi. Abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha internet orqali web-sahifalardan foydalanish orqali abonentlarga xizmat ko‘rsatish rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda. Bunga ayniqsa ulardagi bank tizimlarining ochiq tizimlarga o‘tganligi juda kata qulaylik keltirmoqda. Lekin bizda bu tizimlar juda mukammal darajada emas, bu tizimlarni mukammal darajada takomillashtirish muhim vazifalardan biridir.

Axborotlar tizimlarini loyixalashtirishning boshlang‘ich materiali bo‘lib boshqarish ob’ekti tahlilining natijalari xizmat qiladi, ular eng avvalo ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yordamida hal etuvchi boshqarish tizimi funksiyalari va vazifalarini aniqlashga xizmat qiladi.

Funksional tuzilmadan kelib chiqib, funksional tizimlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan matematik model va algoritmlar aniqlanadi yoki ishlab chiqiladi. Bundan keyin zarur axborot tarkibi, uni tashkil etish usullari aniqlanadi, zarur dasturiy va texnik ta’minot tanlovi yoki ishlab chiqilishi amalga oshiriladi, xodimlarning tashkiliy va funksional majburiyatlarni aniqlashtiriladi. Huquqiy ta’minot axborot tizimlari ishlashi sharoitida boshqarishning tashkiliy tuzilmasi elementlari o‘zaro aloqasi qoidalarini mustahkamlaydi.

Axborot texnologiyalarining tadrijiy yo‘li uyushgan biznesning yangi modellari rivojlanishi bilan yaqindan shunday bog‘liqki, bu jarayonlar ko‘pincha yagona bir butunlik sifatida qabul qilinadi. Kompaniyalarning axborot tizimi samaradorligini oshirishga intilishi ancha takomillashgan apparat va dasturiy vositalarning paydo bo‘lishini rag‘batlantiradi, ular o‘z navbatida, foydalanuvchilarni axborot tizimini bundan keyingi yangilashga undaydi.

Axborot tizimini ishlab chiqishdan oldin, korxona mutahasislari bilan birgalikda, ushbu proektni ishlab chiqib tadbiq qilish maqsadga muvofiqmi yoki yo‘qmi degan savolga javob berishlari kerak. Aks holda axborot tizimini korxona faoliyatida qo‘llash natijasida kutilgan samaraga erisholmaslik mumkin. Bundan tashqari, mavjud muammoni avtomatlashtirish usulida echishda bozorda taklif qilinayotgan Axborot tizimini qo‘llash mumkin yoki mumkin emasligini xam ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu xolda axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish orasidagi vakt bir necha marotaba qisqarishi mumkin. Tizimli tadqiqot asosida qurilayotgan muammoga tegishli bo‘lgan barcha masalalar majmuasi tizimlar nazariyasiga asoslangan holda qabul qilinib, ularning orasidagi mavjud aloqalarni ko‘rsatish kerakdir. Ushbu axborot tizimini ishlab chiqish bosqichi muammoni har tomonlama ko‘rib chiqadi va tizimni loyihalash uchun zamin tayyorlaydi.

Loyihalash bosqichida, muammoga tegishli barcha kirish (birlamchi), oraliq (agar mavjud bo‘lsa) va chiqish hujjatlarining o‘zaro bog‘liqligi va ularning formalari kompyuterga kiritishda osonlashtirish holiga keltiriladi. Hujjatlardagi ortiqcha ma’lumotlar chiqarib tashlanadi.

Tasdiqlangan loyihani zamonaviy dasturlash tillari asosida kompyuterning ichki tiliga o‘tkaziladi. Bu jarayon judayam murakkab bo‘lib, yuqori saviyali dasturlovchilarni jalb qilishni talab etadi.

Hozirgi paytda iqtisodiy tizim infratuzilmasining muhim qismini savdo kompaniyalari tashkil etadi, ularning bosh vazifasi iste’molchilar buyurtma beradigan tovarlarni savdo kompaniya bo‘linmalari, savdo tashkilotlari kompaniya bo‘linmalari va vakolatxonalari orqali iste’molchiga o‘z vaqtida yetkazib berish va samarali sotishdir.

Savdo kompaniyalarida logistika muhim ro‘l o‘ynaydi. Agar unga tegishli bo‘lgan muammolar doirasini jamlikda ko‘rib chiqilsa, unda turli tuman oqimlarni boshqarish masalalari ular uchun umumiy bo‘ladi. Bozor munosabatlari sharoitida moddiy texnika bazasini takomillashtirish me’yorlari o‘zining ilgarigi axamiyatini yo‘qotdi. Har bir xo‘jalik sub’ekti aniq bir vaziyatni mustaqil baxolaydi va qarorlar qabul qiladi. Dunyo tajribalarining guvohlik berishicha, kimki logistika sohasida uquvli bo‘lsa va uning uslublarini yaxshi egallasa, raqobatli kurashda peshqadamlikni qo‘lga kiritadi. Bu o‘rinda logistikaning namunaviy biznes-jarayonlari, tashkiliy-shtat tuzilmasi, xizmat ko‘rsatish ishi texnologiyasi ko‘rib chiqiladi.

Logistika xizmati kechadigan biznes jarayonlar bayoniga bevosita o‘tishdan avval, savdo kompaniyalarida qo‘llaniluvchi biznes-tizimlar va biznes-jarayonlar ta’riflarini beramiz. Biznes-tizim tugal maqsadi — mahsulotni sotish bo‘lgan ko‘plab biznes-jarayonlar bilan bog‘lik holda namoyon bo‘ladi. Mahsulot deganda tovarlar, xizmatlar va axborot tushuniladi.

Ucell kompaniyasi dillerining ishlash mexanizmida Joomla dasturining qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun avvalo Joomla dasturi orqali abonentlarga xizmat ko‘rsatish tizimining internet xizmatini yaratib olishimiz kerak. Ya’ni Ucell.uz saytini yaratamiz.

Buning uchun avvalo denwer dasturini o‘rnatib olamiz va Joomla dasturini o‘rnatishni boshlaymiz. Joomla dasturining o‘rnatilishining boshlanishi quyidagidek bo‘ladi:

c:\WebServers\home\ adresiga kiramiz va u joyga Ucell.uz papkasini yaratamiz va uning ichiga www papkasini joylaymiz, keyin uning ichiga kirib Joomla dasturining barcha fayllarini ko‘chirib o‘tqazamiz. Endi birinchi bosqichni boshlaymiz:

1-rasm. Joomla dasturida web-sayt yaratishning 1-bosqichi

Endi далее tugmasini bosib ikkinchi bosqichga o‘tamiz: Bu bosqichni amalga oshirish uchun oldin phpmyadmin orqali database ochib olamiz:

2-rasm. Phpmyadmin orqali sayt uchun baza yaratib olish

Va ikkinchi bosqichni davom ettiramiz:

3-rasm. Joomla dasturida saytni phpmyadmin orqali yaratilgan bazaga joylash

Va далее ni bosib uchinchi bosqichga o‘tamiz:

4-rasm. Joomla dasturining 3-bosqichi yuklash(установка)ni yakunlash

Va установка tugmasini bosib quyidagi ko‘rinishga o‘tamiz:

5-rasm. Installation papkasi o‘chiriladi va joomla dasturi o‘rnatilishi tugaydi

Va bu joydagi buyruqni bajarish orqali quyidagi saytga ega bo‘lamiz va uni stagan ko‘rinishda o‘zgartirishimiz mumkun:

6-rasm. Yaratilgan yangi sahifa ko‘rinishi

Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki, ushbu yo‘nalishdagi ilmiy ishlarni rivojlantirish va ular asosida abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazlarining takomillashishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli masalalarni hal etishda qatnashish yoki ularga ko‘maklashish qo‘limdan kelsa, men o‘zimni baxtli hisoblayman. Zero, mamlakatimiz fan-texnikasini rivojlantirish va farovon turmush tarzini yaratishga ko‘maklashish, Respublikamizning yoshlari qatori mening ham sharafli burchimdir.

Adabiyot:

  1. Yuldashev U.Yu., Rahmatullaeva. Sh.K. Internet asoslari: O‘quv qo‘llanma –Toshkent.2001 Y
  2. S. S. G’ulomovning umumiy tahriri ostida. Axborotlar tizimlari va texnologiyalari. T.”Shark”. 2000 y.
  3. Professional PHP programming. Jesus Castagnetto, Harish Rawat, Sascha Schumann, Chris Scollo, Deepak Veliath. © 1999 Wrox Press.
Основные термины (генерируются автоматически): PHP.

Ключевые слова

Joomla, axborot tizimi, abonent

Похожие статьи

Асинхронное выполнение SQL-запросов на языке...

В данной работе представлены результаты исследования и использования асинхронных SQL-запросов с помощью скриптового языка PHP...

Системы управления контентом (CMS) электронного...

В данной работе описаны общие принципы функционирования статического и динамического сайта, описано взаимодействие с ними администратора. Дается определение понятия...

Moodle — свободная система управления обучением

- web-сервер с поддержкой PHP (например Apache2); - сервер баз данных (по умолчанию используется MySQL). - В Moodle используются следующие роли [3, c. 6]

Обзор популярных языков программирования | Статья в журнале...

PHP предлагает несколько сред, таких как Laravel и Drupal, чтобы помочь разработчикам создавать приложения быстрее с большей масштабируемостью и надежностью.

Общее определение программной среды используемой для...

Когда пользователь запрашивает PHP документ такие скрипты как JavaScript исполняются не на браузерах, а на сервере и результат их работы отправляется пользователю.

Разработка интеллектуальных средств поддержки веб-порталов...

С развитием бизнес-сектора и сферы веб-разработки постепенно растут и требования к современным порталам. В связи с этим повышается сложность их разработки и поддержки, а...

Кем быть? Front-end? Back-end? Или UX разработчиком?

– работающий с PHP — от 30 до 100 тысяч; – программист JAVA — от 120 до 200 тысяч; – при основной специализации SQL можно рассчитывать на заработок от 150 тысяч

Подходы к архитектурному проектированию веб-приложений

require_once("items_page.php"); break

Примером могут выступать современные PHP фреймворки применяемые для быстрой разработки веб-приложений.

Обзор возможностей языка программирования Ruby

require_once("welcome_page.php"); }; ?> Данное приложение написано на языке PHP.

PHP-инъекция - один из способов взлома веб-сайтов, работающих на PHP.

Организация доступа к реляционной базе данных на основе...

Doctrine — объектно-реляционный проектор (ORM) для PHP 7.1+, который базируется на слое абстракции доступа к БД (DBAL). Одной из ключевых возможностей Doctrine является запись...

Задать вопрос