Abdurahmon Jomiy Navoiy nigohida | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №41 (279) октябрь 2019 г.

Дата публикации: 09.10.2019

Статья просмотрена: 1840 раз

Библиографическое описание:

Самадова, М. Б. Abdurahmon Jomiy Navoiy nigohida / М. Б. Самадова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 41 (279). — С. 286-288. — URL: https://moluch.ru/archive/279/62995/ (дата обращения: 24.04.2024).



В статье рассматривается духовно-просветительское влияние, оказанное поэтом-мистиком и философом Абдурахманом Джами на творчество великого тюркского поэта Алишера Навои.

Ключевые слова: Алишер Навои, Абдурахмен Джами, творчество, поэзия.

“Ustozlar aziz yurtning eng aziz, eng ulug’, eng mo’tabar kishilaridir”, degan edi O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov.

Qaysidir shoirning ijod olamini o’rganar ekanmiz, bevosita bu jarayonda shoir shaxsiy faoliyatiga bog’liq bo’lgan tomonlarini ko’rishimiz mumkin. Navoiy ijodiyoti haqida so’z yuritganimizda esa albatta, uning ustozlari ijodiyotining ta'sir kuchini e’tirof etish kerak. Alisher Navoiy badiiy olamini bir gulzor deb bilsak, bu gulzordagi gullarning turfa bo’ylar taratishida uztoz shoirlarning o’rni alohida. Buni Navoiy har bir asarlarida ustozlarini alohida e'tirof etganligida ko’rish mumkin. Navoiy Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmoh Jomiy, Lutfiylarni o’ziga ustoz, pir deb bilgan va o’z yutuqlarida ularning xizmatlarini takror-takror aytib o’tadi. Navoiyga ana shunday ma’naviy-marifiy ta’sir o’tkaza olgan zamondoshi, ustoz-shoir Abdurahmon Jomiyni alohida tilga oladi. Shuningdek, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning o’sha davrdagi munosabatlarini ustoz- shogird aloqalarining eng chiroyli, eng namunali ko’rinishi deyish mumkin. Chunki, Jomiy Navoiyning ustozi, ijodiy hamkori, piri va sirdosh do’sti edi.

Navoiy va Jomiy aloqalarini, ijodiy hamkorligini, shaxsiyatini o’rganish har ikkala shoirning adabiyot sohasida yangi ijod qirralarning namoyon bo’lishiga, har ikkala xalqning adabiy me’rosini boyitishga hizmat qiluvchi omillarni yuzaga keltiradi. Navoiy va Jomiy o’rtasidagi aloqalar, munosabatlar to’la- to’kis o’rganib bo’lindi deyish noo’rindir. Jumladan, ularning ilk uchrashuvi va ijodiy faolyatining qachondan boshlanganligi va bu boradagi bazi qarashlar va fikrlar xali to’liq asoslanmagan bo’lib, noaniq, mavhumligicha qolmoqda. Bu qarashlarni Navoiy va Jomiy, ular o’rtasidagi aloqalar to’g’risida bazi olimlarning adabiy fikrlarida ko’rishimiz mumkin. Ustoz-shogird, Navoiy va Jomiy haqida ma’lumot beruvchi dastlabki manba Navoiyning o’z asarlaridir. Bundan tashqari Mirxondning “Ravzat us safo ”, Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarlaridan, XX asr o’zbek adabiyotshunoslaridan, Vohid Abdullayevning “Tanlangan asarlar”(2002 y), Botirxon Valixo’jayev “O’zbek adabiyotshunosligi tarixi”(T-1993), “Mumtoz siymolar”(2002 y),Oybek “Tanlangan asarlar”(T-1979), Izzat sulton “Navoiyning qalb daftari”(T-1969), Nazar Rajabov “Uztozu shogird “xamsa”ijodkorlari”(2001 y), Amonullo Valixonov “G’azal nafosati”(1985 y) asarlaridan va yana boshqa, ko’plab ilmiy asarlarda bu boradagi qisqacha qayd etilgan malumotlar uchraydi.

A. Navoiy va Jomiyning dastlabki uchrashuvi haqida. Navoiy va Jomiyning dastlabki uchrashuvi va tanishuvi borasida ma’lumotlar aniq, mukammal ravishda ma’lum emas. Bu ikki buyuk qalbning qachon va qayerda tutashganligi hech bir asarda aniq malumot asosida aytib o’tilmagan bo’lib, bu borada Navoiyning o’zi ham o’z asarlarida aniq e’tirof etgan o’rinlar ko’zga tashlanmaydi. Navoiy “Xamsatul mutahayyirin”asarida Jomiy bilan bo’lgan uchrashuvlarini yozadi-yu, o’sha yillarda necha yoshda bo’lgani, tanishuvlariga sabab bo’lgan asoslarni keltirib o’tmaydi. “Shohruh sulton zamoni avositidin sulton Abusaid zamoning avoilig’acha shahrda sokin erdilar.Andin so’ngra xiyobon boshida hazrati pir mahdum Saduddin Koshg’ariy mozori boshida iqomat rasmin zohir qildilar va shahrning jame ulamo va akobiri-yu ashrofi alarg’a mulozamat va taraddud bunyod qildilar, to ul podshohi zamonning (Husayn Bayqaroning) arkoni davlat va ayon hazrati va oliyshon umaro va rafe makon sudur va vuzaro, balki asr podshohi alarning ostonigakim, maqsud qiblasi va murod Kabasi erdi-tashrif keltururlar erdi, balki o’zlarni musharraf qilurlar erdi. Bu faqiri haqir bu so’nggi jamoat zumrasida Xiyobon boshida ko’rgan zamonida muxtasar bitilgan risola sabog’iga mumtoz bo’dim1 ”. Bu keltirilgan malumotlarga asoslangan olimlarimiz bu jumlalardan kelib chiqqan holda ularning uchrashuvlarini 1458–1459 yillar deb ko’rsatadilar. Buborada Izzat Sulton o’zining “Navoiyning qalb daftari” asarida e’tirof etgan o’rinlarni keltirsak. “Abusaid zamonida Jomiy (podshoh saroyi va siyosiy hayotidan uzoq turish niyatida bo’lsa kerak)Hirotning tashqarisiga chiqib ketib, Sadiddin Koshg’ariy mozori boshida o’ziga turar joy qiladi. Mashxur olim va shoirga hurmat ko’rsatmoqchi bo’lganlar endi shu joyga keladilar. Navoiy ham Abdurahmon Jomiy bilan shu vaqtda va shu joyda uchrashadi va butun umr uning sodiq shogirdi, do’sti va hamkori bo’lib qoladi.

Abdurahmon Jomiy hayot faoliyatini tadqiq qilishda Alisher Navoiy qarashlarining o’rganilishi har ikkala ijodkorning ijod xazinasining yangi- yangi qirralarini ochishda, ijod uslublarini o’rganishda muhim amaliy qo’llanmalarni beradi. Chunki shoir ijodkorning shaxsiy va ijtimoiy faolyatining o’rni doim adabiy faolyatdagi ijodiy jarayonda o’z o’rni va tasirini ko’rsatib turadi. Ularning,yani, Jomiy va Navoiyning o’zaro hamkorliklari o’sha davr uchun yuqori ahamyatga ega bo’lganligini kuzatish mumkin. Ammo, bugungi kunga kelib ham bu hamkorlikning ma’naviy ahamiyati yuqorilasa yuqorilab bormoqdaki, aslo pasaygan emas. Chunki, bugungi kunda yosh avlodni, nafaqat yosh avlod,balki kattalarni ham tarbiyalashda, millatlar orabag’rikenglikni, xalqlar oro totuvlikni taminlashda ularning shaxsiy munosabatlari bir o’rnak vazifasini bajarsa — ijodiy faoliyatlaridagi hamkorliklari adabiyot olamini boyitishga hizmat qilmoqda. Ular hech qachon bir xalqni boshqa bir xalqdan, bir millatni boshqasidan ustun deb qaramaganlar. Navoiy va Jomiyning bir-birlariga bo’lgan hurmat va e’tiqodini kuzatar ekanmiz ularning bir-birlariga bo’lgan muhabbatining naqadar baland bo’lganligini ko’ramiz. Bunday yuqori insoniy muhabbatni baholar ekan adabiyotshunos olim N.Komilov o’z asarida uni shunday talqin etadi: “ Agar, biz Navoiyning Jomiyga bag’ishlangan “ Xansatul mutahayyirin” asarini mutolaa qilsak, ular bir-birlarining suhbatiga hamisha intiq bo’lganlari, ikki-uch kun ko’rishmasalar, sog’inib qolishlari, bir-birlarini nafaqat farzand-u ota muhabbati, balki ixlosmand pir- murid muhabbati, yor-u birodarlik muhabbati bilan yo’qlab, qo’msab turganlarini ko’rish mumkin. Jomiy “ Yusuf va Zulayho” dostonining xotimasida Navoiyni tengi topilmas sadoqatli do’st, yori aziz deb ta’riflaydi. Ularning bir-birlariga yuborgan maktublari ham muhabbat so’zlari bilan to’liq ”. Bundan ko’rinadiki insoniylik, mehr va muhabbat millat tanlamaydi, tillarni farqlamaydi. Ikki buyuk siymo- Navoiy va Jomiy mamlakat hayotidagi iqtisodiy, siyosiy, milliy va turli jabhalarda o’zaro hamkor va hamfikr bo’lganlar. Bu ikki buyuk siymo orasidagi do’stlik bir umrga ilmiy,ijodiy hamkorliklardan iborat bo’lib, u o’zbek va fors- tojik xalqlari orasidagi qadimiy do’stlikning o’sha davrdagi quyoshdek yorqin timsoli sifatida juda katta ijtimoiy ma’no kasb qilgan edi. Bu mavzudagi ilmiy adabiyotlarni o’rganish mobaynida ikki qardosh xalqning, o’zbek va tojik millatining avvalgi asrlarda ham naqadar yaqin, bir tanning qon tomirlaridek bir-biriga ulanib ketganligini kuzatamiz. Bu xalqning til oilasi boshqa-boshqa bo’lsada, ko’ngil tili birdir. Bu boradagi fikrlarni yuqorida kuzatganimiz, Jomiy va Navoiy munosabatlari to’liq isbotlab bermoqda. Bu allomalarning hayot faolyatini o’rganish har bir davrda, har bir adabiyotshunoslarni qiziqtirib kelgan. Ilmiy izlanishlarning olib borilganligi esa bu mavzuning birmuncha kengroq namoyon bo’lishiga sabab bo’ldi. Navoiy o’z nigohida Jomiyni talqin etar ekan, agar etibor beradigan bo’lsak, uni asosan ijodkor sifatida emas, insoniy fazilatlar egasi, ma’naviy yetuk, barkamol shaxs sifatida baho berishi yuqoriroqdir. Navoiyning asarlaridagi fikrlar Jomiy haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, Navoiyning uztoziga bo’lgan hamfikrligini ham namoyon qiladi. Navoiy Jomiyni ustoz sifatida juda qadrlaydi. O’z navbatida Jomiy ham Navoiyni qadrlaganligi, yozgan asarlarini dastlab Navoiyga ko’rsatishi, uning fikrlarini bilishga intilishi unga nisbatan yuqori ishonchda bo’lganligidan dalolat beradi. Navoiyni asarlarida madh etadi. Navoiyning o’zi ham bu haqda “Xamsatul mutahayyirin” asarining uchinchi bobi shu mavzu haqida ekanligini:” Kutub va rasoil bobidakim, alarning musannafotidur va bu faqir alarning ta’rifiga boisu, tasnifiga sabab bo’libmen va bu mani hamul kutubning ko’prog’ida zohirdur”- deya yozadi. Bu madhlarni o’z navbatida Navoiyga ham Jomiy tomonidan berilgan o’rinlar Jomiyning “ Bahoriston”, “Xamsa” dostonidagi “ Xirodnomayi Iskandariy” va yana bir qancha asarlarida ko’rish mumkin. Bunday buyuk qalb egalarining ijodlari o’lmas asarlarda abadiylikka muhrlangan bo’lib avloddan-avlodga o’tib boraveradilar.

Navoiy va Jomiyning do’stlik namunalari esa ibrat maktabi vazifasini o’taydi. Zero, ijodkorlarning do`stligi hamisha barhayot bo`lib, asrlab davomida o`zining qadr-qimmati va qiymatini yo`qotmay, zamonaviy asarlarda ham kuylanib keladi. Biz yosh avlod esa, ulardan ma’naviy boylik olib, yuksalishda davom etamiz.

Adabiyotlar:

  1. Siyosiy adabiyot: I. A. Karimov “ Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” — T.:O’zbekiston,2008 y.
  2. Asosiy adabiyotlar. 1. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. T.15.
  3. “Xamsatul mutahayyirin”. — T.: Fan, 2. M.: Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. T.. “
  4. Abdurahmon Jomiy “ Bahoriston”. T.:Yangiasravlodi,2007y,88-b
  5. Abduqodir Hayitmetov”Alisher Navoiyning adabiy tanqidiy qarashlari”.
  6. Botirxon Valixo’jayev”Mumtoz siymolar ”. — T.:Xalq merosi,2002-y,33b
  7. Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek”Mukammal asarlar to’plami”. — T.:Fan, 1979-y,13-tom,315-b.


Ключевые слова

творчество, поэзия, Алишер Навои, Абдурахмен Джами
Задать вопрос