Бошланғич синфларда “технология” фанини ўқитиш усул- воситалари | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 января, печатный экземпляр отправим 8 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №51 (289) декабрь 2019 г.

Дата публикации: 19.12.2019

Статья просмотрена: 1299 раз

Библиографическое описание:

Пулатова, М. Н. Бошланғич синфларда “технология” фанини ўқитиш усул- воситалари / М. Н. Пулатова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 51 (289). — С. 515-517. — URL: https://moluch.ru/archive/289/64892/ (дата обращения: 22.12.2024).

Ушбу мақолада бошланғич синф ўқитувчисини “Технология” фанини кичик мактаб ёшидаги ўқувчиларга ўқитишга тайёрлашнинг йўллари ва воситаларини аниқлаш ҳақида сўз юритилади.

Таянч сўзлар: ахлоқий ва интеллектуал таълим, технология, методология, дидактик жараён, метод, педагогик амалиёт, классификациялаш, ўқитиш методлари, ижодкорлик, аналогия, инверсия, эвристик мажмуа, назорат саволлари, фокал объектлар, визуал метод, муаммоли маърузалар, тадбиркорлик ўйинлари, моделлаштириш, тузилмавий-мантиқий схема.

В статье речь идет об определении путей и средств подготовки учителей начальных классов к преподаванию дисциплины «Технология» учащимся младшего школьного возраста.

Ключевые слова: этическое и интеллектуальное образование, технология, методология, дидактический процесс, метод, педагогическая практика, классификация, методы обучения, творчество, аналогия, инверсия, эвристический комплекс, контрольные вопросы, фокальные объекты, метод визуализации, проблемная лекция, деловые игры, моделирование, структурно-логическая схема.

The article deals with the determination of the ways and means of training primary school teachers to teach the “Technology” discipline to students of primary school age.

Key words: ethical and intellectual education, technology, methodology, didactic process, method, teaching practice, classification, teaching methods, creativity, analogy, inversion, heuristic complex, control questions, focal objects, visualization method, problem lecture, business games, modeling, structural and logical scheme.

Yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlash, shaxsni axloqiy va intellektual shakllantirish butun jamiyatning, xususan, ta’lim tizimining eng asosiy vazifalaridan biridir. P. Podlasiy ta’kidlaganidek, “O‘qitishning barcha sabablarini tahlil qilish imkonini beruvchi ilmiy nazariya hozircha yo‘q, shu bilan birga, didaktik jarayonlarning borishiga kompleks ta’sir qiluvchi barcha sabablarning bir-biriga zid bo‘lmagan manzarasini yaratishga sekin-asta, qadam-baqadam yaqinlashishdan boshqa yo‘l ham yo‘q” [1]. I. P. Podlasiy didaktik omil tushunchasini didaktik jarayonning samaradorligi tushunchasi bilan bog‘laydi. Bunda samaradorlikni o‘qitilganlikning o‘zgarishi (o‘sishi) bilan tavsiflaydi va didaktik jarayonning samarali ta’sir qiluvchi to‘rtta bosh omilini ajratib ko‘rsatadi: tashkiliypedagogik, o‘quv materiali, o‘quvchilar ta’limi va vaqt. U o‘tkazgan eksperimentlar shuni ko‘rsatdiki, omillar o‘qitishning oxirgi samarasini shakllantirishga har xil hissa qo‘shgan. Normal o‘qitish sharoitida tashkiliypedagogik ta’sir eng ko‘p ahamiyatga ega bo‘lib, u 32 %ni tashkil etadi, ahamiyati bo‘yicha 28 %, o‘quv materiali 25 %ni tashkil etadi [2]. Ko‘rib turganimizdek, o‘qitish jarayonining samaradorligi ko‘proq o‘qituvchilar faoliyati, o‘quv jarayonini tashkil qilishning sifat darajalari, pedagogik mehnat shart-sharoitlarini tavsiflovchi samaradorlik sabablarining katta guruhini birlashtiruvchi “tashkiliy-pedagogik ta’sir” omili bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham biz, avvalo, bu guruhning asosiy omillarini tahlil qilamiz: o‘qitish metodlari, tashkiliy metodlar, o‘quv vaziyatlari (o‘quv materialini tayyor holda uzatish, o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, erkin mustaqil o‘rganish) va o‘qitish vositalari. Ma’lumki, o‘qitish metodlari pedagogik amaliyotda o‘qitishning konkret modellarini amalga oshirish vositalari hamda texnologik va pedagogik jarayonning asosiy qurilmasi hisoblanadi. M. I. Maxmutov o‘qitish metodlarining quyidagi vazifalarini ko‘rsatdi: o‘qitish metodlari barcha darajalarda o‘zaro ta’sir tizimining yetakchi bo‘g‘inlarini ajratib ko‘rsatadi (o‘quvchi — o‘quvchi, o‘qituvchi — o‘quvchilar guruhi va shu kabilar); o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil qilish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi; o‘qituvchi faoliyati uslublarining tizimini aniqlab beradi; o‘quvchilarning o‘quv faoliyati usullari tizimini shakllantiradi; o‘quvchilar jamoasiga va alohida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir vositasi hisoblanadi. O‘qitish metodlarini takomillashtirish muammosi ko‘pgina olimlarning tadqiqotlarida o‘rganilgan. O‘qitish metodlarining metodologik asoslarini rivojlantirishga A. N. Aleksyuk, V. I. Zagvyazinskiy, M. I. Maxmutov, M. M. Levina, B. G. Shapovalenko va boshqalarning ishlari jiddiy hissa bo‘lib qo‘shilgan. Optimal o‘qitish metodlarini tanlash metodikasi Y. K. Babanskiy, L. V. Zankov, L. I. Maxmutov, B. G. Shapovalenko va boshqalarning ishlarida ochib berilgan, o‘qitishning rivojlantiruvchi ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan muammoli-izlanish metodlari M. I. Maxmutov, I. Y. Lerner, A. M. Matyushkin tomonidan ochib berilgan. O‘qitishda nazariy metodlarning rolini oshirish imkoniyatlari L. V. Zankov tomonidan, evristik metodlar A. V. Xutorskiy, mustaqil o‘quv faoliyati metodlarining roli va ahamiyati P. I. Pidkasistiy tomonidan o‘rganilgan. Y. K. Babanskiy ta’kidlaganidek, “Bu sohadagi ilmiy tadqiqotlar ko‘plab yangi metodik topilmalar va usullar tug‘iladigan, uzoq vaqt davomida tekshiriladigan ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasini umumlashtirish va birlashtirish o‘qitish metodlarini boshqalardan ajralib turadigan xususiyati hisoblanadi” [3]. B. N. Lisenkova, V. F. Shatalov, B. D. Shevchenko va boshqalarning ish amaliyotida tayanch konspektlardan foydalanishni misol qilib keltirish mumkin. O‘qitish metodi turli jihatlarga ega bo‘lgan ko‘p o‘lchovli ta’limdir. Metodlarning turli umumiy belgilariga asosan klassifikatsiyalanishi ham aynan shu bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda bu masala bo‘yicha yagona nuqtayi nazar yo‘q. Metodlarni bilim olish manbayi bo‘yicha klassifikatsiyalash keng tarqalgan. Bunday manbalar uchta: so‘z, amaliyot, ko‘rgazmalilik. Keyingi yillarda ularga yana ikkita manba qo‘shildi: kitob, video va kompyuter tizimlari. Ushbu klassifikatsiyada beshta metod ajratib ko‘rsatiladi: amaliy, ko‘rgazmali, og‘zaki, kitob bilan ishlash, videometod. Bu metodlarning har biri o‘z modifikatsiyasiga ega. Keyingi ishlab chiqilgan metodlarni klassifikatsiyalash I. Y. Lerner va M. N. Skatkinlar tomonidan taklif qilingan bo‘lib, bilish faoliyatining tipi (xarakteri) asos qilib olingan. Bilish faoliyatining tipi o‘qituvchi taklif qilgan o‘qitish sxemasi bo‘yicha ishlab erishadigan mustaqil bilish faoliyatining darajasi. Bu klassifikatsiyada quyidagi metodlar ajratib ko‘rsatiladi: tushuntirish-illyustrativ (ma’lumotli-retseptiv), reproduktiv, muammoli bayon qilish, qisman izlanish (evristik), tadqiqotchilik. O‘qitish metodlarini klassifikatsiyalashga boshqacha yondashuvlar ham mavjud. Y. K. Babanskiyning o‘qitish jarayoniga yaxlit yondashish asosidagi klassifikatsiyasi uchta guruh metodlarini o‘z ichiga oladi: o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodi; rag‘batlantirish va motivatsiya metodlari; o‘qitishda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish. O‘qitish muvaffaqiyati ko‘p hollarda o‘qitish metodini to‘g‘ri tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Y. K. Babanskiy o‘quvchilarning ta’lim olganligi, tarbiyalanganligi va rivojlanganligida erishilgan natijalar o‘qitishning tegishli bosqichida, o‘quvchilarning o‘quv imkoniyatlarini hisobga olgan holda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga mos kelishi o‘qitish metodlari samaradorligining universal mezoni bo‘lishi kerak deb ta’kidlaydi [4]. O‘qitish metodlarini tanlash mezonlari Y. K. Babanskiy, J. V. Zankov, I. P. Podlasiy, I. T. Ogorodnikov va boshqalarning ishlarida aniqlangan. Ushbu masalaga oid adabiyotlarni tahlil qilish asosida o‘qitish metodlarini optimal tanlashning asosiy mezonlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: metodlarning o‘qitilish maqsadlariga va vazifalariga mosligi; fan, xususan, mavzuning mazmuniga mos kelishi; metodlarning o‘qituvchi va o‘quvchilarning imkoniyatlariga mosligi; o‘qitishga ajratiladigan vaqtni hisobga olish; Shuningdek, o`quvchilarni “Texnologiya” bo‘yicha kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini o‘qitishga tayyorlashda metod tanlash o‘qitish motivatsiyasining darajasi, ta’lim mazmuni hajmi, o`quvchilarning tayyorgarlik darajasi, faolligi va qiziqishlari, o‘quv jarayonini amalga oshirishning moddiytexnik va tashkiliy sharoitlarini hisobga olishni taqozo qiladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining “Texnologiya” fanidagi o‘qitishning og‘zaki metodlari: ma’ruza, muammoli ma’ruza, suhbat, diskussiyadan foydalanish maqsadga muvofiq, deb topildi. O‘quv materialining katta hajmga ega ekanligini, uni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, kursga ajratilgan soat miqdorining cheklanganligi, kursning maqsad va vazifalari (“Texnologiya” dasturining mazmuni va amalga oshirish metodikasi bilan tanishtirish) hamda o‘quv jarayonining moddiy-texnik ta’minotini hisobga olib, o‘qitish natijalariga erishishda ma’ruza optimal metod deb tanlandi. Nazarimizda, og‘zaki metodni ko‘rgazmali metodlar bilan birlashtirish yaxshi natija beradi. “Ko‘rgazmalilik idrok etish yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega. Ko‘rgazmali vositalarning o‘zi emas, balki ularni nutq va amaliy faoliyat bilan birlashtirib olib borish eslab qolish uchun yuqori samara beradi”. Ko‘rgazmali metodlar guruhida illyustratsiya, jadval va sxemalardan foydalanish mumkin. O`quvchilarning e’tiborini butun ma’ruza davomida tutib turish maqsadida quyidagi usullardan foydalanildi: ma’ruza boshlangunga qadar va ma’ruza o‘qish davomida muammoli masalalarni qo‘yish, misollar va illyustratsiyalardan foydalanish, o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha xulosalarni umumlashtirishga jalb qilish. Ma’ruzalarning mazmunini anglash va eslab qolish uchun o`quvchilardan tahlil qilish malakalarini talab qiluvchi maxsus topshiriqlar tanlab olindi. Ma’ruza vaqtida o‘qituvchi o`quvchilarga mehnat fani an’anaviy dasturining hamda T. M. Geronimusning “Школа мастеров” (Ustalar maktabi) va N. M. Konishevaning “Badiiy mehnat” («Xудожественный труд») muqobil dasturlarining asosiy vazifalarini eslashni va ularni 1–4- sinflarda “Texnologiya” fani dasturining vazifalari bilan solishtirishni taklif qilishi mumkin. Ma’ruzalardan foydalanishning mohiyati pedagog o‘quv materialini o`quvchilar, asosan, eshitish kanali (quloq-miya) orqali idrok etadigan qilib taqdim qilishidan iborat. Bundan tashqari, ko‘rish analizatorining (ko‘z-miya) o‘tkazuvchanlik qobiliyati eshitish kanalinikidan (quloq-miya) 100 marta yuqori. Bu nafaqat fanda isbot qilingan, balki xalq maqollarida ham o‘z aksini topgan. “Yuz marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan yaxshi”. O`quvchi tinglangan ma’ruzaning tuzilmaviy-mantiqiy sxemasini, materialning ma’nosini anglash, mavzuning asosiy g‘oyasini ajratib olish imkoniga ega bo‘ladi.

Адабиёт:

  1. Подласый И. П. Педагогика. — Москва: ВЛАДОС, 1999. — С. 334.
  2. Лернер И. Я. Проблемное обучение. — Москва: Знание, 1974. — C. 12–15.
  3. Махмутов М. И. Проблемное обучение. — Москва: Педагогика, 1975. — С. 292–334.
Основные термины (генерируются автоматически): Москва, Проблемное обучение.

Ключевые слова

методология, технология, метод, аналогия, инверсия, ахлоқий ва интеллектуал таълим, дидактик жараён, педагогик амалиёт, классификациялаш, ўқитиш методлари, ижодкорлик, эвристик мажмуа, назорат саволлари, фокал объектлар, визуал метод, муаммоли маърузалар, тадбиркорлик ўйинлари, моделлаштириш, тузилмавий-мантиқий схема

Похожие статьи

Жисмоний тарбия ўқитувчиларини касбий фаолиятга тайёрлашнинг методологик асослари

Мазкур мақолада бўлажак жисмоний тарбия ўқитувчиларини касбий фаолиятга тайёрлашнинг параметрларини такомиллаштириш борасида асосли фикрлар келтирилган бўлиб, унда бугунги куннинг жисмоний тарбия ўқитувчисини тайёрлаш юзасидан бажарилиши лозим бўлган...

Компаратив фразеологик бирликлар ва таржима

Ушбу мақолада турли халқларнинг тафаккур йуналиши, ҳаёт тажрибасининг асосан уйғунлиги, уларнинг турли-туман хулк-атвор ва ҳислат-хусусиятларга нисбатан муносабатларинииг аксарият ҳолларда ўхшашлиги турли тиллардаги кўпчилик компаратив фразеологик би...

Нутқ таълимоти, унинг аҳамияти ва вазифалари

Мазкур мақолада нутқ таълимоти, унинг аҳамияти ва вазифалари ҳақида, нотиққа хос ижобий хусусиятлар, нотиқ нутқининг яхши, гўзал бўлиши, нотиқлик санъатини ўрганишда ортология таълимоти, ифодали ўқишда сўз тузулиши қоидалари, граматика, фонетика, сти...

Замонавий таълимда физика-технологияни ўқитиш усуллари

Ушбу мақолада мактаб ўқувчиларининг физика фанидан замонавий таълим олишлари учун ва шу орқали олган билимларини ҳайотдга тадқик кила олиш масаласи кўрсатилган. Ўқувчиларнинг назарий ва амалий муўомуоларини ечиш учун оддий усуллар кўрсатилган. Шунинг...

Arduino платформасида робототехника элементлари

Мақолада Uno Arduino платформаси хақида маълумот ва у ёрдамида ўқувчилар, талабалар, ёшлар ҳамда мутахасислар мустақил равишда электрон қурилмалар ва робортлар яратиш имкони юзага келгани ҳақида фикрлар баён этилган. Шу билан бирга Arduino UNO платфо...

Янги сўз ҳосил бўлишининг лексикографик аспекти (француз луғати мисолида)

Ушбу мақолада француз тили луғатитинг янги нашри борасида фикр юритилади. Луғатнинг экология, иқтисодий дунёнинг ўзгариши, янги психологик ва социологик муаммолар, рақамли ва технологик ўзгаришлар, замонавий ташвишлар ва франкофония сўзлари каби мавз...

Физикадан лаборатория машғулотларини бажаришда инновацион ёндошувларнинг ўрни

Мақолада таълим жараёнининг «инновацион» лиги талабаларни нафақат ижтимоий–касбий билимлар билан таъминлаши билан бирга касбига хос сифатлар шаклланишига ҳам ёрдам бериши асослаб берилган. Шунингдек, таълим сифати фақат технологияга боғлиқ бўлиб қолм...

Лалмикор майдонларда нўхатнинг эртапишар ва ҳосилдор нав ва намуналарини танлаш

Мазкур мақолада лалмикор майдонларда етиштирилаётган нўхат экинининг эртапишарлик ва ҳосилдорлик кўрсатгичлари юқори бўлган нав ва намуналарини селекция усули ёрдамида танлаш ишлари олиб борилганлиги тўғрисида маълумотлар келтириб ўтилган.

Француз ва ўзбек тилларида эгалик категорияси ифодаланишининг ўзига хос хусусиятлари

Глобализация ва интеграциялашув натижасида турли тилларни қиёсий-чоғиштирма ўрганиш долзарб ҳисобланмоқда. Грамматика кўп ҳолларда кузатувдан четда қолаётган бўлса-да, тилларни ўқитиш ва ўрганишда муҳим аҳамиятга эга. Айниқса, турли тизимли тилларнин...

Н. Дәўқаревтың илимий мийраслары

Шубҳасиз, фолклор ан’аналари миллий ма’навиятимизнинг бир бўлаги бўлиб, комил шахсни тарбиялашга хизмат қилади. Бунинг сабаби шундаки, қорақалпоқларнинг бой оғзаки ижоди ўзининг ранг-баранг жанр ва ан’аналари билан жаҳон халқ оғзаки ижодида муҳим ўри...

Задать вопрос