Ingliz tilida frazeologik sinonimya | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №24 (262) июнь 2019 г.

Дата публикации: 14.06.2019

Статья просмотрена: 1133 раза

Библиографическое описание:

Баходирова, Ф. Б. Ingliz tilida frazeologik sinonimya / Ф. Б. Баходирова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 24 (262). — С. 533-535. — URL: https://moluch.ru/archive/262/60434/ (дата обращения: 18.12.2024).



В данной статье обсуждается синонимия фразеологизмов в английском языке, а также вопрос различия между дисперсией и синонимами как один из наиболее важных вопросов стилизации фразеологии.

Ключевые слова: фразеологические синонимы, хореографические фразеологизмы, осмысленное значение, парадигма, стилистические отношения, дисперсионные выражения.

Sinonimiya til birliklari orasidagi semantik mikrosistemalardan biri bo’lib, iboralar orasida ham keng tarqalgan. Buyuk frazeolog tilshunos A. B. Kunin frazeologik sinonimlarga quyidagicha ta’rif bergan: “Frazeologik sinonimlar bu koreferent frazeologizmlar bo’lib, bir grammatik sinfga kiruvchi, umumiy hamda differensial semantik komponentlarga ega bo’lgan, stilistik jihatdan o’xshash va noo’xshash bo’lgan birliklardir”.

Ikki iborani sinonim deb atash uchun ular aynan bir ma’noni anglatishi shart. Ammo bu bir ma’nolilikni teng ma’nolilik deb tushunish noto‘g ‘ri. Harbir sinonim, shu sinonimiya uyasi uchun umumiy ma’no o’zanidan tashqari, o’ziga xos ma’no qirrasiga, uslubiy-funksional xususiyatlariga ham ega bo’ladi.

Sinonimlar odatda bir yoki bir necha jihatdan farqqa ega bo‘lishi mumkin bo‘lib, shulardan biri ma’no qirrasidagi farqdir. Masalan ingliz tilida so ‘zlashuv uslubida keng tarqalgan “lower one’s credit” va “blot one’s copybook” (nomiga dog’ tushirmoq) iboralari aynan bir ma’noni anglatishi, bir xil (so‘zlashuv) uslubiga xoslanganiga qaramay, bu sinonimlar ichki ma’no qirrasi jihatidan o‘ziga xosliklarga ega, ya’ni ikkinchi iborada ma’no bir qadar kuchli. Buni uslubiy bo’yoqdorlik bilan izohlash mumkin. Lekin ularning umumiy denotativ ma’nosi bir xil bo’lmasligi uchun sinonim deb atash mumkin.

Sinonim iboralarni bir iboraning variantlaridan ajratish lozim buning uchun iboralarning so’z komponetlariga diqqat qilish lozim. Leksik tarkibida aynan bir so’z qatnashmaydigan iboralarning sinonim ekani shubha tug’dirmaydi. Masalan: like a bat out of hell- go like a bomb-in a crack (bir zumda, tezda) iboralari sinonim ekanligiga hech qanday shubha yo‘q. Lekin shuni unutmaslik kerakki sinonim iboralar leksik tarkibida biror komponent ayni bir so’z bilan ifodalangan bo’lishi mumkin. Ammo bunda iboralar tarkibidagi boshqa-boshqa so’z bilan ifodalangan komponetlar o’zaro sinonim bo’lmasligi shart. Aks holda bir iboraning variantlariga teng bo’ladi. Masalan: on one’s own- under one’s own power of one’s own hat (mustaqil ravishda) sinonimik qator tarkibidagi “own” so’zi takrorlanayotganiga qaramay ular variantdosh emas, sinonim birliklar hisoblanadi. Chunki variantlanish alohida hodisa hisoblanib bunda ibora boshqa bir iboraga aylanmaydi, bir iboraga xos obraz birligi lug‘aviy ma’no birligi saqlanadi. Variantlanish iboraga xos yaxlitlikning o‘z doirasida, shu yaxlitlik yo‘l qo‘ygan darajada voqe bo‘ladi(3). Masalan, be on smb’s back-get on smb’s back(kimningdir boshiga chiqib olmoq); bad egg- bad hat (iflos, past odam) birliklari variantdosh iboralardir.

Frazeologik sinonimlar bilan variantlar o’rtasida ko’pgina umumiy tomonlar mavjud. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, frazeologik sinonimiya variantdoshlikka nisbattan ancha keng tushunchadir. Frazeologik sinonimlar va frazeologik variantlar ingliz tilining kuchli tasviriy uslubiy manbalari sanaladi. Shuning uchun lug’atlarda frazeologik sinonimlar ham frazeologik variantlar ham o’z aksini topishi lozim. Variantdosh iboralarni sinonim iboralardan farqlash frazeologik stilistikaning eng muhim masalalaridan biridir. Bu hol ayniqsa sinonim iboralarning uslubiy tarmoqlanishi haqida so’z yuritilayotganda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sinonimiya–ma’no va shakl asosida belgilanadigan hodisa. Ayni bir ma’nolilik monosemantik frazeologik birliklarda ibora bilan ibora orasida belgilanadi. Agar sinonimik munosabatga polisemantik ibora qatnashsa iboradanemas, balki konkret frazeologik ma’nodan kelib chiqish lozim. Chunki har bir frazeologik ma’no o’zicha sinonimga ega bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin.Masalan “feel one’s oats” polisemantik iborasini olsak, birinchi ma’nosi “o‘ynoqi, chopqir bo‘lmoq” bo‘lib tulporlarga nisbattan qo‘llaniladi va hech qanday sinonimga ega emas. Ikkinchi ma’nosi bo‘lsa insonlarga nisbattan ”sho‘x, hazilkash bo‘lmoq“ bo‘lib “make good cheer” iborasi bilan sinonim hisoblanadi.

Sinonimik munosabatga qatnashuvchi (bir sinonimik uyaga birlashuvchi) iboralarning miqdori ham har xil: ko’pchilik uyalar ikki sinonimli, uch sinonimli uyalar ham anchagina, to’rt iborani birlashtiruvchi uyalar ham mavjud.

Masalan ingliz so‘zlashuv uslubiga xos sinonim iboralar: rough as bagsbad hat (dag‘al, qo‘pol) give smb down the blanks- lay the blast (tanbeh bermoq); be up in the air- get off one’s bike-hit the ceiling (qattiq g‘azablanmoq); cool beggar- cool car customer-smart Aleck (surbet); to be out of one’s box-go out of one’s mind-to be soft in the head-addle brained-go nuts (aqldan ozgan, esini yegan).

Frazeologik uyalar tarkibiga turli ko’rinishli hamda turli xususiyatli frazeologik birliklar kiritilishi mumkin:

1) Umumiy komponentlarga ega bo’lgan frazeologik sinonimlar: have a head on one’s shoulders -have one’s head screwed on (the) right way — tushunadigan, aqli raso, zehnli; bunday frazeologik qatorlar analogiya asosida vujudga keladi.

2) Ma’nodosh hamda ma’nodosh bo’lmagan komponentlarga ega bo’lgan frazeologik sinonimlar: (as) clear as day (day—light)-(as) plain as a pikestaff (as the nose on your face) –kunday ravshan, ochiq-oydin; (as) crazy as a fox — (as) mad as a march hare (as a hatter) esi og’gan, jinni; clear va plain, crazy va mad so’zlari ma’nodosh so’zlar hisoblanadi.

3) Umumiy komponentlarga ham, ma’nodosh komponentlarga ham ega bo’lmagan frazeologik sinonimlar: down at heel-out at elbow-bechorahol, isqirt kiyingan; in a crack-like a bat out of hell (bir zumda, ko‘z ochib yumguncha); Frazeologik qatordagi sinonim iboralar umumiy bir ma’noni anglatishiga qaramay har doim ham birining o‘rniga ikkinchisi qo‘llanila olmaydi. Chunki har bir ibora o‘ziga xos emotsionallikga, uslubiy semalariga ega bo‘ladi. Sinonimlik uchun xos bo‘lgan umumiy ma’no semalaridan tashqari o‘ziga xos ma’no qirralarini o‘zida mujassamlashtiradi. Masalan,an eager beaver hamda ball off fire sinonimlari uchun umumiy sema,”tinib tinchimas”lik bo‘lsa, birinchi birlik ko‘proq tirishqoq, serharakat ishchilarga nisbattan qo‘llaniladi. Ikkinchi iboramiz esa olov, uchar, epchil odamlarga nisbatan qo‘llaniladi. Shuning uchun ularni uslubiy xoslangan tarzda qo’llash shart.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish mumkinki, antonimlik va sinonimlik hodisalarini o‘rganish ingliz tili frazeologizmlarini kengroq tushunishga hamda ularning o‘zaro semantik stilistik munosabatlarini kengroq ochib berishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Antonimik va sinonimik munosabatlar frazeologik iboralar uchun xarakterlidir. Aynan mana shu ma’no munosabatlari tufayli frazeologik birliklarning ma’noviy paradigmalarini tuzish, hamda ularni semantik jihatdan izohlash, uslubiy o‘ziga xosliklarini ifodalab ko‘rsatishimiz mumkin.

Adabiyotl:

  1. Кунин А. В. Курс фразеологии современного английского языка. — Дубна: Феникс, 2005. — 466c.
  2. Кунин А. В. Основные понятия фразеологии как лингвистической дисциплины и создание англорусского фразеологического словаря: — М., 1964. –38 c.
  3. Кунин А. В. Английская фразеология (теоретический курс). — М.: Издательство «Высшая школа»., 1970. — 344 с
  4. Muminov O. English Lexicology. Tashkent., 2006.-109–116b


Задать вопрос