O'qish darslarida buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanish | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №2 (292) январь 2020 г.

Дата публикации: 10.01.2020

Статья просмотрена: 4816 раз

Библиографическое описание:

Тоштемирова, М. О. O'qish darslarida buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanish / М. О. Тоштемирова, М. А. Туйчиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 2 (292). — С. 451-453. — URL: https://moluch.ru/archive/292/65539/ (дата обращения: 17.12.2024).

Ushbu maqolada muallif o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda o‘tmish mutafakkirlarining shaxsi va asarlariga oid mavzulardan foydalanib, o‘quvchiga tushunarli qilib yetkazib berish haqida fikr yuritgan.

Kalit so‘zlar. Irodali inson, pedagog, o‘quvchi, uslub, savodxonlik, interaktiv, zamonaviy pedagogik texnologiyalar.

В cтатье раскрыты методы использования наследия великих предков на уроках чтения, создающих благоприятные условия для совершенствования содержания образования, обеспечивающих расширения кругозора учащихся.

Ключевые слова: волевой человек, современные педагогические технологии, духовный кругозор, интерактивный.

In this article, author, tries to explain that it’s important to link every reading lessons with themes and books which linked with ancient ancestor and about their valuable stories. And tutor must be able to explain how it is important to know about history and being suitable for sore fathers.

Key words. Tolerant person, encyclopedic,” Key for knowledge”, method, diagram of Vin, game “Gumption”, vanguard pedagogical technologies, moral outlook.

O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-marifiy o‘zgarishlar mazmunida tarixiy, milliy, ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga

alohida e’tibor qaratilmoqda. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Kaykovus singari Sharq mutafakkirlari e’tirof etgan inson ma’naviy kamolotining zaruriy shartlaridan biri mustaqil va mantiqiy tafakkurdir. Bu jarayonda o‘quvchi mukammal faollik, ijodkorlik, tashabbuskorlik ko‘rsatadi. Madaniy merosimizga o‘zlarining beqiyos hissalarini qo‘shgan allomalarimiz Beruniy, Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar ijodini o‘rganish kelajak avlod uchun katta ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ularning har biri jahon sivilizatsiyasining rivojiga tegishli hissasini qo‘shib kelgan. Bu silsilada Yusuf Xos Hojibning nomini ham faxr va iftixor bilan tilga olish mumkin. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” hamda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit-turk” asarlari ma’naviyat durdonalaridan biridir. Shu o‘rinda “qomusiy” so‘zini qo‘llaganimiz tasodifiy emas. Har bir yaratilgan asar o‘quvchini, kitobxonni bir yo‘nalishda tarbiyalaydi. “Qutadg‘u bilig” asari esa davlatni idora qilish usulini, siyosatini, qonun-qoidalarini, rasm-rusumlarini, axloqiy prinsiplarini o‘zida mujassamlashtirgan, qomusiy asar sifatida yuzaga keldi. Bu asar didaktik yo‘nalishga ega bo‘lib, unda davlatni idora qilish usullari, oddiy xalqdan tortib oliy darajadagi mansab egalari elikxonlargacha — olim, shoir, dehqon, chorvador, kosib singari ko‘plab tabaqa, toifa, ijtimoiy guruhlarning fe’l-atvori qanday bo‘lishi lozimligi, davlat qurilishi, turli ijtimoiy tabaqalarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, umuman, siyosiy-ijtimoiy, moddiy-ma’naviy, axloqiy-tarbiyaviy masalalar o‘sha davr talabi nuqtayi nazaridan yo‘l-yo‘riqlar badiiyat qonunlari asosida tavsiflangan.

Yusuf Xos Hojib o‘z zamonasining donishmandi, mutafakkiri, ilg‘or fikrli faylasufi edi. U o‘z asarida ilm-fan, bilim va zakovatga alohida e’tibor bilan yondashadi:

Biligsiz kishi bir yemishsiz yig‘ach,

Emishsiz yig‘achig‘ neku qilsu ach.

(Bilimsiz kishi bir mevasiz yog‘ochdir, Mevasiz yog‘ochni och kishi nima qilsin).

Bu ifodalarning ixcham, lo‘nda, samimiyat bilan yo‘g‘rilganligi e’tiborni tortadi.

Ifodaning ravonligi, tilga olinayotgan hodisaning tabiiyligi, bevosita kundalik turmush bilan zich bog‘lanib ketganligi ham uning ta’sir kuchini oshiradi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol, bilimli inson qilib tarbiyalash vazifasi ko‘p jihatdan boshlang‘ich sinflarda ta’limni to‘g‘ri uyushtirish, xususan, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ularning nutqini talab darajasida o‘stirish bilan o‘zaro bog‘liq. So‘z zahirasi boy o‘quvchining fikrlash doirasi keng, ma’naviyati yuksak, o‘qish-o‘rganishga ishtiyoqi baland bo‘lishi tabiiydir. Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish darslari orqali o‘quvchilarda savodxonlik sifatlari shakllantiriladi, kitobga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi uyg‘onadi, ularning atrof-muhit haqidagi bilimlari kengaytiriladi, nutq va tafakkuri oshadi. Nutq tarbiyasida “matn” ham markaziy tushuncha hisoblanadi. Zero, umumiy o‘rta ta’lim maktabida nutqni rivojlantirish bo‘yicha ishlarning pirovard maqsadi o‘quvchini o‘z fikrini og‘zaki va yozma shaklda erkin bayon qilishga o‘rgatishdir. Bola kichik yoshida ta’sirchan, atrofdan kelayotgan barcha ma’lumotlarni tez qabul qiluvchi bo‘ladi. U nimani eshitsa, eshitganicha talaffuz qilishga va uni, nutqida qo‘llashga intiladi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv yili boshidanoq nutq doirasini aniqlab, nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish va ular ustidan ish olib borish lozim. So‘z boyligi o‘quvchilarga barcha fanlardan beriladigan bilimlarni tez va puxta o‘zlashtirib olish hamda ta’lim dasturlarida ko‘zda tutilgan ko‘nikma-malakalarni o‘zlashtirishga zamin yaratadi. O‘quvchilarning o‘qish malakalarini takomillashtirish, savodxonligini oshirish, nutqini o‘stirish talabi zaminida, nutq madaniyati turadi. Farzandlarning ma’naviy kamolotida qadimdan nutq madaniyati va odobiga alohida ahamiyat berib kelingan.

Shunday ekan, o‘quvchilar nutqini o‘stirishga yo‘naltirilgan amaliy vazifalar hal etilishi lozim. Shu o‘rinda 1-sinf o‘qish kitobini “Biz-buyuklar avlodi” bo‘limi orqali birinchi bo‘lib yozuvchi Muhammad Alining “Amir Temur” bobomiz haqida ibratli matn berilgan bo‘lib, undan so‘ng Amir Temur o‘gitlari o‘quvchilarga aniq va tushunarli holda bayon etilgan. Bo‘limdagi mavzularni o‘tishda quyidagicha usullarni qo‘llashimiz mumkin. O‘quvchilar buyuk mutafakkirlar: Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo va Amir Temur nomlarini esda saqlab qolishlari lozim.

Agar o‘quvchilarni boshlang‘ich sinfdan boshlab ma’naviy dunyoqarashini shakllantirar ekanmiz, birinchi navbatda ularning qiziqishlarini, bilish darajasini hisobga olishimiz kerak. Ma’lumki boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshi 7–11 yoshni tashkil etsa, ularning o‘yin faoliyatiga bo‘lgan qiziqishi 75–80 foizni tashkil etadi. Shu o‘rinda o‘quvchilar ma’naviy dunyoqarashini o‘stirish va barkamol inson qilib voyaga yetkazishda quyidagi gapga ahamiyat qaratish lozim:

− o‘quvchilar ma’naviy dunyoqarashini o‘stirishda mavzularni, ma’naviy tushunchalarni bir-biri bilan chambarchas bog‘liq tarzda o‘rgatib borish.

− ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda o‘qish darslarida berilgan o‘tmish mutafakkirlarining asarlariga oid mavzulardan keng foydalanish va o‘quvchiga tushunarli qilib yetkazib berish.

− o‘quvchilarning mavzularni o‘zlashtirishlariga, mustaqil fikrlashlariga erishish choralarini topish.

− har bir darsga ijodiy yondashish.

− darsda turli usullardan, interaktiv metodlardan, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan, o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish.

− turli didaktik o‘yinlar bilan o‘quvchilarni mavzuni o‘rganish va o‘zlashtirishga qiziqtirish.

− metodik yangiliklardan va pedagogik tajribalardan har doim boxabar bo‘lib, ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish.

Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, boshlang‘ich sinflarda maktab ta’limining yetakchi predmetlaridan bo‘lgan o‘qish darslari orqali olingan bilimlar poydevori quriladi. O‘quvchilar ma’naviy dunyoqarashini o‘stirishda eng munosib, eng qulay metod va usullardan, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan o‘z o‘rnida va maqsadga muvofiq foydalanish, o‘qish-o‘qitish ishlarida samarali natijalar beradi. Pedagog va o‘quvchilarning birgalikdagi ijodiy faoliyati mavzularning o‘zlashtirilishini osonlashtiradi.

Adabiyot:

  1. Sariyev Sh. Ma’naviyat ko‘zgusi. O‘quvchilarning milliy ma’naviyatini shakllantirishda boshlang‘ich ta’limning o‘rni. — T.: “TDPU”, 2009. — 250 b.

Ключевые слова

pedagog, Irodali inson, o‘quvchi, uslub, savodxonlik, interaktiv, zamonaviy pedagogik texnologiyalar

Похожие статьи

Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi interaktiv va noan’anaviy metodlari

Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyat...

Sog‘lom tafakkur tushunchasi haqida

Maqolada “sog‘lom tafakkur” tushunchasi va uning mohiyati hamda sog‘lom tafakkurning o‘quvchilarda qat’iy hayotiy pozitsiyani shakllantirishdagi o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, sog‘lom tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatl...

Harbiy xizmatning axloqiy asoslari va o’zbekiston respublikasi qurolli kuchlarida axloqiy tarbiya

Ushbu maqolada harbiy hizmatchilarning axloqiy qoidalariga rioya qilishi, harbiy xizmatchining Vatanga muxabbati va harbiy qasamyodga sodiqligi haqida so’z boradi.

Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning xalqaro amaliyotda yuzaga kelish sabablari va uning tarkibi

Ushbu maqolada “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” ning amaliyotga kirib kelish sabablari, ahamiyati va rivojlanishi hamda respublikamizda amalda bo’lgan hisobot shaklini takomillashtirish borasida fikr yuritilgan.

Muloqotning oiladagi o`rni

Muallif maqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy tarbiyasi, shuningdek, tarbiya jarayonida ota-onalarning о‘z farzandlariga nisbatan qо‘llayotgan tarbiya usullari, bolalar axloqini shakllantirishdagi ular bilan aloqalarning xususiyatlariga t...

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Rus tili darslarida o‘qitishning nostandart shakllari va usullari

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda rus tili o‘qitish metodikasining yangicha yo‘nalishlari ochib berilgan. O‘quvchilarning rus tili bilim ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi turli pedagogik uslublar o‘rganilgan.

O'z-o'zini boshqarish o’qish va matematik ta’lim amaliyotining samarali asosi sifatida

Maqolada maktabga tayyorgarlik ko’rishda o’z-ozini boshqarishni rivojlantirish uchun erta matematik va o’qish ta’limini joriy qilishning dolzarbligi tahlil qlinadi.

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida

Maqolada yoshlar axloqiy qadriyatlari mazmuni va axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatidagi tahlili, shuningdеk, axloqiy qadriyatlarni o‘rganish tеstlari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, yoshlarning axloqiy qadriyat...

Jorj Sand ijodida feministik g'oyalar ifodasi («Indiana» asari misolida)

Ushbu maqolaning mazmuni shundan iboratki, feminizm tushunchasining adabiyotda yangi yo’nalish sifatida paydo bo’lishi va Jorj Sand ijodida feministik g’oyalarning ifodalanishi haqida so’z boradi.Maqolada «Indiana» romanidagi Indiana ayol obrazi orqa...

Задать вопрос