Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishda transport infratuzilmasining roli | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Спецвыпуск

Опубликовано в Молодой учёный №24 (158) июнь 2017 г.

Дата публикации: 28.06.2017

Статья просмотрена: 420 раз

Библиографическое описание:

Чупонов, С. О. Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishda transport infratuzilmasining roli / С. О. Чупонов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 24.1 (158.1). — С. 33-35. — URL: https://moluch.ru/archive/158/44585/ (дата обращения: 25.04.2024).



Respublikamiz mustaqillika erishgandan so‘ng, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tub islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, bunday islohot turizmni rivojlantirish sanalib, ushbu sohani rivojlantirishga davlat tomonidan ustuvor ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, turizmning izchil rivojlanishi natijasida transport, bozor infratuzilmasi, savdo-sotiq, oziq-ovqat, qurilish, hunarmandchilik va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlari taraqqiy qiladi.

Shuningdek, mamlakat turizm infratuzilmasini samarali shakllantirishda xorijiy mamlakatlardan qolishmaydigan imkoniyatlarga egaligi bu borada ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi. Chunki, transport infratuzilmasi temir yo‘l aloqalari va avtomobil yo‘llari tarmoqlari, aeroportlar, dengiz portlari sanaladi [1]. Hamda transport infratuzilmasi sifat xarakteristikasi zamonaviy shinam transport vositalari mavjudligi hisoblanadi. Ana shularni hisobga olgan holda, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, hozirgi kungacha zamon talablariga javob beradigan turizm infratuzilmasini tarkib toptirish va rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o‘z ijobiy natijalarini berib kelmoqda.

Avvalo, transport sayohat sifatida turli transport vositalaridan foydalanib, ishlab chiqilgan yo‘nalishlar bo‘yicha turistlar guruhlarining sayohati sanaladi. Ulardan tashqari, avtobus, havo yo‘li va temir yo‘li vositasidagi sayohatlar kengroq tarqalgan bo‘lib, ushbu sayohatlar bir necha transport turlari orqali, ya’ni temir yo‘ldan avtobus, havo yo‘lidan avtobus va boshqa vositalarda amalga oshiriladi. Shuningdek, transport tur sifatida avtobus va yengil avtomobildan mustaqil yo‘nalish kabi turistlarni aeroport yoki vokzaldan mehmonxonaga olib boradi va aksincha undan olib borib qo‘yishda keng foydalaniladi.

Umuman, turizm infratuzilmasi iqtisodiyotning agrosanoat kabi boshqa industriyalariga foyda keltiruvchi bir tarmoq hisoblanib, ushbu xususiyat bilan turizm infratuzilmasi sarmoya va foyda keltiradigan tarmoq ham hisoblanadi. Yuqoridagidardan kelib chiqib, turizm infratuzilmasi deganda turizm tarmog‘ida bo‘ladigan munosabatlar va hodisalar yig‘indisi va yaxlitligi tushuniladi. Bunda turizm tashqi muhit bilan o‘zaro aloqa qiluvchi turizm tashkilotlari va hududlarini o‘z ichiga oluvchi munosabatlar tizimi sanaladi.

Shuningdek, Xorazm viloyati turizm sohasida transport infratuzilmasining o‘zgarish tahlili uning rivojlantirish yo‘nalishlarini bilishni talab qiladi. Chunki, viloyatda transport tizimi iqtisodiyot tarmoqlari yuklarini tashish va aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi va viloyatning izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Xorazm viloyatida har yili 40 ming nafar xorijiy turistlar va 8–10 ming nafar atrofidagi ichki turistlarga xizmatlar ko‘rsatayotgan turizm infratuzilmalarining hozirgi faoliyati o‘rganilib, to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida turizm samaradorligini oshirishda tegishli turizm infratuzilmalarni tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo’ladi [2]:

− Urganch xalqaro aeroporti faoliyatini takomillashtirish va sifatli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha infratuzilmalar yaratish;

− Xorazm viloyatidagi temir yo‘l vokzallari turistik infratuzilmalarini yanada takomillashtirish;

− viloyatdagi mehmonxonalardagi turistik infratuzilmalarning mukammal va sifatli ishlashlari ta’minlash;

− viloyatdagi turistik va ekskursiya obyektlaridagi infratuzilmalarda samarali xizmat ko‘rsatadigan kadrlar bilan ta’minlash.

Shu bilan bir qatorda, Xorazm viloyati turizmini rivojlantirishda pochta, telefon, telegraf, aloqa-kommunikatsiyalari o‘z o‘rniga ega hisoblanadi. Hozirgi kunda Samarqand shahri dunyoning barcha mintaqalari bilan xalqaro so‘zlashuv, internet va faks orqali aloqa qilish imkoniyatiga ega. Biroq, Xorazm viloyatida 2015 yil mobaynida barcha transport turlari tomonidan 51,8 mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,2 foizga ko‘pni tashkil etadi.Hamda yuk aylanmasi barcha transport turlari tomonidan 1343,7 mln. tn.km.ni tashkil qildi va 6,8 foizga ko‘paydi (1-jadval):

Jadval 1

Xorazm viloyatida 2014–2015 yillarda transport vositalarida amalga oshirilgan yuk tashish haqida ma’lumot [3]

Ko‘rsatkichlar

2015 yilda

2014 yilga nisbatan foiz hisobida

Tashilgan yuk, mln. tn. shu jumladan:

51,8

107,2

avtomobil transportida

51,8

107,2

Yuk aylanmasi, mln. tn.km., shu jumladan:

1343,7

106,8

avtomobil transportida

1343,7

106,8

Jadvalga asosan, avtomobil transportida 51,8 mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu 2014 yilga nisbatan 7,2 foizga ko‘paydi hamda yuk aylanmasi 6,8 foizga ko‘paydi va 1343,7 mln. tn-km.ni tashkil qildi. Shu bilan birga, xususiy yuk tashuvchilar avtomobil transportining yuk aylanmasi 2014 yildagi darajasidan 6,3 foizga ko‘paydi va 1126,5 mln. tn-km. ni tashkil qildi. Yuk aylanmasining umumiy hajmida xususiy yuk tashuvchilarning ulushi 83,8 foizni tashkil qildi.

Shuningdek, 2015 yilda viloyatning transport tarmoqlarida yo‘lovchi tashish ishlari ham amadga oshirildi. Bunda transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish va yo‘lovchi aylanmasi quyidagicha ifodalanadi (2-jadval).

Jadval 2

Xorazm viloyatida 2014–2015 yillarda transport vositalarida amalga oshirilgan yo‘lovchi tashishlar haqida ma’lumot [3]

Ko‘rsatkichlar

2015 yilga nisbatan

2014 yilga nisbatan foiz hisobida

Transportda tashilgan yo‘lovchilar, mln.kishi

422,5

105,7

avtomobil transportida

421,7

105,7

shahar elektr transportida

0,8

97,5

Yo‘lovchi aylanmasi, mln. yo‘lovchi-km

4631,7

107,3

avtomobil transportida

4609,0

107,3

shahar elektr transportida

22,7

97,6

Jadvalga muvofiq, 2015 yil mobaynida barcha transport turlari tomonidan 422,6 mln. kishi tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 5,7 foizga ko‘paygan. Hamda yo‘lovchi tashish aylanmasi ushbu davrda 7,3 foizga ko‘payib, 4631,7 mln. yo‘lovchi-km.ni tashkil qildi.

Darhaqiqat, transport infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan sayyohlik sohasini rivojlantirish dasturi turizm infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlik inshootlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish, transport infratuzilmasini taraqqiy ettirish, hududdagi turistik marshrutlar va xizmatlarni takomillashtirish, sayyohlikning yangi yo‘nalishlarini, mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqishni qamrab olgani bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shulardan kelib chiqib, Xorazm viloyati turizmi sohasini rivojlantirishda transport infratuzilmasini takomillashtirishning strategik jihatlari va kelgusi istiqbollari viloyat hududlarida kelajak davrda bo‘ladigan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi bilan belgilanadi.

Bularni yanada takomillashtirish uchun Xorazm viloyati turizmida transport infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida davlat tashkilotlari bilan xususiy sektor o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash lozim. Shu bilan birga, kelajakda Xorazm viloyati turizmida transport infratuzilmasini takomillashtirishning strategik jihatlari va kelgusi istiqbollarini amalga oshirish uchun transport infratuzilmasini rivojlantirish asosida viloyatda chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Shuningdek, Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishda transport infratuzilmasi muhim rol egallaydi. Bu borada turizmda transport tizimini rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslarini chuqur egallash talab qilinadi. Jumladan, buning uchun transport sohasining tutgan o‘rni, transport infratuzilmasi va uning muhim xususiyatlari hamda transport infratuzilmasini tashkil qilish omillarini hisobga olish lozim.

Ayniqsa, Xorazm viloyati turizmida transport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarga ega bo‘lib, istiqbollarini aniqlash transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish imkonini beradi. Bu borada viloyat turizmida transport infratuzilmasining hozirgi ahvolini o‘rganish, transport infratuzilmasining o‘zgarish tahlili va rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlash hamda transport infratuzilmasini takomillashtirishning strategik jihatlari va kelgusi istiqbollari alohida hisobga olinadi.

Ana shulardan kelib chiqib, Xorazm viloyati turizmi sohasida transport infratuzilmasining hozirgi ahvolini transport infratuzilmasi obyektlari tavsiflaydi. Avvalo, turizm infratuzilmasiga hamroh obyektlar, ya’ni infratuzilma holatini yaxshilash quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi:

− hududning turistik salohiyati va kommunikatsiya imkoniyatlarini yaxshilash, shu jumladan veb-sayt yaratish va mehmonxonalarni bron qilishning onlayn tizimini joriy qilish,

− internetga chiqish yo‘llarini kengaytirish to‘g‘risida axborot berish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va foydalanishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

− injenerlik va kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish, Tashqi ishlar vazirligining Urganch shahrida konsullik bo‘limini ochish, shuningdek turistik obyektlarni ko‘rsatish yo‘nalishidagi 21 km. masofadagi yo‘llarni qurish va ta’mirlash.

Umuman olganda, Xorazm viloyati turizmini rivojlantirishga qaratilgan turizm infrastrukturasi, ya’ni avtotransport vositalari, mehmonxonalar, restoran va boshqa xizmat turlariga bo‘lgan talab yuqori bo‘lib, ushbu sohalarga investitsiyalar yo‘naltirilishi katta iqtisodiy samara keltiradi. Ushbu xulosalardan kelib chiqib, Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishda transport infratuzilmasining rolini oshirish uchun quyidagi takliflarni amaliyotga qo‘llash joiz sanaladi:

− turizmni rivojlantirishda transport infratuzilmasi va uni tashkil qilish omillariga alohida e’tibor qaratish;

− viloyat turizm sohasida transport infratuzilmasining o‘zgarishini doimiy tahlil qilib borish;

− viloyatda transport infratuzilmasini takomillashtirishning strategiyasini ishlab chiqib, kelgusi istiqbollarini prognoz qilish.

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:

  1. Mamatqulov X. M. Xizmat ko’rsatish sohasiga oid atamalar va iboralar izohli lug’ati. — T.: Iqtisod-moliya. 2010. — 268–269 b.
  2. Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda turizmning roli. // Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman matеriallari. — Samarqand: SamISI, 24–26 noyabr 2010 yil. — 401 b.
  3. Xorazm viloyati Statistika boshqarmasining ma'lumotlari.


Задать вопрос