Bolalarni ilk yoshida xorijiy tillarni o’rgatishda ta’limiy o’yinlarning ahamiyati: Muammo va yechimlar | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №26 (316) июнь 2020 г.

Дата публикации: 29.06.2020

Статья просмотрена: 5465 раз

Библиографическое описание:

Юсупов, Л. С. Bolalarni ilk yoshida xorijiy tillarni o’rgatishda ta’limiy o’yinlarning ahamiyati: Muammo va yechimlar / Л. С. Юсупов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 26 (316). — С. 339-343. — URL: https://moluch.ru/archive/316/72186/ (дата обращения: 23.04.2024).



Dunyo globalashuv jarayoni insonlardan o’z ona tilidan tashqari yana bir necha xorijiy tillarni o’rganishni taqozo qilmoqda. Hozirgi tadqiqotlar ushbu jarayonni erta yoshda boshlash samariliroq bo’lishini ko’rsatadi. Bizning yurtimizda ham ushbu masalaga qat’iy e’tibor qaratilgan, xorijiy tillarni o’qitishda xususan ingliz tilini o’qitishda dunyoning yetakchi tashkilot va universitetlar hamkorligida yangicha yondashuv asosida dasturlar ishlab chiqilmoqda. Oxirgi 3 yilda bu jarayon maktabgacha ta’limda ayniqsa o’z rivojini topmoqda [1.1]. Davlat qaramog’idagi hamda xususiy tarmoqdagi maktabgacha ta’lim muassasalarda ingliz tilini o’rgatish bo’yicha keng ko’lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada сhet tillarini xususan, ingliz tilini bolalikni ilk yoshida o’qitishda ta’limiy o’yinlardan foydalanishning muhimligi va aynan turli o’yinlar orqali til ko’nikmalari oson o’zlashtirilishi yuzasidan fikrlar yoritilgan.

Kalit so’zlar : xorijiy til, erta yoshda til o’rganish, ta’limiy o’yin, faoliyat, nozik vosita mahorati, ko’z-qo’l muvofiqlashuvi, faol ta’lim turlari, ingliz tilida blok o’ynash, rol o’yinlar, qo’l mehnati.

В статье рассматриваются вопросы важности изучения иностранных языков, в частности, английского языка, в раннем возрасте. Анализируются возможности использования игровых технологий в преподавании иностранных языков в раннем возрасте.

Ключевые слова: иностранный язык, изучение языка в раннем возрасте, образовательная игра, активность, мелкая моторика, координация глаз, активные виды обучения.

Kirish

Bog’cha va maktab yoshida o’yin bolaning eng asosiy va sevimli mashg’uloti bo’lganligi tufali bola atrof olamni ham o’yin orqali kashf etadi. Agar xorijiy tillarni ham o’yinga qorishtirgan xolda o’rgatilsa bu til ko’nikmalarining o’zlashtirilish samaradorligini bir necha barobarga oshiradi. O'yin bolani nafaqat jismoniy faolligini oshiradi shuningdek ruhiy tetiklikni ham shakllanitirshga yordam beradi. O'yin bolani o’ziga bo’lgan ishonchini mustahkamlashiga, atrofdagilar bilan ijtmoiy munosabatlarni shakllantirishga ham katta ko’mak beradi. Shu sababli ota –ona va tarbiyachi murabbiylar bolalarga imkon qadar ko'proq o'yin orqali o'rganishni targ'ib qilishlari kerak. Aynan o’yin orqali bolalar ta’lim oladilar va o’z iqtidorlarini kashf etadilar. Bunga erishish uchun sezgi organlarini faollashtiruvchi muhitni, jumladan vizual, eshitish, kinestetik kabi faol ta’lim turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Ta’limiy o’yinlar musiqa asboblarnini chalish, qo'shiqlar kuylash, she’r aytish, raqsga tushish, o'yin o’ynash, videolar tomosha qilish, qo’l mehnati vositasida turli narsalar yasashni o'z ichiga oladi.

Xorijiy tillarni necha yoshdan o’rgangan ma’qul

Dunyo olimlari 10 yoshgacha bo’lgan davrda bola chet tilini oson oz’lashtirishishi bo’yicha yakdil fikr bildirishgan. Bu davrda bola tillarni tushunib emas balki mexanik tarzda o’rganadi shuning uchun xorijiy tilni qollanilishi va talaffuzi oson o’zlashtiriladi. Ammo shunday bo’lsada bolaning har qanday tilning tovushlarini taqlid qilish qobiliyati bilan tug'ilshini hisobga olsak bu jarayonni ertaroq boshlash fikridagilar ham ko’pchilikni tashkil qiladi. Inson miyasini o’rganilish bo’yicha olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida, chaqaloq tug’ilishidan uch yoshigacha bo’lgan davr bola rivojlanishning eng muhim davri ekanligi isbotlangan. [3.14] Shunigdek uch yoshli bolaning miyasi katta yoshdagi odam miya faoliyatidan ikki karra tezroq va yaxshiroq ishlashi ham aniqlangan. Shuning uchun ingliz mutaxassislarining fikricha bolaning birinchi yildayoq ikkinchi tilni tanishtirib borish uni oson o’zlashtirishiga yordam bo’lishini ta’kidlashadi. Ammo har qanday xolatda xam bolaning psihologik va til o’zlashtirish qobiliyatini hisobga olish nihoyatda muhim omil ekanligini unitmasligimiz kerak.

Bolaning tayyorligi

Har qanday bola alohida shaxs individ hisoblanadi, tabiiyki ulardagi rivojlanish bosqichlari ham bir biridan farq qiladi. Psixologlarning fikricha bolani erta yoshdan gapirishga majbur qilish yoki uni tengdoshlariga qiyoslab rivojlantirishga harakat qilish ko’p hollarda aks ta’sirini beradi va yaxshi bo’lmagan natijalarga olib keladi. Bog’cha va kichik maktab yoshidagi bolalarga chet tilini o’rgatishda psixologo-pedagogik xususiyatlarni, ya’ni ularning qiziquvchanliklarini va serhafsalaliklarini inobatga olish lozim. Shuningdek, bolalar uzoq muddat davomida o’z diqqatlarini bir turdagi faoliyatga qarata olmasliklarini yodda tutish zarur [6.3]. Ota ona o’z farzandini har tomonlama yetuk bo’lishini istaydi va ko’p xollarda bolaning psixologik va fiziologik tayyorligini xisobga olmasdan unga turli fanlardan yuklamalar berishga, til o’rgatishga yoki sport mashg’ulotlariga jalb qilishga xarakat qiladilar. Aksar xolatlarda ota onalar kutilgan natijaga erisha olmagach, bolaga tanbeh berish yoki tengdoshlariga qiyoslash orqali bolaga ta’sir o’tkazishga xarakat qiladilar. Ammo bu ikki urinish ham bolaning o’rganishga bo’lgan rag’batini susaytiradi va atrofdagi narsalarga bo’lgan qiziqishini so’nishiga sababchi bo’lib qoladi. Bunday ko’ngilsiz holatlarni oldini olishda ota ona va tarbiyachilarning roli beqiyosdir. Bolaning erkin fikrlashga o’rgatish, undagi qiziquvchanlikni va atrofni o’rganishga bo’lgan rag’batni kuchaytirish, bolaning tasavvurini boyitish, ijodkorligini yuzaga chiqarishni eng oson va maqbul yo’li bu o’yindir. Bolalar o'ynashganda ular o’z g'oyalarini amaliyotga tatbiq qiladilar, farazlarni sinovdan o’tkazadilar, zaruriy ko'nikmalarni egallaydilar, o'z tasavvurlaridan foydalanishadi va o'zlarining dunyolarini kashf etishadi [3.3].

O'yinning ahamiyati

Bola tabiatan juda qiziquvchan bo’ladi va u atrof olamni o’rganish uchun barcha xis tuyg’ularini ishga soladi. O’yin bolaning eng asosiy va sevimli mashg’uloti bo’lganligi bois, bolaga atrof olam va undagi barcha zaruriy bilim va ko’nikmalar o’yin vositasida tanishtirib borilsa, ko’nikmalarni o’zlashtirish samaradorligi bir necha barobarga oshadi. O'yin bolani nafaqat jismoniy faolligini oshiradi shuningdek, u ruhiy tetiklikni ham shakllanitirshga yordam beradi. O'yin bolani o’ziga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga, atrofdagilar bilan ijtmoiy munosabatlarni shakllantirishga ham katta ko’mak beradi. Shu sababli ota — ona va tarbiyachi murabbiylar bolalarga imkon qadar ko'proq o'yin orqali o'rganishni targ'ib qilishlari kerak. Aynan o’yin orqali bolalar ta’lim oladilar o’z iqtidorlarini kashf etadilar. Bunga erishish uchun sezgi organlarini faollashtiruvchi muhitni, jumladan vizual, eshitish, kinestetik kabi faol ta’lim turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ta’limiy o’yinlar musiqa asboblarnini chalish, qo'shiqlar kuylash, she’r aytish, raqsga tushish, o'yin o’ynash, videolar tomosha qilish, qo’l mehnati vositasida turli narsalar yasashni o'z ichiga oladi. Rangli ko’rgazmalar, kartalar, musobaqalar, rol o’yinlar, turli shakllar yasash kabi o'yinlar bolalarni jismoniy va aqliy faoliyatini rivojlantiruvchi eng qiziqarli usullardan biridir [8.3].

Bolalar ham o’ynaydilar, ham rivojlanadilar, ham o’rganadilar .

Plastilin bilan o'ynashda bolalar “mayda metorika” mahoratini rivojlantiradilar. Bolalar plastilinda shakllar yasaganda ko’z va qo’l faoliyati muvofiqlashadi hamda qo'l va barmoq mushaklari musthkamlanadi. Bu o’z navbatida yozuv mahoratini shakllantirishdan avvalgi eng zarur bo’lgan ko’nikmalardir, chunki mustahkam mushaklar kuchi hamda “ko’z–qo’l muvofiqlashuvi” (зрительно-моторная координация), bolalarga yozuv vositalarini to'g'ri ushlab turish va ulardan oqilona foydalanishida yordam beradi. Shuningdek plastilin bilan o'ynash orqali bolalar predmetlarning rangi, shakli va tuzilishi kabi belgilarini ham o’rganadilar. [8.3].

Musiqiy asboblar ishtirokidagi ta’limiy faoliyatda, bolalar turli ohanglarni farqlashni o’rganadilar. Bolalar turli xil asboblardan taralayotgan tovush va tovushlar qanday o'zgarishini anglashni boshlaydilar. Musiqa ohangining tezligi va sokinligi tovush pardalarini baland va pastligiga mos ravishda xarakatlanadilar.

Transport o'yinchoqlari bilan o'ynashda bolalar yuqoriga va pastga, oldinga va orqaga tez va sekin harakatlanib, ishqalanish va harakatlanish kuchini sinovdan o’tkazadilar

Bolalar bloklar va kubiklar bilan o'ynaganda,ular rang, shakl va bezaklar, shuningdek og'irlik, o'lcham, balandlik, uzunlik, vertikal va gorizontal tushunchalarini o'rganadilar. [7.1]

Bolalarni muloqot qilishga rag’batlantiruvchi ta’limiy faoliyatlar

Yosh bolalar o'zlarining his-tuyg'ulari va harakatlari orqali o'rganishadi, shuning uchun ingliz tilini o'rganish ham ana shu xis tuyg’ular va xatti harakatlar orqali amalga oshirilishi kerak. Yosh bolalarni ingliz tilini o'rganishida qiziqarli va muloqot qilishga rag'batlantiruvchi vaziyatlar va faoliyatlarga jalb qilish til ko’nikmalarini o’zlashtirish uchun juda muhim omil xisoblanadi.

Faoliyat maqsadi ingliz tilini o’rgatish bo'lsa-da, u o’yin kabi bolalarni o’ziga jalb qila olishi hamda ushbu mashg'ulotlarga bolalar beixtiyor kirishib ketishi va bolalar xorijiy tilni o’z ona tili kabi tabiiy tarzda o’zlashtirib borishligini ta’minlash ham alohida e’tiborga molik.

Yosh bolalarni ingliz tilini o'rganish uchun qiziqarli va rag'batlantiruvchi turli vaziyatlar xosil qilish va bolalarni unda faol ishtrok etishlarini ta’minlash barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanish ayniqsa muhim ahamiyatga ega.

Vaziyat/ Ta’limiy faoliytlar

Har qanday vaziyat va faoliyatlar zamirida ingliz tilini o’rgatish yotganligi tufayli, ushbu faoliyatlar ravon va tushunarli tarzda inlgiz tilida olib borilishi maqsadga muvofiq. Ona tilidagi muloqotni qisqartirish va asosiy urg’uni ingliz tiliga berish kerak. Albatta murabbiyning harakati, imo ishorasi va ingliz tilida ravon nutqi va gaprish ohangi bilan bolani o’ziga jalb qila olishi til o’rgatishdagi eng birinchi va asosiy muvaffaqiyatlardan hisoblanadi. Xususan, til o’rgatuvchi murabbiylarning “Playing with blocks or legos” (bloklar yoki lego vositalari bilan o'ynash), “Dressing” (turli ertak qahramonlari kiyimlarini kiyish), “Animals and their sounds” (hayvonot olami va ularning tovushlari bilan tanishish), “Crafts” (qo’l mehnati yordamida turli narsalar yasash), Sing a song (qo’shiq kuylash) [8.1] kabi ta’limiy faoliyat turlaridan foydalanishi yosh bolalarda til o’rganish ko’nikmalarini shaklantirishdagi maqbul usullardan hisoblanadi. Biz ushbu faoliyatlardan foydalangan holda bolalarning so'z boyligini, tasavvurini va ijodiy fikrlashni kengaytirish va rivojlantirib borish imkoniga ega bo’lamiz.

“Playing with blocks or legos” Bolalarga ingliz tilida shakllar, ranglar va raqamlar haqida tushuncha berish maqsad qilinganda aynan bloklar, kubiklar hamda lego o’yini orqali amalga oshirilganda o’zlashtirish natijasi yaxshiroq bo’lishi amaliyotda o’z isbotini topgan. Bloklar, kubiklar va lego o’yinchoqlarini o’ynash bolani fikrlashga undaydi va biror ish qilishda uning ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqaradi, shu bilan birga bu o’yinlar vositasida bolaning ingliz tilida lug’at boyligini oshirish imkoniyati ham paydo bo’ladi. O’yinlarda so’z boyligini ingliz tilida savol berish hamda asosiy tushunchalarni ko’rsatma orqali yetkazish bilan amalga oshiriladi. Bola bu o’yin orqali sanashni va tartiblashni o’rganadi: How many blocks are there? ( u yerda nechta kubik bor? ) Shall we put the blue ones here? ( bu yerga ko’k kubikni qo’yamizmi? ) Narsalar joylashuvini predloglar orqali o’rganadilar: in(ichida), on(ustida), under(ostida), below(pastda), behind(orqasida), next to(yonida). O’lchov birliklari haqida tushuncha ega bo’ladilar: big(katta), small(kichik), long(uzun), short(qisqa). Quyidagi so’zlar yordamida bola yasayotgan narsalarga ko’rsatma beriladi: Find the the red block, please!(qizil kubikni toping!), Pull the blue one, please!(ko’k kubikni torting!), push them!(ularni suring!), Build the house, please!(uy quring!) make the car, pleaser! (mashina yasang!). Bola yasayotgan narsa va shakllarga ta’rif beriladi: square(kvadrat), rectangle(to’g’ri to’rtburchak), tower(minora), house(uy), castle(saroy), garden(bog’)

“Dressing” ta’limiy faoliyat turi orqali bolalarga dunyo xalqlarning ertak qahramonlarini tanishtirish mumkin. Ertak qahramonlarining obrazlarini bolalarga tanishtirilayotganda ularning kiyimlarini kiydirish va rol ijro etish ingliz tilida olib boriladi va bu faoliyat yordamida bolaning ingliz tili so’z boyligi ortadi va bola tasavvuri, dunyoqarashi kengayadi. Ushbu ta’limiy faoliyat orqali bolalar, inson tana a’zolariga hamda kiyim kechakka oid bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va amaliyotda qo’llash imkoniga ega bo’ladilar. Inson tana a’zolari: head(bosh), arms(qo’llar), hands(qo’llar), foot (feet)(oyoqlar), legs(oyoqlar), eyes(ko’zlar)… Kiyimlar: dress(qizlar ko’ylagi), shirt(og’il bolalar ko’ylagi), t-shirt(futbolka), shoes(poyafzal), slippers(shippaklar), cap(kepka), belt(kamar), gloves(qo’lqoplar) … Buyruq ham tana a’zolariga urg’u bergan xolda beriladi: put your arms through here (qo’lingizni shu yerga kiriting), tie this around your waist/wrist (belingizga taqing), put these on your feet (bularni oyog’ingizga kiying) — first your right foot (avval o’ng oyog’ingizdan boshlang), then your left foot (so’ng chap oyog’ingizga), put this over your head (boshingizga kiying).

Shuningdek, bolalar ertak qahramonlarini o’z tassavurida jonlantiradilar, obrazga kirishadilar hamda asosiy so’z va so’z iboralarni qo’llashni o’rganadilar. Bu albatta ingliz tilida so’zlarni tinglab tushunish va yod olingan so’zlardan jumlalar tuzish orqali gapirish mahoratini ham rivojlanishiga xizmat qiladi. Mavjud qahramon kiyimlari tasvirlanadi ( fairy (pari), princess (malika), pirate (qaroqchi), king (qirol), clown (masharaboz) ) hamda kiyim kiyishga doir so’z iboralarini qo’llaniladi: put on (kiyining!), zip up (zamokni qadang!), do the buttons up (tugmalarni qadang!), unbutton (tugmalarni yeching), unzip (zamokni tushiring).

“Animals and their sounds” ta’limiy faoliyat turi vositasida ingliz tilida hayvonot va hasharot olami tanishtiriladi. Bolalar hayvonlar ishtirok etgan turli qissa va hikoyalarni ham jon qulog’i bilan tinglaydilar. Hayvonlarning rangli surati tasvirlangan rasmlar orqali ingliz tilida hayvonlar va ularning harakatlari, tovushlari haqida o’rganish ham bolalar uchun zavqli bir masg’ulot hisoblanadi. Uy hayvonlari domestic animals : dog, cat, duck, cock, hen, chicken, cow … Yovvoyi hayvonlar wild animals : lion, tiger, wolf, rabbit, fox, snake, deer … Bolalarning ingliz tilida hayvon va hasharot nomlarini o’rganish va murabbiy bilan birga ularning haratlariga taqlid qilish bolaga olam-olam zavq bag’ishlaydi.

Hayvonot

Qanday tovush beradi

Tarjima

Dogs

bark

It

Cats

mew, purr, meow, hiss, yowl

Mushuk

Caws

moo, low,

Sigir

Ducks

quack

O’rdak

Frogs

croak

Baqa

Bees

hum and buzz

Asalari

Lions

roar, growl

She’r

Chicks

cheep

Jo’ja

Flies

buzz, hum

Pashsha

Birds

chirrup, chirp, twitter, tweet, sing, whistle

Chumchuq

Wolves

howl, cry, yell

Bo’rilar

“Crafts” Q’ol mehnati: narsalar yasash va bezak berish ta’limiy faoliyat turi. Bola tabiatan qiziquvchan ekanligi hammaga ma’lum ammo bolaning rivojlanish jarayoni bir paytda bir xil tarzda kechmasligini ham yodda tutish kerak. Ayrim bolalar ijtimoiy kelib chiqishi, tabiati va qiziqishidan kelib chiqqan xolda rivojlanish bosqichi qolganlarnikidan farq qilishi mumkin. Ba’zi bolalar sokin bo’ladilar ko’pchilikka tez qo’shilib keta olmaydilar ammo ular kuzatuvchan bo’lganligi tufayli ijodkorlik qobiliyati yaxshigina rivojlangan bo’ladi. Ana shunday bolalar qo’l mehnati vositasida narsalar yasash faoliyatiga jalb qilinsa ulardan shubhasiz haqiqiy san’at asar ixtirochilari yetishib chiqadi.

Qo’l mehnati orqali bolalarga rang barang narsalar yasash o’rgatilganda, bolaning ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanadi va bu faoliyat ingliz tilida olib borilganda ingliz tili lug’at boyligi oshadi va tinglab tushunish hamda gapirish mahorati ham rivojlanadi. Demak, bu ta’limiy faoliyat turi qo’g’oz parchalaridan shakllar yasash, bo’yoqlar yordamida shakllarga rang berish yoki plastilindan turli narsalar yasash bo’lishi mumkin. Har qanday jarayon ingliz tilidagi so’z va so’z iboralaridan xoli bo’lmasligi kerak.

Har bir vosita va ashyo nomi bolalarga ingliz tilida yetkazilishi kerak: paint(bo’yoq), paintbrush(bo’yoq chyotkasi), crayon(qalam), marker(marker) card (karta), paper(qog’oz), crepe paper(krep qog’oz), shiny paper (yaltiroq qog’oz), tissue paper(to’qima qog’oz), newspaper (gazeta), glue(yelim), scissors (qaychi), cotton wool (paxta yungi), fabric (mato), feathers (patlar).

Ko’rsatmalar ingliz tilida olib borilishi kerak: paint (boyamoq), draw(chizmoq), colour (rang bermoq), smudge(chaplamoq) blow(puflamoq), copy(ko’chirmoq), pour(quymoq), make(yasamoq), cut(kesmoq, qirmoq), stick (yopishtirmoq), decorate (bezamoq), hang (it) up (ilib qo’ymoq).

Sing a song (birgalikda qo’shiq kuylash). Bolajonlaning eng yoqimli mashg’ulotlaridan biri. Bolalar yoshlikdan qo’shiq kuylashga moyil bo’ladilar va qo’shiq kuylash vositasida bolalar nafaqat so’z boyligini orttiradilar shu bilan birga ular so’zlarni ohangga solib aytishni o’rganadilar. Kichik yoshdagi bolalar orasida kuylanadigan inglizcha qo’shiqlarining eng ommabop turlaridan biri “ Rain, Rain go away” qo’shig’idir.

Rain, rain, go away

Come again another day

Daddy wants to play

Rain, rain go away…

Ta’limiy o’yin soyabonlar, yasama bulut hamda sun’iy yong’ir vositasida amalga oshirilsa bolalajonlar faolligi oshadi natija samaradorligi ortadi

Bolalarning o’yindagi ishtirokini taxlil qilib borish

Ta’limiy faoliyatda bolalarni faol qatnashishini ta’minlash, har bir bolaga aloxida e’tibor qaratish va bolani ushbu mashg’ulotda biror narsa o’rganish uchun rag’batlantirib borish lozim. Mashg’ulotga yutuqqa erishayotgan bolalarni ishi uchun maqtab qo’yish ham ulardagi rag’batni kuchaytiradi. Ammo psihologlarning fikricha maqtov shaxsga nisbatan emas balki qilingan ishiga nisbatan qaratilishi kerak deyiladi. Chunki agar maqtov shaxsga nisbatan berilsa bu bolani keyinchalik hudbinlikka yetaklab borishi mumkin ekan. Ishiga qaratilgan maqtov keyinchalik ham har qanday ishni sifatli va tez bo’lishini ta’minlaydi. [10.14].

Xulosa. Bolalarning maktabda qanday o‘qishi, yuksak maqsadlar bilan kamol topishi ko‘p jihatdan oila muxuti, mahalla e’tibori hamda maktabgacha ta'lim muassasasidagi tarbiyaga bog‘liq. Maqolada berilgan ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson umri davomida oladigan barcha axborotning 70 foizini 6 yoshgacha bo‘lgan davrda olishi aynan bola shaxsining rivojlanishida maktabgacha ta'limning o‘rni nechog‘li muhimligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yil 16 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda maktabgacha ta'lim muassasalariga 5–6 yoshli bolalarni 100 foiz qamrab olish choralarini belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Davlat talablarining maqsadi ham mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir. Demak aynan bolalarning ilk yoshida organgan bilimi ajdodlarimiz aytganidek “toshga bititlishi ” bejis emas ekan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan xolda xorijiy tillarni ham bolalarga erta yoshida o’rgatish til ko’nikma va malakalarining oson o’zlashtirishiga sabab bo’lar ekan. Ayniqsa ushbu bilim, ko’nikma, malakalar turli o’yin va ta’limiy faoliyatlar orqlali singdirib borilsa, bola xoirijiy tilllarni o’z ona tilisi kabi tabiiy tarzda rivojlantirib boradi. Ta’limiy o’yinlar bolada nafaqat bilim ko’nikma, malakalarni shakllantiradi balki shu bilan birga u bolani jismonan sog’lom rivojlanishini ta’minlaydi, ruhan tetiklashtiradi, o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi hamda atrofdagilar bilan ijtmoiy munosabatlarni shakllantirishga katta ko’mak beradi.

Adabiyotlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillatirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-son qarori;
  2. O‘z DSt 17368–2020 “Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash haqida ”
  3. https://www.cde.ca.gov/sp/cd/re/caqdevelopment.asp. Ages and Stages of Development
  4. Care About Quality was published by the California Department of Education in 2000.
  5. https://eacea.ec.europa.eu/national-policies/eurydice/content/teaching-and-learning-early-childhood-education-and-care-8_en. internet resurs.
  6. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich maktab o‘quvchilariga chet tilini o‘rgatishda o‘yinlar. Baxramova M. D. Tuzuvchi: Baxramova M. D., — T.2016.
  7. https://raisingchildren.net.au/newborns/play-learning/play-ideas/why-play-is-important internet resurs
  8. https://www.britishcouncil.org/voices-magazine/how-young-children-learn-english-through-play internet resurs
  9. https://www.parents.com/baby/development/intellectual/how-to-teach-your-child-a-foreign-language/ internet resurs
  10. Early childhood education in English for speakers of other languages by ViAdam, Bob and Morris Paul (1997) the English curriculum in the People’s Republic of China,comparative education Review,41,3–26
  11. Alcon, E and Guzman, J-R (2000). Language learning Strategies and Second language Use in academic Context.Universtate Jaume 1.
  12. Algeo, J (2010) 6th ed. Origin and Development of English Language. Wordsworth
  13. Anderson, T. (1960:303). “. In Madrid, D (2001): “A conceptual Framework for the teaching of foreign languages in infant education”. UniversityGranada.Pg 145–155.
Основные термины (генерируются автоматически): ранний возраст, J-R.


Ключевые слова

faoliyat, xorijiy til, erta yoshda til o’rganish, ta’limiy o’yin, nozik vosita mahorati, ko’z-qo’l muvofiqlashuvi, faol ta’lim turlari, ingliz tilida blok o’ynash, rol o’yinlar, qo’l mehnati

Похожие статьи

Особенности детей раннего возраста | Статья в сборнике...

Ранний возраст имеет особое значение в жизни ребенка. Овладение ходьбой, которая меняет весь его облик и способствует быстрому

Ранний возраст — начальный и очень важный этап воспитания подрастающего поколения. Беря на себя ответственность за воспитание ребёнка...

Нервно-психическое развитие детей раннего возраста и факторы...

Состояние нервно-психического здоровья – неотъемлемая часть здоровья индивида и общества в целом. И в личном, и в общественном плане нарушения нервно-психической сферы имеют не меньшую, если не большую значимость...

Оптимизация коррекционно-педагогической работы по...

ранний возраст, ребенок, раннее детство, зрительное восприятие, величина предметов, предмет, действие, восприятие, двухлетний возраст, индивидуальная работа. Система коррекционной работы с детьми раннего возраста.

Развитие восприятия в раннем возрасте | Статья в журнале...

В статье рассматривается развитие процесса восприятия в раннем детстве. Актуальность исследования обусловлена наиболее благоприятным, сензитивным периодом развития восприятия.

Эргопедагогика детей раннего возраста в условиях дома ребенка

В статье рассматривается эргопедагогика детей с ограниченными возможностями здоровья, воспитывающихся в доме ребенка. Раскрывается понятие эргопедагогики и ее отличие от эрготерапии.

Особенности течения острых мастоидитов у детей

Цель: Анализ клинико-лабораторных проявлений острого мастоидита у детей и усовершенствование ранней диагностики данной патологии для своевременного выявления и лечения. Задачи: Изучить течение заболевания у детей по стационарным картам пациентов.

Динамика АД у новорожденных в неонатальном периоде...

Возраст детей на момент осмотра в среднем составил 9,1±0,88 дней жизни. Из них 28 детей были в раннем неонатальном периоде, а 22 ребенка в позднем неонатальном периоде. Согласно возрастной градации группы были рандомизированы.

Система коррекционной работы с детьми раннего возраста

Ранний возраст является уникальным, стратегически важным для всего последующего умственного, физического, речевого и эмоционального развития

Коррекционно-развивающую работу с ребенком раннего возраста можно условно разделить на несколько этапов.

Осведомленность беременных женщин г. Гомеля об основных...

Актуальность. Кариес у детей раннего возраста является одной из самых распространенных медицинских проблем детей первых лет жизни и остается актуальным вопросом для здравоохранения во всем мире.

ранний возраст, ребенок, раннее детство, зрительное восприятие...

Ранний возраст принято считать от 1,5 до 3 или 3,5 лет и основное развитие идет в определенных сферах, таких как: крупная моторика, развитие речи и предметная деятельность. «Это очень важный и наиболее сенситивный период для развития физического, психического и...

Похожие статьи

Особенности детей раннего возраста | Статья в сборнике...

Ранний возраст имеет особое значение в жизни ребенка. Овладение ходьбой, которая меняет весь его облик и способствует быстрому

Ранний возраст — начальный и очень важный этап воспитания подрастающего поколения. Беря на себя ответственность за воспитание ребёнка...

Нервно-психическое развитие детей раннего возраста и факторы...

Состояние нервно-психического здоровья – неотъемлемая часть здоровья индивида и общества в целом. И в личном, и в общественном плане нарушения нервно-психической сферы имеют не меньшую, если не большую значимость...

Оптимизация коррекционно-педагогической работы по...

ранний возраст, ребенок, раннее детство, зрительное восприятие, величина предметов, предмет, действие, восприятие, двухлетний возраст, индивидуальная работа. Система коррекционной работы с детьми раннего возраста.

Развитие восприятия в раннем возрасте | Статья в журнале...

В статье рассматривается развитие процесса восприятия в раннем детстве. Актуальность исследования обусловлена наиболее благоприятным, сензитивным периодом развития восприятия.

Эргопедагогика детей раннего возраста в условиях дома ребенка

В статье рассматривается эргопедагогика детей с ограниченными возможностями здоровья, воспитывающихся в доме ребенка. Раскрывается понятие эргопедагогики и ее отличие от эрготерапии.

Особенности течения острых мастоидитов у детей

Цель: Анализ клинико-лабораторных проявлений острого мастоидита у детей и усовершенствование ранней диагностики данной патологии для своевременного выявления и лечения. Задачи: Изучить течение заболевания у детей по стационарным картам пациентов.

Динамика АД у новорожденных в неонатальном периоде...

Возраст детей на момент осмотра в среднем составил 9,1±0,88 дней жизни. Из них 28 детей были в раннем неонатальном периоде, а 22 ребенка в позднем неонатальном периоде. Согласно возрастной градации группы были рандомизированы.

Система коррекционной работы с детьми раннего возраста

Ранний возраст является уникальным, стратегически важным для всего последующего умственного, физического, речевого и эмоционального развития

Коррекционно-развивающую работу с ребенком раннего возраста можно условно разделить на несколько этапов.

Осведомленность беременных женщин г. Гомеля об основных...

Актуальность. Кариес у детей раннего возраста является одной из самых распространенных медицинских проблем детей первых лет жизни и остается актуальным вопросом для здравоохранения во всем мире.

ранний возраст, ребенок, раннее детство, зрительное восприятие...

Ранний возраст принято считать от 1,5 до 3 или 3,5 лет и основное развитие идет в определенных сферах, таких как: крупная моторика, развитие речи и предметная деятельность. «Это очень важный и наиболее сенситивный период для развития физического, психического и...

Задать вопрос