Boshlang`ich sinflarda xalq o‘yinlari orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №2 (292) январь 2020 г.

Дата публикации: 10.01.2020

Статья просмотрена: 2489 раз

Библиографическое описание:

Муртазаева, М. Х. Boshlang`ich sinflarda xalq o‘yinlari orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish / М. Х. Муртазаева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 2 (292). — С. 449-451. — URL: https://moluch.ru/archive/292/65538/ (дата обращения: 24.04.2024).

Maqolada xalq o‘yinlari o‘quv-tarbiya jarayoniga sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omili sifatida joriy etilgan bo‘lib, uning samarali usul va vositalari tahlil qilingan. Shuningdek, muallif darslik hamda adabiyotlarga kiritilmagan, ammo hozirda hududlarda o‘ynaladigan o‘yinlarni tuzib mashg‘ulotlariga tatbiq qilish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tgan.

Kalit so‘zlar: O‘quv-tarbiya, jarayoni jismoniy tarbiya, xalq o‘yinlari, sog‘lom turmush tarzi, vositalar, mashg‘ulotlar, urf-odat.

В статье речь идет о народных играх, которые способствуют здоровому образу жизни и сведения о них нет в научной литературе и учебниках, однако такие народные игры очень распространены в регионах нашей республики.

Ключевые слова: непрерывное образование, физическая культура, здоровый образ жизни, занятие, обычаи и привычки.

This article is dedicated to the problem of national games which are applied as an important factor of forming the healthy way of living in educational process, the games which are not entered to the textbooks and fictions but played in region are recommended to use at lessons.

Key words. Еducation, national games, healthy way of living, means, exercises, pupils, customs and traditions.

Respublikamizda ishlab chiqilgan, prezidentimiz tomonidan ilgarisurilgan besh muhum tashabbuslardan biri sportni ommalashtirish, uni rivojlantirish masalasi sanaladi. Unda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Ta’lim-tarbiya sohasida jismoniy tarbiya va sport asosiy omillardan biridir. Chunki amaliy mashqlar o‘quvchilarni ham jismonan, ham ruhan sog‘lom ulg‘aytirishga hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga olib keladi.

Bugungi kunda yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalasi zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishini tashkil etib, mazkur sohada respublikamiz va xorijiy mamalakatlarda qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Keyingi yillarda jismoniy tarbiya darslarida, sport mashg‘ulotlarida xalqimizning milliy o‘yinlariga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. O‘quvchilar xalq o‘yinlarini o‘ynash orqali nafaqat sog‘lom bo‘lib, balki xalqimizning qadimiy urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarini ham o‘rganib boradilar. Bu esa ularda vatanparvarlik, qahramonlik, mardlik va fidoyilik xislatlarini qaror toptiradi. Tadqiqotlarda ta’kidlanganidek, o‘yinlar avlodlarning jismoniy, aqliy, ma’naviy kamol topishlarida beqiyos hissa bo‘lib qo‘shiladi. Chunki, o‘yinlar yosh avlod uchun bu hamma zamonlarda turmush tarzi, hayot omili, uning o‘lchovi bo‘lib hisoblanadi. O‘yinning mazmuni boyib, shakllari ko‘payib boraveradi. Bugungi bola — ertangi kunning ijodkoridir. O‘yin bu ijod, o‘yin bu hayotdir. Sinfda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda xalq o‘yinlaridan samarali foydalanish kutilgan natijalarini beradi. Masalan, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Arqon tortish”, “Besh tosh”, “Xo‘rozlar jangi”, “Chillak”, “Yong‘oq o‘yini” va shunga o‘xshash xalq o‘yinlari o‘quvchilarga yaxshi tanish. Ular ushbu o‘yinlarni deyarli barcha sinflarda o‘ynaydilar. Xalqimiz tomonidan o‘ynalib kelgan o‘yinlarning yangi turlarini topish yoki ma’lum vohaga oid bo‘lib, muayyan hududlarda o‘ynalmaydigan o‘yinlarni ommalashtirish, ularni targ‘ib etish, mashg‘ulotlarga tatbiq qilish bu boradagi tadbirlarning mazmunini yanada boyitadi. Jumladan, “To‘p-tosh”, “Anapay”, “Tikki”, “Otib qochar”, “Qotdi”, “Ot arava”, “Oppon-soppon”, “Ot o‘yini”, “Qidirib top”, “Janbil”, “Danak”, “Yong‘oq o‘yini”, “Dotmon-botmon”, “Buta solay”, “Xatlamoqchi”, “Podsho-vazir”, “Momo-momo”, “Xo‘roz-xo‘roz”, “Bekki tosh”, “Bog‘liq ko‘z”, “Tepa kurash”, “Piyoda va eshak”, “Piyoda ko‘pkari”, “Eshak ko‘pkari”, “Cho‘p ot”, “Sajmin”, “Pir etdi”, “Taqir-tuqir qayrag‘och”, “Oltin darvoza”, “To‘g‘nog‘ich”, “Allam-bullam”, “Do‘ppi yashir”, “Uchpoy”, “Chavandoz”, “Yaqqol”, “Qo‘riqchi”, “Qochar top”, “Tovus”, “Dahanaki jang” va hokazolarni misol keltirish mumkin. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida “Chumchuq tushdi boshimga”, “Botmon-botmon”, “Qo‘shiqning boshi”, “Do‘ppi tishlar”, “Kapitan”, “Par etdi”, “Eshak mindi”, “Lanka tepish”, “G‘isht urish”, “Davraga kir”, Toshkentda “Chig‘iriq” (joyida aylanganho lda koptok o‘ynash), “Chortak” (yerdagi chiziqlar orasida sakrash), “Arqon o‘yin” (arqondan sakrab o‘tish), “Tosh o‘yin” (mayda toshchalar), “Supalak” (“Besh tosh”) kabi o‘yinlar sevib o‘ynalgan.

“G‘isht urish” O‘yin tartibi. Bunda 4 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etishi mumkin. O‘yinda bir g‘ishtning ostiga o‘quvchilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan konfet qog‘ozlaridan bittadan qo‘yadilar. G‘ishtning orqa tomonidan turib, navbatma-navbat qo‘llaridagi toshini uloqtiradilar. Kimning toshi uzoqqa yetib borsa, o‘sha ishtirokchi toshi joylashgan joyda turib, birinchi bo‘lib g‘ishtni nishonga oladi. G‘ishtni urib yiqitgan g‘olib konfet qog‘ozlariga ega bo‘ladi. O‘yin shu tariqa yana boshidan davom etadi. O‘yin istagancha davom ettirilishi mumkin.

O‘yin ahamiyati. O‘quvchilar o‘rtasida murosa, kelishuvchanlik, bir-birining qarorini hurmat qilish, merganlik, aniq mo‘ljalga olish, saxiylik kabi fazilatlar qaror topadi.

“To‘xta, sanayman”

Oyin tartibi. O‘yinda 4 nafar dan ortiq o‘quvchi ishtirok etishi mumkin. Bunda qo‘lga berkitilgan narsani topolmagan ishtirokchi quvloq bo‘ladi. U beshgacha sanaydi va “To‘xta!” buyrug‘ini beradi. Bu sanoq tugagunga qadar qolganlar yuqori joyga chiqib olishi kerak. To‘xta buyrug‘ini eshitgach, joyida to‘xtashi, qotib turishi kerak. Quvlaydigan ishtirokchi esa ularning ichidan yerga eng yaqin balandlikda turgan o‘quvchini tanlaydi va ikkala oyog‘ini ustma-ust qo‘yadi hamda qadamini sanab, oyog‘ining uchini balanddagi qatnashchining oyog‘iga tekkizadi. Agar balanddagi qatnashchining oyog‘iga pastdagi quvlayotganning oyoq uchi tegsa, quvlash navbati tepadagiga o‘tadi. Agar oyog‘i yetmasa, o‘yin qaytadan boshlanadi.

O‘yin ahamiyati. O‘quvchilarda chaqqonlik, yengil atletikaga tayyorgarlik, o‘zaro inoqlik, bir-biriga xayrixohlik, qaltis vaziyatlarda aniq harakat qilish malakalarini shakllantiradi.

Albatta, bu o‘yinlarni mashg‘ulotlarga qizg‘in tatbiq etish, avvalo, o‘qituvchining mahorati, tayyorgarligiga bog‘liq. Darsdan oldin o‘qituvchi o‘zining darsdagi o‘rnini aniq his qila olishi, tasavvur qilishi kerak. Shu bois, darsga tayyorlanishda u nazariy va amaliy jihatlarga, mashg‘ulotni tashkil qilish uslubiyatiga e’tibor qaratib, bu boradagi muammolarni hal etib olishi darkor.

Bundan tashqari, o‘quvchilarning faoliyatini o‘zaro taqqoslash orqali ularning imkoniyatlariga baho berish o‘qituvchining o‘zi tomonidan ochiq, oshkora emas, balki o‘ziga xos vositalar orqali tashkil etilmog‘i kerak. Chunki amaliy harakatlarni a’lo darajada bajargan o‘quvchilarda boshqalarga nisbatan o‘zini ustun qo‘yish, kuchiga ortiqcha baho berish, manmanlik alomatlari yuzaga chiqadi. O‘qituvchi shu kabi holatlarni oldindan baholashi va jismoniy imkoniyatlari boshqalarnikiga nisbatan ustun o‘quvchilarga odatdagidan ko‘ra nisbatan murakkabroq mashqlarni yuklashi mumkin.

Xalq o‘yinlari vositasida sog‘lom turmush tarzini yaratish samaradorligi amaliy takrorlash jarayonlariga uzviy bog‘liq ekanini unutmaslik lozim. Buni quyidagicha tasvirlasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Xalq o‘yinlari yoki sport mashqlari yuqoridagi kabi takrorlash bosqichlaridan o‘tishi, ulardan ko‘zlangan maqsad va natijalarga erishishda qo‘l keladi.

Xulosa qilib aytganda, o‘quv-tarbiya jarayonida xalq o‘yinlari sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda asosiy omildir. Farg‘ona viloyatida o‘ynaladigan “G‘isht urish”, “To‘xta, sanayman”, “Chiziq bo‘ylab” o‘yinlarini qaysi sinf yoki qaysi voha hamda hudud bo‘lishidan qat’iy nazar, dars va darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga tatbiq etish vositasida o‘quvchilar o‘rtasida chaqqonlik, ahil-inoqlik, matonat va eng muhimi, qat’iyat, o‘ziga ishonchni shakllantiradi.

Adabiyot:

  1. “1001 o‘yin“ Usmonxujayev T. S., Xujayev F. “Meditsina”, 1990-yil.
  2. Usmonxo‘jayev T. “O‘zbek milliy o‘yinlari istiqbolining mezonlari”. “Ma’rifat” gazetasi. 2002-yil, 14-avgust.
Основные термины (генерируются автоматически): здоровый образ жизни.

Ключевые слова

urf-odat, O‘quv-tarbiya, jarayoni jismoniy tarbiya, xalq o‘yinlari, sog‘lom turmush tarzi, vositalar, mashg‘ulotlar

Похожие статьи

Здоровый образ жизни и его влияние на организм...

А как понимать «здоровый образ жизниОбраз жизни — это система взаимоотношений человека с самим собой и с факторами внешней среды. Под здоровым образом жизни (ЗОЖ)...

Особенности формирование здорового образа жизни среди...

Здоровье населения, его сохранение и укрепление, рост продолжительности жизни и сокращение смертности всегда были и остаются в центре внимания социальной политики...

Здоровый образ жизни в детстве — основа счастливого человека

Здоровый образ жизни — это лучший успех каждого. В. В. Путин. Актуальность выбранной темы состоит в том, что формирование здорового образа жизни у дошкольников является...

Пропаганда здорового образа жизни — одно из главных...

Здоровье — бесценное достояние не только каждого человека, но и всего общества. Каждому из нас присуще желание быть сильным и здоровым...

Научные основы здорового образа жизни | Статья в журнале...

Здоровый образ жизни — это жизнь по законам своей конституции. Потеря здоровья представляет собой своеобразную расплату за жизнь вопреки своей конституции.

Социальный феномен «здоровый образ жизни». Физическая...

Здоровый образ жизни междисциплинарная категория охватывающая совокупность разумных способов жизнедеятельности человека. Здоровый образ жизни это не только укрепление и...

Формирование здорового образа жизни населения...

В работе рассматривается значение здорового образа жизни для человека. В работе изучены проблемы состояния здоровья населения Челябинской области...

Ценностное отношение к здоровому образу жизни у детей...

Соблюдение здорового образа жизни очень важно и необходимо, особенно среди детей, поэтому необходимо формировать ценностное отношение к здоровому образу жизни...

Формирование представлений о здоровом образе жизни у детей...

Основы здорового образа жизни у детей дошкольного возраста определяются наличием знаний и представлений об элементах здорового образа жизни (соблюдение режима...

Исследование проблемы формирования здорового образа жизни...

В статье поднимается проблема формирования здорового образа жизни у младших школьников и обосновывается ее актуальность на современном этапе развития школы...

Задать вопрос