Sinfdan tashqari o`qish darslarida Anvar Obidjon asarlarini o`rganishning bolalar ma`naviyatiga ta`siri | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №25 (315) июнь 2020 г.

Дата публикации: 19.06.2020

Статья просмотрена: 1188 раз

Библиографическое описание:

Абдурахмонова, Н. С. Sinfdan tashqari o`qish darslarida Anvar Obidjon asarlarini o`rganishning bolalar ma`naviyatiga ta`siri / Н. С. Абдурахмонова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 25 (315). — С. 503-504. — URL: https://moluch.ru/archive/315/71904/ (дата обращения: 17.12.2024).

Mazkur maqolada bolalar she`riyatining ta`lim-tarbiyaga ta`siri hamda sinfdan tashqari o`qish darslarida Anvar Obidjon asarlarini o`rganishning bolalar ma`naviyatiga ta`siri masalalari yoritilgan.

Kalit so`zlar : bolalar she`riyati, sinfdan tashqari o`qish, Anvar Obidjon she`rlari

В данной статье освещены вопросы влияния детской поэзии на образование и воспитание, а также влияние изучения произведений Анвара Обиджона на внеклассных уроках на детскую духовность

Ключевые слова : детская поэзия, внеклассное чтение, стихи Анвара Обиджана

This article covers the impact of children`s poerty on education and on education, as well as the impact of studying Anvar Obidzhon`s works on children`s spirituality in extracurricular classes

Keywords : reading outsidethe classroom, children`s poerty, poems of Anvar Obidjon

“O`qish kitobi” dan o’rin olgan hamda sinfdan tashqari o`qish darslarida tavsiya etiladigan asarlar, o’quvchini fan bo’yicha Davlat ta’lim standartida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashi, ularda tayanch hamda fanga oid kompetentsiyalarni, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishiga xizmat qiladi. Bu maqsad va vazifalarni asarni o’qish, syujeti bilan tanishish bilangina amalga oshirib bo’lmaydi. Maktabda o’rgatiladigan har bir asar o’quv tahliliga tortilsa, o’quvchi yozuvchining maqsad-muddaosini anglasagina, undan chinakam bahra oladi, badiiy-estetik didi shakllanadi. Shunday ekan, “O`qish kitobi” darslarida o’quvchilarni badiiy asarni tahlil va talqin qilishga o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Asar tahlili davomida, eng avvalo, ularning janr xususiyatlaridan kelib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa bolalar she`riyatini sinfdan tashqari o`qish jarayonida tahlil qilish o`quvchilar ma`naviy olamini rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Bolalarda kitobxonlik ko`nikmalarini rivojlantirishda ham bolalarni she`rlar bilan oshno etish maqsadga muvofiq sanaladi.O‘zbek bolalar adabiyotida turkum she’rlar eng ko‘p Anvar Obidjon ijodida uchrasa ajab emas. “G‘alati maktublar”, “Siz eshitmagan qo‘shiqlar”, “Ajoyibxona”, “Oltiariqdan olti ertak”, “Botirvoyning kundaligi”, “Bulbulning cho‘pchaklari” kabi turkumlar tarkibidagi she’rlar o‘zining ohoriy topilmalari, bolalarbop sodda, samimiy yumorga boyligi, misralarning qisqa, ravon, o‘ynoqiligi, kichkintoylarni o‘ylashga majbur qiladigan ikki yoki undan ortiq yechimga ega “jumboq” — masalalari bilan siz-u bizga yaxshi tanish. Shunisi e’tiborliki, garchi muayyan mavzuda yozilgan bo‘lsa-da, bir turkumdagi she’r mazmunan ikkinchisini aslo takrorlamaydi, aksincha, har bir turkum uchun o‘ziga xos mavzu, shakl, til va uslub tanlangan. Masalan, “Bulbulning cho‘pchaklari” turkumida yosh kitobxonda aruz vazniga muhabbat uyg‘otish maqsad qilib olingani holda g‘azal shaklidagi she’rlar Bulbul tilidan kuylanadi. “Ignalarim chiroyli” turkumida esa turli jonzotlarning tarjimayi holi orqali tabiatning boshqa a’zolariga nisbatan hurmat, mehribonlik, xayrixohlik hissini yanada oshirish maqsad qilinadi. Biz so‘z yuritmoqchi bo‘layotgan “Dalalardan — bolalarga” turkumi boshlanmasida shoir o‘quvchi ko‘z o‘ngida mohir jurnalist sifatida namoyon bo‘ladi: “Ochig‘ini aytsam, she’rlarni shunchaki havas uchun yozaman. Aslida kasbim — jurnalistlik. Bir paytlar radio muxbiri edim. Mikrofonni Alpomishning qilichidek yalang‘ochlab olib, o‘zi azaldan so‘zamol odamlarni gapirtirish ham ish bo‘ptimi, deguvchilarning fikriga to‘la to‘kis qo‘shilaman. Ammo mening yutug‘im shundaki, dala-bog‘larni kezib yurgan paytlarimda nafaqat odamlardan, balki turli ekin va dov-daraxtlardan ham o‘nlab intervyular olishga musharraf bo‘lganman. Bu hol jumlayi jahonning og‘zi, ko‘zi, qulog‘i va burni hisoblanmish jurnalistlar toifasini hayratga¬solsa,¬ajabmas”. Sarlavhadan keyin berilgan interpretatsiya mazmunidagi qisqa kirish so‘z, bir tomondan, turkum tarkibidagi she’rlarni marjon shodasiday bir mavzu atrofida birlashtirsa, ikkinchi tomondan, yosh kitobxonni o‘qilajak she’rga ruhan tayyorlash vazifasini bajaradi. Bundan tashqari ijodkor o‘zbek bolalar she’riyatiga nozik piching (kesatiq) she’rlarni olib kirgan muallif. Bu, ayniqsa, uning “Siz eshitmagan qo‘shiqlar” turkumida yaqqol aks etgan. She’rlar ham shaklan, ham mazmunan farqlanib turadi. Shakldagi kashfi yot — tovushlarga taqlid, mazmun yangiligi esa har bir she’r tagma’nosini boyitishga mo‘ljallangan. Ammo shu bilan birga ular axloqiy-psixologik mezon sifatida inson qiyofasini to‘ldirishga yordam beradi:

Shippak qo‘shig‘i:

Yuraman uy ichida, ship-ship-ship.

Gilam yumshoq-ey juda, ship-ship-ship.

Turtinmayman men toshga, ship-ship-ship.

Ekin zorman quyoshga, ship-ship-ship.

Shuningdek, muallif tovushlar o‘zgarishini (taqlidiy so‘zlarni) ham mohirona qo‘llab, tasviriylikka erishadi (jiqirjiqir, qiqir-qiqir, dikir-dikir, pichir-pichir, shitir-shitir kabi). Bu turkum she’rlar qo‘shiqlar deb atalishi ham bejiz emas, chunki ular ohangdor. Turkumdagi ashula ijrochilari obrazlarida bolalar va kattalar xarakterlarini ilg‘ab olish qiyin emas. She’rlar sodda, lekin bir nafasda o‘qiladi. Shoir so‘zlarni nihoyatda tejab ishlatadi. Yengil yumor esa hayot haqiqati bilan qorishib, o‘quvchida hissiy-g‘oyaviy ta’sirni yanada orttiradi. Muallif allegorik obrazlarni naqadar jonlantira olishiga bir misol:

Tanishing, men birinchi “B” sinfi da o‘qiyman,

O‘ttiz beshta harfning barin yaxshi cho‘qiyman.

Nega bizlar dumsiz X yozdik xo‘roz deganda?

Voy domlajon, sizningcha xo‘roz dumsiz ekan-da!

Shoir hayvon va predmetlarni jonlantirib, ularga xos bo‘lgan xususiyatlarni ochib beradi. Predmetlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, odamga xos “fazilat” va “nuqson”larini to‘g‘ri topadi. Mana, masalan, qo‘raning qumg‘onga yozgan xati. Qumg‘on bilan hamma salomlashadi. Choynak esa burnini osmonga ko‘tarib turadi. Qo‘ra qumg‘onga shunday maktub yozadi: Kuyib-pishib o‘choqda, qaynatasan sen suvni,likopchaga o‘tqazib hurmatlashar u quvni.

Shoir o‘xshatishlarni ishlatganda ham bola ruhiyatini sira unutmaydi, biror hodisa yoki harakatni tushuntirish uchun uni tanish harakat yoki holatga o‘xshatadi. Ma’lum obraz orqali o‘quvchilarga ma’naviyatning ilk saboqlarini beradi.

Xulosa qilib aytganda, sevimli bolalar shoiri Anvar Obidjonning har bir satri muayyan tarbiyaviy mazmun tashiydi. U yaratgan obrazlar bolalarni ham, kattalarni ham befarq qoldirmaydi. Chunki bolalar she’riyatining sir-asrorlarini mahorat bilan o‘zlashtirgan ijodkor asarlarini o‘quvchiga yuksak badiiylik bilan taqdim etadi. Sinfdan tashqari o`qish darslarida A.Obidjon asarlarini puxta o`rganish o`quvchilar ma`naviyatini oshirishga xizmat qiladi.

Adabiyot:

  1. Anvar Obidjon. Mittivoymisan, Mittivoymisan? T. 2002
  2. Anvar Obidjon. Elektron kitoblar.https://kitobim.uz
Основные термины (генерируются автоматически): детская поэзия.

Ключевые слова

bolalar she`riyati, sinfdan tashqari o`qish, Anvar Obidjon she`rlari

Похожие статьи

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining ahamiyati

Muallif maqolada bolaning erta aqliy rivojlanishi jarayonining shakllanishi va unda onaning ishtiroki haqida olib borilgan tadqiqotlarni ilmiy tahlil qiladi. Bolaning erta aqliy rivojlanishida onalar nimalarga e’tibor qaratishi haqida o‘z fikrlarini ...

Komp`yuterda axborotni ergonomik tasvirlash

Ushbu maqolada hozirgi kunga kelib, o`quv yurtlari ta`lim berish va olish jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni komp`yuter yordamida ergonomik tasvirlash asosiy maqsad hisoblanadi. Berilayotgan har qanday axborot manbaining asosiy maqsadi tinglovchi ...

Maktabgacha ta’lim muassasalarida erta savodxonlikni rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston respublikasi Davlat ta’lim konsepsiyasiga oid dolzarb masala ko’tarilgan. Xususan, O‘zbekistonning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi r...

Temir yо‘l stansiyalarining yuklanganligini kamaytirish chora-tadbirlari

Mazkur maqolada temir yo‘l stansiyasining yuklanganlik darajasiga ta’sir e’tuvchi omillar «Isikava» diagrammasi yordamida aniqlangan. Shuningdek, stansiyaning yuklanganlik darajasini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Nok daraxti ayrim zararkunanda xashoratlari va ularga qarshi kurashishning xos tomonlari

Ushbu maqolada nok daraxti zararkunandalarining ayrim turlari, ularning tuzilishi va hayot tarzi xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu xashoratlarning zararlari to’g’risida qisqacha bayon qilingan.

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Orol dengizining qurigan tubida himoya o`rmonzorlari barpo etishda cho`l o`simliklarini to`g`ri tanlab olish

Maqolada Orol dengizining qurigan tubida “Yashil qoplamalar” himoya oʻrmonzorlari barpo etish borasida bajarilishi lozim boʻlgan chora tadbirlar haqida soʻz yuritilgan. Yerning holati qum va shoʻrliklarni eʻtiborga olgan holda tanlab olinish kerak bo...

Temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirishning matematik yondashuvi

Mazkur maqolada matematik yondashuvlar asosida temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Texnik va oraliq stansiyalarda qayta ishlanishlar sonining yuklarni yetkazib berish muddatiga t...

Tabiat qo‘ynida o‘yin faoliyatini tashkil etishning bolaning psixologik rivojlanishiga ta’siri

Maqolada o‘yin faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etishning bola psixologiyasiga ta’siri haqida so‘z ketgan. Ushbu maqola orqali bola hayotida o‘yin faoliyatining naqadar muhim ekanligi, o‘yin faoliyati turlari va xususiyatlari, o‘yin o‘ynashning fo...

Задать вопрос