Muloqotning oiladagi o`rni | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №6 (296) февраль 2020 г.

Дата публикации: 10.02.2020

Статья просмотрена: 1635 раз

Библиографическое описание:

Илмаминова, Дилдора. Muloqotning oiladagi o`rni / Дилдора Илмаминова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 6 (296). — С. 340-342. — URL: https://moluch.ru/archive/296/67071/ (дата обращения: 17.12.2024).

Muallif maqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy tarbiyasi, shuningdek, tarbiya jarayonida ota-onalarning о‘z farzandlariga nisbatan qо‘llayotgan tarbiya usullari, bolalar axloqini shakllantirishdagi ular bilan aloqalarning xususiyatlariga tо‘xtalgan.

Tayanch sо‘zlar: bola, ma’naviy tarbiya, ota-ona, kattalar, fe’l-atvor chiziqlari, munosabat.

Статья посвящена социальному развитию и духовному воспитанию ребенка, а также методам, используемых родителями для своих детей в процессе обучения и их моральным качествам.

Ключевые слова: ребёнoк, духовноe воспитаниe, родители, взрослые, особенности характера, отношение.

The article is devoted to the social development and spiritual education of the child. It also discusses the roots of the methods used by parents for their children in the learning process, as well as their moral qualities. Provides research results.

Key words: child, spiritual education, parents, adults, character traits, an attitude.

O’zbekiston Prezidenti SH. M. Mirziyoevning “Oliy Majlisga qilgan murojaatnoma”sida mamlakatni rivojlangan mamlakatga aylantirish uchun nafaqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya, balki, tashabbuskor islohotchi bo’lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalash talab etiladi. Buning uchun ham bog’chadan boshlab oliy o’quv yurtigacha — ta’limning barcha bo’g’inlarini isloh qilish, butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerakligini, ilm yo’q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to’g’ri yo’ldan adashish bo’lishini misollar orqali bayon etdi. Shuningdek, Prezidentimiz sharq donishmandlarining quyidagi fikrlarini izohlab o’tdilar, “Eng katta boylik — bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros — bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir!”

Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerakligini ta’kidlab o’tdilar. Bunday shaxslar esa albatta oilada voyaga yetadilar.

Tarbiya jarayonining markaziy figurasi bola va uning shaxsi hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bola umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga muvofiq shaxsiy madaniyat asoslari, uning negizini egallay boshlaydi. Bolaning atrof-borliqdagi tо‘rtta asosiy sohaga munosabati: tabiat, inson qо‘llari bilan yaratilgan predmetlar, ijtimoiy hayot, shaxsiy hayoti va faoliyati hamda о‘z-о‘zida mо‘ljal olishi shaxsiy madaniyati tushunchasiga kiradi.

Madaniyat negizini inson shaxsiy hayotining boshlanish, umuminsoniy qadriyatlar (ezgulik, gо‘zallik, haqiqat va hokazo.) va hayotiy faoliyat vositalari (borliq tо‘g‘risidagi tasavvurlari, dunyoga faol ta’sir kо‘rsatish usullari, sodir bо‘layotgan voqea-hodisalarga hissiy-baholovchi munosabatni namoyish etishi) tashkil etadi. Shaxsning shakllanishiga maktabgacha yosh davrida asos solinadi va u muntazam ravishda rivojlanishda bо‘ladi. Atrofdagilar — kattalar va tengdoshlarining bahosi asosida bolada “Men” obrazi yuzaga kela boshlaydi. Bolada kattalar bilan munosabat tizimida о‘z о‘rnini anglash, baholovchi faoliyatga intilish paydo bо‘ladi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi hamisha kо‘p aspektli xarakter kasb etgan: bolaning kattalar va tengdoshlari bilan о‘zaro harakatining shakllanishi, о‘z-о‘zini anglash sohasining rivojlanishi, о‘z-о‘zining obrazi shakllanishi. Ijtimoiy rivojlanishning bu chiziqlari bolada ma’naviy tasavvurlar va etik tuyg‘ularning shakllanishi, axloq me’yorlarini egallash bilan bog‘liqdir. Axloq me’yorlarining shakllanishi har kuni sodir bо‘ladi, ya’ni tartibli mashg‘ulotlar jarayonlari, barcha turdagi bolalar faoliyatida asta-sekin vujudga kela boshlaydi. Bolalar kattalar vositasida ularning saviyasiga va imkoniyatlariga javob beradigan talablarga muvofiq harakat qilishga о‘rganadilar. Axloq namunalarini namoyish qilish, ijobiy harakatlarni rag‘batlantirish va salbiylariga tanbeh berish, baholash, bolalarning bajarishi imkoniyatidagi tavsiyalarni berish orqali, ularda bora-bora uyushgan, oqilona axloq, ya’ni madaniy-gigiyenik faoliyat jarayonida о‘zini xotirjam, muayyan tartibda tutish, bir-biriga xalaqit qilmaslik, yordam kо‘rsatish va yordamga chorlash; о‘yin vaqtida bir-biridan о‘yinchoqlarni tortib olmaslik, yonma-yon, keyin esa birgalikda о‘ynash, о‘z istak va harakatlarini vaziyat talablariga bо‘ysundirish kabi xislatlar shakllanadi. Ma’lumki, bolalarda taqlid qilishga qobiliyat rivojlangan bо‘ladi, ammo ba’zida axloq, harakatlarning ma’naviy mazmunini anglay olmaydilar. Shuning uchun ijobiy ma’naviy tajriba va ma’naviy odatlarni tо‘plashga: kattalarga hurmat, tengdoshlariga ijobiy munosabat, buyumlar, bizni о‘rab turgan tabiatga avaylab munosabatda bо‘lishni о‘rgatishga kо‘maklashish zarur. Ma’naviy tuyg‘ularni tarbiyalash, axloqiy tasavvurlar, odatlar va xulqatvor motivlarini shakllantirish yaxlitlikda amalga oshiriladi hamda kо‘rsatkichlari quyidagilardan iborat bо‘lgan ma’naviy tarbiya vazifalarini rо‘yobga chiqarish imkonini beradi: kattalarning xushmuomala murojaatlariga hissiy reaksiyaning mavjudligi; kattalar bilan birgalikda harakat qilishga tayyorlik: kattalar yordamini qabul qilish, kattalar bilan birgalikda harakatlar qilish va hokazo; odatiy vaziyatlarda, keyin esa yangilarida о‘zini adekvat tuta bilish; sо‘z bilan (yozma, og‘zaki-daktil, og‘zaki) о‘zining asosiy ehtiyojlari va istaklarini bildirish (kattalar, tengdoshlariga); о‘ziga yaqin bо‘lgan kattalar va tengdoshlariga xayrxohlik va e’tiborni namoyon etish, hamdardlikni ifodalash (achinish, yordamlashish va hokazo.); kattalar va tengdoshlari mehnatiga hurmat bilan munosabatda bо‘lish va uning natijalariga ijobiy qaray bilish; tengdoshlari bilan jamoaviy faoliyatda ishtirok etish. Shu о‘rinda ota-onalarning farzandlari bilan munosabatda о‘zlarini tutishlari alohida e’tibor talab qiladigan jihat hisoblanadi. Tadqiqotimiz doirasida ota-onalar bilan farzand tarbiyasi xususida sо‘rovnomalar orqali quyidagi natijalar olindi (diagramma):

  1. Farzandlarining yoshga oid xususiyatlarini tushunmaslik. Kо‘p hollarda ota-onalar bolalarga kattalar kabi yoki, aksincha, ularning ulg‘ayib qolganliklarini inobatga olmagan holda gо‘dak misoli munosabatda bо‘ladilar. О‘zaro tushunishning asosiy sirlaridan biri bolaning ayni damda rivojlanishning qaysi bosqichida turganligini va о‘zaro harakatlanish uchun qanday muomala tо‘g‘ri kelishini anglashdan iborat.
  2. Bola bilan muloqotda ota-onalarning bolalikdagi shaxsiy psixologik jarohatlarining yuzaga chiqishi. Ba’zida bolalarning soddadil savollari yoki gap-sо‘zlari sizni ranjitadi yoki о‘zingizni aybdor his qilish va himoyalanishga majburlaydi. Muloqotning qay jihati sizni ranjitgani yoki о‘zingizning bolalikdagi ahamiyatli vaziyatingizni yodga solganini tushunib olish muhim. Bunday vaqtda uyg‘unlashgan о‘zaro munosabatni о‘rnatish, о‘z bolaligingizni farzandingiz bolaligidan eng yuqori darajada ajratib olish ayni muddao bо‘ladi.
  3. Bolalarning tuyg‘ularini inkor etish yoki tushunmaslik. Bola tabiatidan kelib chiqib, о‘ziga о‘zi yordam berishi mumkin, biroq buning uchun uni kimdir tinglashga va hamdard bо‘lishga tayyor bо‘lishi kerak, aks holda bolalar psixologik bо‘shliqqa tushib qoladilar, о‘zlari bilan sodir bо‘layotganlarni anglab yetmaydilar. Shuning uchun bolalarga “bilaman, hozir sen chо‘chiyapsan”, “kо‘rib turibman, sen achchiqlanyapsan” kabi tasallilar bilan ularning yonida ekaningizni bildirish darkor.
  4. Bolalarni tinglashni bilmaydilar. Bola ota-onasiga bugungi kunini gapirib bermoqchi bо‘lganida, ularning vaqti bо‘lmaydi yoki uzun ish kunidan keyin dam olishni afzal kо‘radilar, aksincha, tinglashdan kо‘ra izohlash, baholash, maslahatlar bera boshlaydilar. Bunday holat takrorlangach, bolada ishonch yо‘qoladi. Ma’lum bо‘ladiki, har kuni bolalarga muayyan darajada vaqt ajratish, ularning holidan xabar olish, yordam kerak bо‘lsa, murojaat qilish lozim bо‘ladi.
  5. Bolalarga sinab kо‘rish va xato qilish huquqini bermaydilar. “Men sendan yaxshiroq bilaman”, “katta bо‘lsang, о‘zing istagandek qilasan” kabi tanbehlar beradi va ularning ijodiylik qobiliyatlarini bо‘g‘ib qо‘yadilar. Oilada dunyoga kelgan bola nafaqat ulg‘ayadi, balki kattalarni chetdan nazar tashlash, fe’l-atvor chiziqlari, munosabatlar tizimida korreksiya qilinishi lozim bо‘lgan tomonlarga e’tibor qaratishga majburlaydi.

Adabiyot:

  1. T.Almatov, Q.Yadgarov, Sh.Almatova. O‘zbek tilini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish. — T., 2013.
  2. N.Sh.Turdiyev, Y. M. Asadov va boshqalar. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. 1-qism. — T.:O‘zPFITI, 2015.
  3. A.Kenjaboyev, D.Ergasheva, D.Kenjaboyev. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar dars samaradorligini oshirishning muhim omili. — T., 2012.
  4. N.Mahmudov va boshqalar. Ona tili.– T.:Ma’naviyat, 2015.

Ключевые слова

bola, ma’naviy tarbiya, ota-ona, kattalar, fe’l-atvor chiziqlari, munosabat

Похожие статьи

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Komp`yuterda axborotni ergonomik tasvirlash

Ushbu maqolada hozirgi kunga kelib, o`quv yurtlari ta`lim berish va olish jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni komp`yuter yordamida ergonomik tasvirlash asosiy maqsad hisoblanadi. Berilayotgan har qanday axborot manbaining asosiy maqsadi tinglovchi ...

Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning xalqaro amaliyotda yuzaga kelish sabablari va uning tarkibi

Ushbu maqolada “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” ning amaliyotga kirib kelish sabablari, ahamiyati va rivojlanishi hamda respublikamizda amalda bo’lgan hisobot shaklini takomillashtirish borasida fikr yuritilgan.

Orol dengizining qurigan tubida himoya o`rmonzorlari barpo etishda cho`l o`simliklarini to`g`ri tanlab olish

Maqolada Orol dengizining qurigan tubida “Yashil qoplamalar” himoya oʻrmonzorlari barpo etish borasida bajarilishi lozim boʻlgan chora tadbirlar haqida soʻz yuritilgan. Yerning holati qum va shoʻrliklarni eʻtiborga olgan holda tanlab olinish kerak bo...

Nok daraxti ayrim zararkunanda xashoratlari va ularga qarshi kurashishning xos tomonlari

Ushbu maqolada nok daraxti zararkunandalarining ayrim turlari, ularning tuzilishi va hayot tarzi xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu xashoratlarning zararlari to’g’risida qisqacha bayon qilingan.

O'qish darslarida buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanish

Ushbu maqolada muallif o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda o‘tmish mutafakkirlarining shaxsi va asarlariga oid mavzulardan foydalanib, o‘quvchiga tushunarli qilib yetkazib berish haqida fikr yuritgan.

Estrada aktyorlarini о‘qitishda pedagogning kasbiy kompetentligi masalalari

Mazkur maqolada zamonaviy san’at ta’limida, xususan estrada aktyorlarini tayyorlash jarayonida pedagogning kompetentligi masalalari о‘rganilgan va tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqot natijasiga kо‘ra uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Rus tili darslarida o‘qitishning nostandart shakllari va usullari

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda rus tili o‘qitish metodikasining yangicha yo‘nalishlari ochib berilgan. O‘quvchilarning rus tili bilim ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi turli pedagogik uslublar o‘rganilgan.

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilishda ijtimoiy-hissiy jihatidan qo’yiladigan talablar

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich maktabdagi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lishi uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlar, ko'nikmalar va bilimlarni namoyish etish darajasiga qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi.

Temir yо‘l stansiyalarining yuklanganligini kamaytirish chora-tadbirlari

Mazkur maqolada temir yo‘l stansiyasining yuklanganlik darajasiga ta’sir e’tuvchi omillar «Isikava» diagrammasi yordamida aniqlangan. Shuningdek, stansiyaning yuklanganlik darajasini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Задать вопрос