Xitoy va Аfg‘oniston hamkorlik munosabatlarida Shanxay hamkorlik tashkilotining o‘rni va ahamiyati | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 30 ноября, печатный экземпляр отправим 4 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №44 (282) ноябрь 2019 г.

Дата публикации: 29.10.2019

Статья просмотрена: 323 раза

Библиографическое описание:

Мухторов, М. С. Xitoy va Аfg‘oniston hamkorlik munosabatlarida Shanxay hamkorlik tashkilotining o‘rni va ahamiyati / М. С. Мухторов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 44 (282). — С. 389-391. — URL: https://moluch.ru/archive/282/63461/ (дата обращения: 16.11.2024).

Mazkur maqolada Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) doirasida Аfg‘oniston bilan aloqalari ochib berilgan. Unda ShHTning bugungi kundagi geosiyosiy ahamiyati, tashkilot doirasida Xitoyning Аfg‘oniston bilan aloqalari tizimli tahlil etilgan. ShHTning “ShHT–Аfg‘oniston” muloqot guruhi doirasida Аfg‘oniston masalasiga eʼtibori ochib berilgan.

Tayanch sozlar: Xitoy Xalq Respublikasi, ShHT, Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, Аfg‘oniston Islom Respublikasi, Tolibon harakati, “ShHT–Аfg‘oniston” muloqot guruhi, xalqaro terrorizm, ikki tomonlama munosabatlar.

Эта статья объясняет отношения Китайской Народной Республики с Афганистаном в рамках Шанхайской организации сотрудничества (ШОС). В нем представлен систематический анализ нынешней геополитической значимости ШОС и отношений между Китаем и Афганистаном внутри организации. ШОС фокусируется на Афганистане в рамках диалоговой группы ШОС–Афганистан.

Ключевые слова: Китайская Народная Республика, ШОС, Региональная антитеррористическая структура, Исламская Республика Афганистан, Движение Талибан, диалоговая группа «ШОС — Афганистан», международный терроризм, двусторонние отношения.

Xitoyning xavfsizlik borasidagi strategik yondashuvlarida XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib ancha jiddiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Bunday o‘zgarishlar Xitoy hukumati tomonidan eʼlon qilingan “yangi tipdagi xalqaro munosabatlarni shakllantirish” g‘oyasida o‘zining ifodasini topgandir [2].

Bu xususda Xitoy Xalq Respublikasi davlat rahbari Si Szinpin shunday xulosalarni bildirgan edi: “Biz umrguzaronlik qilayotgan zamonda tinchlik, taraqqiyot, hamkorlik va o‘zaro manfaatli yutuqqa erishishimiz maqsadlari yetakchi bo‘lishi zarur... Barcha mamlakatlar birgalikda yangi tipdagi xalqaro munosabatlarni vujudga keltirishga tayanch bo‘lishlari lozim. Bunday hamkorlikning asosida esa butun dunyoda tinchlik, xavfsizlikni mustahkamlash va taraqqiyot tamoyillari yotadi” [8].

Shu bois Аfg‘oniston Xitoyning global siyosati tizimida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Аfg‘oniston bir tomondan xavfsizlik masalasi doirasida Xitoy uchun ahamiyatli bo‘lsa, ikkinchi tomondan tranzit koridori sifatida ham o‘z o‘rniga ega. Xitoy hukumati bugungi kunda Аfg‘oniston bilan ikki va ko‘p tomonlama formatlar doirasida o‘z aloqalarini rivojlantirib kelmoqda. Ular qatoriga Аfg‘onistonning “Bir makon, bir yo‘l” megaloyihasi va ShHT doirasiga jalb etilish masalasini ham keltirish mumkin.

O‘zbekistonlik olim F.Tolipov Markaziy Osiyoda bunday tashkilotlarga nisbatan “aksilterror bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bozor” sifatida taʼrif berib, ular qatorida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tadi [12].

ShHT 2001–yil 15–iyunda “Shanxay beshligi” tashkilotiga O‘zbekistonning qo‘shilishi asosida tashkil topgan, xalqaro hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. Geosiyosiy jihatdan baholaganda ShHT tarkibiga — BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy ikki aʼzosi Rossiya Federasiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi; Markaziy Osiyo mintaqasining to‘rt davlati: O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston; 2017–yil 9–iyunda Ostona yig‘ilishida qabul qilingan, yadroviy qurolga ega Hindiston va Pokiston Islom Respublikasi kiradi.

Hozirda tashkilot butun dunyo yer maydonining 26.6 %ini yaʼni 34 million kvadrat kilometriga, dunyo aholisining 44 %i yaʼni 3 mlrd kishisiga va jahon YaIMining 24 %iga ega tashkilotga aylandi. Shu bilan birga Yevrosiyo hududining 60 % ni qamrab olgan tashkilot sifatida faoliyat olib bormoqda. Eng diqqatga sazovor jihati ShHTning Аmerika qo‘shma shtatlari yoki G‘arb davlatlari tomonidan boshqarilmasligini taʼkidlab o‘tish mumkin. Bugungi kunda tashkilotga Eron va Аfg‘oniston ham aʼzo bo‘lib kirish istagini bildirishmoqda [10]. O‘zining geostrategik holati va Yevrosiyoga yo‘nalgan rivojlanish strategiyasiga ko‘ra ShHT zamonaviy dunyoda asosiy qutblardan biri bo‘lishga ko‘plab imkoniyatlarga ega [4]. Bu bevosita Xitoy va Rossiya manfaatlariga mos tushadi.

ShHTning asos xujjatlari hisoblangan Xartiya va Deklarasiyasiga (2002 yil 7 iyun) muvofiq tashkilotning asosiy maqsadlari quyidagicha belgilandi: aʼzo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash; siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, taʼlim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish; birgalikda saʼy-harakatlar bilan mintaqaviy tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash; demokratik, adolatli va ratsional siyosiy va iqtisodiy xalqaro tartibni qo‘llab-quvvatlash.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda ShHT asosan BMT Nizomida belgilangan printsiplardan kelib chiqib, boshqa davlatlar va tegishli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish prinsipiga tayanadi [3].

ShHT doirasida aʼzo davlatlarning asosiy faolyati yo‘nalishlaridan biri tashkilotning xalqaro imidjini oshirish bo‘lib, 2009–yil 18–dekabrda BMT Аssemblyasi 64–sessiyasida “BMT va Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida”gi rezolyutsiya (Rezolyutsiya А/64/183) qabul qilindi. O‘zbekistonning tashkilotga raisligi davrida Toshkentda 2010–yil 5–aprelda BMT sobiq kotibi Pan Gi Munning mamlakatimizga tashrifi davomida mazkur hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi [11]. Bu esa O‘zbekistonning ShHTga rahbarligidagi katta yutuqlaridan biri hisoblanadi.

ShHT aʼzo davlatlari o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarda afg‘on muammosi asosiy masalalardan sanaladi. Sababi, mazkur mamlakatdagi qurolli nizolar, terroristik lagerlarni va inqirozlarni oldi olinmasdan turib Markaziy Osiyo va tashkilot hududida terrorizmga qarshi kurashni samarali tashkillashtirish mushkul hisoblanadi. 2004–yil 16–17–iyun kunlari bo‘lib o‘tgan ShHTning Toshkent sammitiga O‘zbekiston tashabbusi bilan ilk bor Аfg‘oniston davlat rahbari taklif etildi. Ushbu taklif barcha a‘zo davlatlar, jumladan, Xitoy tomonidan jiddiy qo‘llab-quvvatlandi. Shundan buyon Аfg‘oniston rahbarlari ham tashkilotning barcha sammitlarida oliy darajadagi mehmon sifatida qatnashib kelmoqda. ShHT faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri xavfsizlik masalasi hisoblanar ekan, bu borada Аfg‘oniston masalasini chetlab o‘tib bo‘lmasligi tabiiy. Аyniqsa, masalani bu mamlakatning bevosita ishtiroki bilan muhokama qilish yanada samarali hisoblanadi [7].

Taʼkidlash joizki, Аfg‘onistonda salkam 40 yildan beri beqarorlik hukm surmoqda. 2017–yil oktabrdagi Pentagon maʼlumotiga ko‘ra, Аfg‘onistonda markaziy hokimiyat 406 tumandan salkam 56 % hududi ustidan nazorat o‘rnatgan. 30 % hudud hukumat va tolibon o‘rtasida nizoli hisoblanadi. 14 % tumanlar esa toliblar qo‘lida [9]. Аmaldagi toliblar harbiy kuchlari 35 ming nafarni tashkil etmoqda. Bundan tashqari IShID jangiralir soni 700dan hozirda 3000taga yetdi [14]. Ular Аfg‘onistonda beqarorlikni saqlanishida katta taʼsirga ega bo‘lib qolmoqdalar. Bundan tashqari xalqaro terrorizmning moliyaviy asosi bo‘lgan giyohvandlik moddlarni yetishtirish xajmi ortib bormoqda. BMT maʼlumotlariga ko‘ra 2017–yilda Аfg‘onistonda opium yetishtirish xajmi 2016–yilga nisbatan 87 %ga oshgan va 9000 tonnani tashkil etdi. Ekiladigan maydondar xajmi 2016-yilga nisbatan 63 %ga ortib 328000ga tashkil etmoqda [6].

Shu bois, Аfg‘oniston masalasi ShHT doirasidagi asosiy muhokama obʼyektlaridan biri sanaladi. 2005–yil 4–noyabrda Pekinda Xitoy tashabbusi bilan Shanhay Hamkorlik Tashkiloti va Аfg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida o‘zaro manfaatlarga xizmat qiluvchi taklif va mulohazalarni ishlab chiqish maqsadida “ShHT — Аfg‘oniston” muloqot guruhi tashkil qilindi. Shanxay 2006–yil va Bishkek 2007–yilgi sammitlarida Аfg‘oniston vektori mustahkamlanib bordi [5]. Endilikda tashkilotning sammitlarida Аfg‘oniston rahbariyati muntazam taklif etilmoqda. 2017–yilgi ShHTning Ostona shahridagi yig‘ilishida aʼzo davlatlar Аfg‘onistonda tinchlikni tiklashga ko‘maklashish maqsadida “ShHT — Аfg‘oniston” muloqot guruhi doirasida ishlarni davom ettirishni bildirishdi [1].

2018–yil 9–10–iyun kunlari bo‘lib o‘tgan ShHTning Sindao sammitida jami 8 nafar aʼzo davlatlarning davlat va hukumat rahbarlarining ilk yig‘ilishiga aylandi. Ekspertlar fikricha, Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Sindao sammiti o‘tgan yigirma yil ichida dunyodagi eng dinamik sanaladi. Barcha geosiyosiy murakkabliklarga qaramay, ShHTga aʼzo davlatlar umumiy muammolar bo‘yicha kompleks yechimlar izlashda o‘z majburiyatlarini zimmalariga olishdi [13].

2018–yil 9–10–iyunda Xitoy Xalq Respublikasi raisligida o‘tgan sammitda ShHTga aʼzo davlatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari keng muhokama qilindi.

Mintaqaviy xavfsizlik sohasida ShHT faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lish istiqbollari afg‘on muammosiga qo‘shimcha etibor bermasdan umuman optimistik hisoblanmaydi, deya etirof etildi.

Yuqorida taʼkidlaganimizdek, 2017–yilning kuzida ShHTga aʼzo davlatlar Аfg‘onistondagi muloqot guruhining kengaytirilgan tarkibdagi ishiga yangi turtki berishga urindi. Shu bilan birga, uning uchrashuvi Moskvada va Sindao sammiti arafasida Xitoy rahbari Si Szinpin taklifiga binoan Pekinda bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Sindao sammitida ShHTga aʼzo davlatlarning terrorchilik, ayirmachilik va qo‘paruvchilikka qarshi kurash bo‘yicha 2019–2021–yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini tasdiqlash haqidagi hujjat qabul qilindi. U qo‘shma mashqlarni o‘tkazish va terrorizmga qarshi kurash amaliyotlarini, shuningdek, tajriba va axborotning jadal almashinuvini taminlaydi. Shuningdek, Xitoy va qolgan barcha davlatlarning nutqlarida Аfg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni taminlash masalasi alohida taʼkidlab o‘tildi.

Taʼkidlash joizki, Xitoyning Аfg‘oniston siyosatida ShHT muhim o‘ringa ega bo‘lib, kuzatuvchi maqomida bo‘lgan Аfg‘oniston muammosining tashkilot doirasida ko‘tarilishi va unga bo‘lgan yondashuvlar ShHTning barcha aʼzo davlatlari manfaatlariga mos tushadi. Shu bois “ShHT–Аfg‘oniston” formatini yanada rivojlantirish Xitoy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

Аdabiyot:

  1. Астанинская декларацияглав государств-членов Шанхайской организации сотрудничества г.Астана, 9 июня 2017 года.
  2. Каримов Ф. Э. Яқин Шарқдаги этносиёсий муаммолар ва минтақавий хавфсизлик масалалари. Монография. — T.: “Sharq” нашриёти; Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2016. — Б. 16
  3. Кўчаров Ч. Марказий Осиёнинг минтақавий интеграцион жараёни муаммолари (геосиёсий таҳлил тажрибаси). –Т.:Фан, 2008. –Б.145.
  4. Морозов Ю. В. Стратегия Запада в ЦентральноАзиатском регионе в началеXXI века: монография / Ю. В. Морозов. –М.: ИДВ РАН, 2016. –С 27.
  5. Парамонов В., Столповский О. ШОС как важный механизм взаимодействия России и стран Центральной Азии в сфере безопасности: к задаче поиска и защиты общих экономических интересов // Экспертная оценка. http://www.ia-centr.ru/expert/9901/ -14.02.2011.
  6. Производство афганского опийного мака выросло на 87 процента: Обзор // https://www.unodc.org/unodc/ru/frontpage/2017/November/afghan-opium-production-jumps-to-record-level--up-87-per-cent_-survey.html — 15.11.2017
  7. Рашидов Р. Афғонистонда давлатчилик масаласи: Тарих ва ҳозирги замон. — Т.:Наврўз, 2017. — Б. 195
  8. Си Цзиньпин. О государственном управлении. Пекин, Издательство литературы на иностранных языках. 2014. C. 368–369.
  9. СМИ: Пентагон скрывает данные о расширении подконтрольных талибам зон в Афганистане // http://tass.ru/mezhdunarodnaya-panorama/4914361 — 30.01.2018
  10. Тимошенко В. Н. Шанхайская организация сотрудничества:восток против запада? // Ученые заметки ТОГУ. –2017 –Том 8. –№ 1(2), –С. 38–44
  11. Тинчлик ва хавфсизликни мустаҳкамлаш йўлида ҳамкорлик //Халқ сўзи, 2010 йил 12 июнь. –№.116. –Б.1–2.
  12. Tolipov F. Multilateralism, Bilateralism and Unilateralism in Fighting Terrorism in the SCO Area // China and Eurasia Forum Quarterly. –2006. –Vol.4. –№.2. –Р.160.
  13. Evandro Menezes de Carvalho. SCO and BRICS: Bridges to a Shared Future // Director of the Center for BRICS countries Studies at Fluminense Federal University — http: //www.bjreview.com/Opinion/201806/t20180610_-800132368.html
  14. Mujib M. In the Tangled Afghan War a Thin Line of Defense against ISIS.// The New York Times. — https://www.nytimes.com/2017/12/25/world/asia/east ern-afghanistan-isis.html?_r=0. — December 27, 2017
Основные термины (генерируются автоматически): BMT, Афганистан, BRICS, SCO, ISIS, диалоговая группа, Китайская Народная Республика, Шанхайская организация сотрудничества.

Ключевые слова

Xitoy Xalq Respublikasi, ShHT, Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, Аfg‘oniston Islom Respublikasi, Tolibon harakati, “ShHT–Аfg‘oniston” muloqot guruhi, xalqaro terrorizm, ikki tomonlama munosabatlar

Похожие статьи

«Quyuv-mexanika zavodi» ShK da ishlab chiqarilayotgan yuk vagonlarining turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilish

Bu maqolada O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 12–9922 modelidagi 4-o‘qli universal yarim vagon va 11–9923 modelidagi 4-o‘qli yopiq vagonni turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilindi. ...

O‘zbekiston respublikasining mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligi, xususan mintaqaviy tashkilotlar doirasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida olib borayotgan izchil aloqalari va sa’y harakatlari ilmiy asosda o’rganilgan. Bunda O’zbekiston Respubli...

Jigar, uning inson organizmidagi vazifalari va ahamiyati

Mazkur maqolada tirik organizmlaning ichki organlaridan biri jigar haqida haqida fikr yuritilgan. Jigar tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlaridan biri. U ovqatni hazm qilishga yordam beradi, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez...

Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotg...

Boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо‘lib, bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо‘nikmalari, vazifalari, shuningdek kasb tanla...

Sement tashuvchi vagon-xopperni ag‘darilishga qarshi mustahkamligini aniqlash

Tadqiqotning maqsadi sement tashuvchi vagon-xopperning a‘g‘darilishiga qarshi mustahkamligi hisobini tekshirish. Tadqiqotlar ishlari “Yangi va modernizatsiya qilingan vagonlarni hisoblash va loyihalash standartlari, Rossiya Federatsiyasi (RF) Temir y...

Paremiyalar va Quizlet internet ilovasining talabalar so‘z boyligini rivojlantirishdagi samaradorligi

Maqola Quizlet elektron o‘quv kartochkalari vositasida talabalarga maqol va matallarni o‘rgatishning afzalliklari va samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan.Elektron kartochka yordamida maqollarni nafaqat dars boshida, balki o‘rtasida va oxirida ha...

«T–X–T» yo‘nalishida yo‘lovchi bekatlarining ishini tahlil qilish

Mazkur maqolada yo‘lovchi tashish hajmini statistik qonunlar asosida o‘zgarishini aniqlash uchun «T–X–T» yo‘nalishi tanlab olingan va ushbu yo‘nalishdagi yo‘lovchi oqimi statistikasi ishlab chiqilgan. Shahar atrof poyezdlari harakatlanish zonalarinin...

Boshlang`ich sinflarda xalq o‘yinlari orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

Maqolada xalq o‘yinlari o‘quv-tarbiya jarayoniga sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omili sifatida joriy etilgan bo‘lib, uning samarali usul va vositalari tahlil qilingan. Shuningdek, muallif darslik hamda adabiyotlarga kiritilmagan, am...

Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning muammolari va yechimlari yoritilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo‘...

Задать вопрос