Ingliz tilini o’qitishda innovatsion usullardan foydalanish | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №21 (311) май 2020 г.

Дата публикации: 20.05.2020

Статья просмотрена: 370 раз

Библиографическое описание:

Мирхамидова, Ш. М. Ingliz tilini o’qitishda innovatsion usullardan foydalanish / Ш. М. Мирхамидова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 21 (311). — С. 797-799. — URL: https://moluch.ru/archive/311/70121/ (дата обращения: 16.12.2024).



Ushbu maqolada hozirgi davr talabiga aylangan ingliz tilini oq’ishitish hamda o’quv jarayonida innovatsion usullardan foydalanish ochib berilgan

Kalit so’zlar: Innovatsiya, ingliz tili, o’qish, eshitish, gapirish, metod

В статье рассматривается использование инновационных методов в учебном процессе при изучении английского языка.

Ключевые слова: инновации, английский язык, чтение, слушание, говорение, методика преподавания иностранного языка.

Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko‘nikmasi proffessionl ta‘limning ajralmas qismlaridan biri bo‘lib bormoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganligi sababli, ularda til o‘rganishga bo‘lgan talab yuqoridir. Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy ta‘limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Bunday bilimlarni insonlar dastlab maktab, kollej, litsey, keyinchalik institutlarda, o‘quv kurslarida yoki mustaqil ravishda xorijiy tilni o‘rganishga yordam beruvchi asosiy ma‘lumot to‘plamlari bilan tanishgan holda o‘rganadilar. Bugungi kunda turli darajadagi til bilimiga ega kishilar uchun o‘quv materiallarining katta to‘plamlari mavjud. Ushbu maqsadga yetishishda muvaffaqiyatga erishish, o‘qituvchilarning amaliy uslublari va malakasiga bog‘liq. Axborot texnologiyalari va zamonaviy o‘qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi [1].

Turli usullarni birlashtirib o‘qituvchi muayyan ta‘lim dasturlarini yechishga qodir bo‘ladi. Shu munosabat bilan o‘qituvchilar va talabalar xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy usullari bilan tanishishlari kerak. Natijada maqsadlariga erishish uchun eng samarali usullarni tanlay bilish ko‘nikmalari shakillanadi. Bunda o‘qitish va o‘rganishning bir necha metodlaridan foydalanish samarali natija beradi. O‘qitish kichik bosqichlarda amalga oshiriladi va o‘quvchining mavjud bilim tizimiga asoslanadi [2].

Zamon ilgarilab borgani sari har sohada yangilik ko‘payib bormoqda. Til o‘rgatishda ham turli uslublar paydo bo‘lmoqda. Ingliz tilini o‘rgatishda o‘rganuvchining salohiyat va darajasi, yoshidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich o‘rgatish yaxshi natija beradi. Bunda o‘quvchilar boshlang‘ich bosqichda o‘qitish, o‘rta bosqichda o‘qitish, yuqori bosqichda o‘qitish asosida guruhlarga bo‘linadi. Har bir bosqich uchun o‘qituvchi tomondan maxsus dastur ishlab chiqiladi.

Boshlang‘ich bosqichda talaffuzga muhim e‘tibor beriladi. Harmerning ta‘kidlashicha, suhbat davomida ona tilini biladiganlardan birinchi talab- bu talaffuz. O‘quv jarayonining boshlanishida o‘qituvchi asosiy e‘tiborni o‘quvchining talaffuziga qaratishi kerak. Grammatika va lug‘at asosiysi hisoblansada, ma‘ruzachi talaffuzi notog‘ri bo‘lsa, buning hammasi befoyda. Native speakerlar agar so‘zlovchi so‘zlarni to‘gri talaffuz qilsa nutqni grammatik xatolar bilan ham tushunishlari mumkin [3].

Shuning uchun o‘qitishda dastavval asosiy e‘ribor talaffuzga qaratiladi. Bunda native speakerlarning turli xil audiolaridan faydalanish yaxshi natija beradi. O‘qituvchi dars davomida harflar, so‘zlarni to‘gri talaffuz qilishni o‘rgatishi kerak. Shunungdek boshlang‘ich bosqichda og‘zaki nutqqa va o‘qish texnikasini o‘stirishga katta e‘tibor beriladi. Bunda chet tilini o‘qitishning nutq faoliyati turlari bo‘yicha ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ularni o‘rgatishda quyidagi vazifalarni bajarish zarur:

a) O‘qish mexanizmini hosil qilish;

b) Og‘zaki o‘qish texnikasini o‘stirish;

c) O‘qiganini tushunishga o‘rgatish.

Boshlang‘ich bosqichda o‘qishning asosan ovoz chiqarib o‘qish turiga kеng o‘rin ajratiladi. O‘qish uchun ajratilgan matnlar ham eng sodda va oddiydan asta-sеkin murakkablashib boradi. Lеkin shuni aytish kеrakki, boshlang‘ich bosqichlardagi ish faoliyati asosan og‘zaki nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishiga qaramay ingliz tilida og‘zaki nutqni o‘stirish masalasini hal qila olmaydi. U haqiqiy og‘zaki nutq ustida ishlash uchun faqat tayyorgarlik bosqichini o‘taydi. Qolaversa, so‘zlarni chiroyli va ravon o‘qish o‘quvchining shu tilni o‘rganishga bo‘lgan muhabbatini oshiradi.

Bundan tashqari o‘quvchilar boshlang‘ich bosqichda The Present indefinite Tense, The Past indefinite Tense, The Future indefinite Tense kabi fе'l zamonlarini yaxshi bilishlari va fе'l shakllaridan ushbu zamonlarda yorqin foydalana oladigan bo‘lishlari talab etiladi. O‘quvchilar otlarni birlikda va ko‘plikda ishlatilishini, hozirgi noaniq zamonda kеlgan fе'lning III shaxs birlikdagi shakliga «s«yoki «es» qo‘shimchalarini qo‘shilishini, gaplarning so‘roq, inkor va buyruq shakllarini ham boshlang‘ich bosqichda o‘qish davrida egallaydilar.

Ingliz tilini o‘rgatishning o‘rta etapida asosiy e‘tibor ko‘proq hajmdagi matnlarni o‘qib tushunishda fikrlashni, nutq faoliyatini, tashabbuskorlikni oshirishga yordam bеradigan usullardan foydalanish kеrak. O‘quvchilarga uy vazifasi sifatida matnlar berib boriladi. Matnni tushunganligini tekshirishga mo‘ljallangan mashqlar berilib ular quyidagicha ifoda etilishi mumkin:

Answer the question on the text Tashkent:

Why Tashkent is called like this?

Where is the ancient centre of the city?

How many populations is there?

Savol — javob mashqlaridan foydalangan holda o‘quvchi nutqini kuchaytirish, xotirasini yaxshilash, takrorlash natijalariga erishiladi. Matnlar ichidan chiqqan yangi so‘zlar yod olinadi. Savol-javob qilish natijasida o‘sha so‘zlarning xotirada takrorlanishi hamda nutqda qo‘llay bilish ko‘nikmalari shakllanadi. Bundan tashqari darslarda turli xil o‘yinlarni tashkil etish o‘quvchini til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini orttirib, o‘rganish sur’atini oshiradi. “Hot ball” o‘yinida o‘quvchilar aylana bo‘lib oladilar, koptokni bir-birlariga yangi so‘zlardan birini aytib otadilar. Ishtirokchilar bir-birlarining aytgan so‘zlarini takrorlamaydi, takrorlagan yoki so‘z ayta olmay to‘xtab qolgan holda o‘yindan chiqariladi. Shu tarzda o‘yin davom ettiriladi.

O‘rta bosqichda grammatika birinchi bosqichga nisbatan chuqurlashtirilib o‘rgatiladi, o‘tilgan grammatik qoidalar asosida o‘quvchilarga mashqlar, testlar berilib bilimlari sinaladi.

Kompyuter, telefonlardagi til o‘rgatuvchi programmalar ham boshlang‘ich va o‘rta bosqichda til o‘rgatishga yaxshi yordam beradi. Talk (English speaking practice), Daily English, Learn English (English master), How to speak real English kabilarni misol qilsak bo‘ladi. Bu programmalar shunday tuzilganki, ularda reading(o‘qish), listening(eshitish), test bo‘limlarining barchasi o‘rin olgan.

O‘rganilgan yangi so‘zlarni telefon diktafoniga yozdirib bo‘sh vaqtlarda eshitish takorlash uchun yana bir yaxshi usul. Bundan tashqari ingliz tilidagi subtitrli filmlarni, multfilmlarni ko‘proq ko‘rsatish ham til o‘rgatishda samarali usullardan hisoblanadi.

Yuqori bosqichda mustaqil ishlash alohida rol o‘ynaydi, ayniqsa chеt tili bilan. Bu bosqichda darsga qo‘yilgan talablar oldingi etaplardagidan farq qiladi. Endi dars og‘zaki nutq asosida ko‘rilmaydi, chunki bu bosqichda til matеrialining ko‘pchilik qismi passiv ravishda (rеtsеptiv holda) o‘rganiladi. Ya‘ni o‘qib tushinish asosiy rol kasb etadi [4].

Tеkstlar ham hajmi jihatidan katta, til matеriali esa murakkabdir. Reading, speaking, listening mashqlari doimiy o‘tkizib boriladi. Darsni tashkil etishda Readingga alohida kun, Speakingga alohida kun, Listeningga alohida kun belgilanadi. Uyga beriladigan vazifalar ham oldingi bosqichlardan ko‘proq va murakkabroq tuziladi. Speaking darslarida o‘rtaga biror mavzu tashlanib 2 daqiqalik nutq belgilanadi. Yana bir usulda matn mavzulari yozilgan kartochkalar o‘quvchilarga tarqatiladi. Har bir o‘quvchi o‘zi tanlagan kartochkada berilgan mavzu haqida o‘z fikr mulohazalarini bildiradi. Nutqda avval o‘tilgan birikmalar, frazalar, kirish so‘z, yangi so‘zlar, sinonimlardan foydalanish talab etiladi.

Matbuot, davriy nashrlar, ommaviy axborot vositalari, internet materiallaridan foydalanib qo‘shimcha matn mavzularini tayyorlab kelishni uy vazifasi sifatida berish mumkin. Qiziqarli izlanishlar va ilmiy kashfiyotlar haqidagi matnlarni o‘quvchilar qiziqish bilan o‘rganadilar.

Xulosa qilib aytish kerakki, zamonaviy tilni o‘rgatish ko‘proq madaniyatli shaxsni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, u o‘z-o‘zini tahlil qilish va yangi bilimlarni tizimlashtirish ko‘nikmalariga ega ekan. Innovatsion usullar butun tizimni modernizatsiya qilishning ajralmas qismidir. Shunga amin holda o‘qituvchilar eng ilg‘or yondoshuvlar bilan tanishishlari va keyinchalik ularni birlashtirishi va o‘z ishlarida foydalangan holda ta‘lim tizimida sezilarli o‘sishga erishish mumkin. Ko‘plab tashkilotlar axborotni jo‘natish va olish uchun multimedia imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi darajaga o‘tmoqda. Kompyuterlar va boshqa qurilmalardan foydalanish butun ta‘lim jarayonining muvaffaqiyatini belgilaydi.

Adabiyot:

  1. Пассов Э. И. Общительный метод обучения иностранного разговора. — Москва., 1985: — 10 — bet.
  2. Johnson, K. E. The Sociocultural Turn and Its Challenges for Second Language Teacher Education. // TESOL Quarterly., — London., 2006: — 235- bet.
  3. Harmer J. The Practice of English Language Teaching. — London., 2001: — 64-bet.
  4. Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. — Toshkent., 2012: — 48-bet.
Основные термины (генерируются автоматически): III, TESOL, английский язык.


Ключевые слова

metod, Ingliz tili, Innovatsiya, o’qish, eshitish, gapirish

Похожие статьи

O’quvchilarda notiqlik mahoratini kuchaytirish

Maqolada notiqlik san’ati hamda uning mahoratini o’quvchi yoshlarda shakllantirish yo’llari ko’rib chiqilgan

Affikslarning polisemantik pоtensiali (nemis tili misolida)

Ushbu maqolada nemis tili lug’at boyligi, so’z yasalishida affikslarning ahamiyati, ularning turlari haqida so’z yuritiladi.

Veb ilovalarning mobil qurilmalarda foydalanish effektivligini oshirish uchun PWA texnologiyasini qo’llash

Maqolada dars jadvali veb-ilovasida progressive web application texnologiyasini qo’llash masalasiga bag’ishlanadi.

Qur`oni karimda shart maylining ishlatilinishi

Maqolada Qur'oni karim oyatlarida shartli maylining ishlatilinishi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Axborot xizmatlarini taqdim etishda telegram botlarning imkoniyatlari

Mazkur tadqiqot ishida axborot xizmatlarini ko’rstishda telegram botlardan foydalanishning imkoniyatlari qarab chiqilgan.

Turli xil tillardagi onomastik va tarixiy frazeologik birliklar

Bu maqola tarixiy va onomastik birliklar qatnashgan frazalar haqida Ingliz va O'zbek tillardagi misollar yordamida ma'lumot beradi.

Xitoy tilida g’am-qayg’uni ifodalovchi undovlarning leksik-semantik tahlili

Xitoy tilida undov so`zlarning bir qancha ma’noviy guruhlari mavjud. Ularning orasida g’am-qayg’u undovlari hayrat undovlaridan so’ng son va qo’llanilish darajasi jihatidan ikkinchi o’rinni egallaydi. Ushbu maqolada muallif tomonidan xitoy tilida g’a...

Multimediyaviy longrid internet jurnalistikasida yangi fenomen sifatida

Maqolada internet jurnalistikada paydo boʻlgan yangi multimediaviy longrid formati tarixi, uning xususiyatlari, oʻziga xosligi, jurnalistikadagi ahamiyati tadqiq etiladi.

Chet tili fani darslarida mustaqil ishlarning bajarilishini nazorat qilishda ma’sofaviy ta’lim tizimi bo’lgan Moodle tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari

Kasb-hunar kolleglarida seminar mashg’ulotlarini tashkil qilishning o’ziga hos xususiyatlari

Ushbu maqolada o’quv jarayonini tashkil etishda seminar darslarining alohida o’rni, seminar mashg`ulotlarining maqsadi, seminar-amaliy mashg`ulotlarning shakllari, seminar darsi funksiyalari yoritib berilgan.

Похожие статьи

O’quvchilarda notiqlik mahoratini kuchaytirish

Maqolada notiqlik san’ati hamda uning mahoratini o’quvchi yoshlarda shakllantirish yo’llari ko’rib chiqilgan

Affikslarning polisemantik pоtensiali (nemis tili misolida)

Ushbu maqolada nemis tili lug’at boyligi, so’z yasalishida affikslarning ahamiyati, ularning turlari haqida so’z yuritiladi.

Veb ilovalarning mobil qurilmalarda foydalanish effektivligini oshirish uchun PWA texnologiyasini qo’llash

Maqolada dars jadvali veb-ilovasida progressive web application texnologiyasini qo’llash masalasiga bag’ishlanadi.

Qur`oni karimda shart maylining ishlatilinishi

Maqolada Qur'oni karim oyatlarida shartli maylining ishlatilinishi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Axborot xizmatlarini taqdim etishda telegram botlarning imkoniyatlari

Mazkur tadqiqot ishida axborot xizmatlarini ko’rstishda telegram botlardan foydalanishning imkoniyatlari qarab chiqilgan.

Turli xil tillardagi onomastik va tarixiy frazeologik birliklar

Bu maqola tarixiy va onomastik birliklar qatnashgan frazalar haqida Ingliz va O'zbek tillardagi misollar yordamida ma'lumot beradi.

Xitoy tilida g’am-qayg’uni ifodalovchi undovlarning leksik-semantik tahlili

Xitoy tilida undov so`zlarning bir qancha ma’noviy guruhlari mavjud. Ularning orasida g’am-qayg’u undovlari hayrat undovlaridan so’ng son va qo’llanilish darajasi jihatidan ikkinchi o’rinni egallaydi. Ushbu maqolada muallif tomonidan xitoy tilida g’a...

Multimediyaviy longrid internet jurnalistikasida yangi fenomen sifatida

Maqolada internet jurnalistikada paydo boʻlgan yangi multimediaviy longrid formati tarixi, uning xususiyatlari, oʻziga xosligi, jurnalistikadagi ahamiyati tadqiq etiladi.

Chet tili fani darslarida mustaqil ishlarning bajarilishini nazorat qilishda ma’sofaviy ta’lim tizimi bo’lgan Moodle tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari

Kasb-hunar kolleglarida seminar mashg’ulotlarini tashkil qilishning o’ziga hos xususiyatlari

Ushbu maqolada o’quv jarayonini tashkil etishda seminar darslarining alohida o’rni, seminar mashg`ulotlarining maqsadi, seminar-amaliy mashg`ulotlarning shakllari, seminar darsi funksiyalari yoritib berilgan.

Задать вопрос