Plastmassa mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №21 (259) май 2019 г.

Дата публикации: 22.05.2019

Статья просмотрена: 2828 раз

Библиографическое описание:

Асадова, Д. Ф. Plastmassa mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida / Д. Ф. Асадова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 21 (259). — С. 597-599. — URL: https://moluch.ru/archive/259/59345/ (дата обращения: 19.12.2024).



В статьи обсуждаются особенности производства пластических масс в условиях жесткой конкуренции рынка, обеспечение конкурентоспособности этих материалов, проблемы производства и пути их решения.

Ключевые слова: аморфные и кристаллические полимеры, органические пигменты, неорганическеие пигменты, полиолефины, пластические гранулы, апликация, декалкомания, полимерные композиции,

Bozor iqtisodiyoti sharoitida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni nafaqat shaharlarda, balki qishloq joylarida barpo etish va qayta qurish uchun ichki va tashqi xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mahalliy xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanish, mustahkam, ishga chidamli, sifatli va raqobatbardosh plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish va kasanachilikni rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. Bu esa aholi bandligi, uning daromadini oshirish va o‘sha hudud (shahar, tuman, qishloq) dagi eng muhim iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni samarali echimini topish imkonini beradi.

Hozirgi paytda xususiy tadbirkorlar va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari mahalliy xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanib mustahkam, sifatli, ishga chidamli va raqobatbardosh plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, respublikamiz iqtisodiyotini yanada yuksalshiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotganlari ko‘pchilikka ma’lum. Ammo raqobatbardosh bo‘yalgan plastmassa buyumlar ishlab chiqarish jarayonida ular ma’lum texnologik qiyinchiliklarga duch kelishlari ham tabiiiy holdir.

Ushbu maqolaning asosiy maqsadi-bo‘yalgan plastmassa buyumlar ishlab chiqarish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan ba’zi-bir muammolar echimini topishga ilmiy asoslangan amaliy maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar berishdan iborat.

Umuman olganda, plastmassa buyumlarining tizimi va xossalarini kerakli darajada modifikatsiyalash, ya’ni bo‘yalgan, ishga chidamli, sifatli, mustahkam va raqobatbardosh buyumlar olish plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasining o‘ta muhim va o‘z echimini kutayotgan muammolaridan biri hisoblanadi.

Odatda, plastmassa negizini shishasimon amorf yoki qisman kristallangan polimer materiali tashkil etadi. Kimyoviy tarkibi, tuzilishi va kristallik darajasiga qarab, polimer materiallari xiraroq, tiniq, oq rangli, rangsiz yoki turli ranglar (sariq, ko‘k, qizil, qora va boshqa ranglar) ga bo‘yalgan bo‘lishlari mumkin. Plastmassalarning turli ranglarga bo‘yalish qobiliyatlari ularning tabiatiga, kimyoviy tarkibiga, tizimi va tuzilishiga va, eng muhimi qayta ishlash usuliga bog‘liqdir. Aynan mana shu qobiliyatlari tufayli plastmassa buyumlaridan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida yanada kengroq qo‘llanishga sabab bo‘ldi.

Polimer materiali tarkibiga bo‘yatgichlarning miqdori 0,01–2,0 % mas.ni tashkil etishi mumkin, chunki ularning miqdori oshganda, buyumning elektrik va mexanik xossalari o‘zgarib ketishi mumkin.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, organik pigmentlarning asosiy afzalliklari-bo‘yash muhitida erimasligidir. Organik pigmentlar guruhiga asosan polimerda erimaydigan va murakkab kimyoviy tizimga ega bo‘lgan organik moddalar (ftalotsianin, azotsiklik, politsiklik, dioksazin pigmentlar, shuningdek loklar va suvli eritmalardan cho‘ktirib olingan bo‘yatgichlar) kiradi. Ular polimer hajmiga yaxshi tarqalsalarda, kamchiliklardan xoli emas: ularning asosiy kamchiligi-anorganik pigmentlarga nisbatan issiqqa chidamsizligi va buyum tarkibidan siljib chiqish qobiliyatlarining yuqoriligidir.

Poliolefinlar (PE, PP va ular asosida olinadigan kompozitsiyalar) ni bo‘yash uchun, ayniqsa ulardan bo‘yalgan kabel izolyasiyalari va pardalar olish uchun, quyi molekulyar PE dan qo‘llaniladi. CHiqarib oluvchi qoliplarda bo‘yash usuli bo‘yatgichlarni polimer materiali tarkibiga yaxshiroq taqsimlanishiga va bo‘yash jadalligini oshirishga imkon beradi.

Anorganik pigmentlar guruhiga turli tabiiy va sun’iy (sintez qilish yo‘li bilan olinadigan) oksidlar va metall tuzlari kiradi. Ular, odatda, issiqlik va yorug‘lik ta’sirida chidamli va kimyoviy muhitlarda barqaror bo‘ladi. Plastmassa ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan bo‘yovchi moddalarning 80 % ni anorganik pigmentlar tashkil etmoqda.

Bo‘yalgan plastmassa buyumlar ishlab chiqarishda muhandis-texnologlarni o‘ylantirib qo‘yadigan asosiy muammolardan biri-buyumni bo‘yash usulini to‘g‘ri tanlab olish muammosidir. Polimer materiallarini quyidagi usullarda bo‘yash mumkin:

  1. Polimerni sintez qilish jarayonida reaksiya kechadigan muhitga bo‘yatgichni kiritib, bo‘yalgan polimer kukunlar olish usuli.
  2. Polimerni quruq bo‘yash usuli.
  3. Polimerni suyuqlanmada bo‘yash usuli.
  4. Tayyor buyumni bo‘yatgich eritmasida saqlab, buyum sirtlarini bo‘yash usuli.

Plastmassa granulalarini bo‘yash uchun bo‘yashning “quruq” usulidan qo‘llaniladi, ya’ni qayta ishlashdan oldin aralashtirgichda granulalar yuklanib, bo‘yatgich kukunlari bilan aralashtiriladi. Aralashtirgich barabanining aylanish chastotasi 40–60 ayl/daq. ni tashkil etishi mumkin. Bunda elektrostatik zaryadlar paydo bo‘lib, bo‘yatgich zarrachalari granulalar sirtida bir tekis taqsimlanadi. Ko‘pincha granulalar sirtida bo‘yatgichning yaxshiroq adgeziyalanishi (yopishib olinishi) uchun polimer tarkibiga maxsus yordamchi qo‘shilmalar (masalan, past haroratlarda suyuqlanuvchi parafinsimon moddalar) dan kiritiladi. Bo‘yatgichning polimer hajmiga yaxshiroq taqsimlanishi uchun granulalar bo‘yatgich bilan aralashtirilgandan so‘ng, kompozitsiya ekstruziyalanadi va olingan ekstrudat qayta granulalanadi.

SHuni ham unutmaslik kerakki, quruq bo‘yash usulida plastmassa granulalarini bo‘yatgich kukunlari bilan aralashtirish jarayoniga, pudralash deyiladi. Pudralash bo‘yalgan plastmassa buyumlar olish jarayonining tayyorlov bosqichi bo‘lib, uni amalga oshirishdan asosiy maqsad-polimer hajmida bo‘yatgichni bir tekis taqsimlanishiga erishishdan iborat.

Suyuqlanmada bo‘yash usuli qayta ishlash qurilmalarida (masalan, ekstruderlarda, shnekli mashinalarda) amalga oshiriladi. Bunda bo‘yatgich va granulalar siljish kuchlanishi va deformatsiyasi ta’sirida aralashtiriladi. Natijada bo‘yatgich polimer hajmida bir tekis taqsimlanadi. Ushbu bo‘yash usuli plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasida katta amaliy ahamiyatga molik bo‘lib, uning negizini komponentlarni me’yorlash tashkil etadi.

Plastmassa buyumlarining tashqi ko‘rinishini yaxshilash usullaridan biri-tashqi yuzalariga ranglovchi bo‘yoqlarni etkazish usuli hisoblanadi. Buyum yuzalarini bo‘yash, unga turli rasm va naqshlarni bosish, aplikatsiyalash, dekalkomaniya usullari yordamida buyum yuzalariga turli rangli chizmalarni etkazish mumkin. Bunda buyumni dekorativ buyumga va badiiy san’at asariga aylantirish mumkin. Misol tariqasida plastmassalardan ishlab chiqarilgan shaxmat donalarini ko‘rsatish mumkin. Ayniqsa, buyum yuzalariga etkazilgan lok yoki bo‘yoq uni turli tashqi omillardan va atrof-muhitning zararli ta’siridan muhofaza qilish imkonini beradi.

SHuni ham inobatga olish kerakki, bo‘yash jarayonining samarali kechishi, buyumni kerakli rangga bo‘yash va yuzalarida nuqsonlar bo‘lmasligini ta’minlash uchun, avvalo, polimer materiali qayta ishlashdan oldin quritiladi. Polimer materialini yakka tartibda, ya’ni alohida quritish mumkin. Ammo qayta ishlashdan oldin konsentratni quritish kerak bo‘lsa, unda uni polimer bilan qo‘shib, birgalikda quritish tavsiya etiladi. Agar polimer materiali issiqqa chidamsiz bo‘lsa, unda polimerni vakuumda nisbatan past haroratlarda (yumshayish haroratidan kichik haroratlarda) quritish tavsiya etiladi. Tarkibiga bo‘yatgich kiritilgan polimer kompozitsiyasini qayta ishlash va buyumni bir tekis bo‘yalishiga erishish uchun plastikatsiyalash bosqichi alohida amaliy ahamiyatga ega. Polimer materialini bo‘yatgich konsentratlari bilan bosim ostida quyish usulida bo‘yashni plastikatsiyalanuvchi shnekli quyish mashinalarida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Sifatli bo‘yalgan buyumlar olish uchun kompozitsiyani plastikatsiyalash bosqichida komponentlarni yuqori darajada aralashtirish katta amaliy ahamiyatga ega. Aralashtirish sifatini oshirish uchun shnekning aylanish chastotasi (chiziqli tezligi) va plastikatsiyalash bosimi iloji boricha yuqori bo‘lishi tavsiya etiladi.

Adabiyot:

  1. В. В. Абрамов, Н. М. Чалая. Оценка состояния рынка оборудования для пластмасс в России. Пластические массы, 2001, № 5.
  2. В. В. Абрамов. Состояние и перспективы развития промышленности переработки пластмасс в России. Пластические массы, 1999, № 5.
  3. Новости производства пластмасс / http://abuniversal.webzone.ru/news.htm
Основные термины (генерируются автоматически): Россия.


Задать вопрос