Qoraqalpog’iston sharoitida Hippophae L. o’simligining kelib chiqishi va ekologik ahamiyati | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 15 августа, печатный экземпляр отправим 2 сентября.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №10 (300) март 2020 г.

Дата публикации: 09.03.2020

Статья просмотрена: 32 раза

Библиографическое описание:

Даулетбаева, Ш. К. Qoraqalpog’iston sharoitida Hippophae L. o’simligining kelib chiqishi va ekologik ahamiyati / Ш. К. Даулетбаева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 10 (300). — С. 229-231. — URL: https://moluch.ru/archive/300/67869/ (дата обращения: 07.08.2020).



Maqolada Oblepixa (Hippophae L.) o’simligining o’rganilish tarixi, yer usti sistemalarining morfologik xususiyatlari, sovuqqa chidamliligi,ahamiyati asosan sho’rli yerlarda o’sishga moslashuvchanligi haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlari: oblepixa, jiydadoshlar, ko'klamzorlashtirish, vitamin, dorivor, introduksiya.

В статье приводятся данные изучение растении Облепихи (Hippophae L.), морфологические особенностей наземных систем, устойчивости к морозу и адаптации к росту на засоленных почвах.

Ключевые слова: облепиха, лоховые, озеленение, витамины, лекарственные, интродукция.

Oblepixa (Hippophae L.) –Jiydadoshlar (Elaeagnus L) oilasiga mansub polimorfli, moslashuvchan o’simlik bo’lib, asosan sho’rli yerlarda o’sishga moslashgan. Bu o’simlik bo’yi 6–8 m, diametri 20–30 sm keladi. Hajmi, strukturasi, yer usti sistemalarining morfologik xususiyatlari, sovuqqa chidamliligi, mevalarining biokimyoviy tarkibi va hosildorligi bilan bir-biridan ajraladi.

Oblepixa o’simligi erta bahorda (aprel-may oralig’ida) barg chiqarishdan oldin yoki bir vaqtning o’zida gullaydi. Gullari ayrim jinsli, ikki uyli bo’lib bochoq tarzli to’pgul hosil qiladi. Urug’chi gullari yashil rangli bo’lib, yon shoxlari atrofida 2–5 donadan joylashadi. Mevasi yolg’on meva. Mevasi tuxumsimon, bir chiziqli, to’q qizg’ish yoki qora rangda bo’lib, uzunligi 5mm keladi [4].

XIX asr oxirlari XX asr boshlarida oblepixa Rossiyaning ko’pgina botanika bog’lari kolleksiyalarida o’stirila boshladi. Oblepixa manzarali buta sifatida ko’kalamzorlashtirish maqsadlarida madaniylashtirish ishlarini Sankt-Peterburg botanika bog’i boshlab berdi. Oblepixa ko’chatlari va urug’lari tog’li Oltoydan keltirilgan bo’lib, ular asosida yetishtirilgan ko’chatlar tezda bog’bonlar orasida tarqaldi. Oblepixa Rossiyaning Yevropa qismi — Moskva, Voronej, Peterburgda ko’chatzorlarda o’stirildi va ommalashtirildi.

Hippophae atamasi 2 ta lotincha hippo — “ot’ va phae- “yaltiroq” so’zlarining qo’shilmasidan yuzaga kelgan.

Hozirgi kunda ushbu turkumga 3 ta oblepixa turi kiritilgan:

– Jumurtsimon oblepixa-Hippophae rhamnoides,

– Tol bargli oblepixa-Hippophae salicifolia,

– Tibet oblepixasi-Hippophae tibetana.

Yuqoridagi oblepixa turlaridan jumurtsimon oblepixa keng arialga ega bo’lib, Yevropa kontinentida Angilya, Skandinaviya mamlakatlari, Balgariya, Germaniya, Serbiya, Polsha, Rossiyaning Kalilingrad viloyatida, Osiyo kontinentida Avg’onistonda, Eronda, Pokistonda, Hindistonda tabiiy holda o’sadi.

Qolgan ikki tur Nepal, Butan davlatlarida, Tibet yassi tog’ligida, Hippophae salicifolia 1800–3600 m balandliklarda, Hippophae tibetana 3600–4200 m balandlikda o’sadi.

Markaziy Osiyoda, shu jumladan O’zbekistonda Jumurtsimon oblepixa tabiiy tarqalgan. Ushbu tur rezovor mevali o’simlik sifatida keng ommolashtirish uchun yaroqlidir, tabiatda buta yoki 10–15 m balandlikdagi daraxt ko’rinishida o’sadi. Jumurtsimon oblepixaning yirik daraxtlari Xitoyning Sichuan provensiyasida uchraydi, bu yerda 18 m balandlikgacha o’skan oblepixa daraxlari mavjud [1].

Oblepixa barglari, mevalari va ildiz bo’limi qimmat baxo biologic faol moddalarga ega bo’lib, bog’ va meditsina xodimlari va olimlarimizni o’zining noyobligi bilan e’tiborini tortib kelmoqda. J. I. Gatinning fikricha, oblepixa o’simligi qadimgi Gretsiyada paydo bo’lib, uning barglari va yosh novdalaridan uy hayvonlari — qora mol, yilqi, qoy va cho’chqalarni oziqlantirishda foydalanilgan.

Oblepixa mevalari tarkibida oblepixa moyi va boshqa biologik faol moddalarning mavjudligi ushbu o’simlikka bo’lgan qiziqishni ortishiga olib keldi.

Oblepixani o’rganishda Botanika bog’larining ham xizmatlari katta bo’lib, ayniqsa bu borada Moskva davlat universitetining Botanika bog’ida o’tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir. Bunda ko’plab mintaqalardan keltirilgan oblepixa kolleksiyasi mavjud, ular orasidan 20 ga yaqin elita shakllar ham ajratilgan [1].

Oblepixa o’simligi Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida tabiiy holda uchramaydi. O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limining botanika bog’iga 1963-yilda Toshkent botanika bog’idan uning novdasi olib kelinib intradukciya qilindi. Keyinchalik, 1980-yilda Qirg’izistonnan (tikanli shakli), 1981–1983 yillari Oltoy o’lkasidan ko’chatlari olib kelinib ekila boshladi [4].

G. I. Dudkin o’z ilmiy ishlarida oblepixa o’simligini Janubiy Orolbo’yi atrofiga meva va dorivor o’simlik sifatida moslashtirish kerakligini, ularning bu yerda o’sishi, gullashi va meva berishi to’g’risida bir qancha ma’lumotlar aytib o’tgan [2].

Shu yillardan boshlab Qoraqalpog’iston sho’rli tuproq sharoitida oblepixani introduksiyalash, uning o’sishi va rivojlanishi masalalari yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari har taraflama yo’lga qo’yildi.

Q. A. Qosnazarov, R. P. Xalmuratovalar yog’och tanali oblepixa (Hippophae rhamnoides L.) o’simligining tarixi va ahamiyati haqidagi maqolasida oblepixa o’simligining tubdan ilmiy izlanish va Qoraqalpog’iston Respublikasida o’stirishning agrotexnikasini ishlab chiqish va uni xalq xo’jaligida keng turda foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatadi [3].

T. O. Otenov va boshqalar Qoraqalpog’istonda oblepixani introduksiyalashning natijalari, Janubiy Orolbo’yidagi sho’r tuproqli yerlarda o’sishi va rivojlanishi bo’yicha ilmiy izlanishlarning olib borilishi, tashqi ekologik faktorlarga ta’siri, ko’paytirish usullari bilan tomir sistemasining har xil tipdagi tuproqlarda joylashishi va ularni xalq xo’jaligining har xil sohalarida qo’llanilishi mumkinligi bo’yicha keng turda aytib o’tadi [4].

Janubiy Orolbo’yi sharoitida intraduksiya qilingan oblepixa o’simligi 3–4,5 m gacha, qoramtir-yashil rangli shoxchali, barglari yulduzsimon tuklar bilan qoplangan. Shu yillardan boshlab Qoraqalpog’istonning sho’rli tuproq sharoitida oblepixani intraduksiyalash, uning o'sish va rivojlanish masalalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari har taraflama yo’lga qo’yildi.

Oblepixa sovuqqa bardoshli o’simlikdir, u -50C gacha sovuqlarga chidaydi. Uning gul kurtaklari -44,8C haroratgacha, gullari -2C haroratgacha chidashi qayd etilgan [5].

Oblepixa yog’ochi qattiq, qalin va juda baquvvat bo’lib, hunarmandchilikda keng qo’llaniladi. Oblepixa bog’larda dekorativ o’simlik sifatida ko’p ekiladi. Kuzda, mevasi pishgan vaqtlari atrofga o’zgacha chiroy beradi.

Oblepixa mevasi S, B1, B2, E, F, K, P, P1, provitamin A, qant, organik kislotalar, olma, shavel, yantar kislotalari, makro va mikro vitaminlarga, boshqa tirik organizmlar uchun zarurli moddalarga juda boy. Yangi terib olingan mevasi yoki qayta ishlangan sharbat, murabbo, pasta va hakazo turlarida ishlatiladi. Mevasi va urug’idan olingan oblepixa moyi tibbiyotda keng turda qo’llaniladi.

Mevasing yumshoq yuzasidan, qobog’idan va donagidan quyuq moy olinib, terining har xil jarohatlarini davolashda, bazi hollarda kasalliklarning oldini olishda, kuyganda, muzlaganda, terining nurdan jarohatlanishida, oshqazon va o’n ikki barmoq ishakning yallig’lanishida, hazm qilish bilan bog’liq kasalliklarning oldin olishda, rak kasalligining turli nurli terapiyasida va boshqalarda qo’llaniladi. Bargida dubil moddalar, flavonidlar, askorbin kislotasi va fitonsitlar bo’ladi [4].

Oblepixa mevasi oziq-ovqat sanoatida qo’llaniladi, undan tabiiy meva sharbati, povidlo, marmelat, murabbolar qaynatiladi. Uning barcha hosilalari o’zida juda ko’p vitaminlarni saqlaydi. Yosh shoxchalari qadimgi davrlardan-oq hayvonlarni oziqlantirishda va davolashda qo’llanilib kelgan.

Oblepixa yorug’sevar o’simliklar toifasiga kiradi. Oblepixa ochiq boshqa o’rmon o’simliklaridan holi maydonlarda toza chakandazorlarni yuzaga keltiradi. U tabiiy o’suvchi maydonlarda neytral tuproqlarni va yengil qumoq, toshloq tuproqlarda o’sishni maqul ko’radi. Shu bilan ushbu substratlar yaxshigina tabiiy drenajga egaligini ham ta’kidlash lozimdir.

Adabiyotlar:

  1. Berdiev E. T., Turdiev S. A. Jiyda va chakanda. Toshkent, 2003. 35–49 b.
  2. Дудкин Г. И. Особенности цветения облепихи крушиновидной (Hippophae rhamnoides) в низовьев Амударьи. Мат. Интродукция растений: проблемы и перспективы. Ташкент. 2009. с.83–85
  3. Qosnazarov Q. A., Xalmuratova R. P. h.t.b. Aǵash deneli oblepixa (Hippophoe rhamnoides L.) ósimliginiń tariyxı hám áhmiyeti haqqında. //J.:İlim hám jámiyet. -Nókis, 2010. № 3–4. 11–13 b.
  4. Otenov T. O., Graxovanskey I. A., Otenova F. T. Qaraqalpaqstanda oblepixa (Hippophae Rhamnoides) ósimliginiń introduksiyası, bioekologiyası hám onı kóbeytiw usıllari. Nókis «Ilim», 2016. 48 b.
  5. Xolmatov X. X., Xabibov Z. B., Olimxo’jaeva A. Dorivor o’simliklar. Toshkent, 1991. -45 b.


Ключевые слова

oblepixa, jiydadoshlar, vitamin, dorivor, introduksiya, ,
Задать вопрос