Turizm sohasi rivojlanishining ayrim muammolari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №22 (260) май 2019 г.

Дата публикации: 03.06.2019

Статья просмотрена: 2640 раз

Библиографическое описание:

Бахрамова, С. Ш. Turizm sohasi rivojlanishining ayrim muammolari / С. Ш. Бахрамова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 22 (260). — С. 683-685. — URL: https://moluch.ru/archive/260/60089/ (дата обращения: 25.04.2024).



Maqolada turizmning rivojlanishi bilan uning yangi turlari va yo’nalishlarining vujudga kelishi ham mazkur soha statistikasini yuritishdagi ayrim muammolar yoritilgan.

Tayanch so’zlar: turizm, geografik o’rin, investitsiya, resident, Butunjahon sayyohlik tashkiloti, ekskursant, satellit.

В статье рассматривается появление новых видов и направлений с развитием туризма. Обсуждаются некоторые проблемы ведения статистики данной сферы.

Ключевые слова: туризм, географическое расположение, инвестиция, резидент, Всемирная туристская организация, экскурсант, сателлит.

Turizm bugungi kunda dunyo mamlakatlari xizmat ko’rsatish sohasining eng yirik yo’nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Uning iqtisodiyotning boshqa sohalaridan ustun jihatlari shu bilan ifodalanadiki, turli taraqqiyot bosqichida bo’lgan barcha mamlakatlarda ham rivojlantirish imkoniyatlarining mavjudligidir. Buni nafaqat, tarixiy joylar, balki, geografik joylashuv, iqlim va ob-havo sharoiti, ba’zi hollarda, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy yoki ekologik muammoli, hatto, ekstremal sharoitdagi hudud hamda xilma-xil uslublarda qurilgan inshootlar ham sayohat ob’yektiga aylangan holda byudjetga daromad keltirishida ko’rishimiz mumkin. Hozirgi kunda turizmning, nafaqat, tarixiy yoki an'anaviy, balki, yangidan-yangi turlari, shakl hamda ko’rinishlari vujudga kelmoqdaki, bu yangi tendensiyalar mazkur sohani valyuta kirib keluvchi manba sifatidagina emas, mintaqaviy rivojlanishning asosiy faktorlaridan biri deb qabul qilinishiga olib kelmoqda.

Shu sababli, keyingi vaqtda dunyo mamlakatlari qisqa muddatlarda katta daromad keltiruvchi moliyaviy sohalar bilan bir qatorda turizmga ham davlat darajasida katta e’tibor qaratmoqda. Mazkur jarayonlarda rivojlangan mamlakatlar turizmning yangi yo’nalishlari va qirralarini ochgan holda soha uchun yangi qonuniyatlarga asos bo’luvchi chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi sub’yekt sifatida qatnashsa, rivojlanayotgan mamlakatlarning ba’zilari turizmni iqtisodiyotning “lokomotiv” sohasi, yana boshqalari esa valyuta kirimi manbalaridan biri sifatida rivojlantirish, shuningdek, mamlakatni dunyoga tanituvchi sohalardan biri sifatida qarashi bilan turizm biznesida ishtirok etmoqda. Bu esa globallashuv davrida vaqt o’tishi bilan sohaning yangicha ko’rinishlari va sifat ko’rsatkichlari yuzaga kelishiga sabab bo’lib, uni muntazam kuzatib borish, statistikasini yuritish, tahlil qilish va tartibga solish ishlarini amalga oshirish jarayonini tobora qiyinlashtirib bormoqda.

Turizm statistikasining mukammal va sifatli bo’lishi, ma’lumotlarning shaffofligi mamlakatga, nafaqat, chet el investorlari, balki, rezidentlarining ham qiziqishini uyg’otadi.

Bunda, eng avvalo, turizmni rivojlantitishdagi chigal masalalardan biri xalqaro miqyosda sohaga oid bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirish bo’lib, har qanday holatda — mazkur sohaga yangi kirib kelgan investorlarni jalb etish yoki xalqaro hisob-kitob ishlarini olib borish uchun ham to’liq va ishonchli, doimo ochiq bo’lgan ma’lumotlarni olish zarur bo’lib hisoblanadi [5]. Ammo, xalqaro miqyosda statistik ma’lumotlarni jamlash jarayonida huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash dunyo mintaqalari, hattoki, mamlakatlarida turlicha bo’lib, bu sohani rivojlantirish hamda boshqarishni takomillashtirish yo’lidagi eng katta muammolardan biridir [1. C. 207]. Mazkur muammo o’z yechimini topishi natijasida dunyo bo’yicha, mintaqa va turli mamlakatlarda turizm rivojlanishi qonuniyatlari hamda o’zgarishlarini amaliyotga vaqt hamda hudud talqinida tadbiq etish kabi imkoniyatlarni beradi.

Shu tufayli 1980–90 yillardan buyon mazkur muammoga xalqaro miqyosda e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1998-yilda Butunjahon Turizm Tashkiloti tomonidan “Turizm bo’yicha iqtisodiy Hisobot” nashri e’lon qilinib, uning bir bo’limi sohaning aynan shu muammosiga bag’ishlandi [1, c. 211]. Bundan tashqari, Butunjahon Turizm tashkilotining Ottavada o’tgan konferensiyasida “Turizm statistikasi bo’yicha tavsiyalar” tayyorlanib, BMT ning Statistika Kengashiga taqdim etildi. Mazkur tavsiyalarning qabul qilinishi va uning barcha mamlakatlarda amal qilishi turizm sohasida statistik faoliyatning takomillashtirilishida muhim ahamiyat kasb etadi[1].

Xususan, Rossiya Federatsiyasida sayyohlar hisobi 2014-yil 12-avgustda qabul qilingan “Sayyohlik oqimlari kirish va chiqish hisobini baholash rasmiy statistik baholash” tizimi bo’yicha olib boriladi [7].

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan biri bo’lgan Qozog’istonda ham sayohatchilar fuqarolik hamda turar joydan ma’lum muddatga uzoqlashish talablari bo’yicha hisoblangan bo’lsa, mamlakatning yangi hisoblash tizimiga o’tishi natijasida, ya’ni yuqoridagi talablarga sayohatchining maqsadiga ko’ra tasniflash talabi ham qo’shilganidan so’ng ularning sonida kamayish va sohaning o’sish tendensiyalarida sustlashish kuzatildi. Bundan tashqari, “haqiqiy” sayyohlar soni kamayganiga mos ravishda Qozog’iston Respublikasi eksportida turizm ulushi o’tgan yilga nisbatan 9.6 foizga pasaygan. Qo’shni respublikada sayyohlar qatoriga, nafaqat, dam olish maqsadida bo’lgan aholi qatlami, balki, biznes sayohat, do’stlar yoki qarindoshlarni ziyorat qilish maqsadida mamlakatga kirib kelayotgan yoki chiqib ketayotgan aholi qatlami ham kiritilib, Butunjahon Turizm Tashkiloti tomonidan e’lon qilingan manbalar bo’yicha (mamlakatning hisoblash usullari bo’yicha) 2017-yilda sayyohlarning 40 foizi qarindoshlari yoki do’stlarini ziyorat qilish va biznes maqsadida chegaralarni kesib o’tgan. Sayyohlarning qolgan barchasi sof turistlar bo’lib, turli turistik xizmatlardan foydalangan. Ammo, Qozog’iston Respublikasi chegara xizmati ma’lumotlariga ko’ra, barcha kirib kelishlarning 78 foizi yaqinlarni ziyorat qilish bo’lib, 20 foizi biznes turizm, bor-yo’g’i 2 foizi “sof” turistlar bo’lib hisoblanadi [8].

Bu kabi hisoblash usuli yaqinlarni qo’shni mamlakatlarda yashab istiqomat qilgani hisobiga qaysidir ma’noda “majburiy” sayohat-migratsiyasi bo’lib hisoblanib, uning katta ulushga ega ekanligi va Butunjahon Turizm Tashkilot tomonidan “sayohatchi” sifatida hisobga olish uchun qo’yilgan talablarning barchasiga javob berishi mamlakatning ularni ro’yxatga olishi uchun imkon yaratib beradi. Ammo, ular kirib borgan hududda katta miqdorda mablag’ sarflamaydi. Shu sababli ham mamlakatga turli boshqa ta’sirlarsiz o’z xohishiga ko’ra tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarnigina hisobga olish ishlari, nafaqat, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, MDH mamlakatlaridan Gruziya, Rossiya, shuningdek, Turkiya, balki, hozirgi vaqtda dunyoning bir qator rivojlangan mamlakatlari, jumladan, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniyada ham qo’llaniladi[2].

O’zbekistonda aholining qo’shni mamlakatlar bilan yaqin qarindoshchilik aloqalarining yuqoriligi natijasida shunday maqsad bilan yurtimizga kirib kelayotgan sayyohlar soni sezilarli darajada ko’p. Ammo, ularni maqsadiga ko’ra tasniflash jarayonida faqatgina bojxona deklaratsiyasiga asoslanilishi sayyohlarning maqsadiga ko’ra turlarini aniqlash imkonini bermaydi. Natijada, jamlangan axborot “sof” turistik maqsadlarda kirib kelayotgan sayyohlar orasida chuqur tahliliy tasniflash ishlari olib borilishiga imkon bermaydi.

Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, hozirgi kungacha bu hisoblash usullari shartli bo’lib, barcha mamlakatlar o’z hisoblash tartibiga ega. Xususan, jahon mamlakatlarining 40 foizi qo’shni mamlakatlardan kirib kelgan ekskursantlar (bir kunga mamlakatga sayohatchi sifatida kirib kelgan shaxs) va mintaqa bo’ylab turistlar bilan sayohatni amalga oshirayotgan gid-ekskursovodlarni sayohatchi sifatida hisoblamaydi. O’n foiz mamlakatlar esa ish maqsadida kirib kelganlar — biznes sayohatchilarni bu hisobdan chiqarib tashlaydi [5].

Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, keyingi yillarda sayyohlarni hisobga olish tizimida Yevropa Ittifoqining ko’pgina mamlakatlarida nisbatan ancha takomillashgan uslub yo’lga qo’yilgan bo’lib, mazkur usul yordamida mintaqada sayyohlik ishlarini tartibga solish ishlari birmuncha osonlashgan. Tashkillashtirilmagan, ya’ni, sayyohlik firma hamda agentliklari yordamidan foydalanmagan holda sayohat qiluvchi turistlardan kirib keluvchi daromad hisobini olib boruvchi sayyohlik mintaqalariga ega bo’lgan Yevropa mamlakatlarida “satellit” tizimi amal qilib, so’rov bazasiga ega bo’lgan bank tizimi yordamida ular soni hisoblab boriladi. Bunda har bir tovar yoki xizmatga mos keluvchi maxsus kodlar o’rnatilgan bo’lib, ulardan foydalanib, kartochka (kredit yoki depozit) orqali haqini to’lagan vaqtda sayyoh haqidagi axborot bazaga tushadi va iste’mol hisobi olib boriladi. Mazkur kartochka orqali sayohatchining turar joyi, xizmat yoki tovar turidan foydalangan vaqtda uning qaysi guruhga mansubligiga ko’ra sayohatchining maqsadi aniqlashtiriladi va ma’lumotlar bazasiga tog’ridan-to’g’ri joylanadi [6].

Shuni ham hisobga olish zarurki, mazkur uslub yagona hisobga olish bazasi hamda kommunikatsion barqaror tizimga ega bo’lgan mamlakat yoki mintaqalardagina samarali ish berib, bunda aholining barchasi mazkur hisobga olish tizimiga qamrab olinishi lozim. Ya’ni, bunda har bir mahsulot uchun iste’mol kodlari o’rnatilib, uning hisobi elektron tarzda yuritilishi, mamlakat aholisi kartochka tizimiga to’liq o’tishi, sayyohlar uchun ham vaqtinchalik to’lov kartochkalari joriy etilishi zarur. Rivojlanayotgan mamlakatlarda mazkur chora-tadbirlarni birdan amalga oshirish imkoniyatining mavjud emasligi, bundan tashqari, sayohatchilar sonini to’g’ri hisoblash maqsadida ularga qo’shimcha talablar qo’yilishi yoki qat’iy nazorat ostiga olinishi bir qator noroziliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Yuqorida keltirilgan fikrlarni hisobga olgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, rivojlanayotgan mamlakatlar bilan bir qatorda rivojlangan mamlakatlarda ham sayyohlik statistikasini to’g’ri yuritish, uni xalqaro miqyosda o’rnatilgan tartibga mos holda olib borishdagi muammolar xalqaro hisob-kitob ishlarini chigallashtirishi, soha rivojlanishiga to’siq bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur muammolar aynan turlicha hisoblash ishlarini olib borayotgan mamlakatlarning o’ziga birinchi navbatda ta’sir etib, sohaga xorijiy kapitalni jalb etish jarayonini sekinlashtirib yuborishi mumkin. Xalqaro hisob-kitoblar bilan birgalikda ish olib borish mamlakatning boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish imkonini berib, hududdagi muammo va kamchiliklarni yaqqol tushunib, yechimini topishga imkon beradi. Bundan tashqari, rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan, O’zbekistonda ham hozirda Yevropa Ittifoqida amal qilayotgan “satellit” tizimini yo’lga qo’yish ishlarini boshlash natijasida bir necha yillardan so’ng tizimni to’liq ishga tushirish hamda hozirgi kunda yurtimizda sohaning muammoli jihatlaridan biri bo’lib hisoblangan ichki sayyohlarni hisobga olish tizimini tartibga solish uchun qulay sharoit paydo bo’ladi.

Adabiyotlar:

  1. Александрова А. Ю. Международный туризм. Учебник. М.: Аспект Пресс, 2002. — 211 с.
  2. Распоряжение Правительства Российской Федерации от 31 мая 2014 г. N 941-р г. Москва «Об утверждении Стратегии развития туризма в Российской Федерации на период до 2020 года»
  3. M. A. Mirzayev M. T. Aliyeva “Turizm asoslari” “O‘zbekiston faylasuflar jamiyati” nashriyoti, 2011.
  4. Вспомогательный счет туризма: рекомендуемая методологическая основа,2008 год. Методологические исследования Серия F № 80/Rev.1
  5. http://www.tourlib.net/books_tourism/aleks24.htm
  6. http://www.tourlib.net/statti_tourism/yachmeneva4.htm
  7. http://www.visit-russia.ru/news/kak-schitat-turistov-v-rossii-prinyata-novaya-metodologiya
  8. http://www.informburo.kz/stati/v-2018-godu

[1] Tourism and the Sustainable Development Goals – Journey to 2030 HIGHLIGHTS. 2017, World Tourism Organization (UNWTO) and United Nations Development Program (UNDP)

[2] O’sha manba

Основные термины (генерируются автоматически): BMT, HIGHLIGHTS, MDH, UNDP, UNWTO, Российская Федерация.


Ключевые слова

turizm, geografik o’rin, investitsiya, resident, Butunjahon sayyohlik tashkiloti, ekskursant, satellit

Похожие статьи

Современные тенденции и перспективы развития международного...

Постановка задачи. Задачей статьи является изучить современные тенденции и перспективы развития международного туризма, его видов на основе статистических данных туристических прибытий согласно UNWTO Tourism Highlights, а также спрогнозировать развитие...

Современные тенденции развития международного туризма...

*** по данным World Tourism Organization (UNWTO) Tourism Highlights. Поступления от туризма составляют основную статью дохода для трети стран-участников туристского рынка, а в 80 странах они входят в... Влияние туризма на социально-экономические процессы.

Современное состояние и тенденции развития туризма в мировой...

Российская Федерация сегодня занимает прочное положение на рынке международного

Российская Федерация имеет значительный потенциал для роста внутреннего и въездного

Основные термины (генерируются автоматически): UNWTO, международный туризм, США...

Защитник как субъект доказывания в российском уголовном...

В настоящей статье автор освещает проблему правового статуса защитника как субъекта доказывания в российском уголовном процессе. Автор приводит мнения различных авторов по данному вопросу. Приводятся пути решения исследуемой проблемы.

Научный журнал «Молодой ученый» №40 (278) октябрь 2019 г.

Название: Технологии и методы управления конфликтами. Рубрика: Экономика и управление. Страницы: Библиографическое описание: Русакова Д. А. Технологии и методы управления конфликтами // Молодой ученый. — 2019. — №40. Объем: 0,58 а.л. Статус: На рецензировании.

Foreign experience in the development of ecotourism in Uzbekistan

World Tourism Organization. — UNWTO Tourism Highlights. — 2015–13 р. Инновационное развитие индустрии туризма | Статья в сборнике... Сайт Всемирной туристской организации www. unwto.org.en. Материалы Всесоюзной научно-практической конференции “ Актуальные аспекты...

The federal parliamentary elections of 2016 and the constitutional and...

This article discusses the procedure for holding the federal parliamentary elections in 2016. Constitutionally legal innovations accompanying elections. The Primary procedure is considered as the stage of the electoral process.

Сущность взаимосвязи туристского и интеллектуального...

*** по данным World Tourism Organization (UNWTO) Tourism Highlights.

Деловой туризм – инструмент продвижения индустрии туризма. Российская Федерация, несмотря на свой высокий туристский потенциал, занимает незначительное место на мировом туристском рынке.

Похожие статьи

Современные тенденции и перспективы развития международного...

Постановка задачи. Задачей статьи является изучить современные тенденции и перспективы развития международного туризма, его видов на основе статистических данных туристических прибытий согласно UNWTO Tourism Highlights, а также спрогнозировать развитие...

Современные тенденции развития международного туризма...

*** по данным World Tourism Organization (UNWTO) Tourism Highlights. Поступления от туризма составляют основную статью дохода для трети стран-участников туристского рынка, а в 80 странах они входят в... Влияние туризма на социально-экономические процессы.

Современное состояние и тенденции развития туризма в мировой...

Российская Федерация сегодня занимает прочное положение на рынке международного

Российская Федерация имеет значительный потенциал для роста внутреннего и въездного

Основные термины (генерируются автоматически): UNWTO, международный туризм, США...

Защитник как субъект доказывания в российском уголовном...

В настоящей статье автор освещает проблему правового статуса защитника как субъекта доказывания в российском уголовном процессе. Автор приводит мнения различных авторов по данному вопросу. Приводятся пути решения исследуемой проблемы.

Научный журнал «Молодой ученый» №40 (278) октябрь 2019 г.

Название: Технологии и методы управления конфликтами. Рубрика: Экономика и управление. Страницы: Библиографическое описание: Русакова Д. А. Технологии и методы управления конфликтами // Молодой ученый. — 2019. — №40. Объем: 0,58 а.л. Статус: На рецензировании.

Foreign experience in the development of ecotourism in Uzbekistan

World Tourism Organization. — UNWTO Tourism Highlights. — 2015–13 р. Инновационное развитие индустрии туризма | Статья в сборнике... Сайт Всемирной туристской организации www. unwto.org.en. Материалы Всесоюзной научно-практической конференции “ Актуальные аспекты...

The federal parliamentary elections of 2016 and the constitutional and...

This article discusses the procedure for holding the federal parliamentary elections in 2016. Constitutionally legal innovations accompanying elections. The Primary procedure is considered as the stage of the electoral process.

Сущность взаимосвязи туристского и интеллектуального...

*** по данным World Tourism Organization (UNWTO) Tourism Highlights.

Деловой туризм – инструмент продвижения индустрии туризма. Российская Федерация, несмотря на свой высокий туристский потенциал, занимает незначительное место на мировом туристском рынке.

Задать вопрос