Idiomalarning tillararo moslashishi masalalari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №24 (262) июнь 2019 г.

Дата публикации: 14.06.2019

Статья просмотрена: 1273 раза

Библиографическое описание:

Баходирова, Ф. Б. Idiomalarning tillararo moslashishi masalalari / Ф. Б. Баходирова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 24 (262). — С. 535-537. — URL: https://moluch.ru/archive/262/60436/ (дата обращения: 20.04.2024).



В этой статье обсуждаются вопросы выбора техники перевода, основанной на семантических отношениях, грамматических нормах и умении создавать точки перевода.

Ключевые слова: свободные комбинации, фиксированные связи, семантическая структура, словосочетание, идентификатор, транскрипт, фразеологические единицы.

Odatda erkin birikmalarni tarjima qilish muammo tug`dirmaydi. Agar erkin birikmalardagi so`zlardan biri ko`chma ma’noda qo`llansa, uni tarjimada berish qiyinlashadi. Ingliz tilida iboralarning bir nechta turi mavjud bo`lib, ularning har-birini tarjima qilishda alohida yondashuv talab etiladi. Birinchi turdagi so`z birikmasi sifat+ ot turi. Ularning semantik strukturasi bir-biridan katta farq qiladi. Bu birikmada qo`llanilgan otning xususiyatini va sifatini belgilaydi. Agar ingliz tilidagi free educational institution birikmasini olsak, free so`zi institution so`zi bilan aloqasi yo`q, bu degani ba’zi hollarda sifatlar otning xususiyatlari va sifatidan tashqari u bilan bog`liq tushunchalarni ham ifodalashi mumkin. Yana bir misol: ingliz tilidagi amedical man birikmasini tarjima qilishda astout person birikmasini tarjima qilishda qo`llangan usuldan foydalanib bo`lmaydi. Ingliz tilidagi astout person o`zbek tiliga “to`ladan kelgan” yoki “semiz odam” deb tarjima qilinadi. Ingliz tilidagi amedical man birikmasini o`zbek tiliga tarjima qilishda so`zma-so`z tarjima to`g`ri kelmaydi. Bu yerda ikki so`z bitta ma’noni ifodalaydi va “shifokor” deb o`giriladi. O`zbek tilida ham bunday bitta ma’noni ifodalovchi birikmalarni ko`plab uchratishimiz mumkin. Masalan: tog` qo`yi, malla sochli, devor soati va hokazo. Bir otni bir necha sifat aniqlab kelishi mumkin bo`lgan hollar ham uchraydi. Bunda aniqlanmish bo`lib ot kelishi mumkin. Masalan, temir xotin, ichkari uy kaliti kabilar.

Ingliz tilida aksariyat hollarda otlarni aniqlab kelgan so`zlarni (bular ot ham, sifat ham bo`lishi mumkin) qaysi biri ekanligini aniqlash mushkul bo`ladi. Masalan, retail philanthropy business birikmasi nima ma’no anglatganini bir qarashda anglash oson emas, chunki uni ikki xil tushunish mumkin. O`zbek tilida bunday hollar deyarli uchramaydi.

Ingliz iboralarining yana bir xususiyati otni aniqlab kelgan sifat tushirib qoldirilgan hollar ham uchraydi. Masalan, dry pruning iborasini olsak. Bu iboraning so`zma-so`z tarjimasi “quruq butash” bo`ladi. So`z birikmasining ma’nosi daraxt shoxlari quruq bo`lgan paytda qilingan butashni ifodalaydi. Tarjima jarayonida so`z birikmalarining semantik hamda tuzilish xususiyatlarini hisobga olish lozim. Bunda birinchi navbatda otni tarjima qilib olish tavsiya etiladi, chunki qanday aniqlanmish qo`llanmasin hammasi otni aniqlab keladi va ot gapda eng muhim ma’noni ifodalaydi. Tarjimonning keyingi vazifasi gapdagi ma’no guruhlarini ajratib olish hisoblanadi. Gapning ma’no guruhi ajratib olingach, ot va sifat o`rtasidagi grammatik aloqalar turi aniqlanadi. Otdan oldin kelgan so`z va so`zlar, uni aniqlab keladi, ularni agar gap ingliz tilidan o`zbek tiliga tarjima qilinsa, uni o`zbek tili grammatikasi qoidalari asosida va aksincha, agar gap o`zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilinsa, ingliz tili grammatikasi normalariga asoslanib tarjima qilinadi. Aksariyat hollarda ingliz va o`zbek tili erkin birikmalarning tarkibi ikki tilda ham mos kelishi mumkin: Strategic Arms Limitation Treaty — Strategik qurollarni cheklash shartnomasi. Bunday tarkibda aniqlovchi bo`lgan iboralarni tarjima qilishning bir necha usuli mavjud:

  1. Ingliz tilidagi ot oldidan kelgan aniqlanmish o`zbek tilida ham shu tartibda tarjima qilinadi: acheap ticket — arzon chipta, an expressive word — ifodali so`z.
  2. Ingliz ot+ot shaklida kelgan ibora ham huddi yuqoridagidek tarjima qilinadi, bunda o`zbek tilidagi iboraga bir nechta ibora to`g`ri kelishi mumkin: opposition leader — muxolifat lideri, oppozitsiya lideri.
  3. Otni aniqlab kelgan inglizcha iboralar o`zbek tiliga bog`lovchilar yordamida tarjima qilinadi: youth unemployment — yoshlar o`rtasidagi ishsizlik.
  4. Ingliz tilidagi aniqlanmish va ot o`zbek tiliga izohlovchi orqali tarjima qilinishi mumkin: his millionaire friend — uning millioner do`sti.
  5. Ba`zan ingliz iboralaridan bir qismi tasviriy yo`l bilan, ya’ni bir necha so`z yordamida tarjima qilinishi mumkin: abargain counter — narxi tushurilgan mollar do`koni.
  6. Ingliz tilini tarkibida aniqlovchi bo`lgan iboralarni tarjima qilishda aksariyat hollarda ibora tarkibidagi muayyan so`zni yoki otni boshqa otga o`zgartirish zarur va tavsiya etiladi. Masalan, free educational institutions o`zbek tiliga “bepul o`qiladigan oily o`quv yurtlari” deb tarjima qilinishi lozim, chunki free so`zi institutions otini emas, balki educational so`ziga aloqasi bor. Huddi shu fikrParliamentary Labour Party birikmasiga ham aloqador. Bu iborani o`zbek tiliga “Leyboristlar partiysining parlament fraksiyasi” deb tarjima qilish o`zbek tili grammatikasining qoidasiga to`liq muvofiq keladi.Tarjimani to`liq berish maqsadida ba`zi hollarda aniqlovchini ayni shu gapda qo`llangan boshqa ot bilan tarjima qilish maqsadga muvofiq bo`ladi. Misol tariqasida dismal array of titles birikmasini ko`rib chiqaylik. Bu iborani o`zbek tiliga so`zma-so`z tarjima qilish ma’noga putur yetkazadi, shuning uchun uni dismal so`zining aniqlovchisi titles otini emas, balki array otini aniqlab kelganligi uchun birikmani eng yomon (eshitiladigan yoki quloqqa yoqmaydigan) laqablar yig`indisi deb tarjima qilishga to`g`ri keladi.
  7. Aksariyat hollarda ingliz tilidagi aniqlanmishli iboralar o`zbek tiliga ravishli iboralar bilan tarjima qilinadi:

to be

to have

to give + A + N phrase

to take

Yuqoridagi namunalarga quyidagi misollarni keltirish mumkin: to have a good sleep — yaxshi tiniqib uxlamoq, to take a deep breath — chuqur nafas olmoq, to give a loud whistle — qattiq hushtak chalmoq, to have a good lunch — yaxshi, mazali taom yeb tushlik qilmoq va shu kabilar.

  1. Ingliz tilidan o`zbek tiliga tarjima qilishda shunday hollar uchraydiki, turli ekstrolingvistik omillar ta’sirida tarkibida fe’lli iboralar mavjud gaplar va ularning tuzilishi butunlay o`zgarib ketadi. Masalan, “He had “I don’t know expression” in his face.” — Uning yuzi, hech narsa bilmasligini ifodalab turardi.

Ko`chma yoki obrazli turg`un birikmalar tarjimasi alohida e’tiborni talab etadi. Bunday iboralarning asosiy xususiyati ularning komponentlari yig`indisidan anglab olish qiyinligi bilan xarakterlanadi. Turg`un birikmalar ma’nosi alohida olingan so`zlardan emas, balki ularning yig`indisidan kelib chiqadi. Obrazga asoslangan turg`un birikmalar matnni ifodali hamda stilistik jihatdan bo`yoqdor bo`lishini ta’minlaydi. Asliyat matnining bo`yoqdorligi tarjimada ham o`z aksini topishi va ifoda vositalarining to`liq saqlanishini talab etadi. Tarjimon matnning ifodali va bo`yoqdorligini ta’minlash maqsadida tarjima matnida ham adekvat va obrazli turg`un birikmalarning variantini topishi lozim bo`ladi.

Tarjima nazariyasi bo`yicha nashr etilgan adabiyotlarda bunday birikmalarni tarjima qilishning to`rtta usuli borligi haqida ma’lumot beriladi. Ular quyidagilardan iborat: 1) obrazni qanday bo`lsa shundayligicha saqlash; 2) obrazni qisman o`zgartirish; 3) obrazni butunlay boshqa obraz bilan almashtirish; 4) tarjimada butunlay obrazni saqlamaslik yoki uni tushirib qoldirish.

  1. Odatda universal yoki internatsional obrazlar tarjimada to`liq saqlanadi. Bunday frazeologik birikmalar tarixiy, afsonaviy, diniy, mistik, mifologik va shu kabilarga asoslangan bo`ladi. Masalan, in the seventh heaven — yettinchi osmonda. Bunday frazeologik birikmalar asliyatning tarjima tilidagi ekvivalentlari deb ataladi. Tarjimada to`liq ekvivalentga ega frazeologik birikmalar deyarli hech qanday muammo tug`dirmaydi, chunki ular stilistik hamda pragmatik jihatlardan bir xil qiymatga, ma’noga, ifoda usuli va ta’sir kuchiga ega bo`ladi. Ba’zan asliyatdagi obrazli frazeologik birlikni tarjima tilida muqobili bo`lmasa ham saqlab qolish imkoniyati bo`ladi. Bunga kalkalash yo`li bilan erishish mumkin. Masalan, nothing comes out of the sack but what was in it — qopda nima bo`lsa, shu chiqadi yoki qozonda bori cho`michga chiqadi. Bu usul obrazli frazeologik birlikning ma’nosi shaffof bo`lgan taqdirda, ya’ni uni hamma oson tushungan holdagina qo`llash mumkin. Frazeologik birikmalar tarkibidagi so`zlar ko`chma ma’noda qo`llanilgan bo`lsa-da, ularning lug`aviy ma’nosi aniq bo`lsa, uni tarjima qilishda kalkalashdan foydalanish matnni, matndagi informatsiyani hamda matndagi g`oyani tushunishni osonlashtiradi, tarjima muqobilligini ta’minlaydi. Kalkalash aksariyat hollarda obrazli frazeologik birikmalarni oddiy frazeologik, ya’ni, erkin birikmalarga aylantirib qo`yadi. Bu usulning qanchalik to`g`ri tanlanganligini tarjima sifati ko`rsatadi. Aksincha, frazeologik birikma tarkibida qo`llangan so`z ma’nolari shaffof bo`lmasa, kalkalash usulidan foydalanish matnda qo`llangan ko`chma ma’noli so`zlarni qisman, ba’zan esa to`liq tushunmaslikka olib keladi. Masalan, ingliz tilidagi to send somebody to Coventry turg`un frazeologik birligini tushunish uchun undagi so`zlar ma’nosi yoki ma’nolar yig`indisi yetarli bo`lmaydi, chunki bu frazeologik birlik na yubormoq va na Koventri so`zining ma’nosiga bog`liq. Bu iboraning tarjimasi “baykot qilmoq” fe’liga to`g`ri keladi.
  2. Aksariyat hollarda asliyat va tarjima tillarida bir xil fikr ifodalanadi, biroq ular obrazlari bilan bir-biridan farq qiladi. Ularning har ikkisi bir xil ko`chma ma’noga ega bo`ladi. Bunday hollarda obrazlar o`rtasida mavjud ozgina farq hisobga olinmasligi lozim. Bunda tarjima qilinayotgan frazeologik birlikdagi obraz tarjimada ba’zi bir, aniqroq aytadigan bo`lsak, qisman o`zgarishga uchraydi. Shunday bo`lsa-da tarjima adekvat hisoblanadi: afine suit does not make a gentleman — kiyim odamni bezamaydi, aburnt child dreads the fire — og`zi qaynoq sutda kuygan, qatiqni ham puflab ichadi. Ikkinchi misolda ingliz va o`zbek frazeologik birikmalari o`rtasida muqobillik yo`qdek ko`rinadi. Chunki birlikning birorta so`zi bir-biriga to`g`ri kelmaydi, biroq frazeologik birlikda ifodalangan obraz deyarli bir xil — olovdan va qaynoq narsadan qo`rqish ma’nosi berilgan. Ikkala turg`un birlikda berilgan ma`no umumlashtirilgan. Yana birikkita misolni tahlil qilib chiqaylik: look not a gift horse in the mouth — berganning betiga qarama, to lay by a rainy day — qora kunga saqlamoq/qoldirmoq va hokazo.
  3. Har bir xalqning til boyligi, jumladan frazeologik birikmalari uning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, turmush tarsi, mentaliteti va xarakterli xususiyatlari aks ettiradi. Hamma uchun bir xil fikrlar turli xalqlar tomonidan turlicha ifodalanadi: o`zbeklar “tuyaning dumi yerga tekkanda”, “qizil qor yoqqanda”, “xapshanba kuni” deganda inglizlar “when pigs fly” frazeologik birligini qo`llashadi. Ikkala frazeologik iboradagi leksik birliklar birbiriga, ayniqsa “tuya”, “qizil qor” hamda “xapshanba” butunlay to`g`ri kelmasada, hech qachon sodir bo`lmaydigan ish-harakat, voqea asosiy fikr hisoblanadi. Frazeologik birikmalar tarkibidagi aksariyat so`zlar esa ikkinchi darajali unsur sifatida qo`llangan. Bu yerdagi asosiy vazifa asliyatdagi frazeologik birikmalar tarjima tilida xuddi shu fikrni ifodalagan va xuddi shunday stilistik ma’noga ega bo`lgan turg`un birikma topish. Misollardan ko`rinib turibdiki, aksariyat hollarda asliyatdagi frazeologik birikmalarning ekvivalentlari yo`q bo`lganda, ayni obraz qo`llanmaganda, obrazni butunlay almashtirish tavsiya etiladi. Tarjima tilida asliyatdagi frazeologik birlikka ma’no stilistik ifodaliligi oxshash turg`un birikma topish maqsadga muvofiq bo`ladi.
  4. Shunday hollar bo`ladiki, tarjima tilida asliyat tiliga na ekvivalenti va na o`xshash frazeologik birikma topiladi. Asliyatda ifodalangan fikrni aks ettira oladigan birlikni na ekvivalent na o`xshash bo`lganda, frazeologik birlik shaffof bo`lmasa, kalkalash usulidan foydalanishni iloji bo`lmaganda, turg`un frazeologik birikmalar tasviriy yo`l bilan tarjima qilinadi. Tasviriy usul erkin ko`chma ma’noga asoslanmagan frazeologik birliklani qollashni talab etadi: “a skeleton in the cup”- “oila siri”, “in a whole skin” — “bekamu-ko`st, soppa-sog`, sog`salomat, beziyon” va shu kabilar.

Adabiyot:

  1. Кунин А. В. Английская фразеология (теоретический курс). — М.: Издательство «Высшая школа», 1970. — 344 с
  2. Кунин А. В. Курс фразеологии современного английского языка. — Дубна: Феникс, 2005.
  3. Кунин А. В. Основные понятия фразеологии как лингвистической дисциплины и создание англорусского фразеологического словаря: — М., 1964. –38 c.
  4. Muminov O. English Lexicology. Tashkent 2006.-109–116b.


Ключевые слова

фразеологические единицы, семантическая структура, словосочетание, свободные комбинации, фиксированные связи, идентификатор, транскрипт
Задать вопрос