Atmosfera havosi tarkibining buzilish sabablari to‘g‘risida | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 18 мая, печатный экземпляр отправим 22 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №20 (258) май 2019 г.

Дата публикации: 20.05.2019

Статья просмотрена: 1871 раз

Библиографическое описание:

Аслонов, Б. Б. Atmosfera havosi tarkibining buzilish sabablari to‘g‘risida / Б. Б. Аслонов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 20 (258). — С. 605-607. — URL: https://moluch.ru/archive/258/59028/ (дата обращения: 10.05.2024).

В статье обсуждаются экологические проблемы атмосферы, типы загрязнений воздуха и пути обеспечения экологического баланса в атмосфере.

Ключевые слова: биосфера, экологический баланс, экологическая проблема, геосистемы, углекислый газ, парниковый газ, озоновый слой, Венская конвенция, пестициды, фреоны, пресная вода.

Ma’lumki oxirgi yillar davomida global iqlim o‘zgarishi muammosi insoniyat oldidagi kechiktirib bo‘lmas, muhim, dolzarb bo‘lib turibdi. Global iqlim o‘zgarishi yer kurrasida faqat haroratning o‘rtacha yillik ko‘tarilishi emas, balki barcha geotizimning o‘zgarishi, Jahon okeanining ko‘tarilishining yuzaga kelishi, muz va doimiy muzliklarning erishi, yog‘ingarchilikning bir tekisda yog‘masligining ortishi, daryolar oqimi rejimining o‘zgarishi va iqlimning beqarorligi bilan bog‘liq boshqa o‘zgarishlar demakdir. Insoniyat oldidagi muhim vazifalaridan biri shuki, iqtisodiy va ekologik muvozanatni mutanosiblashtirish hamda adolatli hal etilishiga erishishdir. SHubhasiz, inson faoliyati iqlimga ta’sir ko‘rsatadi. SHu munosabat bilan tevarak-atrofga zararli ta’sir etishni cheklash uchun hamjihatlikda harakat qilish zarur.

Aholi sonining yildan yilga oshib borishi sanoat va transportning rivojlanishi, fan texnikaning taraqqiy etishi, insonning biosferaga ko‘rsatayotgan ta’sir doirasini kengaytirib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida u yoki bu ekologik muommolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Ekologik muommo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan bog‘liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotiga, hayotida xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog‘liq (stixiyali talofatlar, iqlimning o‘zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‘chib ketishi va boshqalar) har qanday xodisa tushuniladi.

Sanoatlashtirish davri boshlangunga qadar iqlim o‘zgarishiga faqat tabiiy sabablar, ya’ni materik va okeanlarning o‘lchami, yer orbitasi, uning magnit maydonining o‘zgarishi, vulqonlarning otilishi ta’sir ko‘rsatar edi. Biroq hozir hozirgi kunga kelib, yer kurrasida iqlim o‘zgarishining tezlashishi ko‘proq insonning iqtisodiy faoliyati natijasi o‘laroq havoga turli chiqindi gazlar chiqishi tufayli yuzaga kelmoqda. O‘zbekistonda chiqindi gazlarning chiqishi 2005 yilga kelib qariyb 210 mln. tonna SO2 darajasiga yetgan. 2017 yilda esa bu gazning atmosferadagi miqdori keskin oshib ketganligi ko‘pchilik xalqaro axborot vositalarida qayd etilmoqda [1, c. 56].

Tropik mintaqalardagi qurg‘oqchilik tufayli o‘simliklarda karbonat angidridni qayta ishlash hajmi kamayib ketgan. Jahon Meteorologiya Tashkilotining Issiqxona gazlari bo‘yicha yillik hisobotiga ko‘ra, yer atmosferasidagi karbonat angidrid miqdori so‘nggi o‘n yillikdagi o‘rtacha ko‘rsatkichni ortda qoldirgan.

Olimlarning fikricha, karbonat angidrid miqdori atmosferada so‘nggi marta besh million yil avval 0,00045 foizdan yuqori bo‘lgan. AQSH Milliy Okeanshunoslik va Atmosfera Boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra 2100 yillarda CO2 gazining atmosferadagi ulushi 0,00026 foizni tashkil qilgan [1, c.67].

Hisobotda boshqa issiqxona gazlari, jumladan, metan hamda «kuldiruvchi gaz» miqdorining oshgani ham qayd etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1990–2015 yillar oralig‘ida radioaktiv moddalar miqdori 39 foizga ko‘paygan.

Atmosferaga chiqarilayotgan CO2 gazini kamaytirmasdan iqlim o‘zgarishlarini hamda harorat ko‘tarilishini to‘xtatib bo‘lmasligi, shu tufayli zudlik bilan bu boradagi xalqaro bitimlar ijrosini amalga oshirish davrning eng muhim vazifasiga aylanishi zarurdir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, SHveysariyada havodan karbonat angidrid yig‘uvchi dunyodagi ilk zavod ishlayapti va u yiliga 880 tonna CO2 yig‘ish imkoniyatiga ega ekan. Bu miqdor 250 ta avtomobil bir yilda chiqaradigan karbonat angidridga tenglashtirilmoqda. Biroq zavod yig‘adigan gaz yer kurrasi miqyosida arzimagan miqdorga teng, ya’ni avtmosferadagi bor karbonat angidridining 1 foizinigina tashkil etadi, xolos. Bu degani, bunday zavodlardan yana salkam 300 mingtasini qurib, ishga tushirish kerak deganidir [2, c.115].

Hozirgi paytdagi yana bir ekologik muammo — bu atmosferaning ozon qatlamining buzilishidir. Insoniyatning ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish faoliyati natijasida sayyoramizni quyosh radiatsiyasidan himoya qiladigan ushbu tabiiy ekran shiddat bilan yupqalashib borayotganligi oxirgi yillarda surunkali ta’kidlanib borilmoqda. Mazkur ekologik muammoni hal etish maqsadida 1985 yilda dunyoning 148 mamlakati ishtirokida ozon qatlamini himoya qilish to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qabul qilinganligi hammaga ma’lum. 1987 yil 16 sentyabrda esa ozon qatlamini buzuvchi moddalarga doir Monreal protokoli imzolangan. Olimlarning qayd etishicha, odamzotning ozonga zarar etkazuvchi mahsulotlardan foydalanishini to‘xtatish orqali mazkur himoya qatlami tiklanishini 12 yilga tezlashtirish mumkin.

Atmosferaning ozon qatlami quyoshning insoniyat uchun, umuman, yer yuzidagi barcha hayvon va nabotot olami uchun o‘ta zararli bo‘lgan ultrabinafsha nurlarini “tutib” qoluvchi asosiy to‘siq hisoblanadi. U yer yuzidan 15–45 km. gacha yuqorida joylashgan bo‘lib, sayyoramizdagi hayotni muhofaza qilib turadi.

Bu najotbaxsh gaz yer kurrasini quyoshning ultrabinafsha nurlari va boshqa zararli nurlardan himoya qiladi. Agar azon qatlami nobud bo‘lsa, yer kurrasidagi hayot ham yo‘q bo‘ladi va insoniyat ajdodi, o‘simliklar va jonivorlar qisqa muddat davomida afsuslanarli darajada inqirozga uchraydi. CHunki quyosh nurida mavjud bo‘lgan ultrabinafsha nurlari, hatto inson terisidan o‘tib odamning ichki hujayralariga jiddiy zarar etkazishi ham mumkin. SHuningdek, ozon qatlamining emirilishi zararli nurlarning ayovsiz erga yog‘ilishi va shu bilan birga iqlim o‘zgarishlariga ham sabab bo‘ladi. Bu nurlar Erga etishi bilan SHimoliy va Janubiy qutblardagi muzlarning erishi va natijada issiq va quruq mintaqalarni suv bosishi mumkin. O‘simliklarning siyraklashishi va hayvonlardagi genetik o‘zgarishlar ham ozon qatlami teshilishi natijasida amalga oshadi [3, c132].

Ozon qatlami atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azod oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo‘ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib, yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlarning ortishi tirik organizmlarga salbiy ta’sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotganligi aniqlangan.

Ekologik muammolarni keltirib chiqarayotgan ayrim sohalarga qisqacha to‘xtalib, nazar tashlansa quyidagilarni ko‘rish mumkin bo‘ladi:

− xlorftormetanlar (freonlar)dan keng foydalanish tufayli hamda azotli o‘g‘itlar, aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli miqdorda ozon to‘planishiga imkon bermayapti. SHuning uchun maishiy turmushda sovutkichlarda ishlatiladigan freondan foydalanishni qisqartirish va yaqin yillarda uni ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatish ko‘zda tutilgan.

− chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz bo‘lib, u 2,9 % ni tashkil etadi. CHuchuk suv zahirasi asosan qutblardagi muzliklardir.

− pestitsidlardan foydalanish muammosi. Ushbu zaharli moddalar guruhi begona o‘tlar, zararkunanda hasharotlar va boshqa hayvonlar, o‘simliklarda kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashda foydalaniladi. Pestitsidlardan qishloq xo‘jaligida, o‘rmonchilikda, aviatsiya yordamida sepish keng ko‘lamda atrof-muhitni ifloslanishiga olib keladi. Har yili dunyo bo‘yicha hosildorlikni oshirish maqsadida 135 mln tonna mineral o‘g‘it va qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish uchun 1,1 mln tonna pestitsidlar ishlatiladi. YAqin yillargacha O‘zbekiston hududida agrolandshaftlarning har bir gektariga ishlatiladigan pestitsidlarning o‘rtacha miqdori 54 kg atrofida bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 1–2 kg ni, AQSH da 2–3 kg ni tashkil etgan. Pestitsidlar atmosferada uzoq masofalarga tarqalishi, shuningdek, suv orqali dala, daryo, ko‘llardan o‘tib dunyo okeanlarida to‘planadi. Eng xafvli joyi shundaki ular ekologik oziq zanjiriga qo‘shilib, tuproqdan va suvdan o‘simliklarga, undan hayvonlarga va qushlarga nihoyat oziq va suv bilan odam organizmiga o‘tadi. Pestitsidlarning tirik tabiatda va odamga ko‘rsatayotgan zarari jiddiy, shu bilan birga ular tashqi muhit omillariga nisbatan barqaror moddalar hisoblanadi.

− tirik tabiatdagi o‘simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o‘simliklar dunyosi, ayniqsa, o‘rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o‘rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o‘rmonlarning holatini yaxshi deb bo‘lmaydi. CHunki, har yili 3 mlrd m3 hajmda o‘rmonlar qirqilmoqda. FAO ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich yaqin yillar orasida 1,7 martaga ortishi mumkin.

Adabiyot:

  1. SHustov S. B. Ximicheskie osnovi ekologii. –M.: Prosveshenie, 1991.
  2. Denisova V. V. Promishlennaya ekologiya. M-Rostov n/D. Mart, 2007.
  3. Gryazev V. A. Planeta zemlya nujdaetsya v isselenii. –Rostov n/D. Rostizdat, 2006.
Основные термины (генерируются автоматически): AQSH, FAO, экологический баланс.

Похожие статьи

Транс-изомерия компонентов экономической структуры...

Биоэкономика и экобиополитика объединяют для исследования под одним вектором экономику, морские биологические ресурсы, их экологический баланс в контексте соблюдения политической составляющей специфики Азиатско-Тихоокеанского региона.

Анализ проблем функционирования рыбохозяйственного...

В статье представлена современная структура управления рыбохозяйственного комплекса Российской Федерации, проведен анализ основных показателей экономической деятельности, обозначены основные проблемы.

Оценка антропогенной нагрузки на земельный фонд...

В результате проведена комплексная оценка эколого-хозяйственного баланса территории Аулиекольского района по соотношению основных категорий землепользования, с учетом интенсивности антропогенной нагрузки. Определен коэффициент естественной защищенности...

Проблема устойчивого развития в эколого-экономических системах

Основной предмет экологии – изучение совокупности живых организмов, взаимодействующих друг с другом и образующих с окружающей средой некое единство (экологическую систему), в пределах которой осуществляется процесс трансформации энергии и органического вещества.

Органическое сельское хозяйство в контексте стратегии зелёного...

В статье рассматриваются некоторые аспекты функционирования современного агропромышленного производства в контексте стратегий зелёного роста, обоснована актуальность расширенного внедрения органического сельского хозяйства, проанализировано...

К вопросу влияния информации на устойчивое развитие компании

Устойчивое развитие компаний — долгосрочная стратегия их деятельности с целью обеспечения роста стоимости бизнеса, основанная на их эффективном взаимодействии со стейкхолдерами при соблюдении требований экономико-социальной и экологической ответственности бизнеса.

Экологические проблемы Узбекистана и их мониторинг

Предложен и научно обоснован новый подход к проблеме приготовления поглотителей фтористых газов промышленных производств, базирующийся на рациональном использовании механохимических методов воздействия на формующуюся систему и позволяющий получать...

О некоторых экологических проблемах и методах их...

В данной статье приводятся проблемы экологии и некоторые предложения по их предотвращению. Известно, что интенсивная разработка природных ресурсов, нефти, газа, цветных и редкоземельных металлов в регионах приводит к деградации земельных и водных...

Сущность и содержание процесса обеспечения...

В настоящий момент в Российской Федерации реализуется государственная политика в области национальной обороны, государственной и общественной безопасности, устойчивого развития России, адекватная внутренним и внешним условиям.

Глобальная продовольственная проблема и пути ее решения

Ее решение неразрывно связано с другими глобальными проблемами: энергетической, сырьевой, экологической и др.

В связи с этим, при разработке стратегии развития агропромышленного комплекса необходимо использовать экологический подход к...

Задать вопрос