Ushbu dars ishlanmasida IX-X asrlarda Movaunnahr va Xarazmda madaniy hayotidagi yangi davrda ilm- ma’rifatida olamshumul o’zgarishlar yoritib berilgan
Kalit so’zlar: Dars ishlanmasi, Movarounnahr, Xorazm, Somoniylar, yangi davr
В статье рассматриваются основные изменения в науке и культурной жизни Мавераннахра и Хорезма в IX-X вв.
Ключевые слова: Мавераннахра, Хорезм, Сасаниды, новая эра.
Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad — o’quvchilarga IX–XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo’lgan siyosiy, ijtimoiy–iqtisodiy o’zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga kuchli ta’siri, O’rta Osiyo yuz berga Uyg’onish davri hamda bu davrda ilmiy faoliyat olib borgan O’rta Osiyolik mutafakkirlar haqida umumiy tushunchalar berish.
Tarbiyaviy maqsad — O’quvchilarni milliy o’zlikni anglash, vatanimiz tarixiga hurmat va iftixor ruhida tarbiyalash, o’quvchilar qalbida milliy g’ururni shakllantirish, tarixiy ongini ustirish.
Rivojlantiruvchi maqsad — mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish.
Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar
Darsning jihozi::
- O’zbekiston tarixi darsligi
- Ma’naviyat yulduzlari
- Texnik vositalri:televizor,videoprokter kompyuter
- Mavzuga allomalarning rasmlari
- Tarixiy xarita
- Doska, bo’r, daftar
- “O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma
Darsning asosiy tushunchalari va atamalari:
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash (2 daqiqa).
II. O’tilgan mavzuni yangi mavzu bilan mustahkamlash (3 daqiqa)
Uyga berilgan topshiriqlar,savollar bo’yicha o’tkaziladi.
III.Yangi mavzu:
IX asrning ikkinchi yarmida xalifalik hukmronligi tugab, Somoniylar boshqaruvining qaror topishi bilan madaniy hayotning rivoji uchun keng yo’l ochiladi. Movarounnahming madaniy hayotida uyg’onish davri boshlandi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi markaziy shaharlarda kutubxonalar, kitob do’konlari qurilgan. Movarounnahr va Xorazm jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan buyuk siymolarni o’z bag’rida tarbiyalab kamolotga yetkazdi. 1004–yil «Dorul hikma va maorif» («Bilimdonlik va maorif uyi»)–«Ma’mun akademiyasi» shakllangan. Uning asosini Abu Nasr ibn Iroq (X asr–1034), Abulxayr ibn Hammor (991–1048), Abu Sahl Masihiy (970–1011), Abu Rayhon Beruniy (973–1048), Abu Ali ibn Sino (980–1037) va boshqalar tashkil etgan. 1017–yil Mahmud G’aznaviy Xorazmga bostirib kirgandan so’ng «Dorul hikma va maorif» faoliyati tugatilgan, olimlarning ko’pchiligi G’azna shahriga majburan olib ketilgan. 1997–yil 11–noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risida»gi farmoni chiqdi. 2006–yil kuzida Respublikamizda «Xorazm Ma’mun akademiyasi»ning 1000 yilligi nishonlandi.
Abu Nasr Farobiy 873–yilda Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan Farob shahrida tug’ilgan. U avval ona shahrida, so’ngra Samarqand, Buxoro va Bag’dodda bilim olgan. Umrining oxirlarida Xalab va Damashq shaharlarida yashagan. Farobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan.
U 160 dan ortiq asar yozib, o’rta asr ilm–fan va madaniyatiga ulkan hissa qo’shdi. Bular orasida «Arastuning «Metafizika» asariga sharh», «Musiqa kitobi». «Baxt–saodatga erishuv haqida», «Tirik mavjudot a’zolari haqida», «Fozil odamlar shahri» va boshqa ko’pgina asarlari muhum ahamiyatga ega bo’lgan. Farobiy Sharqda Arastudan (Aristotel) keyingi yirik mutafakkir — «Muallimus–soniy» nomi bilan shuhrat topdi.Abu Ali ibn Sino 980–yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o’rganadi. O’n olti yoshidan boshlab turli fanlar bo’yicha Sharq va G’arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o’rgandi. Ayniqsa, u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Galen hamda o’rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar–Roziy (865–925)–ning asarlarini puxta o’rganadi.
Ibn Sino o’n yetti yoshidayoq e’tiborli hakim va olim bo’lib yetishadi. U amir Nuh ibn Mansumi davolab tuzatgach, somoniylaming saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Ibn Sino taqdir hukmi bilan Gurganch (Urganch) dagi Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari qatorida ijod qiladi. U 1037–yilda vafot etadi va Hamadonda dam etiladi.Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. Uning 5 jildlik «Al–qonun fit–tib» («Tib qommlari») nomli qomusiy asarida kasalliklaming kelib chiqish sabablari va manbalari, diagnostika, muolaja usullari, dorivor o’simliklar va dori–darmonlaming xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning g’oyat muhim masalalariga alohida e’tibor berilgan. Uning «Al–qonun fit–tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan.Abu Ali ibn Sino Sharqda Shayx ur–rais, G’arbda esa «Avisenna» nomlari bilan shuhrat topdi.Abu Rayhon Beruniy (973–1048) Xorazmning Kat shahrida tug’ilib, Urganchda ta’lim olgan. Xorazmshoh Abul Abbos Ma’mun II saroyida to’plangan olimlar bilan birgalikda Ma’mun akademiyasida ijod qilgan. Xorazm Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olingach, Beruniy va boshqa olimlar bilan birga G’azna shahriga olib ketiladi va umrining oxirigacha shu yerda ijod qildi. Beruniy 1048–yiIda G’aznada vafot etadi. Beruniy astronomiya, geografiya, matematika va tarix fanlari bo’yicha 160 dan ortiq asarlar yozgan. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston». «Mineralogiya», «Geodeziya» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. U o’zining astronomiyaga oid asarlarida Kopemikdan qariyb besh asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikmi o’rta asrlarda birinchi bo’lib ilgari surdi. Beruniy yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kartasini tuzgan. Beruniyning ilmiy va falsafiy ulkan merosi shubhasiz jahon fani va madaniyati xazinasiga qo’shilgan ulkan hissa bo’ldi.
Qoraqalpog’istondagi shahar, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Toshkent Davlat Texnika universiteti Beruniy nomiga qo’yilgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etilgan.
Abulqosim Mahmud az–Zamaxshariy 1075–yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog’ida dunyoga kelgan. Ilmga bo’lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfaxon, Shorn, Bag’dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf–odatlarini chuqur o’rganishiga sabab bo’ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to’playdi.Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag’ishlangan «Al–Mufassal», Qur’oni karim tafsiriga oid «Al–Kashshof» asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy «Arab va g‘ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri» kabi sharafli nomlar bilan ulug’langan. Qohiradagi dunyoga dong’i ketgan Al–Azhar diniy dorilfununining talabalari hozir ham «Al–Kashshof» asosida Qur’oni karimni o’rganadilar.
Mashhur fiqh (huquqshunos) olimi Burhonuddin al–Marg’inoniy 1123–yilda Rishtonda (Farg’ona vodiysi) tavallud topgan. Al–Marg’inoniyning eng nodir asari to’rt jildlik «Hidoya» asaridir. «Hidoya» islom huquqshunoshgi bo’yicha mukammal asar bo’lib, bir necha asrlar davomida musulmon mamlakatlaridagi huquqshunoslar uchun ham nazariy, ham amaliy qo’llanma vazifasini o’tab kelgan. Kitob bir qancha tillarga tarjima qilingan. Hozirgi kunda ham muhim manba sifatida foydalanib kelinmoqda.
IV Yangi mavzu yuazsidan savol.
1–savol IX asrning II yarmida Movarounnahrda ilm-fan, ma’daniyatini rivojlantirishga nima sabab bo’ldi.
Javob: Movarounnahr mustaqil davlatlarning vujudga kelishi.
2-savol Qaysi shaharlarda kutubxonalar,kitob do’konlari qurilgan.
Javob:Buxoro,Samarqand,Urganch,Balx,Nishopur.
3-savol ”Ma’mun akademiyasi qachon va qayerda faoliyat olib borgan.
Javob:1004-yilda Urganchda.
4-savol; Xorazm Ma’mun akademiyasida faoliyat olib borgan allomalardan qaysilarini bilasiz.
Javob; Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masihiy,va boshqala.
5 Savol: Ma’mun akademiyasi qachon va nima sababdan tugatilgan
Javob: 1017-yilda Mahmud G’aznaviy Xorazmga bostirib kirganidan keyin.
V. Musatqil ishlash. 15 (daqiqa).
1. Guruhga topshiriq.
Quyidagi jadvalni to’ldiring.
Abu Nasr Faroby. |
Yashagan davri |
Asarlari. |
Ma’naviy merosning tarbiyaviy ahamiyati |
- |
- |
- |
- |
2. Guruhga topshiriq.
Abu Ali ibn Sino |
Yashagan davri |
Asarlari. |
Ma’naviy merosning tarbiyaviy ahamiyati |
- |
- |
- |
- |
3. Guruhga topshiriq.
Abu Rayhon Beruniy ijodiga bag’ishlangan qo’yidagi jadvalni to’ldiring.
Beruniy yashagan davri |
Ma’naviy merosi |
Asarlari |
Ma’naviy merosning tarbiyaviy ahamiyati |
- |
- |
- |
- |
4. Guruhga topshiriq.
Mahmud az-Zamaxshariy faoliyati yuzasidan jadvalni to’ldiring.
Yoshligi qayerda o’tgan |
Qayerda ilm olgan |
Asarlari |
Ma’naviy merosning tarbiyaviy ahamiyati |
- |
- |
- |
- |
5. Guruhga topshiriq.
Burhoniddin al-Marg’inoniy ijodini o’rganamiz.
Qaysi sohada tanilgan |
Qanday asarlar yozgan. |
Asarlari |
Ma’naviy merosning tarbiyaviy ahamiyati |
- |
- |
- |
- |
6. Guruhga topshiriq.
Adabiyot darsligidan olgan bilimlaringizni foydalanib quydagi jadvalni to’ldiring.
T/R |
Buyuk allomalar |
Asarlari |
Tarbiyaviy ahamiyati |
1 |
Yusuf Hos Hojib |
||
2 |
Mahmud Qoshg’ariy |
||
3 |
Ahmad Yugnakiy |
||
4 |
Ahmad Yassaviy |
||
5 |
BahouddinNaqshbandiy |
VI.Dars yakunlarini chiqaramiz.(10 daqiqa)
Guruhlar o’zlari to’ldirilgan jadvallaridan foydalanib fikrlarini bayon etadilar.
- Mavzudagi asosiy tushunchalar va atamalarni daftarga yozish.
- Mavzuni asosiy mazmunini so’zlab berish.
- Keyingi darslarda o’rganiladigan “Me’morchilik,san’at,musiqa va diniy e’tiqod “mavzusi bilan tanishib kelish
VII. O’quvchilar bilimini baholash va uyga vazifa (3 daqiqa)