Uzluksiz ta’lim tizimida о‘qituvchi tarbiyachi kasb faoliyati mazmuni | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 30 ноября, печатный экземпляр отправим 4 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №4 (294) январь 2020 г.

Дата публикации: 28.01.2020

Статья просмотрена: 911 раз

Библиографическое описание:

Сотволдиева, Шахло. Uzluksiz ta’lim tizimida о‘qituvchi tarbiyachi kasb faoliyati mazmuni / Шахло Сотволдиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 4 (294). — С. 491-493. — URL: https://moluch.ru/archive/294/66753/ (дата обращения: 19.11.2024).

Ushbu maqolada uzluksiz ta’lim tizimida barkamol shaxsni tarbiyalashda о‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi faoliyati mazmuni yoritilgan. Bо‘lajak о‘qituvchilarda tarbiyachilik malakalarini tarkib toptirishning nazariy-amaliy jihatlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit sо‘zlar: о‘qituvchi, tarbiyachi, о‘qituvchi-tarbiyachi, kasb faoliyati, ta’lim, tarbiya, uzluksiz ta’lim, uzluksiz tarbiya, uzluksiz ta’lim tizimi, ma’naviy-axloqiy tarbiya.

В данной статье освещается содержание деятельности учителя в качестве воспитателя гармонично развитой личности в системе непрерывного образования. Освещаются теоретические и практические стороны формирования воспитательных навыков у будущих учителей.

Ключевые слова: учитель, воспитатель, учительвоспитатель, профессиональная деятельность, образование, воспитание, непрерывное образование, непрерывное воспитание, духовно-нравственное воспитание.

This article covers the content of the activities of the teacher as an educator of a harmoniously developed personality in the system of continuous education. The theoretical and practical aspects of the formation of educational skills of future teachers are covered.

Key words: teacher, educator, teacher-educator, professional activity, education, upbringing, continuous education, continuous upbringing, spiritual and moral education.

2017–2021-yillarga mо‘ljallangan “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’aviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga kо‘tarish chora-tadbirlari”ga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’lim-tarbiyaning zamonaviy metodologiyasini yaratish, о‘quv adabiyotlarining yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish taqozo etiladi. Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotida innovatsion yondashuvlar, izlanishlar, tadqiqot muammolariga oid yechimlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar yaratildi. Oliy ta’lim tizimi uzluksiz ta’lim tizimiga — maktabgacha ta’lim, umumiy о‘rta ta’lim, о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim tizimi uchun mutaxassislar tayyorlab berar ekan, ularning kasbiy tayyorgarligi, ma’naviy-axloqiy qiyofqasiga, о‘qituvchilarning tarbiyachilik darajasiga alohida talablar qо‘yilmoqda. Uzluksizta’lim tizimida ishlaydigan har bir mutaxassis kasbiy pedagogik ma’lumotga ega bо‘lish bilan cheklanmasdan, aynan shu yoshdagi о‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik kо‘rgan bо‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bо‘lajak mutaxassislar о‘zini о‘qituvchi sifatida emas, ixtisoslik sohasida kasbiy kamol topishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Natijada bunday kadrlar pedagogik faoliyat yuritganda ixtisoslik fanidan chuqur bilim berishga harakat qiladi, lekin tarbiya jarayonining о‘ziga xos qonuniyatlari, tamoyillari, mazmun-mohiyati, metodlari, vositalari va shakllarini professional darajada tatbiq etishga qiynaladi. Ular uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarga ustoz-murabbiy bо‘la olishi, har tomonlama ibrat-namuna kо‘rsatishi davr talabiga aylandi. Shuning uchun ham uzluksizta’lim tizimi uchun о‘qituvchi tayyorlashda bir qancha jihatlarga alohida e’tibor qaratish talab etiladi:

− о‘z fanini mukammal darajada bilish va amaliy faoliyatda tatbiq etishi;

− psixologik-pedagogik bilimlar bilan qurollangan bо‘lishi, milliy urfodat, an’ana, qadriyatlardan xabardor bо‘lishi;

− о‘zidagi shaxsiy-kasbiy bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘quvchilarga yetkaza olishi; о‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, tarbiyachi hamdir.

О‘zgalarga tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish uchun о‘zi mukammal tarbiya kо‘rgan, ma’naviy dunyosi boy, axloqiy qiyofasi pok, estetik didi yuqori, о‘qituvchi-tarbiyachi о‘quvchi-tarbiyalanuvchilarga xos namuna bо‘la olishi zarur. Hozirda uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning ma’lum bir qismi yuqoridagi talablarga tо‘la javob beradi deb bо‘lmaydi. Ma’lumki, har bir darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadi bо‘lib, о‘qituvchi maqsadlar katalogini ishlab chiqishda uning yechimiga amal qilishi zarur. Mamlakatimizda ta’limning uzluksizligi, ayni paytda, tarbiya jarayonining uzluksizligini ham ifoda etadi. Ta’lim jarayonida integratsiya bilim va kо‘nikmalar majmuasini kengaytiruvchi manba vazifasini bajargan bо‘lsa, tarbiya jarayoniga xos integratsiya uzluksiz tarbiya tizimini bog‘lovchi mexanizm vazifasini о‘taydi. Ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tatbiqi bilan bog‘liqligi insoniyat tamaddunining avloddan — avlodga uzatuvchi axborot sivilizatsiyasi deb yuritiladi.

Mamlakatimizda ta’limning uzluksizligi, ayni paytda, tarbiya jarayonining uzluksizligini ham ifoda etadi. Ta’lim jarayonida integratsiya bilim va kо‘nikmalar majmuasini kengaytiruvchi manba vazifasini bajargan bо‘lsa, tarbiya jarayoniga xos integratsiya uzluksiz tarbiya tizimini bog‘lovchi mexanizm vazifasini о‘taydi. Buning uchun quyidagi pedagogik vazifalarni hal etish lozim bо‘ladi: — о‘qituvchi-tarbiyachiga kasb faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan shart-sharoitlar yaratish; — shaxsga yо‘naltirilgan ta’lim mohiyatini belgilovchi о‘quv seminarlar, seminar-treninglar tashkil etish (yosh mutaxassislar va professor-о‘qituvchilarga mо‘ljallangan); — pedagogik faoliyatni takomillashtirish borasidagi nazariy bilimlarni amaliy kо‘nikma va malakalarga aylantirish; − uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida о‘qituvchining tarbiyachilik faoliyati samaradorligini aniqlash. Ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tatbiqi bilan bog‘liqligi insoniyat tamaddunining avloddan — avlodga uzatuvchi axborot sivilizatsiyasi deb yuritiladi. Bu о‘rinda tarbiyachi — о‘qituvchining kasbiy pedagogik faoliyatini takomillashtirish tayanch vosita vazifasini о‘taydi. Olib borilgan kuzatishlar natijasi barkamol shaxs tarbiyasi quyidagi talablarni о‘z ichiga olishi aniqlandi. Bular: — yoshlarni kasbga tо‘g‘ri yо‘naltirish va kelajak orzu-rejalarining rо‘yobga chiqishida о‘z hissasini qо‘shish; — tarbiya jarayonini aniq maqsadga muvofiq mazmunli (prosessual) tashkil etish; — pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish; — о‘quvchi va talaba yoshlarning ma’naviy-axloqiy hamda estetik shakllanishiga e’tiborni qaratish; — pedagogik jarayonda о‘quvchi va talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini ta’minlash; — yoshlar ong-u shuurini yot va buzg‘unchi g‘oyalardan saqlashning mazmun-mohiyatini ishlab chiqish; — о‘quvchi va talaba yoshlarda kitobxonlik fazilatini shakllantirishga e’tibor qaratish; — “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazida Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda talabalarni mustaqil hayotga, oila qurishning о‘ziga xos xususiyatlarini bilishga tayyorlab borish, tegishli maslahat va tavsiyalar berish (yigit-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash klublarini tashkil qilish); — kafedra qoshidagi «ustoz-shogird» maktabi orqali yoshlar muammosini о‘rganuvchi tadqiqot ishlarini samarali olib borish; — bо‘lajak mutaxassislarda о‘z-о‘zini va kasbiy о‘z-о‘zini tarbiyalash uyg‘unligiga erishish; — ijtimoiy gumanitar fanlarni о‘qitish jarayonida talabalarning egallayotgan kasblariga bо‘lgan munosabati va kasbiy kо‘nikmalarining shakllanishiga e’tibor qaratish. Tarbiya bosh mezon sifatida inson xulq-atvori va haq-huquqini uyg‘unlashtiradi, uning majburiyatlarini tо‘g‘ri yо‘naltiradi. О‘qituvchi tarbiyachi bu jarayonning mutaxassisi sifatida uni amaliyot darajasiga olib chiqadi. Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy tarbiyashunoslik nazariyasi va amaliyotida innovatsion yondashuvlar, izlanishlar, tadqiqot muammolariga oid yechimlar va ilmiy-amaliy tavsiyalarga bо‘lgan ehtiyojning tobora ortib borayotganligi о‘qituvchi-tarbiyachi kasbiy faoliyatini takomillashtirishni talab qiladi. Taqiqotlar natijalari bugungi о‘quvchi va talaba-yoshlarni ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni о‘rganishga bо‘lgan qiziqishlari tobora ortib borayotganligini kо‘rsatdi. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, tarbiyachining kasbiy faoliyatini rejalashtirishga tizimli va shaxsiy faoliyatli yondashuv talab etiladi. Tarbiyashunoslik nazariyasi va uning metodikasi о‘qituvchi-tarbiyachidan ilmiy-nazariy hamda metodik bilim, tajriba egasi bо‘lishni talab etadi. Nazariy bilimlarni amaliyot darajasiga olib chiqa olgan о‘qituvchi-tarbiyachi kasbiy mahorat sirlarini egallash imkoniga ega bо‘ladi. Komil shaxs maqomiga yetishish orzusi, avvalo, oiladan boshlanadi. Insonning yoshi ulg‘aygan sari oilasi va jamiyatda tutgan mavqeyiga bо‘lgan mas’uliyati yanada ortadi. Tabiiyki, har qanday oila va uning vakili mukammal bо‘lish sari intiladi. Tarbiya jarayonining xususiyatlaridan kelib chiqib, о‘qituvchi-tarbiyachining kasbiy faoliyati oila, mahalla va boshqa ijtimoiy institutlar bilan hamkorlikda rivojlanib boradi. Tarbiyashunoslik nazariyasi va amaliyotida ters aloqa mexanizmining ishlab chiqilishi tarbiya samaradorligini oshiradi hamda kafolatli natijaga erishishni ta’minlaydi. Tadqiqotga oid izlanishlar va ilg‘or pedagogik tajribalar о‘qituvchi-tarbiyachi kasbining, о‘z tabiatiga kо‘ra, hamisha ijodiy, yangilik va bunyodkorlikka boy bо‘lgan amaliy faoliyatdan iborat ekanligini kо‘rsatdi. О‘qituvchi-tarbiyachi kо‘z о‘ngida mamlakat fuqarosi shakllanadi.

Adabiyot:

  1. Nurumbekova Ya. Tarbiyachi kasb faoliyatida innovatsion texnologiyalar. — Guliston: Ziyo, 2012. — B. 22.
  2. Jalolov J.J Chet tilini o’qitish metodikasi: Chet tillar oliy o‘quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik. — T.: O‘qituvchi, 2012.
  3. Кокорин О. С. Развитие коммуникативной компетенции: исторический аспект, URL: http// aspirantura-olimpaida.narod.ru/ondex/0–85. (дата обращения 01.11.2015)
Основные термины (генерируются автоматически): URL, непрерывное образование.

Ключевые слова

О‘qituvchi, tarbiyachi, о‘qituvchi-tarbiyachi, kasb faoliyati, ta’lim, tarbiya, uzluksiz ta’lim, uzluksiz tarbiya, uzluksiz ta’lim tizimi, ma’naviy-axloqiy tarbiya

Похожие статьи

Boshlang`ich sinflarda o`quv mativlarining xususiyatlari

Ushbu maqolada motivlar asosida o‘quvchilarda o‘quv mustaqilligining shakllanishi hamda uning rivojlantiruvchi ta’lim shartlariga bog‘liqligi yoritib berilgan. Shunindek, muallif kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi xususiyatla...

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Ayrim xorijiy mamlakatlarda davlat xizmati bilan bogʻliq nizolarni sud tartibida koʻrib chiqish amaliyoti

Mazkur maqolada davlat xizmati bilan bogʻliq nizolarning ayrim xorijiy davlatlarida sudda koʻrib chiqish amaliyoti, davlat xizmati bilan bogʻliq nizolarning ma’muriy sudlarga taalluqliligi hamda hal etilishi bilan bogʻliq masalalar haqida fikr yuriti...

Temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirishning matematik yondashuvi

Mazkur maqolada matematik yondashuvlar asosida temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Texnik va oraliq stansiyalarda qayta ishlanishlar sonining yuklarni yetkazib berish muddatiga t...

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Tabiat qo‘ynida o‘yin faoliyatini tashkil etishning bolaning psixologik rivojlanishiga ta’siri

Maqolada o‘yin faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etishning bola psixologiyasiga ta’siri haqida so‘z ketgan. Ushbu maqola orqali bola hayotida o‘yin faoliyatining naqadar muhim ekanligi, o‘yin faoliyati turlari va xususiyatlari, o‘yin o‘ynashning fo...

Maktabgacha ta’lim muassasalarida erta savodxonlikni rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston respublikasi Davlat ta’lim konsepsiyasiga oid dolzarb masala ko’tarilgan. Xususan, O‘zbekistonning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi r...

Bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining ahamiyati

Muallif maqolada bolaning erta aqliy rivojlanishi jarayonining shakllanishi va unda onaning ishtiroki haqida olib borilgan tadqiqotlarni ilmiy tahlil qiladi. Bolaning erta aqliy rivojlanishida onalar nimalarga e’tibor qaratishi haqida o‘z fikrlarini ...

Sog‘lom tafakkur tushunchasi haqida

Maqolada “sog‘lom tafakkur” tushunchasi va uning mohiyati hamda sog‘lom tafakkurning o‘quvchilarda qat’iy hayotiy pozitsiyani shakllantirishdagi o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, sog‘lom tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatl...

Задать вопрос