Библиографическое описание:

Чупонов С. О. Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlikning ahamiyati // Молодой ученый. — 2016. — №12.4. — С. 66-68.

 

Bugungi kunda turizm nafaqat jahon iqtisodiyotida balki mamlakatimiz iqtisodiyotida ham muhim o`rin egallab bormoqda. Mamlakatga valyutalar kirib kelishida, mahalliy aholining ish bilan ta`minlanishida, mamlakatimizda dunyoga tanilishida va turizm bilan bog`liq bir necha tarmoqlarimizning taraqqiy qilishida turizm muhim ahamiyat kasb qilmoqda. Tadbirkorlik hamda oilaviy tadbirkorlikning taraqqiy qilishi ushbu soha rivojlanishida o`ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Butunjahon turizm tashkilotining «Turizm-2020 yilgacha» mavzusidagi statistik ma’ruzasida 2020-yilga borib xalqaro turistlarning soni 1,6 mlrd kishini tashkil qilib, turizmdan olinadigan foyda 2 trln AQSh dollarigacha yetadi. Turistik oqimning turg’un ravishda o’sishi har yili 3–5 % gacha ko’payadi [1].

Shu jumladan mamlakatimiz iqtisodiyotida ham turizm asosiy sohalardan biri bo`lib mamlakatimizga xorijiy sayyohlarning tashrifi yildan-yilga ko`payib ular hisobiga tushayotgan tushum hajmi oshmoqda. Shuning uchun ham turizmni mamlakatimizda yanada tarraqqiy qildirish mamlakatimizni yanada gullab-yashnashiga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Buning uchun mustahkam me`yoriy-huquqiy poydevor yaratilgan. O`z navbatida, bu aholi bandligini ta`minlash, ichki bozorni mahalliy tovarlar va xizmatlar bilan to`ldirish, demakki, yurt ravnaqi hamda el farovonligiga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz tomonidan esa aholi imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish uchun huquqiy maydon, qonuniy vositalar va kafolatlar tizimi izchil vujudga keltirilmoqda. Tabiiyki, bu boradagi me`yoriy-huquhiy asosni takomillashtirish, ushbu sohadagi islohotlarni izchil rivojlantirish va jadallashtirish bo`yicha zamonaviy talablarga javob beradigan yangi qonun hujjatlarini qabul qilish muhim vazifalar sirasiga kiradi. Shuning uchun ham davlatimiz rahbarining 2012 yil parlament palatalari qo`shma majlisidagi mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish kontseptsiyasi demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilanib, bu borada bir qator takliflar ilgari surilgan edi. Ayniqsa, “Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi bu jarayonlarning mantiqiy davomi bo`ldi, desak xato bo`lmaydi. Jumladan mintaqamizda turizmni rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlikning o`rnini oshirish ushbu soha rivojiga, mahalliy byudjedga tushumlarining ko`payishiga va asosiysi mahalliy aholi bandligini ta`minlanishiga xizmat qiladi.

Ta`kidlash joizki, ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo`lib, iqtisodiy-huquqiy jihatdan esa muhim yangilik hisoblanadi. Chunki, dunyo mamlakatlari qonunchiligi tarixida, jumladan, bizning mamlakat qonunchiligi tarixida ham bugungi kunga qadar biznesning “oilaviy korxona” tarzidagi butunlay yangi tashkiliy huquqiy shakli kuzatilmagan yoki boshqacha qilib aytganda qonun darajasida mustahkamlanmagan edi. SHu o`rinda bir savol tug’iladi. Xo`sh, ushbu qonun qonunchilik tizimimizda qanday o`rin egallaydi va u bizning milliy an’analarimizga qay darajada mos keladi? Shuningdek, qonun mamlakatimizda xo`jalik yuritish faoliyatining bugungi mavjud holatiga qanchalik javob bera oladi, kabi savollarni tug’diradi. Mamlakatimiz turizmini rivojlantirish orqali turistik faoliyatni yaxshilash va ichki bozorda raqobatni kuchaytirish, o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish zamon talabi bo’lib qolmoqda.

Kеyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkоrlikni rivоjlantirish bоrasida bir qatоr ishlar amalga оshirildi: ulgurji va chakana savdо tizimi islоh qilindi; kichik tadbirkоrlik kоrxоnalariga infratuzilma bo`linmalari tоmоnidan xizmat ko`rsatishning samarali tizimi yaratilmоqda; kichik tadbirkоrlik subyektlarining qоnuniy huquqlari va manfaatlarini muhоfaza qilish hamda tadbirkоrlik erkinligini kafоlatlash tizimi shakllanmоqda; tadbirkоrlarni Davlat ro`yxatiga оlish va hisоbga qo`yishning yengillashtirilgan va xabardоr qilish tartibi jоriy etildi; birja savdоlari оrqali tadbirkоrlarning mоddiy-tеxnik rеsurslarni erkin sоtib оlishiga qulay shart-sharоit yaratildi; mahsulоt ishlab chiqaruvchi kоrxоnalarning mahsulоtlarini majburiy standartlashtirish va sеrtifikatlash jarayoni sоddalashtirildi; sоliq yukini pasaytirish va sоddalashtirish chоralari ko`rildi; statistika va sоliq hisоbоtining qisqartirilgan shakli kiritildi; kichik tadbirkоrlik subyektlarining tashqi iqtisоdiy faоliyati erkinlashtirildi; ish bоshlоvchi tadbirkоrlar uchun dastlabki sarmоyani shakllantirish va bоshqa shakllardagi yangi mоliyaviy qo`llab-quvvatlash tizimi jоriy etildi va bоshqalar.

Bugungi kunda kichik biznеs va xususiy tadbirkоrlik subyektlari mamlakatimiz iqtisоdiyotining barcha jabhalarida, mashinasоzlik mahsulоtlari ishlab chiqarishda, xalq istе’mоli mоllarini, qishlоq xo`jaligi va оziq-оvqat mahsulоtlarini ishlab chiqarishda hamda bоshqa sоhalarda faоliyat yuritmоqda. Kichik kоrxоnalar ishlab chiqargan mahsulоtlar davlat kоrxоnalarida ishlab chiqarilgan mahsulоtlardan sifati jihatidan qоlishmasligi, hattо, ayrim hоllarda ulardan yuqоri turishi bilan ajralib turadi.

Rеspublikamizdagi kichik biznеs va xususiy tadbirkоrlik subyektlari faоliyatining 60–70 fоizi bеvоsita ishlab chiqarish bilan uzviy bоg`liq, ular fеrmеrlar, dеhqоnlar, sanоatchilar va qishlоq xo`jaligi mahsulоtlarini qayta ishlоvchilar va hоkazоlardir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2005 yil 28 martdagi PF-3588-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro'yxatga muvofiq, oilaviy korxonalar xalq badiiy hunarmandchiligi va qo'lda ishlangan amaliy san'at buyumlarini sotishdan olinadigan daromaddan 2017 yilning 1 yanvarigacha bo'lgan davrda yagona soliq to'lovi to'lashdan ozod etildi. Oilaviy korxona o’zi ishlab chiqargan xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini realizatsiya qilishdan olingan tushum bo’yicha yagona soliq to’lovini to’lashdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinadi. Bunday buyumlarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Oilaviy korxonaga kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar tadbiq etiladi [2].

Ta’kidlash lozimki, oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lganda amalga oshirishi mumkin. Oilaviy korxonaning aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulotni ishlab chiqarishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalar kavlab olishni, shuningdek, yuridik shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliq yoki yagona yer solig‘i to‘lash nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirishi mumkin emas.

1-jadval. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun yagona soliq to’lovi stavkasi (foizda) [3]

 

Jadval ma`lumotlaridan shuni alohida ta`kidlashimiz mumkinki, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning har qanday turlarini tashkil qilishda ko`pgina iqtisodiy imtiyozlar berilishi bilan birgalikda, soliq yuki ham yildan-yilga kamayib kelayotganini ko`rishimiz mumkin. Oilaviy korxona qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda yagona soliq to‘lovini to‘lovchidir, oilaviy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin uning ishtirokchilari tasarrufiga o‘tadi hamda unga soliq solinmaydi. Qonunda oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, kommunal infratuzilma xizmatlari, xususan elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti haqini to‘lash aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshiriladi. Kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minoti korxonalari zarur kommunikatsiya tarmoqlarining oilaviy korxona faoliyati amalga oshirilayotgan joygacha yetkazilishini hamda ulanishini aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida ta’minlaydi.

Davlat oilaviy korxonaning huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi. Davlat organlari oilaviy korxonani rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashishi doirasida foydalanilmayotgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarda tovarlar ishlab chiqarishni, ishlar bajarishni, xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun oilaviy korxonaga ijaraga berilishini, ishlab chiqarish maydonlari qurish uchun oilaviy korxonaga yer ajratilishini, oilaviy korxona ishlab chiqarish ob’ektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini, oilaviy korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun maxsus joylar berilishini ta’minlaydi.

Hozirda mamlakatimizda, qolaversa viloyatimizda oilaviy korxonalar, oilaviy mehmonxonalar va boshqa oilaviy tadbirkorlik turlari tashkillashtirilib faoliyat yuritmoqda. Ammo ushbu sohada yechilishi lozim bo`lgan bir talay muammolar ham yo`q emas.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, “Oilaviy tadbirkorlik to`g’risida” gi qonunning kuchga kiritilishi va uni hayotga tatbiq qilinishi;

birinchidan, oilalarning, qolaversa har bir oila a`zosining real daromadlari oshishiga,

ikkinchidan, mamlakatda mahsulot sifati va hajmini ortishiga,

uchinchidan, mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish borasida raqobat muhitini shakllanishiga,

to`rtinchidan, imkoniyati cheklangan shaxslar bo`lgan nogironlar, yoshi keksa, ammo tajribasi katta oila boshliqlarini, tahsil olayotgan yoshlarimiz mehnatidan foydalanishga,

beshinchidan, norasmiy sektorda faoliyat yuritayotganlarni bosqichma-bosqich rasmiy sektorga olib chiqilishiga,

oltinchidan, har bir individni ichki imkoniyatlarini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishiga, mehnat faoliyatida o`zini ijtimoiy maqomini tanlab olishiga,

ettinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida mehnat resurslarini yanada kengroq jalb qilish imkoniyatini kengaytiradi va eng muhimi foydali mehnat bilan band bo`lgan aholi sonini oshishiga va o`rta sinfni shakllantirishda muhim omil sanaladi.

Yuqoridagi xulosalarga tayangan holda mamlakatimizda, jumladan viloyatimizda oilaviy tadbirkorlikni yanada taraqqiy qildirish uchun quyidagi takliflarni berishimiz mumkin:

birinchidan: oilaviy tadbirkorlik rivoji uchun hukumatimiz tomonidan qilinayotgan, xususan mexmonxona xo’jaligida, ishlarni yoshlar o’rtasida targ’ibot tashviqot ishlarini olib borish;

ikkinchidan:chet davlatlarga ishlash uchun ketmasdan, o’z ona yurtimizda o’z oilamiz bilan birlashgan holda milliylikni aks ettirib, o’z ish faoliyatini olib borish;

uchinchidan:Oilaviy mexmonxonalar ochilishini qo’llab-quvvatlash, oilaviy mexmonxonalar ochilishidagi to’siqlarni kamaytirish.

to’rtinchidan: Turizm sohasidagi Oilaviy biznesni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlarni uzoq muddatli qilib berish (10 yil va undan ortiq). Masalan, chet elda oilaviy biznesni rivojlantirish uchun bunday kreditlar 50 yilgacha beriladi. Chunki turizm sohasi mavsumiy bo’lganligi sababli 10 yildan kam muddatda ularni qaytarish tadbirkor uchun iqtisodiy jihatdan mushkul hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda oilaviy biznesni yuritish milliy an’analarimizga, xo‘jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to‘la mos keladi. Mazkur faoliyatning amalga oshirilishi nafaqat oilalar farovonligini ta’minlash, balki mamlakat taraqqiyotiga ham xizmat qiladi. Bunda oilaviy biznesning huquqiy kafolatlarini takomillashtirish muhim o‘rin tutadi. Bu esa ayni paytda iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va keng rivojlanishi hamda yangi ish o‘rinlari ochilishi uchun sharoit yaratadi.

 

Аdabiyotlar:

 

1.                  http://www.wto-marketing.ru

2.                  2010 yil 30 martdagi «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atini rivojlantirishni yanada qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi PF-4210-sonli Farmoni.

3.                  O`zbekiston Respublikasi davlat soliq qo`mitasi ma`lumotlaridan.

Обсуждение

Социальные комментарии Cackle