Nemis va o’zbek tillarida unli va ayrim undosh tovush haqida | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Масодикова, З. Х. Nemis va o’zbek tillarida unli va ayrim undosh tovush haqida / З. Х. Масодикова, Ш. С. Хатамкулова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 4.2 (138.2). — С. 22-23. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39349/ (дата обращения: 23.04.2024).



“Bolalar orasida nutq tovushlariga xususan chet til tovushlarni moyillik deyarli bir xil emas, ularning taqlid etish qobilyati ham bir xil emas, demak nutq tovushlarini esash qobilyati ham bir xil emas”1 Yu.M.Kaplanskiy.

O’quvchilarning nemis tilidagi tovushlarni anglab talaffuz etishlariga erishishda ona tili o’quv materiali yordam beradi.nutq organlarini aktiv va passiv artikulatsiyasi qiluvchi organlar, unli va undosh tovush va harflar munosabati va boshqalar bilan tanishadilar. Nemis tili o’qituvchilarining o’zbek tili fonetikasi asoslangani haqida tasavvurga ega bo’lish talab etiladi, bu to’g’ri o’qitish uchun zarurdir.

O’quvchi qanchalik katta yoshda bo’lsa, unga begona tilda to’g’ri talaffuz etishni o’rgatish shunchalik qiyin bo’ladi, chunki nutq organlarining egiluvchanligi yo’qoladi.

Ona tilidagi tovushlarni artikulatsiya qilish malakasi esa mustahkamlanadi. O’quvchilar nemis va ona tili tovushlarini talaffuz etishdagi farqli aniq tasavvur etadi va uni yaxshi yodda saqlaydi. Nemischa [c] tovushi bizning o’quvchilarimiz ucchun ko’pgina mashaqqatlarni tug’diradi. U ikki harfning birikmasidan iborat ch [tse:ha:] — “ ich — Laut” uning artikulatsiya tasviri o’quvchi uchun ko’pgina mashaqqatlar tug’diradi. Shu sababli o’quvchi bo’g’iz to’vushi “x” yoki yumshoq “h” ko’pincha ularga o’qituvchi tushuntirganidek, talaffuz etib qo’ymasliklarini kuzatib bormoq kerak.

Nemis tilida ovozsiz talaffuz etiladigan tovush bor. Uning imlosi Hh harfi bilan ifodalanadi. Bu nafas chiqarish tovushi so’z boshidagi jarangsiz tovushdir: bu o’rinda taqlid tegishli natija bermaydi, agar tilning artikulatsiya qiluvchi harakati o’quvchilarga tushuntirilmasa, ularga yengil nafas chiqarish o’rniga o’zbekcha qattiq [x] ni talaffuz etadi. Buning natijasida [ha:bǝn] so’zi “xaben” shaklini oladi.

Ona tilida esa o’quvchilar tilning uchini pastki yuzasi oldin qo’yiladi va tanglayga taqaladi. Ona tilida esa o’quvchilar tilning uchini to’g’ri yuqoriga tilning oxiriga taqaydilar, chunonchi, lab, latta, loy, lola, lampa, kelmoq va hokazo.

O’zbek tilida [t] fonemasi ruscha qattiq “T” ga yaqin keladi. Til uchi tushuntirilgan holda portlashsiz, nafas tovushisiz talaffuz etiladi. Chunonchi, tarbiya, tarjima, Tohir jonli so’z oxirlarida “T” ko’pincha talaffuzdan tushib qoladi: do’st-do’s, musht-mush.

Kuchsiz unliga aylangan [ǝ] tovushi yozilsa ham, ammo hamma yerda o’qilavermaydi. Faqat be, de (be’achten, ge ‘schriefen) pristavkalarida so’z oxirida — Hilfe.

Tez so’zlashda – en birikmasida shovqinli undoshdan keyin login urg’u yordamida kontekstdan so’zni ajratib ko’rsatilganda kuchsiz unliga aylangan [ǝ] tovushi tushib qoladi.

O’zbek tilidagi so’zlarda a unlisi deyarli barcha o’rinlarda bir xil talaffuz qilinadi. Biroq ayrim so’zlarda o ga o’xshab ketadi, lekin a yoziladi: Davon, Navoiy, vagon, karvon. O’zbek tilidagi til orqa a unlisi boshqa tillardagi o ga shaklan o’xshasa ham talaffuzda farq qiladi. Shunga misol tariqasida shuni aytish mumkinki:

1) Achchiq savol berib, shirin javob kutma;

2) Toza havo — tanga davo;

Tilimizda 6 ta unli tovush bor: a,o,e,o’,u,i. so’zlarning bo’g’inida r,l undoshlaridan oldin kelgan I unlisi bilan bilinar-bilinmas talaffuz qilinsa ham yozuvda I harfi bilan yoziladi. Masalan: biroq, shiroq unli tovushlar ovozdan hosil bo’ladi. E tovushi kecha, ketgan kabi so’zlarda to’liq talaffuz qilinadi.

Telefon, teatr, okean, material kabi so’zlarda iga monand aytiladi.

I [i] unlisi. U asosan so’z leksikasiga oid so’zlarning toq bo’g’inlarida qo’llaniladi. Bu bo’g’inlarda yordamchi urg’u bo’lganligi uchun u reduksiyaga uchragan bo’ladi. U chuqur til orqa undoshlari va bo’g’iz undoshlari bo’lgan undoshlarda qo’llanmaydi. Uning artikulasiyasida til uchi pastga egilgan a pastki til uchiga ekkan, tilning o’rta yuzasi old tomonga siqilgan til ildizi va tanglay devori oralig’i nisbatan keng bo’ladi.

O unlisi o’zbek tilining barcha shevalarida ham uchraydi. Bu unli chuqur til orqa undoshlari yoki bo’g’iz undoshlari bilan kontakt yoki bo’g’iz undoshlari kelgan so’zlarda keladi. Masalan, qol, hol, oq, qoch so’zlaridan unlilar shunday. Bu til orqa unlisi o’z leksikasiga oid so’zlarning faqat birinchi bo’g’inida uchraydi. A unlisi o’zbek tilining o’z va o’zlashgan leksikasining barcha bo’g’inlarida uchraydi. Bu unli chuqur til orqa undoshlaridan keyin yoki shunday undosh qo’llangan so’zlarning auslauti keladi. Masalan, karta, hakima, xazina.

Unli tovush hosil qilishda lab va artikulatsiya o’rnini hosil qilish vazifasini o’tagan. Unda ham og’izning ochilishi va tilning bo’ylama bo’linishi asosiy o’rinda turgan, ya’ni lablangan unlilar uchun og’izning tor ochilishidagi til oldi va til orqa lab lab ishtirokida artikulatsiya o’rin vazifasini o’tagan.



Задать вопрос