В настоящей статье затронуты некоторые проблемы планирования урока иностранного языка, вопросы подготовки к уроку иностранного языка на основе современной модели дидактического анализа, которая дает возможность принятия тщательных, методически обоснованных решений по планированию занятия по иностранному языку.
Ключевые слова: планирование урока, современные требования к уроку иностранного языка, модель дидактического анализа, подготовка к занятию по иностранному языку.
Umumta’lim maktablarining asosiy vazifasi qilib hozirgi kunda xorijiy tillarni o’qitish metodikasi eng muhim omillardan biridir. Bu masala Respublika Xalq Ta’limi Vazirligining markazida turibdi. Umumta’lim maktablarining o’quvchilarini tarbiyalashda va ularni xorijiy tillarini mukammal bilishi uchun barcha sharoitlar mavjud. Mutaxassislar xorijiy tillarni o’qitish sohasida ulkan ishlarni bajarmoqdalar. Barcha sinflar uchun o’quv dasturlari yaratildi. Bilim, malaka, ko’nikmalarni o’quvchilarda namoyon qilish maqsadida pedagogik texnologiyalar yaratilmoqda. Shunday ekan chet tili darsi boshqa o’quv predmetlardan ikki tarafi, yani dars maqsadi va mazmuni bilan farq qiladi. Chet tili o‘qituvchisi darsni rejalashtirish va dars turlariga hamda chet tili darsni rejalashtirsa va darsni zamon talabiga va dars maqsadiga mos tog‘ri tashkil qila bilsa darsning samaradorligi va yakuniy natija kafolatlanadi.
Chet tili darsini rejalashtirishda chet tili o’qitishning boshlang’ich bosqichida chet tili darsini tashkil qilishni rejalashtirish, sinfdagi o’quvchilarning bilim darajalarini hisobga olgan holda darsni rejalashtirish, o‘qitishning shart-sharoitlarini, psixiologik qonuniyatlarini, nutq ko‘nikmalarini hosil qilish bosqichlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi, zamonaviy chet tili darsiga qo‘yilgan asosiy talablarni bilishga e‘tibor qaratmoq kerak. Agar darsga qo’yiladigan zamonaviy talablarni sanab o’tadigan bo’lsak:
1) chet til haqida qoidalar (ma’lumotlar) ni bayon etish emas, ko’nikma va malaka hosil qilish darsining asosiy maqsadlar,
2) nutq amaliyotini mashqlarga kommunikativ yo’nalishdan nutq jarayoniga taqlid qilinadi,
3) darsda chet tili materialini metodik tashkil qilish bir butunlik shaklida ro’yabga chiqadi (nutq namunasi barcha mashqlarga asoslanib birlik hisoblanadi),
4) xar qaysi nutq faoliyati turi o’ziga mos mashqlar tizimi yordamida o’rganiladi,
5) darsning yagona yetakchi maqsadi va yordamchi maqsadlari bo’ladi,
6) dars samaradorligi o’quvchilar faolligi bilan o’lchanadi,
7) darsda nazorat mazmuniy ruhda bo’ladi,
8) imkon boricha dars chet tilda olib boriladi,
9) o’quv materialining mazmuni, puxta ishlab chiqarilgan metodik usullar va ko’rgazmalilik yordamida o’quvchilarda qiziqish va bilimga intilish o’rgatiladi,
10) dars tarkibiy va umumtalimiy vazifa yodlab, o’quvchilar saviyasini ko’tarish, bilish maylini kuchaytirish va tarbiyalash ishlariga ulush qo’shadigan tadbiridir,
11) dars jarayonida o’quvchilarni yoshi va tahlil bosqichi etiborga olinadi,
12) chet tili darsi nutq faoliyatini tanlashda ma’lum til materialini ko’llashning bir pag’onasidir.
Darsni rejalashtirishning asosiy maqsadi chet tili o‘qitish maqsadi, vazifalari, til materialining hajmi, dars jarayoniga kiritish ketma-ketligi va shunga mos ravishda nutqiy ko‘nikma malakalar hosil qilishdan iborat. Rejalashtirish yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar oldindan aniqlash va uni bartaraf qilish yo‘llarini va tegishli mashqlarni tuza bilish lozim.
Chet tilining qiyinchiliklari darslik muallifi tomonidan mashqlar tuzishda hisobga olinadi. Oʼqituvchi ushbu darsning o’quv materiali bo’yicha tayyorgarlik ko’rganida, ona tili va chet tili hodisalari muqayasasini tahlil qiladi. O’sha kichik til birliklariga e’tiborini kuchaytiradi, zarur bo’lsa, qo’shimcha mashq kiritadi.
Mashqlar ketma-ketlini ta’minlash. Hozirgacha shaklllangan o’quvchilar ko’nikma va malakalarini hisobga olib, darsda bajarilishi mashqlar tartibini belgilab chiqish natija beradi. Taqdim etiladigan va ilgario’rganilgan o’quv til materialini ko’nikma va malaka tarkibigaa kiritish niyatida uch bosqichli –shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlar tavsiya etiladi. Darsning mashqlari talab va materialini muallim sinchiklab yaxlit qiladi. Darslikdan va o’zi beradigan mashqlar bajarilishning eng samarali tartibi ishlab chiqiladi. Dars uchun jihozlar tanlash. Darsga tayyargorlik chog’ida o’quv vositalarini tanlashga alohida e’tibor beriladi. Dars maqsadiga, yangi materialga, mashqlariga va o’quvchilar saviyasiga qarab yetarli va kerakli jihoz tayyorlanadi. Texnikaviy va oddiy, o’quv metodik kompleks tarkibidagi va qo’lda yasalgan audiovisual vositalarni ishlatish va ulardan foydalanishning usullari o’ylab qo’yiladi.
O’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatida amal qiladigan xatti — harakatlar darsga tayyorlanish puxta o’ylab chiqiladi. O’qituvchida kasbiy pedagogik malakalar (rejalashtirishning,tadqiq etish, tashkil qilish va tarbiyalash), metodik malakalar (o’rganish tilni bilish, o’zlashtirish nazariyasini o’quvchilar yoshi va shaxsi xususiyatlaarini bilish) kabilar shakllangan bo’lishi kerak. O’qituvchi rejalashtirishning malakasini egallab til materiallarini tanlash, o’rgatish, o’quvchilar bilan munosabatda bo’lish, darsni tashkil kilishga qodir bo’ladi.
Zamоnaviy chеt tilini o’qitish mеtоdikasida darsni rеjalashtirish, darsga tayyorlanish masalalarini «Didaktik analiz» mоdеli asоsida yеchish tavsiya etiladi. Darsga tayyorlanishda o’qituvchi bir nеcha savоllarga javоb bеradi, qatоr qarоrlar qabul qiladi. «Didaktik analiz» mоdеli mеtоdik jihatdan asоslangan qarоrlarni qabul qilishga imkоn bеradi. O’qituvchi har bir qarоrni navbatma-navbat puхta o’ylanib оlishi mumkin bo’ladi. «Didaktik analiz» mоdеli darsga tayyorlanishda o’qituvchi qanday qarоrlar qabul qilishini va ularning kеtma-kеtliligini ko’rsatadi.
Ammо o’qituvchi bundan tashqari o’quv jarayoni qanday o’tadi, dars qanday etaplarga bo’linadi, bu etaplar qanday kеtma-kеtlilikda amalga оshirilishini bilishi kerak. O’qituvchi rejalashtirish payida “O‘quvchilar nimani o’rganishi lozim?”, ”O’quvchilar nima qilishlari kerak?”, O’quvchilar qanday qilib ishlaydilar: yakka bo’lib,ikki bo’lib, uch, to’rt odamdan iborat guruhlarga bo’linibmi yoki…”,: “O’quvchilar faoliyati nima bilan nimaning yordamida amalga oshadi?”, darsga qanday o’qitish vositalari, yordamchi vositalar bilan materiallar o’quvchilarga taqdim etiladi (magnitafon, qarta va h.k), “O’qituvchi nima qilish kerak?” savoliga javob berish hamda ushbu savollarga yechim topishi lozim. Shunda dars maqsadida yetladi.
Chet til o’rganishdan ko’zlanadigan maqsadlarning ko’ngildagidek ro’yobga chiqishda o’quv jarayonini to’g’ri rejalshtirish ulkan axamiyat kasb etadi.
Rejalashtirish o‘rta makablarda o‘rganiladigan barcha predmetlarni shu bilan birga chet tili o‘rgatishni ham muvaffaqiyatli amalgam oshirish garovidir. Rejaning qaysi tipi bo‘lmasin (hoh dars rejasi,hoh tematik, calendar yoki yakuniy) u o‘quv materialini barcha psixologik va metodik qonuniyatlar, printsiplar asosida ma‘lum bir davrga bo‘lib o‘rganishni taqazo etadi va tegishli ko‘nikma va malakalarni o‘stirishni nazarda tutadi.
Rejalashtirish bir necha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Shunga ko‘ra yillik reja, tematik reja va oddiy bir dars rejasini farqlash mumkin. Yillik reja darslik mualliflari tomonidan tuziladi. U o‘z navbatida yarim yillik va chorak rejalariga bo‘linadi. Unda o‘rganiladigan mavzular aniqlashtiriladi. Har bir mavzuni o‘rgatishga ajratilgan dars soatlari bilimlar ko‘lami, nutq shakllarining o‘sish darajasi, o‘tkaziladigan nazorat turlari vaqti hisobga olinadi. Shuni ta‘kidlash kerakki har qanday yillik reja yaxshi tayyorgarlik asosida tuzilmog‘i lozim. Agar biron bir sababga ko‘ra rejaga o‘zgartirishlar kiritiladigan bo‘lsa ular yarim yillik va choraklik rejalarida o‘z aksini topishi kerak. Chet tili o‘qitish jarayoni ijodiy jarayon hissoblanib, o’qituvchi zarur hollarda unga o’zgartirishlar kiritishi mumkin. Tematik rejalashtirishning asosiy vazifasi bu ma‘lum mavzuni o‘rganish natijasida erishiladigan yakuniy maqsadni aniqlashdir
Xulosa qilib aytganda o’qituvchining har bir metodik dars etaplariga yondashishi maksimal o’ylangan va maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan bo’lishi shart. Har bir o’quvchining amaliyotida qo’llanishi kerak bo’lgan mashqlar uning Bilim, Malaka, Ko’nikmalarini rivojlantirib boradi. Dars qancha turlicha loyihalansa, birbiridan farq qilib, o’quvchining qiziqtira olsa, bu o’qituvchining ijodiy yondoshishi mahsuli bo’lib qoladi.