O`uv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №20 (258) май 2019 г.

Дата публикации: 20.05.2019

Статья просмотрена: 1874 раза

Библиографическое описание:

Аслонов, Б. Б. O`uv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari / Б. Б. Аслонов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 20 (258). — С. 603-605. — URL: https://moluch.ru/archive/258/59026/ (дата обращения: 18.12.2024).



В статье обсуждается роль и значение информационно-коммуникационных технологий при обеспечения качества обучения.

Ключевые слова: информационно-коммуникационные технологии, инновация, дидактика, раздаточные материалы, аудио-видео изображения, электронная почта, сеть ЗИЁНЕТ, видеоконференция.

Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, uning huquqiy-tashkiliy hamda moddiy-texnik mustahkamlashga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz qisqa davr ichida milliy AKT infratuzilmasi modeliga ega bo‘ldi hamda bir qator hukumat qarorlari va Prezident farmonlari qabul qilindi.

Bugungi kunda barqaror taraqqiyotga erishishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning o‘rni har qachongidan ham ko‘ra dolzarb bo‘lib borayapti. Qaysi sohaga e’tibor qaratmang, ularning barchasida ushbu texnologiyalardan foydalanish tobora kengaymoqda.

AKT taraqqiyoti har qanday mamlakatning raqobatdoshlik darajasini oshirib, katta qulayliklar eshigini ochadi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab 18,6 ming baza stansiyalar o‘rnatilgan bo‘lsa, mobil aloqa abonentlari soni so‘nggi 10 yilda 7,5 barobar ko‘paydi. SHularga mos ravishda yurtimizda mobil aloqaning to‘rtinchi avlod tarmog‘i — “4G”– LTE salohiyati oshirilmoqda. Mamlakatimiz viloyat markazlarida va Toshkent shahrida “4G”–texnologiyasining bazaviy stantsiyalari ishlatilib kelinmoqda va buning ko‘lami kengaytirilib borilmoqda. Bu aholining telekommunikatsiya xizmatlarini yanada samarali qo‘llashi, yuqori tezlikdagi internetni ta’minlab, davlat tashkilotlaridan kerakli ma’lumotlarni tez va qulay tarzda olish imkoniyatini bermoqda.

Innovatsiyalar televidenie sohasiga ham keng kirib borayapti. Raqamli televideniening asosiy xususiyati — tasvirning sifati. IPTV internet xizmatlari keng ravishda ta’minlanib kelinmoqda [1, с.56].

Kompyuter tarmoqlari hamda unga muqobil axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ta’lim tizimi uchun, eng avvalo, yer sharining istalgan nuqtasidan turib, tezkor ravishda zarur ma’lumotni olish bilan bog‘liq bo‘lgan imkoniyatlar yaratdi. Xususan, Internet global kompyuter tarmog‘i orqali dunyo axborot resurslariga kirish lahzalarda amalga oshirilishi buning yaqqol dalilidir [1, с.104].

Taraqqiyot mevasi bo‘lmish zamonaviy texnologiyalar insoniyatning uzog‘ini yaqin, og‘irini engil qilish maqsadida yaratilgan. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi har soha taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Inkor etib bo‘lmas bir haqiqat bor, bugungi davr vakilining o‘z zamonasi texnologiyalaridan foydalana olmasligi, ularni o‘z hayoti, kasbi va hunariga tadbiq etmasligi nuqson sanaladi. Ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablarida, kasb hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan turli o‘rinlarda unumli foydalanishlari ularning mahoratli mutaxassis ekanligidan dalolat beradi [2, с.87].

Insoniyatning XXI asrga qadam qo‘yishi jamiyat hayotining hamma sohalarida axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan belgilanmoqda. Axborot va uni qayta ishlash borgan sari rivojlanib, ishlab chiqarish darajasiga, davlat resursiga va qimmatbaho tovarga aylanib bormoqda. Zamon talabiga javob beradigan, yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‘jalik yuritadigan yuqori malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash esa davr talabi bo‘lib qoldi. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustaqil o‘rin egallashi uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalarini hayotimizning barcha sohalariga joriy etish zarurdir.

Davlat umummilliy dasturida asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida umumta’lim maktablari, kasb hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarini axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu dastur doirasida ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlanmoqda. Ta’lim muassasalari to‘liq Internet va ZIYONET tarmog‘iga ulandi.

Zamonaviy shaxs shu qadar ko‘p axborotga egaki, u axborotlarni yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz ishlov berishi va ishlatishi mumkin emas. Yildan-yilga bizning hayotimizga kompyuter va u bilan birga axborot-kommunikatsion texnologiyalari jadal kirib kelmoqda. Ta’lim siyosatining hozirgi asosiy maqsadi ta’lim oluvchi shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlarini qondiruvchi muhim va kelajakdagi rivoji uchun zarur yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan zamonaviy ta’lim berishga qaratilgan. Ta’lim muassasalarining pedagoglari va rahbarlarining kasbiy omilkorligini rivojlantirish uchun ularni faoliyatining birinchi kunlaridanoq qo‘shimcha pedagogik ta’limga jalb qilish lozim. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari har bir bosqichda o‘qituvchining eng yaqin ko‘makchisi, malakali pedagogning darsga tayyorgarlik ko‘rishidan tortib, uni sifatli, qiziqarli va natijali o‘tkazishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda eng qulay vositadir. O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda kompyuter orqali didaktik, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar, slayd va dars ishlanmalarini tayyorlashi, internet yordamida esa ularni turli qo‘shimcha ma’lumotlar, qiziqarli surat, audio, video lavhalar bilan boyitishi mumkin. Dars jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilar dunyoqarashi, bilim va ko‘nikmalarini ko‘rish, eshitish va mustaqil bajarish orqali rivojlantirishga ko‘maklashadi [3, с.121].

Darsning har bir bosqichida o‘tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash, yangi bilimlar bayoni, amaliy mashg‘ulotlar laboratoriya ishlarini bevosita axborot texnologiyalari yordamida qisman yoki butunlay amalga oshirish imkoniyati mavjud.

So‘nggi yillarda deyarli barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-laboratoriya jihozlari va zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlandi. SHu bilan bir qatorda ulardan ma’lum jarayonda unumli foydalanish yuzasidan ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘qituvchi pedagoglarning zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishlarini ta’minlash, ular malakasini uzluksiz oshirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tarmoqning elektron pochta, yangiliklar guruhlari, chat-muloqot tarmog‘i kabi keng ommalashgan vositalaridan ta’lim tizimida foydalanish mumkin. Real vaqtda muloqot imkonini tug‘diruvchi hamda aloqa o‘rnatilgach, matnni, tasvir, ovoz yoxud ixtiyoriy faylni uzatish imkonini beruvchi maxsus dasturlar mavjud bo‘lib, bu dasturlar turli masofada joylashgan foydalanuvchilarga lokal va global kompyuter tarmog‘i orqali hamkorlikdagi faoliyatni ta’minlab beradi. Ma’lumotlarni uzatish sifati zamonaviy tizim asosida rivojlanishi natijasida ovozli muloqot texnologiyalari yanada takomillashib bormoqda. Natijada onlayn muloqot tizimi jadal sur’atlarda rivojlana boshladi. Dasturiy ta’minot hamda maxsus uskunalar yordamida Internet orqali audio va video konferensiyalar o‘tkazish imkoniyatlari yaratilmoqda.

Videokonferensiya — odamlarga bir-birlarini ko‘rish, tinglash, ma’lumotlarni almashish va interaktiv rejimda birgalikda ishlash imkonini beradigan, hamda yaqin muloqotda bo‘lishga imkon beruvchi texnologiya. Videokonferensaloqani qo‘llash sohalari juda katta. Misol qilib, meditsina, ta’lim, turli xil ko‘rinishdagi tadbirlar hamda yig‘ilishlarni keltirish mumkin. Bugungi kunga kelib, videokonferensiya texnologiyasini qo‘llamaydigan sohani deyarli yo‘q deb ayta olamiz.

Kerakli ma’lumotlarni internet, elektron pochta yoki turli xil manbalarda olishimiz mumkin ularni to‘la qonli tushunish uchun ancha vaqt hamda kuch sarflanadi. O‘rganish bo‘yicha imkoniyatni yanada oshirish uchun videokonferensiyaning o‘rni juda yuqori. Videokonferensiya orqali ko‘rib anglash, o‘rganish va qo‘llash yuqori samaradorlikka olib keladi. Bugungi kunga kelib ilmiy tekshirish institutlari, universitetlar yirik korxonalar bilan muzokara va turli anjumanlarni videokonferensiyalar yordamida amalga oshirmoqda.

Videokonferensiya quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

Bir paytning o‘zida dunyoning turli nuqtalaridagi mutaxassislarni virtual konferensiya xonasida jamlaydi;

Turli — matnli, audio va videoli ma’lumotlarni online tarzda taqdim etadi;

Ma’lumotlarni birgalikda ko‘rish;

Konferensiya davomida ishtirokchilarni ko‘rish va ularning fikrini eshitish hamda muhokamada aktiv ishtirok etish;

Operativ ravishda maslahatlar (konsultatsiyalar) berish yoki olish.

Demak, videokonferensiya birgalikda ma’lumotlarni interaktiv holda (bir paytning o‘zida) ko‘rish, eshitish va tahlil qilish imkoniyatini yaratib beruvchi texnologiya.

Adabiyot:

  1. R.Ishmuxamedov, А.Аbdukadirov, А.Pardayev. “Ta`limda innivatsion tехnologiyalar. Т.: Тоshkent, 2014.
  2. Fan va ta`limda ахborot-коmmunikatsiya tехnologiyalari: respublika ilmiy-аmaliy коnferensiya materiallari to`plami. Тоshkent, 2017.
  3. М.Аripov. Ахborot техnologiyalari: o`quv qo`llanma. –Т.: Noshir, 2009.
Основные термины (генерируются автоматически): AKT, IPTV, LTE, ZIYONET.


Задать вопрос