Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №18 (308) май 2020 г.

Дата публикации: 29.04.2020

Статья просмотрена: 14576 раз

Библиографическое описание:

Муминова, Ф. М. Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish / Ф. М. Муминова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 18 (308). — С. 590-592. — URL: https://moluch.ru/archive/308/69404/ (дата обращения: 24.04.2024).

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida chet tillariga berilgan katta ahamiyat hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion texnologiyalar yoritilgan

Kalit so’zlar: Chet tili, o’yin, innovatsion texnologiya, texnologik vositalar, usullar, metodlar

В данной статье анализируется активное использование инновационных технологий преподавания иностранных языков в Республике Узбекистан.

Ключевые слова: иностранный язык, игры, инновационные технологии, технологические инструменты, методы преподавания.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, chet tillarini o’rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib berildi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir”. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini” o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qarori chet tillarini o’rganish imkoniyatlarini kengaytirdi.

Respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o’rganishning har bir aspect (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir.

Bu jarayonda, jumladan:

− kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin;

− chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin;

− ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish;

− CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi [1].

Bugungi kunda maktablarda interfaol o’yinlar orqali dars o’tish an’anaga aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil o’yinlar asosida o’tilishi o’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko’nikmalarini oshirish va kuchli bo’lishlarini ta’minlaydi.

O’yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o’quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda barqaror o’rnini topish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o’yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O’quv o’yinlariga o’quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O’yinlar jarayonida o’quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg’ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko’rsatadi. Ta’kidlash lozimki, o’yin eng avallo, o’qitishning bir usulidir. O’quvchilar o’yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g’alaba qozonishga intiladilar, o’qituvchi ular orqali o’quvchiga ta’lim-tarbiya ham beradi. O’quvchi inglizcha o’yin o’ynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi [2].

Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. Bunda ko’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Statlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda:

− “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni qo’llash uchun hikoyaning boshlanishi o’qib beriladi qanday yakun topishi o’quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi;

− “Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar;

− “Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi;

− “Chigil yozdi” (“Warm-up exercises”) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o’yinlardan foydalanish [3];

− “Pantomima” (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi;

− “Hikoya zanjiri” (a chain story) usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishda yordam beradi;

− “Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi mumkin. Hunarga o’rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”, “Writer”, “Poet” kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o’quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin;

− “Allomalar yig’ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so’zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo’lib tarbiyalanishiga yordam beradi;

− “Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda, talaba, o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim;

− Kviz kartochkalari (quiz cards) o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi [4].

Ko’rib chiqqnimizdek, har bir innovatsion texnologiya o’ziga xos afzallik jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik, o’quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi [5].

Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar o’quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi.

Ta’lim tizimi o’z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo’yar ekan, kelgusida biz bo’lajak o’qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini yanada mukammalroq ishlab chiqshimizimiz bilan o’z xissamizni qo’shishimiz mumkin.

Adabiyot:

  1. Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil
  2. Отабоева, М. Р. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / М. Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодой ученый. — 2017. — № 4.2 (138.2). — С. 36–37. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39058/ (дата обращения: 27.04.2020)
  3. N. Q. Xatamova, M.N.mirzayeva. “INGLIZ TILI DARSLARIDA QO’LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR” (uslubiy qo’llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.
  4. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. “CHET TILINI O’QITISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005
  5. O’.Hoshimov, I. Yoqubov. “INGLIZ TILI O’QITISH METODIKASI” (o’quv qo’llanma) Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2003
Основные термины (генерируются автоматически): INGLIZ, TILI, CEFR, CHET, DARSLARIDA, FOYDALANISH, INTERFAOL, METODIKASI, TDPU, TILINI.

Ключевые слова

chet tili, o’yin, innovatsion texnologiya, texnologik vositalar, usullar, metodlar

Похожие статьи

Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan...

Chet tili darslarining o’itilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan

Chet tilini o’rganish va o’qitish jarayonida undan unumli foydalanishning eng samarali usullardan hisoblanadi.

Согласно «Общеевропейской рамке владения языками» (CEFR...

Chet tili darslarida interfaol uslublardan foydalanishning ahamiyati

Interfaol o‘qitish usullari ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlarda yaxshi samara beradi. Interfaol o‘qitish usullarini qo‘llashda o‘qituvchining vazifasi guruh ishlarini tashkil qilishdan va mikroguruh yetakchilarini boshqarish (ya’ni dirijyorlik)dan iborat bo‘ladi. Demak, o‘qituvchi boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi bo‘lishi...

O‘zbek tili darslarida interfaol usullardan foydalanish

Maqolada dars mashg‘ulotlarida interfaol usullardan foydalanish xususida so‘z boradi. Ayniqsa, o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili darslarini olib borishda «Keys-stadi», «Pantomimo», «Bir jumladan iborat hikoya» va «Qaynoq koptokcha» kabi usullardan foydalanish mumkinligi batafsil yoritiladi.

Chet tili darslarida turli ijtimoiy shakllardan foyydalanish metodikasi

Juft bo’lib ishlash chet tili darslarida juda qulay iftimoiy shakl hisoblanadi. Agar o’quvchi juft bo’ilb ishlasa chet tili darslarida notanish matnni

Shuning uchun ijtimoiy shakllar, ulardan foydalanish, rejalashtirish va bajarish bo'yicha nazariy bilimlar o'qituvchining harakat qilish qobiliyatining muhim...

Nemis tili darslarida filmlardan foydalanishning asosiy me’yorlari

Hozirgi zamonda ma’lum bir chet tilini bilish katta ahamiyatga ega bo’lib, uni o’rganish usullari turlichadir. Ulardan biri bu — til sohiblari tomonidan ishlangan kino-va multiplikatsion filmlarni tomosha qilish hisoblanadi.

Chet tillarni o`qitishda rolli o`yinlardan foydalanish | Молодой ученый

Songi yillarda chet tillarini o`rganishga qiziqish sezilarli darajada oshdi.Bunga davlatimizning mustaqillikdan keyin chet tilini rivojlantirishga qaratilgan farmon, chora va tadbirlari ham sabab bo`lmoqda.Bu esa biz chet tili o`quituvchilari oldiga talabalarning chet tiliga qiziqishini oshirish uchun...

Кasb-hunar kollejlarida ingliz tili o’qitishning hozirgi ahvoli

Ingliz tili uchun esa bunday imkoniyat mavjud emas. Ingliz tili darslarida o’quvchilarga muloqotni o’rgatish maqsadida sun’iy nutqiy vaziyatlarni vujudga

Bu borada chet til o’qitish umumiy metodikasi mualliflarining fikriga qo’shiladi va ingliz tilini yuqoridagi ikki guruh o’rtasidagi predmet deb hisoblaydi.

O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston Republikasi tomonidan ta’lim soxa bo’yicha olib borilayotgan isloxotlar ochib berilgan. O’zbekistondagi chet-tiliga bo’lgan qiziqish hamda chet-tilini mukammal egallash yuzasidan qilinayotgan ishalar ko’rsatib o’tilgan.

Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi...

Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik...

Задать вопрос