Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi interaktiv va noan’anaviy metodlari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №4 (294) январь 2020 г.

Дата публикации: 28.01.2020

Статья просмотрена: 5871 раз

Библиографическое описание:

Ниёзова, Муаззам. Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi interaktiv va noan’anaviy metodlari / Муаззам Ниёзова, Давлатхон Рустамова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 4 (294). — С. 480-481. — URL: https://moluch.ru/archive/294/66754/ (дата обращения: 17.12.2024).

Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda noan’anaviy metodlardan foydalanish haqida tavsiyalar berib o‘tgan.

Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiya, interaktiv metod, qobiliyat, uslub, topqirlik, ijodkorlik, noan’anaviy metodlar.

В статье рассмотрены вопросы использования интерактивных методов обучения на уроках родного языка. Автор отмечает, что использование интерактивных методов на уроках родного языка существенно повышает их качество. Также предлaгает нетрадиционные методы концентрации внимания учащихся общеобразовательных школ.

Ключевые слова: педагогические технологии, интерактивные методы, способность, находчивость, творческая деятельность.

The article deals with interactive teaching approaches in mother tongue lessons. On the basis of concrete examples the author states that applying interactive methods significantly improves the quality of mother tongue lessons and offers nontraditional methods focused on elementary school children.

Key words: pedagogical technology, interactive methods, ability, style, resourcefulness, creative work.

Ma`lumki, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo‘llab, o‘quvchilarga chuqur bilim berish boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasidir. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirildi. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchisining aqlan rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati bo‘lib, o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, zarur xulosalarga kelishga, tahlil qilish va olingan bilimlarni amaliyotga qo‘llashga o‘rgatadi. O‘qituvchining asosiy vazifasi esa, o‘quvchilarga aniq yo‘nalish berish, to‘g‘ri xulosalarni aytishdan iborat. Interaktiv metodlar yana shunisi bilan ahamiyatliki, o‘qituvchi o‘quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina to‘g‘ri xulosani aytadi, natijada o‘quvchi o‘z xatosini tushunib, fikrlashdan to‘xtamaydi va ular o‘rtasidagi doimiy faollik ta’minlanadi. Ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar diqqati beqaror bo‘lib, 1-sinf o‘quvchisi uchun biroz muammolar yuzaga kelishiga olib keladi. Ana shu vaziyatda o‘quvchilar diqqatini jamlashda qiziqarli interaktiv metodlarning ahamiyati katta. O‘quvchilarga rasmli topshiriqlarni bajartirish, ularni fikrlashga, topqirlikka, ijodkorlikka undaydi hamda yozma va og‘zaki nutqini o‘stirib, lug‘at boyligini oshiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining topqirligini, harflarni eslab qolish qobiliyatini o‘stirishda quyidagi metodlar samarali natijalar beradi:

“Kungaboqar” metodi. Kungaboqar rasmi o‘rtasida ova uunlilari, uning atrofida esa, undosh harflar yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar undosh va bitta unli harflarni qo‘shib, bir necha so‘zlar tuzishadi. O‘yin davomida o‘rtadagi unlilarni almashtirish ham mumkin. O‘quvchilar mustaqil ravishda daftarlariga tuzgan so‘zlarini yozadilar. Bu jarayonda hamma o‘quvchilar baravar ishtirok etishadi. O‘qituvchi esa mashg‘ulot davomida eng faol qatnashganlarni rag‘batlantirib, baholab boradi. Ushbu usuldan yozuv darslarida ham, alifbe darslarida ham foydalanishimiz mumkin. O‘quvchi qancha ko‘p harf o‘rgansa shu harflarni qo‘shib so‘z yasay oladi. Birinchi va ikkinchi kungaboqarda berilgan harflardan shunday so‘zlar yasashimiz mumkin. Masalan: olam, olcha, ota, osmon, usta, uka, uxla. Alifbe darsligi tugagandan so‘ng 1-sinf ona tili kitobida dastlab o‘quvchilarga “Tovush va harf” haqida ma’lumotlar beriladi. Mavzular sekin-asta murakkablashib boradi. Bu holat muayyan qiyinchilik tug‘dirib, biroz bo‘lsa-da o‘quvchilarning darsdan zerikishiga sabab bo‘ladi. Shunday holatlarda interaktiv metodlardan foydalanish samarali natija beradi. Yuqorida ko‘rsatilgan kungaboqar metodimiz ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.

“Tovush va harf” bo‘limining dastlabki mashqlari ham o‘quvchilarning og‘zaki nutqini shakllantirish uchun berilgan. Ushbu metod orqali darsni mustahkamlash mumkin. Bu usul ona tili darslarini qiziqarli tashkil etish, darslarda o‘quvchilarning toliqib qolishlarining oldini olish va qisqa vaqt davomida ko‘proq o‘quvchilarni baholashga xizmat qiladi.

“Sinkveyn” metodi. Sinkveyn so‘zining ma’nosi “beshlik” bo‘lib, “Qofiyalanmagan besh qatorlik she’r” degan ma’noni anglatadi. O‘quvchilar “Sinkveyn” metodidan foydalanib, qofiyalanmagan besh qatordan iborat she’r yozadilar. Bunga ko‘ra birinchi qator bitta so‘zdan iborat bo‘lishi va bu ot so‘z turkumiga oid so‘z bo‘lishi, ikkinchi qator ikkita so‘zdan iborat bo‘lishi va bu sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar bo‘lishi, uchinchi qator uchta so‘zdan iborat bo‘lishi va bu fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlar bo‘lishi, to‘rtinchi qatorda to‘liq bir maqol keltirilishi va beshinchi qatorda birinchi qatordagi so‘zga sinonim bo‘lgan bir so‘z qo‘yilishi mumkin. Ushbu metoddan 2-, 3-sinflarga o‘tgandan keyin o‘quvchilar so‘z turkumlari haqida tushunchalarga ega bo‘lganlaridan so‘ng foydalanishi mumkin. 2-sinf ona tili darsligida so‘z bo‘limida shaxs va narsaning nomini, harakatini, belgisini, sanoq va tartibini bildirgan so‘zlar haqida ilk morfologik tushunchalar berilgan. O‘qituvchi o‘quvchining fikrini tinglaydi va shu bilan birga, o‘quvchilarni ham birbirlarining so‘zlariga e’tibor bilan qarashga o‘rgatadi. E’tiroz yoki qo‘shimchalar ham “hurmatli”, “sizlarning fikringizga qo‘shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so‘zlar orqali bildiriladi. Bu tarzda tashkil etilgan darsda o‘quvchi hech qanday tazyiqsiz erkin fikrlay boshlaydi va o‘z fikrlarini ochiq bayon etadi, boshqalarni ham hurmat qilishga o‘rganadi. Boshlang‘ich ta’limda ona tili o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, lug‘at boyligini oshirish, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish (ya’ni to‘g‘ri o‘qish va yozish)ga, fonetika, leksika, so‘z yasalishi va gramatikaga oid bilimlarni o‘rganish uchun zamin yaratishga xizmat qilishi lozim. Ma’lumki, ona tili darsida ham lug‘at ishlarini o‘tkazish o‘quvchilarda o‘zi uchun notanish bo‘lgan so‘zni izohi haqida qiziqish paydo bo‘ladi. Bu so‘zlarning izohini topishda o‘quvchining o‘zi mustaqil izlanishi maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi metod o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish bilan bir qatorda lug‘at bilan ishlashga ham o‘rgatadi.

Darslarda interaktiv usullar qo‘llashni shunday tashkil etish kerakki, bunda sinfdagi barcha o‘quvchilar faollashishi zarur, ya’ni dars o‘tish jarayonida o‘quv materiallarining ma’lum bir qismi o‘quvchilar tomonidan mustaqil o‘rganiladi. O‘qituvchi o‘quv jarayoni tashkilotchisi, rahbari, nazoratchisi hamdir. O‘quvchilarning sinfda o‘zini erkin his qilishi va o‘quv faoliyati uni emotsional jihatdan qoniqtirishi lozim, ana shundagina u o‘zining fikrlarini erkin bayon qila oladi.

Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi bunday texnologiyani puxta bilishi, hamda uni amaliyotda o‘rganiladigan til materiallarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni to‘g‘ri qo‘llay olishi lozim. Darsning samarali shakllari qanchalik ko‘p qo‘llansa, o‘quvchilarning ona tili faniga qiziqish darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

Adabiyot:

  1. G‘afforova T., Shodmonova E., Eshturdiyeva T. Ona tili. 1-sinf uchun darslik.
  2. Qosimova K, Fuzailov S, Ne’matova A. Ona tili.
Основные термины (генерируются автоматически): родной язык.

Ключевые слова

pedagogik texnologiya, uslub, interaktiv metod, qobiliyat, topqirlik, ijodkorlik, noan’anaviy metodlar

Похожие статьи

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Rus tili darslarida o‘qitishning nostandart shakllari va usullari

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda rus tili o‘qitish metodikasining yangicha yo‘nalishlari ochib berilgan. O‘quvchilarning rus tili bilim ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi turli pedagogik uslublar o‘rganilgan.

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

O'qish darslarida buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanish

Ushbu maqolada muallif o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda o‘tmish mutafakkirlarining shaxsi va asarlariga oid mavzulardan foydalanib, o‘quvchiga tushunarli qilib yetkazib berish haqida fikr yuritgan.

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Boshlang`ich sinflarda o`quv mativlarining xususiyatlari

Ushbu maqolada motivlar asosida o‘quvchilarda o‘quv mustaqilligining shakllanishi hamda uning rivojlantiruvchi ta’lim shartlariga bog‘liqligi yoritib berilgan. Shunindek, muallif kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi xususiyatla...

Sog‘lom tafakkur tushunchasi haqida

Maqolada “sog‘lom tafakkur” tushunchasi va uning mohiyati hamda sog‘lom tafakkurning o‘quvchilarda qat’iy hayotiy pozitsiyani shakllantirishdagi o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, sog‘lom tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatl...

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida

Maqolada yoshlar axloqiy qadriyatlari mazmuni va axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatidagi tahlili, shuningdеk, axloqiy qadriyatlarni o‘rganish tеstlari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, yoshlarning axloqiy qadriyat...

Temir yо‘l stansiyalarining yuklanganligini kamaytirish chora-tadbirlari

Mazkur maqolada temir yo‘l stansiyasining yuklanganlik darajasiga ta’sir e’tuvchi omillar «Isikava» diagrammasi yordamida aniqlangan. Shuningdek, stansiyaning yuklanganlik darajasini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Komp`yuterda axborotni ergonomik tasvirlash

Ushbu maqolada hozirgi kunga kelib, o`quv yurtlari ta`lim berish va olish jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni komp`yuter yordamida ergonomik tasvirlash asosiy maqsad hisoblanadi. Berilayotgan har qanday axborot manbaining asosiy maqsadi tinglovchi ...

Задать вопрос