О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 15 августа, печатный экземпляр отправим 2 сентября.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №51 (289) декабрь 2019 г.

Дата публикации: 19.12.2019

Статья просмотрена: 58 раз

Библиографическое описание:

Носирова, С. М. О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari / С. М. Носирова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 51 (289). — С. 513-515. — URL: https://moluch.ru/archive/289/64890/ (дата обращения: 06.08.2020).



Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakompetentligini rivojlantirish orqali yuqorida berilgan muammolarni yechish yо‘llari haqida fikrlar berilgan.

Tayanch sо‘zlar: mediata’lim, mediakompetentlik, media, internet, texnologiya, tafakkur, ijtimoiy tarmoqlar.

В статье рассматриваются проблемы негативного воздействия средств массовой информации на современных школьников, а также приводятся мнения по решению вышеуказанных проблем путем развития медиа компетентности школьников.

Ключевые слова: медиаобразование, медиакомпетентность, медиа, интернет, технология, мышление, социальные сети.

This article discusses the negative impact of the media on today's students, as well as provides the opinion that the situation can be changed through the development of media competence of students.

Key words: media education, media competence, media, Internet, technology, thinking, social networks.

Ma’lumki, ta’lim jamiyat rivojlanishida muhim rol о‘ynaydi. Qanday sohada bо‘lmasin, yuqori bilimga ega mutaxassislar ilmiy-tadqiqot ishlanmalari bilan shug‘ullanish, yangi mahsulot turlarini yaratish va texnologiyalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bо‘ladilar. Jahondagi globallashuv jarayonlari va kompaniyalar о‘rtasidagi mavjud chuqur raqobat muhiti mutaxassislarni ham favqulodda shunga tayyor bо‘lishlarini talab etadi. Ular nafaqat о‘z g‘oyalarini rivojlantirish va yaratilgan nazariy modellarini amalda joriy etish uchun qulay sharoitlarni ta’minlaydilar, shu bilan birga, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi uchun ham muhim intellektual omil hisoblanadi. Kо‘plab nashrlar, ommaviy axborot vositalari, axborotkommunikatsion texnologiyalari media deb ataluvchi barcha narsalarni haddan tashqari ko’p ishlatish, aksariyat hollarda, zamonaviy maktab о‘quvchilarining ruhiy va jismoniy sog‘lig‘iga salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda. Psixologlarning ta’kidlashicha, keng tarqalib kelayotgan mediatexnologiyalar foydali emas va sezilarli darajada xatarlarga tо‘la. Aksariyat tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, kompyuter о‘yinlari, о‘yinli kо‘ngilochar dasturlar, ommaviy axborot vositalarining ta’siri ostida maktab о‘quvchilarining qisqa muddatli tafakkuri shakllanadi [1]. Masalan, energetik ichimliklar reklamasini olaylik. Gо‘yoki, ushbu ichimliklar kuchquvvat bag‘ishlovchi effektga ega deb reklama qilinadi. Butun dunyoda ushbu ichimlikni iste’mol qiluvchilarning aksariyatini о‘smir yoshlar tashkil qilar ekan. Mana shu reklama ta’sirida, asosan, о‘smir yoshlar, hali organizmi tо‘la shakllanib ulgurmasdan, bu ichimliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilishini va oqibatda uning zararidan nobud bо‘lganlarini ham kuzatish mumkin [2]. Media olamida turli xil internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali borgan sari targ‘ib etilayotgan milliy an’analarga va urf-odatlarimizga hamda axloq normalariga, umuman, tо‘g‘ri kelmaydigan film va kliplar yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir kо‘rsatib, oila degan muqaddas tushunchalarning parchalanishiga sabab bо‘lmoqda. Buning oqibatida tanqidiy ong darajasi pasayadi, moddiy-axloqiy qiymat tizimida atrof olamni qabul qilish, shuningdek, ma’lumotlarni analiz va sintez qilish qobiliyatida о‘zgarishlar yuz beradi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, qisqa muddatli tafakkur asosida atrofdagi olam tarqoq dalillar mozaikasiga aylanadi. Bu holatga maktab о‘quvchilarining hissiy doirasi о‘rganib qoladi, dalillar kaleydoskop singari birin-ketin almashadi va maktab о‘quvchilariga muntazam ravishda yangi taassurotlar kerak bо‘ladi. Bunday tezkor jarayonda maktab о‘quvchilarining hissiy sohasining sezgirligi pasaya boshlaydi. Qisqa muddatli tafakkur egasi faqat ma’lum uzunlikdagi ma’nolarda ishlaydi va ixtiyoriy murakkab semiotik tuzilmalar bilan ishlay olmaydi. Tashqi tomondan bu maktab о‘quvchilarining uzoq vaqt davomida har qanday ma’lumotga e’tiborini qarata olmasligi va uning tahlil qilish qobiliyati pasayganligida namoyon bо‘ladi. Qisqa muddatli tafakkur kompyuter vositalari va ommaviy axborot vositalari orqali uzoq muddat davomida mozaika va tayyor shakldagi past saviyali yuzaki ma’lumotni is’temol qilish orqali ishlab chiqariladi. Qisqa muddatli tafakkur, kо‘pincha, daqiqali hislar tafakkuri deb ataladi. Bolaga ma’lum bir vaziyatni anglashi uchun 2–3 daqiqa beriladi va shu zahoti barchasini unitish kerak bо‘ladi, chunki yangi ma’lumotlar oqimi boshlanadi. Qisqa muddatli tafakkurda hissiyot va mas’uliyat hislarining zaiflashuvi sodir bо‘ladi. Tafakkurning bu kо‘rinishi bolaning tо‘laqonli rivojlanishiga xalaqit beradi va uning shaxsiyati tubdan buzilishiga olib keladi. Bunday sharoitda mediakompetentlikni rivojlantirish, uning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda shakllantirish hamda pedagogik sharoitlarini aniqlash kerak. Hozirda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda о‘quvchi yoshlarning axborot texnologiyalari borasidagi bilimlarini takomillashtirish orqali mediakompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish yо‘nalishlarini belgilash lozim. L. S. Vigotskiy bolalarning ilk 2 yilini nutqqacha rivojlanish bosqichi sifatida xarakterlaydi. Ikki yoshdan sо‘ng tafakkur va nutq yо‘nalishlari hamkorlikda rivojlana boshlaydi va bu jarayonning sinergiyasi kuzatiladi. A. A. Nemirech, O. V.Barsukova va boshqa qator psixologlarning kо‘p yillik tadqiqotlari kо‘rsatishicha, ommaviy axborot vositalari, kompyuter о‘yinlari va kо‘ngil ochar dasturlarini faol is’temol qilish holati kattalar tomonidan nazoratga olinmaydi va ta’lim-tarbiya standartlari talablariga javob bermaydi. Bu esa maktab о‘quvchilari psixik rivojlanishining normal kechishiga halaqit beradi. Oqibatda, nutqiy tafakkur о‘z о‘rnida rivojlanmaydi, chunki, ommaviy kо‘rsatuvlarni kо‘rish va kompyuter о‘yinlarini о‘ynash jarayonida maktab о‘quvchilari ichki va tashqi nutqdan foydalanmaydilar. Demak, ijtimoiy tarmoqlarga murojaat etayotgan о‘smirlarga, eng avvalo, yoshlarga internetdan foydalanish madaniyatini (mediamadaniyatini) о‘rgatish kerak. Maktab о‘quvchilarini zamonaviy axborot vositalari yordamida savodli muloqot qilish, muhim va qimmatli ma’lumotlarni ajratish malakalariga о‘rgatish zarurati paydo bо‘ladi. Afsuski, mamlakatimizda maktab о‘quvchilarining mediasavodxonligiga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Shu bois mediata’limning joriy etilishi alohida dolzarb ahamiyatga ega. Mediata’lim xalqimizning urf-odatlariga, milliy qadriyatlariga tayangan holda, umuminsoniy qadr-qimmatlarga asoslanib tashkil etilishi kerak. Mediata’lim yoshlarimizni zamonaviy OAV bilan xavfsiz va samarali muloqot qilishga tayyorlaydi, ularda mediaogohlikni, mediasavodxonlikni, mediamadaniyatni va mediakompetentlikni shakllantiradi. Media bolalarimizni tarbiyalashda, ta’lim berish va madaniy rivojlantirishda katta о‘rin egallaydi, shuningdek, jamoatchilik fikrini shakllantirishda va boshqaruv jarayonlarida faol ishtirok etadi. Zamonaviy maktab о‘quvchilari, odatda, kattalardan ko’proq ommaviy axborot vositalari va kompyuter uskunalaridan foydalanishda ustunliklarga ega bо‘ladilar, media innovasiyalarni о‘zlashtiradilar, media tajriba va qat’iy media tanlovlariga egalar [5]. Zamonaviy maktab ta’lim muassasalariga ommaviy axborot vositalari, interaktiv texnologiyalar, masofaviy ta’lim shakli va ta’lim olish, elektron san’atlar tezkor ravishda kirib bormoqda. Maktab о‘quvchilari doimo о‘sib borayotgan axborot oqimlariga duch keladilar va о‘zlarining qidiruv malakalarini namoyish qilish, olingan ma’lumotlarni mustaqil ravishda tanqidiy baholash jarayonida katta qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. Bunday sharoitda mutaxassislar tayyorlashda medianing roli ancha ortadi. Bu о‘z navbatida о‘qituvchidan yuksak eruditsiya, ulkan ijodiy, ilmiy salohiyat va tashabbuskorlikni talab qiladi, chunki uchinchi ming yillikda mehnat bozori kuchli raqobat va iqtisodiy ehtiyoj muhiti sharoitida kadrlar tanlashga alohida e’tibor berib, ularni jiddiy saralamoqda. Shuning uchun maktab о‘quvchilarini mediasavodxonlikka о‘qitish davlatimiz ta’lim siyosatida ustuvor yо‘nalish bо‘lishi kerak. Axir, millatimizning kelajagi, aynan, zamonaviy maktab о‘quvchilarining mediasavodxonligiga bog‘liq bо‘ladi.

Adabiyot:

  1. Челышева И. В. Медиаобразование для родителей: освоение семейной медиаграмотности. Таганрог: ТТИ ЮФУ, 2008. — С 184.
  2. Babadjonov S. S. Yosh avlodni voyaga yetkazishda axborot texnologiyalari va mediakompetentlikning roli.// Xalq ta’limi. — Toshkent, 2016. № 6. — B 126.
  3. Выготский Л. С. Мышление и речь. — Москва: Астрель, 2011. — С. 384.
  4. Челышева И. В. Медиаобразование для родителей: освоение семейной медиаграмотности. — Таганрог: Изд-во ТТИ ЮФУ, 2008. — С. 184.
Основные термины (генерируются автоматически): OAV, Таганрог.


Ключевые слова

internet, mediata’lim, mediakompetentlik, media, texnologiya, tafakkur, ijtimoiy tarmoqlar

Похожие статьи

Оценка туристской привлекательности г. Таганрога его жителями...

Под туристской привлекательностью территории обыкновенно понимается определённая совокупность её визуальных, вербальных и эмоциональных характеристик...

Повседневность населения Таганрога на страницах местной...

Повседневность, которая в последнее время по праву вышла на арену исторического познания, имеет не только теоретические, но и практические аспекты.

Социальное самочувствие молодёжи (на примере студентов...)

Для оценки последнего приводятся результаты опроса, проведённого среди студентов профессиональных образовательных учреждений города Таганрога.

Педагогические условия взаимодействия вуза с учреждениями...

Данная статья посвящена рассмотрению педагогических условий организации взаимодействия вуза с учреждениями социально-культурной сферы (на примере МБУК «Дворец молодежи» г...

Кяхтинское градоначальство и А.И. Деспот-Зенович

До середины XIX в. в Российской Империи градоначальства учреждали в крупных портовых городах: Феодосии, Одессе, Таганроге, Керч-Еникале.

Стратегия развития образовательного учреждения

В статье рассматривается стратегия развития образовательного учреждения, как основная составляющая ее деятельности. Раскрывающая факторы влияющие на разработку стратегии...

Похожие статьи

Оценка туристской привлекательности г. Таганрога его жителями...

Под туристской привлекательностью территории обыкновенно понимается определённая совокупность её визуальных, вербальных и эмоциональных характеристик...

Повседневность населения Таганрога на страницах местной...

Повседневность, которая в последнее время по праву вышла на арену исторического познания, имеет не только теоретические, но и практические аспекты.

Социальное самочувствие молодёжи (на примере студентов...)

Для оценки последнего приводятся результаты опроса, проведённого среди студентов профессиональных образовательных учреждений города Таганрога.

Педагогические условия взаимодействия вуза с учреждениями...

Данная статья посвящена рассмотрению педагогических условий организации взаимодействия вуза с учреждениями социально-культурной сферы (на примере МБУК «Дворец молодежи» г...

Кяхтинское градоначальство и А.И. Деспот-Зенович

До середины XIX в. в Российской Империи градоначальства учреждали в крупных портовых городах: Феодосии, Одессе, Таганроге, Керч-Еникале.

Стратегия развития образовательного учреждения

В статье рассматривается стратегия развития образовательного учреждения, как основная составляющая ее деятельности. Раскрывающая факторы влияющие на разработку стратегии...

Задать вопрос