Axborot signallarining ko‘rsatkichlari: tashuvchisi chastotasi va takt chastotasi Dopler effekti va signallarni shakllantirishda foydalaniladigan tayanch generatorlarining chastotalari doimiyligi darajasi yetarli, ma’lum bir oraliqda tasodifiy ko‘rinishda o‘zgarib turishi sababli radiotexnik tizimlarda tashuvchini sinxronizatsiyalash talab etiladi.
Kalit so’zlar: Fazaviy avtomatik tenglashtirish (FAT), faza manipulyatsiyasi (FM), sinxronizatsiya, sinxron detektor, faza detektori, radiotexnik tizimlar.
Основными показателями информационных сигналов являются частота носителя и тактовая частота. В статье рассматриваются ситуации, в которых требуется синхронизация носителя в радиотехнических системах.
Ключевые слова: автоматическое выравнивание фаз (FAT), фазовые манипуляции (FM), синхронизация, синхронный детектор, фазовый детектор, радиотехнические системы.
Asosiy qism
Tashuvchini sinxronlash qurilmasi chastotasi va fazasi qabul qilinayotgan — axborot tashuvchi yoki oraliq chastota signali chastotasi va fazasiga mos keluvchi garmonik tebranishlarni shakllantiradi. Tashuvchini kuzatishga asoslangan sinxronizatsiyalash tizimida axborot signaliga ishlov berish natijasida tayanch signali ajratib olinadi. Optimal kuchzatuv algoritmi qabul qilinadigan signal spektridan chastotali garmonik tebranishni ajratib olish imkoniyatini beruvchi fazaviy avtomatik tenglashtirish (FAT) qurilmasi asosida amalga oshiriladi.
Ikkilik axborotlarni uzatishda eng yuqori xalaqitbardoshlikni ta’minlovchi modulyatsiya bu tashuvchi fazasini ga o‘zgartirishga asoslangan faza manipulyatsiyasi hisoblanadi. Bunday modulyatsiya turida radiouzatish qurilmasining hamma quvvati signalning axborot tashuvchi spektr tashkil etuvchilariga taqsimlanadi. Faza manipulyatsiyasi (FM) signal spektri tarkibida chastotali tashuvchi bo‘lmaydi, shuning uchun fazaviy avtomatik tenglashtirish qurilmani tashuvchini egallab olish va kuzatish ish holatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Bu qarama-qarshi signallarning o‘ziga xos xususiyatlarini yengib, sinxronizatsiyalashni amalga oshiruvchi turli usullar mavjud. Misol uchun manipulyatsiya fazasi qilib olinadi, natijada faza manipulyatsiyasi signali spektrida chastotali tashkil etuvchi paydo bo‘ladi, bu tashkil etuvchi FAT qurilmasi yordamida ajratib olinadi. Bu usuldan foydalanilganda FM signalning axborot tashuvchi spektr tashkil etuvchilari quvvati nisbatan kamayadi, natijada qabullash qurilmasi integratori chiqishidagi signal-xalaqit nisbati kichiklashadi, bu esa o‘z navbatida qabullash xatoligi ning kattalashishiga sabab bo‘ladi.
Sinxronizatsiyalashni aalga oshirish uchun ko‘rsatkichlari axborot tashuvchi signal ko‘rsatkichlari bilan ma’lum bir bog‘lanishda bo‘lgan garmonik tebranish shaklidagi maxsus “pilot-signal” dan foydalanish mumkin. Bu usuldan foydalanilganda sinxronizatsiyalashni pilot-signalni ajratuvchi keng tarqalgan FAT yordamida amalga oshirish mumkin. Pilot-signalni uzatish RTTning chastotalar polosasini kengaytirishni talab qiladi, bu esa ushbu usulning kamchiligi hisoblanadi. Amalda fazasi qarama-qarshi FM signalning tashuvchisini tiklash usulidan keng foydalaniladi va bu usulning bir necha turi mavjud.
Qabul qilinayotgan axborot signaliga nochiziqli ishlov berish chastotasini 2 ga ko‘paytirish natijasida undagi tashuvchining fazasi manipulyatsiyasi yo‘qotiladi. Bunda qabul qilinayotgan fazasi yoki bo‘lgan manipulyatsiyalangan signal ning — kvadratik amplituda xarakteristikali ( — proporsionallik koeffisienti) chastotani ikkiga ko‘paytirish qurilmasiga ta’siri natijasida uning chiqishida quyidagi signal shakllanadi:
bunda, .
1-rasm. Chastotani ikkiga ko‘paytirishga asoslangan tashuvchini sinxronlash qurilmasi strukturaviy sxemasi
FAT qurilmasi kirishiga chastotasi ikkiga ko‘paytirilgan garmonik tebranishli signal beralida, bu signaldan FAT tarkibidagi boshqariluvchi generator chastotasini rostlash uchun foydalaniladi. FAT chiqishidagi signal chastotasini ikkiga bo‘lish natijasida sinxron detektor (SD)ga beralidigan chastotasi ga teng bo‘lgan, fazasi qabul qilinayotgan signal tashuvchisi fazasiga mos keluvchi tayanch signali ni shakllantiradi.
Bu usulning kamchiligi tashuvchini tanlashda nochiziqli qurilmadan foydalanish natijasida uning kirishida signal-xalaqit nisbati kichik bo‘lgan holatlarda kuchsiz signalni xalaqit tomonidan yanada kichiklashtirilishi hisoblanadi. Yana bir kamchiligi qurilmadagi kirish signali chastotasini ikkiga bo‘lish qurilmasida chastotani ikkiga bo‘lishda nazorat qilib bo‘lmaydigan boshlang‘ich sharoit hisoblanadi, buning natijasida tayanch garmonik tebranishi boshlang‘ich fazasi tasodifiy ravishda ikki qiymatdan birini yoki qabul qilishi mumkin. Tayanch kuchlanishi ning fazasi ga o‘zgarishi natijasida SD chiqishidagi axborot signali impulslari o‘z qiymatlarini qarama-qarshisiga (plyus minusga yoki aksincha minus plyusga) o‘zgartiradi. Buning natijasida bir bo‘lak xato qabul qilingan impulslar paydo bo‘ladi. Bunday xato qabullash “teskari ishlash natijasi” deb ataladi.
Sinxronizatsiyalashda Kostas usulidan keng foydalaniladi (1-rasm). Tarkibida shovqin bo‘lgan kirish isgnali ikkita faza detektori (FD)lar kirishiga beriladi. Har ikki FDlarga garmonik tebranish shaklidagi tayanch kuchlanishlari tayanch generator (TG) laridan beriladi. Ulardan biri ikkinchisidan fazasi bo‘yicha ga farqlanadi. FDlarining chiqishlarida kirishidagi axborot signali va TG signali fazasi lar orasidagi farq ga proporsional bo‘lgan musbat va manfiy impulslar ketma-ketligi hosil bo‘ladi. FD lardan birinchisidagi kuchlanish amplitudasi ga va ikkinchisi chiqishidagi kuchlanish amplitudasi ga proporsional bo‘ladi.
PChF chiqishidagi signallar ko‘paytirish qurilmasi (X) ga beriladi. Uning chiqishida turli qutblangan (musbat va manfiy) impulslar bir-birini yo‘qqa chiqaradi, impulslar ketma-ketligi bo‘lmaydi. Ko‘paytiruvchi qurilma signallar tarkibidagi axborot tashuvchi tashkil etuvchilarni yo‘q qiladi, bir-biri bilan yeyishtiradi. Ko‘paytirish qurilmasi chiqishidagi kuchlanish
ga teng bo‘lib, uning ta’sirida boshqaruv bloki (BB) boshqariladigan generator (BG) chastotasini kuchlanish nolga teng bo‘lgunga qadar o‘zgaradi. Ko‘paytirish qurilmasining diskriminatorlik xarakteristikasi ni tahlil etish natijasida ning qiymatlariga bog‘liq ravishda tayanch kuchlanishi o‘rnatilgan holatida qilinayotgan axborot signali tashuvchisi fazasiga mos yoki unga qarama-qarshi bo‘lishi mumkin. va axborot signali tashuvchisi fazasi bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ish holatida “teskari ishlash” holati yuz beradi.
2-rasm. Kostas usulida tashuvchining chastotasini sinxronizatsiyalash qurilmasining funksional sxemasi
Xulosa: Kostas usuli ko‘p hollarda FAT usuliga o‘xshash bo‘lgani uchun unga ham FAT usulidagi kamchiliklar xos hisoblanadi. Kirishidagi signal-xalaqit nisbati katta bo‘lganda Kostas sxemasi kirish signaliga kvadratik o‘zgartirish kiritishga mos keladi. teskari ishlash hodisasi tashuvchini qayta tiklash hamma usullariga xosdir. Bu teskari ishlash hodisasini yo‘q qilishning bir necha usullari mavjud bo‘lib, ulardan eng ko‘p tarqalgani oddiy fazasi manipulyatsiyalangan (FM) signal o‘rniga fazasi nisbiy manipulyatsiyalangan (NFM) signallardan foydalanish usuli hisoblanadi.
Adabiyotlar:
- Abduazizov A. A. Elektr aloqa nazariyasi. Darslik. — T.: TATU, 2013, 366 b.
- Abduazizov A. A., Muxitdinov M. M., Yusupov Ya.T. Radiotexnik zanjirlar va signallar. Darslik. — T.: ‘”Sams-ASA”, 2013, 480 b.
- Abduazizov A. A. Elektr aloqa nazariyasi. Darslik. — T.: Fan va texnologiyalar, 2011, 416 b.
- Abduazizov A. A., Muxitdinov M. M., Gataulina A. R. va boshq. Radioelektron vositalar elektromagnit moslashuvi. O‘quv qo‘llanma. — T.: “FAN”, 2012, 352 b.
- Abduazizov A. A., Faziljanov I. R., Yusupov Ya.T. Signallarga raqamli ishlov berish. O‘quv qo‘llanma. — T.: Cho’lpon nomidagi NMIU-2013, 160 bet.
- Abduazizov A. A., Davronbekov D. A. Radiouzatish va radioqabul qilish qurilmalari. O‘quv qo‘llanma. — T.: Fan va texnologiyalar, 2011, 272 b.
- Abduazizov A. A. Radiochastotalar spektrini boshqarish va ва elektromagnit moslashuv muammolariga tegishli atamalar. “TATU xabarlari”, № 1/2011. — T.: TATU-2011. 49–56 b.
- Абдуазизов А. А., Давронбеков Д. А. Способ повышения энергетической и полосовой эффективности цифровых каналов радиосвязи. “Вестник ТУИТ”, № 3/2009. — Т.: ТУИТ-2011. 45–48 стр.