«Gul va Navro‘z» dostonlari misolida forsiy va turkiy adabiyotlar aloqasi haqida bir tadqiq | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №4 (294) январь 2020 г.

Дата публикации: 22.01.2020

Статья просмотрена: 10311 раз

Библиографическое описание:

Содот, Муниса. «Gul va Navro‘z» dostonlari misolida forsiy va turkiy adabiyotlar aloqasi haqida bir tadqiq / Муниса Содот. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 4 (294). — С. 485-489. — URL: https://moluch.ru/archive/294/66534/ (дата обращения: 23.04.2024).



В этой статье мы сравним стихотворения Джалала Табиба и Хайдара Харазми «Гюль и Навруз» с точки зрения формы и содержания, в этих двух работах мы покажем общие и отличительные аспекты как композиции, так и идеологического содержания.

Ключевые слова: поэма, Гюль и Навруз, сравнение, сравнительная литературная критика, форма, содержание, сюжет, идея, идеологический контент.

Musulmon sharq adabiyoti, ayniqsa forsiy va turkiy adabiyotda qadim zamonlardan boshlab ko‘plab adabiy an’analar o‘rtaga kelgan, mazkur an’analar shoirlar va yozuvchilar tomonidan inoyatga olinib, unga muvofiq adabiy asarlar yaratilgan va natijada mazkur an’analar keng rivojlanib kelgan. Ulardan biri, bir necha shoir tomonidan ayni mavzuda yozilgan manzum dostonlardir. Qahramonlik dostonlarini o‘z ichiga olgan shohnomalar, romantik ishq mavzuida yozilgan “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Yusuf va Zulayxo” va boshqalar fors va turk adabiyoti tarixlaridan muhim o‘rin oladi va katta shuhratga egadir, ularni o‘qimagan va bilmagan kishi bo‘lmasa kerak. forsiy hamda turkiy adabiyotda bir mavzuda yozilgan ana shunday asarlardan biri ham “Gul va Navro‘z” manzum dostonlaridir. Adabiyot tarixidan bizga ma’lum bo‘lishicha, forsiy va turkiy tillarda uchta “Gul va Navro‘z” dostoni mavjud. Ular esa hijriy 8 (Milodiy 14)-asrda yozilgan Jalol Tabib, Xoju Kirmoniyning Forscha “Gul va Navro‘z” manzum dostonlari va hijriy 9 (Milodiy 15)-asrning birinchi yarmida nazm rishtasiga tortilgan Turkiy shoir Mavlono Haydar Xorazmiyning “Gul va Navro‘z” dostonlaridir. Fors tilida Jalol Tabibdan faqatgina 8 yil so‘ngra (h.q.742-melodiy 42/1341yilida) fors tilining buyuk shoiri Xoju Kirmoniy o‘zining “Gul va Navro‘z” masnavi dostonini yozdi. Uning ushbu nomadagi dostoni Jalol Tabibnikidan, ham hajm hamda mazmun va mavzu jihatdan katta farqga ega [Xoju, 1971]. Shuning uchun biz uning haqida ortiq so‘z yuritmoqchi emasmiz. Balki ushbu qisqa maqolada Jalol Tabib bilan Xorazmiyning “Gul va Navro‘z” manzum dostonlariga qiyosiy nazar tashlab o‘tamiz.

Eslatib o‘tish zarurki, bundan bir ikki daha ilgari O‘zbekiston Jumhuriyati, Turkiya va boshqa mamlakatlar tadqiqotchilari tomonidan yozilgan o‘zbek adabiyoti tarixiga oid darsliklar, Doiratul-ma’orif (Entsiklopediya)lar, tadqiqiy risola va maqolalarda Haydar Xorazmiyning turkiy “Gul va Navro‘z” dostoni shubhalanmasdan Mavlono Lutfiyga nisbat berilib kelinardi. Holbuki o‘tmishda Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining “Muxtasar” deb nomlangan “A’ruz Risolasi”da va Sultonmuhammad Faxriy b. Amiriy Hiraviy esa “Ravzat us-Salotin” asarida mazkur asar Haydar Xorazmiy qalamiga oid ekanligini qayd etib o‘tgan edilar. Keyinchalik, Shayx Ahmad Taroziyning “Funun-al-Balog‘a” asari ham buni tasdiqladi. Lekin so‘ngi tatqiqotchilar, negadir, mazkur manba’larga e’tibor qaratmasdan jiddiy ravishda “Gul va Navro‘z” manzum dostonini Mavlono Lutfiyga nisbat berib kelganlar. Hozir ham shu fikr ayrim manbalarda takrorlanib kelmoqda. Ammo biz keltirilgan dalillar va ko‘rsatilgan manbalarga asoslanib, turkiy “Gul ve Navro‘z”ni Hayar Xorazmiyning asari deb bilamiz.

Ba’zi bir muhaqqiqlar tomonidan Haydar Xorazmiyning Turkiy “Gul va Navro‘z”i Jalol Tabibning shu nomdagi asarining tarjimasi bo‘lgani ham urg‘ulanadi. Ana shu mavzuni aniqlash, umuman ikki asarning o‘xshash va farqli tamonlarini belgilash maqsadida, biz ushbu maqolada qiyosiy adabiyotshinoslik metodlarga asoslanib, Haydar Xorazmiyning Turkiy “Gul va Navro‘z” manzum dostonini, undan oldinroq shu nom bilan o‘xshash mavzuda Fors tilining atoqli shoiri Shirozlik tabib va shoir “Jalol Tabib” nomi bilan shuhrat qazongan Mavlono Jaloliddin Ahmad b.Yusuf Tabib Xuvofiy tomonidan yozilgan “Gul va Navro‘z” bilan qisqa shaklda muqoyisalab o‘tamiz.

Manba’larga ko‘ra “Gul va Navro‘z” dostonini ilk bor forsda humronlik qilgan Muzaffarilar zamonining tabibi va shoiri bo‘lgan Jalol Tabibning qamariy hijriy 734 (milodiy-(133yili fors tilida yozgan. Mavlono Jaloluddin Ahmad b. Yusuf b. İlyos Tabib Xuvofiy Shiroziy, hijriy 8-asr (m. 14-asr) Fors mamlakati hukumdori Shoh Shujo Muzaffariy (h.q.760–786/m. 1358–1384) saroyining mashhur olimi, shoiri, yozuvchisi va tabibi bo‘lgan. Shoir Shirozda tug‘ilgan, tavallud tarixi hijriy 7-asrning son’gida deb tasavvur qilinadi, uning vafoti isa 795-yilida ro‘y bergani qayd etilgan. Jalol Tabibning she’rlari devoni, aruz haqidagi forscha va arabcha risolalari, “Nazhat-ul-Arvoh” nomli asari va albatta “Gul va Navro‘z” manzum dostoni bizga qadar yetib kelgan [Lutfiy, 1978: 1–3].

Biz ushbu maqolada faqatgina shoirning “Gul va Navro‘z” manzum dostoni haqida so‘z yuritmoqchimiz. Ushbu manzum doston aruzning hazaji musaddasi mahzuf/maqsur (mafoilun mafoilun fuulan/mafoil) vaznida yozilgan. Baytlari soni 1400 dan ortiqroq ekani taxmin etiladi. Jalol Tabib o‘zining “Gul va Navro‘z” otli dostonini qamariy hijriy 734 (m.1333) yilida yozib tugatadi [Jalol Tabib, 2001: 2].

Turkiy yoxud qadim O‘zbek tilidagi “Gul va Navro‘z”, milodiy 15-asr birinchi yarmi O‘zbek dunyoviy adabiyoti taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan qimatli adabiy yodgorliklardan biridir. Ushbu asar hijriy sakkizinchi (milodiy 14) asrning oxirlari va to‘qqizinch (milodi 15) asrning birinchi yarimida yashab ijod etgan isti’dodli shoir Mavlono Haydar Xorazmiy tamonidan yozilgan. Haydar Xorazmiyning hayoti haqida ma’lumot juda oz saqlangan.

Milodiy 15-asr tazkiranavisiy, Davlatshoh Samarqandiy o‘zining “Tazkirat-uş-Şu’aro” asarida Haydar Xorazmiy haqida qo‘yidagicha ma’lumot biradi: “Sulton İskandar hukumronligida fozil kishilardin Mavlono Muhiddin Natanziy va Mavlono Haydarlar bor ekan. Mavlono Haydarning Turkiy va Forsiy tillarida bitgan yaxshi she’rlari bor va u Nizomiyning Maxzan-ul-Asrariga Turkiy tilida javob yozib, uni shahzoda İskandar otiga bag‘ishladi” [Davlatshoh, 2003: 371].

Haydar Xorazmiy haqida ma’lumot biruvchi manba’lardan biri Navoiy’ning “Majolis-un-Nafois” asaridir. Alisher Navoiy bu kitobining 7- majlisida “Turkiyguy Mavlono Haydar” haqida ma’lumot berib, uning “Maxzan-ul-asror”(yoki “Gulshani asror” asaridan qo‘yidagi baytni keltiradi:

Himmat elidur Yadu bayzo degan

Er nafasidur dami Iso digan [Navoiy, 2008: 213].

Mavlono Haydarning Turkiyguy shoirligi va uning Xorazmlik ekanligini Navoiy “Muhokimat-ul-lug‘atayn” asarida ham aytib o‘tgan. “Shohrux Sulton zamonining oxirigacha Turk Tili bilan shua’ro paydo bo‘ldilar va o‘l hazratning avlod va ahfolidin ham xush tab’ salotin zuhurg‘a keldi: Shua’ro Sakokiy va Haydar Xorazmiy va Otoiy va Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiydeklar…” [Navoiy, 2009: 52].

Haydar Xorazmiy Temurilardan Umar Shayxning o‘g‘li İskandar Mirzo hukumronligi davrida (15-asrning boshlarida) yashab ijod etdi. Bizga qadar Haydar Xorazmiyning Nizomi Ganjaviyning “Maxzanul-asror” dostonidan fayz topib yaratgan axloqiy-ta’limiy “Gulshani Asror” masnavisi]Mallaev, 1976: 287–295 [hamda 1411-yili yozilgan “Gul va Navro‘z” ishqiy sarguzasht dostoni saqlanib qolgan.

“Gul va Navro‘z” ishqiy-qahramonlik dostoninig boshlanish qismida uning Shirozda hukumat qilgan Amir Temur nabirasi İskandar Mirzo (Sulton İskandar) b.Umar Shayx nomiga yozilganligi bildiriladi. Oxirda isa asarning yozib tugatilgan tarixi (hijriy814/m.1411-yil) qayd etilgan. O‘zbek adabiyot-shinosligida “Gul va Navro‘z”ning yozilgan zamonidan yuz yil o‘tgandan so‘ng (hijriy 914/milodiy 1509-yilda) ko‘chirilgan va bizga qadar yetib kelgan nusxa asarning eng qadimgi nusxasi deb hesoblanadi. Mazkur nusxa Mavlono Lutfiy divoni bilan bir jildda bo‘lib, Muhammad b. Hasan Jama’on Ansoriy digan kotib tamonidan ko‘chirilgani bildiriladi [Lutfiy, 1960: 10–11 [. Bu nusxa hozir London shahrida, Britanya muziyi kitobxonasida saqlanmoqda. Necha yil oldin bu asarning birgina nusxasi hesoblanardi. Lekin axirgi yillarda uning o‘nga yaqin nusxalari adabiyot olamiga ma’lum bo‘lgan.

Jalol Tabib Bilan Haydar Xorazmiy “Gul va Navro‘z” Dostonlarining Qisqa Mazmuni

1- Biz bu yerda Jalol Tabib “Gul va Navro‘z” manzum dostonini Haydar Xorazmiyning Turkiy “Gul va Navro‘z”i bilan muqoyisa qilish maqsadida birinchidan forsiy “Gul va Navro‘z” so‘ngra isa turkiy “Gul va Navro‘z”ning qisqa mazmunlarini keltiramiz:

Jalol Tabibning manzum dostoni Alloh Ta’olo sanosi, Payg‘ambar (s.a.v.)ning na’ti va munojot bilan boshlanadi. So‘ngra shoir dostonini nazm rishtasiga tortish sababi unvoni ostida, ushbu kitobni yozishni buyurgan Shiroz hukumroni Sulton G‘iyosuddin Kayxusrav (vafot yili: h. 738/m. 1337) va uning ukasi Amir Shayx Abul-İs’hoq (h.q. 721–758/m. 1321–1356) madhida bir necha bayt yozadi. Bularning hammasi 65 baytni o‘z ichiga oladi; so‘ngra asl doston boshlanadi. Dostonning bosh qahramonlari –Navshod ulkasi podishphi Farruxshohning o‘g‘li “Navro‘z” va Farxor podishohi Mushkinshohning qizi “Gul”dan iborar. Farruxshoh xonadonida Navro‘z paytida bir o‘g‘il tug‘iladi va otini Navro‘z qoyadilar:

Falak z-in moh xurshide barovard

Jahon zon shoh Jamshide barovard

Muborak tala’te, Farxunda shohe

Xujasta toli’e, zebanda mohe

Ba soli xurram on mohi dil-afro‘z

Zi modar dar vujud omad ba Navro‘z [Jalol Tabib, 2001: 4].

Navro‘z ulg‘ayib ta’lim olib, barcha ilmlarda bilimdon bo‘lib yetishadi; keyin ov bilan shug‘illanadi, qurol-aslihani yaxshi ishlatishni bilgan mohir ovchi bo‘ladi. U bir kecha tushida bir sohibjamol qizni ko‘rib, unga g‘oibona oshiq bo‘ladi. U go‘zal Navro‘zning tushida ismini “Gul”, Farxor mulkidan bo‘lganini aytib, o‘zini tanitadi. Ammo Navro‘z uyg‘onib uni topa olmaydı:

Shabe dar xob did on olam-afro‘z

Ki bude bomdodi ro‘zi Navro‘z

Zi dar boz omadash sarve xiromon

Ba dastash sog‘are dode ki biston

Bipursidash, ki ay gulrux kudomi

Begu to az kujoe-yu chi nomi?

Javobash dod on sarv az sari noz

Ki ay shohi javonbaxti sarafroz

Gulam xonandu dar Farxor bosham

Dar in buston guli bixor bosham [Jalol Tabib, 2001: 5].

Navro‘z bir kun Gulni izlab yurarkan, bir karvonga duch keladi. U karvonda ismi Bulbul bo‘lgan bir chiroyli yigit bilan tanishadi, u ham Farxordan ikan. Navro‘z undan Gulning ahvolini so‘rab bilib oladi. Gulga bir noma yozib, Bulbulning qo‘lidan yuboradi. Gul doyasi Susanni Bulbulning yoniga yuboradi, nihoyat Bulbul bilan uchrashib, Navro‘zning ahvolidan ogoh bo‘ladi. Boshqa tamonda, Farruxshoh o‘g‘li Navro‘zning holidan xabardor bo‘lib unga nasihat qiladi. Ammo Navro‘z Farxor mulkiga ketish uchun ruxsat so‘raydi. Otasi oxir uni Bahman otli bir keksa qumandonga qo‘shib, choparlar, navkarlar va qimatli sovg‘alar bilan Farxorga jo‘natadi. Ammo yo‘lda Bahman unga xiyonat qilib, chaparlar va boyliklarni olib, Navro‘zni yolg‘iz tashlab o‘z vatani bo‘lmish Gurgonga ketadi. Faqat Navro‘zning o‘zi yolg‘iz ko‘p mashaqqatlarni tortib Farxorga boradi. Bulbulni topib, u orqali Gul bilan ko‘rishadi. Gul ham Navro‘zning maktubini o‘qib, sifatlarini eshitib, ko‘rmasdan unga oshiq bo‘lgan edi. Ammo Gulni otasi uni Chin (Xitoy) xoqoniga hadiya qilgan edi. Shu payt hojiblar Gulni olib ketgani kelib qoladilar. Gul va Navro‘z bundan ko‘p parishon, ammo Gul doyaning tavsiyasi bilan Navro‘zni o‘zi bilan olib ketishga qaror qiladi. Kecha ular yo‘lda bo‘lgan paytda qattiq bo‘ron boshlanib, navkarlar yo‘ldan adashadi va Gul bilan Navro‘z yo‘lda qoladilar. Ular ikovi tog‘ va cho‘llarni kezib, charchab bir yerda yotgan edilar. Ularni Yaldo nomli, qora tanli tutib olib Xitoy xoqoniga sotadi. Ammo xoqon ularni tanimaydi, e’zoz bilan butxonaga yuboradi. Bu orada hojiblar kelib, xoqonga Gulning yo‘qolganidan xabar beradilar. Xoqon g‘am va hasratdan jon beradi. Butparastlar shohning o‘limidan o‘z holiga tushib qolganidan foydalangan Gul va Navro‘z butxonadan qochadilar. Ular cho‘lga chiqib, susiz qoladilar, su izlab yurganlarida ularning o‘ngidan bir uy chiqadi, uyga borib xirqa kiygan bir hilachini ko‘radilar va boshlaridan o‘tgan voqialarni unga hikoya qiladilar. U esa ularni Shayx Najdiy digan bir riyokor zohidning yoniga olib boradi. Zohid ularni mehmon qilib dasturxon ochtiradi. Karomat ko‘rsataman deb, duo va ta’viz berib, oldlaridagi zar va zivarlarni olib qoladi. Ammo Navro‘z bilan Gul bularning firebkorligini onglab, kechalab Shayx Najdiy va odamlaridan qochib yo‘l oladilar. Kunduzi kelib, daryodan o‘tish maqsadida kemaga minadilar, faqat baxtga qarshi bo‘ron qo‘zg‘alib kema sinadi va Gul bilan Navro‘z ikki taxta pora ustida hushdan ketgan holda, har qaysi bir boshqa tamondagi qirg‘oqqa chiqadi. Javhar digan bir xidmatchi Gulni topib olib, Adn podishohi Rabishohga tortiq etadi. Podishoh farzandsiz bo‘lgani sababli, xursand bo‘lib, Gulni o‘ziga farzand o‘qiydi va Gul saroyda yashay boshlaydi. To‘lqin qirg‘oqqa chiqarib tashlagan Navro‘zni esa Shurta nomli bir keksa baliqchi topib oladi. Navro‘z bimor edi, uni bir necha muroqabatdan keyin Yaman podishohi Badi’shohga sotadi. Podishoh uni doruxonaga yuborib tadovi qildiradi, ahvolidan xabardar bo‘lib o‘ziga suhbatdosh qilib oladi.

Navro‘z bilan Gul’ning otalari — Shoh Farrux va Shoh Mushkin farzandlarini axtarib chiqqan holda- birlariga duch kelib, tanishadilar va g‘am va qayg‘ularini unitish uchun Haj qilgani Makkaga qarab yo‘l oladilar.

Adan va Yaman podishohlari aro xusumat bor edi, shuning uchun Adan shohi Rabi lashkar yig‘ib Yaman podishohi bilan urushga otlanadi. Yaman podishohi Badi’ ham, lashkar tortib mudofaa’ga chiqadi. Yamanli pahlavon Bahrom qo‘lida Adan lashkari muborizlaridan bir necha kishi halok bo‘lganindan so‘ng, nochor Gul maydonga chiqib Bahromni o‘ldiradi va boshqa hech muboriz uni yinga olmaganidan, Yaman lashkari tamonidan Navro‘z Gul bilan jang maydoniga chiqadi. İkovlari ko‘p olishgandan keyin bir-birlarini tanib hushdan ketadilar. İkki podishoh ham bularning sarguzashtidan xabardor bo‘lib urushdan qo‘l tortib, sulh qiladilar va Haj mavsimi bo‘lgani uchun Gul ve Navro‘z doxil hammalari Ka’ba ziyoratiga boradilar. Haj marosimida Gul va Navro‘z farzandlarini tilab duo qilib turgan otalarini ko‘rib qoladilar. Ular farzandlariga qovushganlaridan nihoyatda shodmon bo‘lib, so‘ngra Yaman va Adan podishohlari bilan ham, tanishadilar va Ka’bani tavof qilgandan keyin Madinaga boradilar va Payg‘ambar (s.a.v.) ravzasini ham ziyorat qiladilar. Endi to‘rt podishoh bo‘lib Makkada Gul va Navro‘zning nikohini bog‘laydilar. Keyin ular o‘z yurtlariga qaytib kelib baxt va saodatda hayot kechirishga boshlaydilar:

Gulu Navro‘z bo ham aqd bastand

Ba Navro‘ze miyoni Gul nishastand

V- az on jo shodu xurram boz gashtand

Hama bo yak-digar damsoz gashtand

Ba yak sol in hama zahmat kashidand

Ba vaqti gul ba joi xud rasidand… [Jalol Tabib, 2001: 65].

2- Mavlono Haydar Xorazmiyning “Gul va Navro‘z” manzum dostoni ham, mavzu jihatdan Jalol Tabibning asari bilan bir xel. Shuning uchun tadqiqotchilar turkiy “Gul va Navro‘z”ni mazkur forscha “Gul va Navro‘z” tarjumasi deb urg‘ulab kelmoqda. Shu jumladan 1960-yilda Mavlono Lutfiy divonini bir qo‘lyozma nusxasini tafsilotli muqaddama bilan İstanbul Bilim yurti adabiyot fakultetida nashr etgan Professor İsmoil Hikmat Ertoylon, Jalol Tabib forscha “Gul va Navro‘z” dostonini, qo‘limizdagi Haydar Xorazmiy asarini ko‘zda tutib, Mavlono Lutfiy tamonidan turkiy tilga tarjuma etilgan deydi [Lutfiy, 1960: 10].

Bu asarning xato bir shaklda Mavlono Lutfiyga nisbat berilib kelgani haqida ishora qilib o‘tdik. To‘g‘riki turkiy “Gul va Navro‘z” mavzu va bosh roldagi qahramonlari taqdir chizig‘i nuqtai nazaridan Jalol Tabibning asari bilan taqriban bir xel; lekin farqli bo‘limlari ham bor. Masalan turkiy “Gul va Navo‘z”da “Navro‘z o‘ziga oshiq bo‘lgani” unvonli bir bo‘lim borki forsiy “Gul va Navro‘z”da uchramaydi. Yana bu ikki asarni, tarjumaning bugunki tushunchasi bilan, biridan birining xatma-xat yo baytma-bayt tarjuma deb bo‘lmaydi. Turkiy “Gul va Navro‘z” dostonida ham xuddi Jalol Tabibning asaridagidek, Navshodlik shahzoda Navro‘z bilan Farxorlik shohduxt — Gulning- sarguzashti hikoya qilinadi.

Bu sarguzasht oshiq va ma’shuqning sarguzashti bo‘lishi bilan birga, turli xel yovuzliklarni yengib, g‘alaba qozongan qahramonlarni va ulkalarini o‘z aro feodal urushlardan qutqazib, markazlashgan yirik davlat vujudga keltirgan tadbirli davlat arboblarining sarguzashti hamdir.

Haydar xorazmiyning turkiy “Gul va Navro‘zi”da Navshod mamlakatining podishohi Farrux, umrini farzandsizlik bilan o‘tkazmoqda edi, biroq keksalikda o‘g‘il ko‘radi. Bu o‘g‘il Navro‘z chog‘ida tug‘ilgani uchun otini “Navro‘z” qo‘yadilar.

Masiho damlik ul murg‘i suxansoz

Aningdek ko‘rguzur bu pardada roz

Ki Navshod elida bor erdi bir shoh

Kelurdin voqif-u ketgandin ogoh

Oti Farrux, o‘zi Farxunda axtar

Aning hukminda ul iqlimu kishvar

Jahonda bir o‘g‘ilg‘a orzumand

Mungi yo‘q hech nimadin g‘ayri farzand

Sevar mahbubi bor erdi haramda

Ki doim ko‘ngli erdi o‘l sanamda

Saodat birla yuklandi vujudi

Yetishgach hamlining hadd-u hududi

Yangi yilning boshida ro‘zi Navro‘z

Sadafdin chiqdi bir durri shabafro‘z

Chu Navro‘z o‘ldi Navro‘z ichra firo‘z

Ota o‘g‘lining otin qo‘ydi Navro‘z… [Lutfiy, 1978: 355–356].

Navro‘z aqlli, bilimdon va hunarmand yigit bo‘lib ulg‘ayadi. U bir kecha tushida Farxor podishohi Mushkinning “Gul” nomli qizini ko‘rib, unga g‘oyibona oshiq bo‘ladi. Ko‘p mashaqqatlar chekib, Farxorga boradi. Gul ham Navro‘zning sifatlarini Bulbuldan eshitib, ko‘rmasdan ko‘ngil bergan edi. Navro‘zning o‘zini ko‘rib isa muhabbati avvalgidan ham ko‘proq ortadi. Biroq Gulning otasi Mushkin uni Xitoy xoqaniga tortiq qilib yuboradi. Ammo o‘zaro va’dalashgan Gul bilan Navro‘z yo‘lda qo‘shilib qochadilar:

Chu yettilar yovuq Chin sarhadina

Shahansha keldi Gulning masnadina

Jahon erdi aningdek tera-vu tor

Ki na yulduz, na oy erdi namudor…

Yaroq tuz — deydi, otlansak bu shabgir

Qilib boshtin ayoq to‘nlarni tag‘yir

Qochib Farxor iqlimidin oshsak

Borib Navshod mulkini talashsak

Rizo berdi Guli Mushkin bu so‘zga

Burung‘i ahdini qilmadi o‘zga… [Lutfiy, 1978: 401–402].

Lekin qochish paytida ikovlari Yaldo Zangi qo‘liga tushib, qaytadan Xoqon saroyiga yuboriladilar. U yerda qamoqda saqlanadilar. Ammo ikkinchi marta qochishga muvaffaq bo‘ladilar. G‘urbat va musofirlik yo‘lida azob va mashaqqat chekib, qandaydir bir daryo qirg‘og‘iga yetib boradilar. Daryodan kechalab o‘tish paytida dahshatli to‘lqinga duch kelib, kemilari parchalanadi. Sevishganlar har biri alayhida taxtalarda suzib, suvga g‘arq bo‘lishdan najot topib, turli tamonlarga chiqadilar. Natijada bir-birlaridan ajraladilar. Gul, Adan mulkiga va Navro‘z esa Yaman mulkiga tushadi. İkovi ham u ulkalarning shohlari huzuriga yo‘l topadilar. Yaman podishohi Rafi’ Adan shohi Badi’ o‘rtalarida dushmanlik va adovat mavjud bo‘lib, shu sababli, Adan podishohi Gulni sarkarda qilib Yaman mulkiga qalin lashkar tortadi. Yaman podishohi esa Navro‘zni lashkarboshi qilib mudofaaga chiqadi.

İkki lashkar bir-biri bilan to‘qnashadi. Yakkama-yakka jangda Gul Yamanlik pahlavon Bahromni yengadi. Jang maydaniga Navro‘z chiqadi. U g‘olib qahramon Gul bilan olishishi kerak edi. Biroq jang jiryonida Navro‘z bilan Gul bir-birlarini tanib qolib, bir-birining quchog‘iga otiladi. İkki podishoh o‘rtasidagi urush sulh va yarahuvga, musibat esa shodiyonaga aynaladi. Shu vaqt o‘z bolalarini izlab chiqqan Farrux bilan Mushkin bularga yo‘liqadi. Ularni ko‘rib nihoyatda xursand bo‘lishadi. Endi Gul bilan Navro‘zning qaysi bir ulkada yashash masalasi o‘rtaga tashlanadi. Chunki to‘rt podishoning hich biri ham ularni o‘zidan uzoqlashtirishga rozi emas. Bu podishohlar Farrux, Mushkin, Badi’ va Rafi’ kengashdan so‘ng o‘z mamlakatlarini birlashtirib, unga Navro‘zni podishohlikka ko‘tarishga qaror qiladilar. Shunday qilib, Navro‘z birlashgan to‘rt ulka (Navshod, Farxor, Adan va Yaman)ning adolatli va ma’rifatparvar podishohi bo‘lib, o‘z sevgili yori Gul bilan baxt va saodatda umr o‘tkazadi.

Xulosa

İkki asarni shakl va mazmun jihatdan muqoyisalab qo‘yidagi natijalarga erishish mumkin:

  1. Jalal Tabibning “Gul va Navro‘z” asari shu mavzuda yozilgan birinchi manzum doston bo‘lib, hijriy 8 (melodiy 14)-asrda, aniqrog‘i hijriy qamariy 734 (milodiy 1333) yilida yozilgan. Noto‘g‘ri shaklda Mavlono Lutfiyga (1365–1367) nisbat berilib kelgan, biroq aslida Mavlono Haydar Xorazmiyning (milodiy 14 asr so‘ngi va 15-asr birinchi yarmi) qalamiga tegishli bo‘lgan turkiy “Gul va Navro‘z” manzum dostoni esa hijriy qamariy taqvimiga ko‘ra undan 80 yil (milodiy taqvimga binoan 78 yil) so‘ngra, ya’ni hicriy qamariyda 814 (milodiy 1411) yozilgan.
  2. İkkala asar ham hajm jihatdan bir-biriga yaqin; Jalol Tabibning “Gul va Navro‘z”i asl doston va mulhiqoti (hamd va na’t va mamduhlar madhi, dostonning yozilish sababi) bilan birgalikda 1404 baytdan iborat bo‘lsa, Haydar Xorazmiyning ana shu nomdagi asari ham aytilgan mulhiqoti bilan birga 1307 baytni tashkil etadi. İkki asarda ham hodisalar matnda berilgan kichik sarlavhalar ostida hikoya qilinadi; sarlavhalar soni yuzdan osharoqdir. Biroq hamma sarlavhalar ikkala asarda butunlay bir-biriga mos kelmaydi.
  3. İkkala “Gul va Navro‘z” dostoni ham aruzning hazaji musaddasi maqsur yo mahzuf bahri (mafoilun mafoilun mafoil/faulun)da nazm rishtasiga tizilgan, bu isa forsiy hamda furkiy adabiyotda masnaviy, manzum doston va hikoyalar uchun aruz tizimining nihoyatda munosib va uyg‘un vaznlaridan biridir.
  4. İkkala “Gul va Navro‘z” ham mavzu, xarakterlar va qahramonlar, joylar nomi va mazmun jihatdan bir xel ko‘rinadi. Ammo ayrim epizod (far’iy hodisalar) va dostonning umumiy yakunlanish jihatidan bir-biridan farq etadi. Misol sifatida, Turkiy “Gul va Navro‘z”dagi Navshod mamlakati podishohi Farrux farzandsizlikda keksayib farzandga zor bo‘lib, qarrigandan keyin o‘g‘il ko‘rgani, Navro‘z o‘ziga oshiq b’olgani kabi epizodlar forsiy “Gul va Navro‘z”da uchramaydi.
  5. Jalol Tabibning dostoni “Gul va Navro‘z”ning izdivojlari bilan tugaydi. To‘rt podishoh (Navro‘z’ning otasi Navshod shohi Farrux, Gulning otasi Farxor shohi Mushkin, Yaman shohi Badi’ va Aadan shohi Rabi/Rafi) Haj marasimini bitirib Navro‘z bilan Gulni nikoh qilgandan keyin o‘z mamlakatlariga qaytadilar. Tabiiyki Navro‘z bilan Gul ham Navshod ulkasiga ketadilar. Ammo turkiy “Gul va Navro‘z”da doston boshqacha yakunlanadi. Ushbu to‘rt mamlakat podisholari Navro‘z bilan Gulni sevganlaridan har biri ularni o‘z mamlakatiga olib ketmoqchi bo‘ladi; faqat bu mumkin emas. Shuning uchun ular Farruxning taklifi bilan, to‘rtala mamlakatni birlashtiradilar; oxirda bu birlasgan buyuk ulkaga Navro‘z podishoh bo‘lib taxtga o‘ltiradi.
  6. Turkiy “Gul va Navro‘z”ning bunday yakunlanishi shoirning badiiy-g‘oyaviy tafakkurini namoyon qilib, turkiy “Gul ve Navro‘z” dostoni badiiy-g‘oyaviy jihatdan na qadar katta ahmiyatga ega ekanligini yaqqol ko‘rsatadi. Chunki Haydar Xorazmiy’ning “Gul va Navro‘z” dostoni yozilgan zamonda (milodiy 15-asr birinchi yarmida Temurilar imperatorligi porchlanib, har mantiqada bir muluk-ut-tavoifiy hukumdor paydo bo‘lgan va ular aro urushlar xalq hayotini og‘irlashtirgan edi. Shuning uchun shoirimiz mazkur muluk-ut-tavoifiy hukumdorlar o‘rtasidagi tortishuvlarga qarshi fikr bildiradi va markazlashgan davlatni ardoqlaydi. Bu esa asar yozilgan zamoni (milodiy 15-asr birinchi yarmi) ning talablaridan kelib chiqqan mutaraqqiy g‘oya edi.

Adabiyotlar:

  1. Xoju Kamoliddin Abul-a’to Mahmud b. Ali Kirmony (1350/1971). Masnaviy Gul va Navro‘z, bo ihtimom va ko‘shishi Kamol A’yniy, Tehron: Bunyadi Farhangi Eron, Chopxonaiy Xurramiy. — S. 336.
  2. Davlatsho Samarqandiy (1382/2003). Tazkiratush-sua’ro, Bo ihtimom va tashihi Edward Brown, Tehron: Asotir. S. 632.
  3. Tabib, Jaloliddin Shiroziy (2001). Gul va Navro‘z, bo tashih va tavzih va Muqaddimaiy Tahliliy Ali Muhaddis, Sweden: Donishgohi Uppsala. S. 71.
  4. Lutfiy, Mavlono (M. 1960). Divon, Professor İsmoil Hihmat Ertoylonning “Lutfiy Chag‘atoiy)unvonli muqaddimasi bilan, İstanbul: Adabiyot Fokultasi Basim Uyi.
  5. Lutfiy, Mavlono. (1987). Seni Sevarim (Divon) va (Lutfiyga nisbat berilgan Haydar Xorazmiyning “Gul va Navro‘z” Manzum Dostoni, Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va Sana’t nashriyoti. (Gul va Navro‘z 354–440 baytga qadar).
  6. Mallayev, Natan (1976). O‘zbek Adabiyoti Tarixi, birinchi kitob (17-asrgacha) Toshkent: O‘qutuvchi, 286–296, 336–348 baytlar.
  7. Navoiy, Amir Nizomiddin Alisher (1387/2008). Majolis-un-nafois, Nashrga tayyorlavchi: Abdulloh Royin, Mazari Sharif: Sultoniy Matbaa’si, 1387-yil, 213 bayt.
  8. Navoiy, Amir Nizomiddin Alisher (1388). Mahokimat-ul-lug‘atayn, Nashrga tayyorlavchi: Toshqin Bahoiy, Noshir: Turon Madaniy Uyushmasi, Kobul: Afg‘on Pres, 52 bayt.


Задать вопрос