Etnolingvistika va etnografik leksika haqida | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №30 (268) июль 2019 г.

Дата публикации: 25.07.2019

Статья просмотрена: 4066 раз

Библиографическое описание:

Надим, Хумaюн Мухаммeд. Etnolingvistika va etnografik leksika haqida / Хумaюн Мухаммeд Надим. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 30 (268). — С. 147-149. — URL: https://moluch.ru/archive/268/61766/ (дата обращения: 19.12.2024).

Etnografizmlar — milliy ekzotikaning yorqin namunasi. Ularni ekzotik leksika ham deyish mumkin. O‘zbek tili etnografizmlarga boy. Bu ularning turli hududda yashashlari, turli xalqlar bilan madaniy aloqalarga egaligi bilan bog‘liq.

Kalit so‘zlar: etnografizm, etnologiya, etnomadaniyat, to‘y marosim nomlari, urf-odat, ekzotika, ekzotik leksika.

Этнография — яркий пример национальной экзотики. Это экзотическая лексика. Узбекский язык богат такими примерами. Это потому, что носители языка живут в разных регионах и имеют культурные связи с разными народами.

Ключевые слова: этнография, этнология, этнокультура, свадебные название, традиции, экзотика, экзотическая лексика.

Globallashuv kuchayishi bilan o‘zligi — tili, urf-odati va madaniyatini saqlab qolishga intilayotgan, ularning bu umumiy girdobda omon qolishini xohlayotgan xalqlar etnografiya va etnolingvistikaga alohida e’tibor qaratadilar.

Ma’lumki, etnolingvistika — tilshunoslikning xalq (millat, elat) va uning tili orasidagi aloqa va munosabatni etnolisoniy (etnik madaniyat va etnik til mushtarakligi tamoyili) asosda o‘rganuvchi soha. U, asosan, ikki yo‘nalishda ish ko‘radi:

– xalqning etnolisoniy xususiyatini tavsifiy asosda o‘rganish;

– xalqning etnolisoniy xususiyatini tavsiyaviy asosda o‘rganish.

Birinchi maqsadni shartli ravishda tashqi va ikkinchisini ichki maqsad deyish mumkin.

Til va etnik xususiyat munosabati, ularning bir-biriga ta’siri ikki yo‘sinda kechadigan jarayon:

– etnik omil (urf-odat, an’ana, falsafiy, diniy qarashlar va h.) ning til rivojiga ta’siri;

– lisoniy omilning etnos (va etnik xususiyat) rivojiga ta’siri.

Deylik, bir xalqda etnik xususiyat (urf-odat, an’ana, falsafiy, diniy qarashlar) unutilib, bunga mos ravishda ularni ifodalovchi til birliklari ham faol lisoniy xazinadan chiqib, o‘tmish voqeligiga aylana boradi. Natijada millat/xalq/elatning o‘zligiga putur yeta boshlaydi. Millat/xalq/elat o‘z ma’naviyatidan mahrum bo‘lib boradi. Bu, muqarrar ravishda, faol leksikada ham o‘z aksini topadi. Til leksikasida etnografik mikrosistema tanazzulga uchray boshlaydi. Bu etnik omillarning tilga ta’siridir. Pirovardida etnografik leksikaga ega bo‘lmagan millat farzandlari ongidagi etnolisoniy bo‘shliq g‘ayrietnolisoniy unsurlar bilan to‘lib boradi.

Til va etnik xususiyat ta’sirini ajratish faqat tadqiqiy maqsadda bo‘lib, bu ajratish nisbiy tabiatga ega, aslida ular yaxlit sodir bo‘ladigan uzluksiz va uzviy jarayon.

Etnolingvistika til va uning rivojiga etnik guruhlarning qanchalik xissa qo‘shganini ham, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik yoki ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini ham tadqiq qiladi. Bu yuqorida aytilgan birinchi, tashqi maqsad uchun ahamiyatliroq.

Birinchi maqsadda ko‘proq tavsifiy tadqiq metodikasi asosida ish ko‘riladi. Tilshunoslikning etnik nomshunoslik (onomastika), areal (hududiy) lingvistika, lingvistik jo‘g‘rofiya, dialektologiya (shevashunoslik), til tarixi, sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari etnolingvistikaning mazkur tavsifiy usulda qo‘lga kiritgan ilmiy natijalardan foydalanadi.

Etnolingvistika, ayniqsa, yozuvga ega bo‘lmagan xalqlarning etnografiyasini o‘rganishda, ularning tillaridagi etnik xususiyat bilan bog‘liq lisoniy materiallarni to‘plash va tadqiq qilishda ham o‘zining birinchi maqsadini ko‘proq namoyon qiladi. Etnografizmlarni o‘rganish bevosita tarixiy etnologiya fanlari bilan bog‘liq. Urf-odatlar, xalqlarning turmush tarzi va ular bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni etnologiya o‘rgansa, urf-odat, an’analar leksikasi (etnografik leksika) — tilshunoslikning o‘rganish obyekti.

Har bir millat madaniyatini uning urf-odat, an’ana va qadriyatlaridan ajratgan holda tassavvur etib bo‘lmaydi. Etnografik leksika nomi ostida birlashgan etnografizlarni o‘rganish milliy urf-odat va qadriyatlarni tadqiq etishda ahamiyatli.

Urf-odatlar muayyan etnosning o‘ziga xosliklarini namoyon etadi, butun etnografik sistemada lisoniy belgi sifatida faol o‘ringa ega, shu jihati bilan tilshunoslik uchun muhim.

Har bir til leksik makrosistemasida alohida bir mikrosistemani tashkil etuvchi, etnografik tushunchani ifodalovchi leksemalar tizimi mavjud. Ushbu leksemalarni o‘rganish uchun tilshunoslikning maxsus sohasi — etnolingvistika shakllangan, u lingvistik soha sifatida lingvistik universaliyalarni ham, xususiy jihatlarni ham o‘rganadi. Shuning uchun umumiy va xususiy etnolingvistika farqlanadi. Umumiy etnolingvistika etnografik til hodisalarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi kabi umumiy masalalar bilan shug‘ullansa, xususiy etnolingvistika ayrim tillarga xos etnografizmlarni shu nuqtai nazardan tadqiq qiladi.

Tilshunoslikda etnografik tahlil uchun aksar hollarda xalq urf-odatlari, an’analariga tegishli tushuncha nomlari obyekt sifatida olinadi.

O‘zbek tilshunosligida etnografizmlar tadqiqiga, asosan, XX asrning 70–80-yillarida kirishildi. Sobiq Ittifoq davrida xalq urf-odatlariga yetarli darajada e’tibor berilmasdan, ularning eskilik sarqiti deya baholanishi bu muammoga doir ilmiy tadqiqotlar doirasini ham cheklab qo‘ygan. Bu boradagi ilk tadqiqot ishlarini A.Jo‘raboyev [2; 3] va Z.Husainova [9] lar amalga oshirdilar.A.Jo‘raboyev tadqiqotda xalqimizning xilma-xil ko‘rinishga ega urf-odati mavjudligi va ularning tilimizdagi nomlari hamda ularni o‘rganishning nazariy-amaliy ahamiyatini ko‘rsatib o‘tgan. Bundan tashqari, urf–odat, an’ana ifodalari bo‘lgan etnografizmlar Sh.Nurullayeva, Y.Bobojonov [5] kabi tadqiqotchilarning ishlarida formal tadqiq usullarida keng o‘rganilgan. M.Qahhorova esa etnografizmlarni lison nutq musanniyati asosida sistemaviy tadqiq qilgan [10].

Turkiy tilshunoslikda etnografizmlar tadqiqiga M. I. Byatushgova, A. K. Apoyevkabilarning ilmiy izlanishlari ham katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Etnografizmlarni monografik planda tadqiq etish lingvistik birliklarning o‘zaro munosabatini ochishga, ularni maydon sifatida o‘rganishga qulay imkon yaratadi. O‘zbek tilidagi rasm-rusumlar bilan bog‘liq tushunchalarning nomlarini sistemaviy asosda maxsus o‘rganish ehtiyojidan kelib chiqib, turli urf-odatlar, marosimlar bilan bog‘liq tushunchalarni muayyan mikromaydonga birlashtirish va ularni semik jihatdan tahlil etish o‘ziga xos ahamiyatga ega. Etnografizmlarning ichki tuzulishi va tuzilish birliklari o‘rtasidagi xilma-xil munosabatlarni ochish ham hozirgi o‘zbek tilshunosligi uchun katta ahamiyatga ega.

Yuqoridagi ishlarda O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan o‘zbeklar urf-odatlari etnografizmlari o‘rganilgan. Shimoliy Afg‘oniston o‘zbek elatlarining ham O‘zbekiston bilan mushtarak va o‘ziga xos etnografizmlari mavjud, ular ham o‘zbek millatining umumiy boyligi hisoblanadi. Ikki hudud orasida madaniy-ijtimoiy aloqalar doimo faol bo‘lgan. Aslida bir hududda yashovchi, bir xalqqa mansub ikki elning urf-odatlari ko‘proq umumiy, qisman o‘ziga xosliklarga ega. Bu o‘xshashlik va farqli xususiyatlarni to‘y marosim etnografizmlari misolida ham kuzatish mumkin.

Afg‘oniston o‘zbeklari etnografizmlari, asosan, etnografiya hamda leksikografiyaga oid ishlarda, o‘z aksini topgan. Afg‘on ziyolilari Fayzullo Aymoq, Nurullo Oltoy, Ibrohim Rahim, Usmon Orif, Halim Yorqin kabilarning ishlarida Shimoliy Afg‘oniston o‘zbek etnomadaniayatiga xos atamalarni uchratish mumkin [4; 8; 7; 6].

Таъкидлаш ўринлики, этнографик лексика мавзу ва ҳажм жиҳатидан juda keng. To‘y marosimlariga oid etnografizmlar alohida o‘rganishni taqozo etadi. O‘zbek to‘y marosimlarini o‘rgangan H.Ismoilov o‘zbek to‘y marosimlarini quyidagi ma’noviy guruhlarga ajratadi:

— muhim sana bilan bog‘liq to‘ylar (tug‘ilish to‘yi, beshik to‘yi, soch to‘yi va boshq.);

— sunnat to‘ylari;

— yigitlik to‘ylari (yigitlik oshi, mo‘ylov to‘yi);

— nikoh to‘yi (qiz ko‘rish, non sindirish, to‘qqiz taboq);

— to‘y bilan birga o‘tkaziladigan marosimlar (ijob to‘yi, qiz oshi);

— to‘ydan so‘ng o‘tkaziladigan marosimlar.

Bu ma’noviy guruhlar Shimoliy Afg‘oniston o‘zbek to‘ylari uchun ham mos. Ammo ayrim urf-odatlar shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari o‘zi uchungina xos. O‘zbekistondagi urf-odatlardan tur va xususiyatlari jihatidan ma’lum darajada farqlanadi. Farqlar ko‘proq to‘y hodisalari nomlanishida namoyon bo‘ladi. Misol uchun, “Qand sindi”, “Farog‘at to‘yi”, “Savod to‘yi”, “Mullo to‘yi”, “Moshin to‘yi”, “Shayton aralashma”, “Xino qo‘ydi” kabi to‘y-marosim nomlari O‘zbekistondagi o‘zbeklar orasida uchramaydi. Bir vaqtlar O‘zbekistonda ham amal qilgan “Moshin to‘yi” bugungi kunda respublikaning ayrim tog‘li hududlarda saqlanib qolgan.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, etnografizmlar tarkibida to‘y va motam mikromaydoni muhim o‘rin tutadi. Bu mikromaydonga mansub bo‘lgan lug‘aviy birliklar qardosh xalqlardagi xuddi shu mikromaydon birliklaridan farqlanishi, o‘zbek tilining dialektlariaro o‘ziga xosliklari keyingi ishlarimizda ko‘rib o‘tiladi.

Adabiyotlar:

  1. Бобожонов Й. Жанубий Хоразм этнографик лексикаси: Филол. фанлари номзоди...дисс. –Тошкент, 1997.
  2. Джурабаев И. Названия свадебных церемоний в узбекском языке: Дисс... канд. филол. наук. — Ташкент, 1971.
  3. Жўрабоев И. Ўзбек тилида тўй-маросим номлари. — Тошкент: Фан, 1971.
  4. Маҳмуд Ҳалим Ёрқин. “Uzbek language phraziologic dictionary (in Afganistan uzbek language). — Tehron, 2013.
  5. Нуруллаева Ш. Туркистон қарлуқ тип шеваларида тўй маросим номлари: Филол. фанлари номзоди...дисс. –Тошкент, 2001.
  6. Нуруллоҳ Олтой. Афғонистон ўзбек адабий тили муаммолари. www.ezgu.org. 2017 йил 25 январь.
  7. Олим Кўҳкан. Афғонистон ўзбек тилининг ўтмиши ва бугунги аҳволи // www.turonzamin.org. 2013 йил 10 июнь.
  8. Оталар сўзи — ақлнинг кўзи (آته لر سوزی عقل نینگ کوزی). Тўплаб нашрга тайёрловчи Солиҳ Муҳаммад Хассос. Кобул, 2013.
  9. Хусаинова З. Ономосиологическое исследование свадебных обрядов узбекского языка: Дисс....канд.филол.наук. — Ташкент, 1983.
  10. Қаҳҳорова М. Ўзбек тили этнографизмларининг систем тадқиқи: Филол. фанлари номзоди ...дисс. –Тошкент, 2009.
Основные термины (генерируются автоматически): узбекский язык, Ташкент, экзотическая лексика.

Ключевые слова

etnografizm, etnologiya, etnomadaniyat, to‘y marosim nomlari, urf-odat, ekzotika, ekzotik leksika

Похожие статьи

Metrologik ekspertizani amalga oshirishda zamonaviy yondashuvlar

Maqolada texnikaviy hujjatlarning metrologik ekspertizasini mahsulot sifatiga ta’siri, uning me’yoriy asoslari, metrologik ekspertizani o’tkazish bo’yicha tashkilot standartini korxona uchun ahamiyati, vazifalari va ushbu ishlarni respublika darajasi...

Estrada aktyorlarini о‘qitishda pedagogning kasbiy kompetentligi masalalari

Mazkur maqolada zamonaviy san’at ta’limida, xususan estrada aktyorlarini tayyorlash jarayonida pedagogning kompetentligi masalalari о‘rganilgan va tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqot natijasiga kо‘ra uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

O'qish darslarida buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanish

Ushbu maqolada muallif o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda o‘tmish mutafakkirlarining shaxsi va asarlariga oid mavzulardan foydalanib, o‘quvchiga tushunarli qilib yetkazib berish haqida fikr yuritgan.

Fransuz tilida “ayol’’ konseptining kognitiv tahlili

Mazkur maqola orqali fransuz tilida «femme» (ayol) konseptining kognitiv tahlil qilish usullari borasida fikrlar keltirilgan. Shu bilan bir qatorda fransuz tilshunoslik madaniy konsepsiyasini ko'rib chiqishga hamda konsepsiya tarkibini tashkil etuvch...

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida

Maqolada yoshlar axloqiy qadriyatlari mazmuni va axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatidagi tahlili, shuningdеk, axloqiy qadriyatlarni o‘rganish tеstlari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, yoshlarning axloqiy qadriyat...

Harbiy xizmatning axloqiy asoslari va o’zbekiston respublikasi qurolli kuchlarida axloqiy tarbiya

Ushbu maqolada harbiy hizmatchilarning axloqiy qoidalariga rioya qilishi, harbiy xizmatchining Vatanga muxabbati va harbiy qasamyodga sodiqligi haqida so’z boradi.

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Ta’limda bulutli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi

Maqolada taʼlimda bulutli texnologiyalarni qo’llash va undan foydalanishning maqsadi, muammolari shuningdek, O’zbekiston ta’lim tizimida bulutli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Taʼlimda bulutli texno...

Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi interaktiv va noan’anaviy metodlari

Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyat...

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilishda ijtimoiy-hissiy jihatidan qo’yiladigan talablar

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich maktabdagi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lishi uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlar, ko'nikmalar va bilimlarni namoyish etish darajasiga qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi.

Задать вопрос