Библиографическое описание:

Бектурдиев Ж. К. Turizmni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni // Молодой ученый. — 2016. — №12.4. — С. 40-42.



 

Turizm bugungi kunda tez rivojlanayotgan va daromadi bo’yicha yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. So’nggi yillarda turizm jahon eksportida o’zining ulkan hissasiga ega bo’ldi va butunjahon yalpi ichki mahsulotining 11%ini tashkil qilmoqda. So’nggi 40 yil davomida boshqa mamlakatlarga tashrif buyuruvchi turistlar soni 20 martaga turizmdan keluvchi daromad 60 martaga oshdi va xalqaro turizmdan olinuvchi daromad 400 mlrd dollarga etdi.

Xususan, O`zbеkistоnda erishilayotgan muvaffaqiyatlar zaminida iqtisоdiyotni libеrallashtirishni chuqurlashtirish, mamlakatni mоdеrnizatsiyalash, barcha sоhalarni, хususan, hizmat ko`rsatish sоhasining еtakchi tarmоqlaridan biri bo`lgan turizmni ham barqarоr rivоjlantirish yotibdi.

Rеspublika Prеzidеnti I.A.Karimоv ta'kidlaganidеk "Barchamizga ayonki, хizmat ko`rsatish sоhasi iqtisоdiyotimizni barqarоr rivоjlantirishning eng muhim manbai va оmili hisоblanadi. Jahоn tajribasi bugun aynan ushbu sоha yalpi ichki mahsulоtni shakllantirish, ahоli bandligini ta'minlash, оdamlarning farоvоnligini оshirishda еtakchi o`rin tutishini ko`rsatmоqda"[1]. Darhaqiqat, hоzirgi kunda hizmat ko`rsatish tarmоg`ining muhim tarkibiy qismi bo`lgan turizm sоhasini jadal sur'atlarda rivоjlantirish mamlakatimiz iqtisоdiyotining ustuvоr yo`nalishlaridan biri hisоblanadi.

Turizm dunyo tamaddumining bosh gultoji bo`lib, hozirgi kunda sayohat insoniyat maqsadlarining asosini tashkil qilib kelmoqda. Ayniqsa, milliy turizmning rivojlantirish istiqbollari, O`zbekistonda turizm industriyasining jahon bozoridagi mavqeini oshirishga ko`maklashadi. Fikrimizning isboti sifatida bugungi kunda turizm sohasida katta yutuqlarga erishilayotganligi, tez sur’atlar bilan o`sib borayotganligi, yangidan – yangi mehmonxonalarning barpo etilayotganligi, ishchi o`rinlari sonining ko`payishi, malakali mutaxassislarning ortib borishi, turistlar oqimining yildan – yilga ko`payayotganligini ta’kidlab o`tishimiz joiz deb hisoblaymiz. Albatta O`zbekistonning qulay iqlim sharoitlari va o`ziga xos landshaftini inobatga olganda sport va ekologik turizmning rivojlanishi uchun barcha asoslar mavjud. Farg'ona vodiysi va Toshkent viloyati ajoyib tog' tizimlari, gullagan vodiylar va ajoyib tog' daryolariga boy. Tog'ning toza havosi, yil davomida quyoshli kunlarning ko`pligi, ajoyib tog' manzaralari nafaqat O`zbekiston fuqarolarining, balki Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston kabi qo`shni mamlakatlarning aholisi ham tashrif buyuruvchi turizm obyektlariga aylanishiga imkon beradi. O`zbekiston hududida mineral suvlarning turli xil turlari keng tarqalgan, mamlakatdagi 300 dan ortiq shifobaxsh yer osti mineral suv manbalariga ko`plab odam tashrif buyuradi. Hozirgi kunda bu manbalardan 121 tasi faoliyat yuritmoqda. Chimyon va To`rtko`l kabi tog' – chang'i sportini rivojlantirish mumkin bo`lgan bir qancha tog' maskanlari mavjud. Baland qorli tog'lar, alpinizm, speleoturizm, daryo turizmi kabi turli tog' turizmi turlarini amalga oshirish imkonini beradi. Shifobaxsh giyohlarning ko`pligi turli xil ekologik turlar, turli giyohlar va o`simliklar yig'ish uchun turlarni tashkil etishga imkoniyat yaratadi. Bu esa ko`plab chet ellik turistlar orasida qiziqish uyg'otadi. Turizmning hozirgi holatini baholar ekanmiz, shuni qayd etish muhimki, O`zbekistonda infratuzilmaning rivojlanish darajasi chet ellik turistlarning ehtiyojlarini to`liq qondira olmayapti. Infratuzilmaning rivojlanmaganligiga raqobat va takomillashishni rag'batlantirish imkonini bermagan avvalgi ma'muriy-buyruqbozlik  tizimi sababchi hisoblanadi. Infratuzilma yetarlicha rivojlanmagan taqdirda turistlar oqimini ko`paytirish va shunga mos ravishda valyuta tushumini ko`paytirish mumkin emas. Bundan kelib chiqqan holda infratuzilmaning ahvoli turizmning rivojlanishi va mamlakat imidjini shakllantirishga bevosita ta'sir ko`rsatadi. Avvalo, shuni alohida qayd etish lozimki, O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishmaguncha turizmga yetarlicha e'tibor qaratilmagan. Respublikaning turistik salohiyati to`g'risda obyektiv ma'lumotlar va reklama umuman bo`lmagan. Turizm, xizmat ko`rsatish va ko`ngilocharlik infratuzilmasi rivojlanmagan, turistlarga xizmat ko`rsatish darajasi past bo`lib, jahonning yetakchi turistik korxonalari bilan aloqalar bo’lmagan desa ham bo’ladi. Hozirda  O`zbekiston hududida turizm infratuzilmasi bir tekisda taqsimlanmagan. Toshkent shahri va viloyatida respublika turizm salohiyatining 36 % qismi jamlangan. Yirik infratuzilma salohiyatiga to`rt viloyat (Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm) va Toshkent shahri ega, Farg'ona vodiysi 19% turizm infratuzilmasiga ega.

O`zbеkistоnda iqtisоdchi оlimlaridan M.Pardaеv, R.Atabaеv, I.S.Tuхliеv, F.X.Kudratоv, N.Tuхliеv, T.Abdullaеva, A.S.Sоliеv, M.R.Usmоnоv, M.M.Muхammеdоv, D.K.Usmanоva, M.Хоshimоv, A.Nоrchaеv, B.Turaеv, О.Х.Хamidоv, A.A.Eshtaеvlar turizm sоhasida ilmiy-tadqiqоt ishlari оlib bоrganlar[2].

Turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida turistlar qabul qiluvchi mamlakatga daromadni keltiradi, yuqori valyuta tushumini ta'minlaydi, aholini ish bilan bandlik darajasini oshiradi. Turistlarga xizmat qilish uchun mehmonxona kerak bo`ladi. Bu yerda ular ovqatlanishi lozim. Turli tomoshalarga kiradilar va ularda qatnashadilar. Ko`p hollarda agar ular xorijiy turistlar bo`lsa, valyuta tushumining ko`payishini ta'minlaydi.

Turizm nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy soha hamdir. Buning iqtisodiy samaradorligi bilan birga ma'naviy, ruhiy va intellektual ahamiyati ham juda katta. Shu tufayli ushbu sohaga davlat alohida e'tibor berib, ma'lum imtiyozlar ham belgilaydi. Odamlar bu imtiyozlardan faqat turist bo`lganliklari uchun foydalanadilar. Bu ham turizmning o`ziga xos xususiyati va katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatidan dalolat beradi. Imtiyozlar turistlarning bojxona postlaridan o`tishda, soliq to`lashda, chetga chiqishda pasportiga ruxsat berishlarida, avia va temir yo`l transportlariga chiptalar olishda, ularni rasmiylashtirishlarda namoyon bo`ladi. Turizmning mahalliy aholi uchun ham katta foydasi bor. Ular ish bilan ta'minlanadi, turli millat, elat va xalq vakillari bilan muloqotda bo`ladilar va ularning turli an'ana va qadriyatlari bilan tanishadilar, doimiy daromad olib turish imkoniyati ega bo`ladilar, mahsulotlarni sotish imkoniyatiga ega bo`ladilar, mahalliy aholi imkon qadar o`zlarining an'ana va qadriyatlarini namoyish qilish uchun uni saqlab qoladilar va unitilganlarini tiklaydilar, mehmon kutishning jozibador an'analarini tiklash bilan birga mehmondorchilik an'anlarini takomillashtirib boradilar. Oxir oqibatda mahalliy aholining dunyoqarashi, madaniy saviyasi ham mutassil o`sib boradilar.

Turizmning rivojlanishi davlat uchun ham juda foydalidir. Xususan u turizmni rivojlantirish evaziga o`z iqtisodiyotining yuksalishiga erishadi, davlat byudjetiga tushumlarning ko`payishini ta'minlaydi, tabiiy resurslarni asrab-avaylashga erishadi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini ta'minlashga harakat qiladi va unga erishadi, xalqlararo aloqalarga erishadi, madaniy aloqalar kengayadi, valyuta tushumi ko`payadi va h.k. Turizm mahalliy aholi hayotiga ijobiy hamda salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin. Ijobiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  ish o`rinlarini yaralishi;

  daromadni ko`payishi, mahalliy aholini yashash darajasini oshishi;

  urbanizatsiya jarayonini tezlashishi, shaharcha xizmat, infrastruktura, madaniyat tashkilotlarini rivojlanishi;

  ijtimoiy va madaniy jarayonlarining tezlashishi;

  mahalliy madaniyat o`choqlarning yaralishi, xalq ijodiyoti, an'analari, rusumlarini rivojlanishi;

  qishloq xo`jaligi mahsulotlari va mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga talabni oshishi;

  mahalliy madaniy yodgorliklarni tiklanishi va muhofazasi;

  tabiiy komplekslarning kengayishi;

  mintaqa jozibadorligini oshishi;

  mahalliy madaniy hayotni jonlanishi;

Salbiy xususiyatlari quyidagilar:

-    malakasiz mehnat ulushining o`sishi;

-    umumjamiyat normasini buzulishi oshishi (ichkilik, fohishabozlik, bezorilik);

-    oila "eroziyasi" (oilaviy ajralishlar, yoshlarni hayotga yengil qarash kelishmovchiliklar va h.k);

-    mahalliy aholi va turistlar o`rtasidagi va boshqalar.

O`zbekistonda turizmning rivojlanish holatlarini tahlil qilar ekanmiz, yurtimizda turizm sohasiga bo'lgan e’tibor oshganini va tashrif buyuruvchilar salmog`i ko’payganini kuzatishimiz mumkin.

O`zbekistonda turizm rivojlanishining iqtisodiy natijalari [3]

1№

Ko`rsatkichlar

1995-y

2000-y

2008-y

2011-y

2012-y

2013-y

11.

Turizm xizmati, jami mln.so`m

811.1

6882,1

17549,8

21213.5

27153.3

34756.2

22.

Foyda, jami mln.so`m

236,7

443

581,3

601.7

794.2

1072.2

33.

Xizmat ko`rsatish, ming turistlar

458,4

770,2

738,7

935.7

909.3

1060.0

 

Ulkan xilma-xil sayohatlar malum guruhlari orasidan zarurlarini ajratish shundan iboratki, turizmning konkret turi ko`p jihatdan tur bo`yicha xizmatlar to`plamini, narx belgilashni taqazo etadi. Safar tashkilotchisi faoliyati xarakteri, qabul qiluvchi mintaqa xususiyati, marketing va turistik biznesni boshqarish bo`yicha yetakchi faoliyat o`rnini egallovchi boshqa ko`plab parametrlarni belgilaydi. Xalqaro turizm tasnifini keltirish bo`yicha ko`proq yoyilgan belgilar taklif tipi, safarni uyushtirish usuli, sayohat maqsadi, harakatlanish usuli hisoblanadi.

Dam olish va rekreatsion turizmga dam olish maqsadidagi turli ko`rinishdagi turizm, diqqatga sazovor joylar bilan tanishish, sport bilan shug`ullanish, ekzotik dam olish, tematik safarlar kiradi.

Takliflar turi bo`yicha tasniflashda guruh va yakka holdagi xorijiy turizm tushuniladi. Turistik biznesda professionallar bir-birini yarim so`zda tushunadigan bir qator atamalar mavjud. FIT va GROUP atamalari ko`proq ishlatiladigan atamalar hisoblanadi. FIT xorijiy mustaqil sayohatchi, ruschada individual turist deb ataladi. U sayohat yo`nalishi va jadvalini o`z xoishiga qarab o`zi belgilaydi. Yakka turist turagentlik xizmatidan foydalanishi mumkin. Lekin sayohatni mustaqil tashkil etishi ham mumkin. Masalan internet orqali. Kompleks xizmat ko`rsatish guruh turizmi uchun taklif qilingan xizmatlarning asosiy tipi hisoblanadi. Turist turpaketni sotib oladi. Unda tur qiymatiga qo`shilgan xizmatlar to`plami qayd etilgan bo`ladi. Odatda turpaket qiymati turpaketga kirgan ayrim xizmatlar qiymati summasidan pastroq bo`ladi.  Guruh turpaketi guruh vaucheri bilan rasmiylashtiriladi. Guruh turistlari uning evaziga kompleks xizmat ko`rsatishlarini oladi. Bunga aviatashish, mehmonxonaga joylashish, ovqatlanish xizmati, ekskursiya va boshqa xizmatlar kiradi.

Safarni tashkil etish bo`yicha tasniflash. Tashkillashtirilgan turizm turistik firma tomonidan yakka yoki guruh holidagi turistlarga tashkil qilingan sayohat. Tashkillashtirilgan turistlar turoperatorlar yoki uning agentidan turli xizmatlar to`plami bilan turpaketlarni sotib olish huquqini oladi.

Sayohat maqsadi bo`yicha tasniflash. BTT bosh maqsadga bogliq holda safarni quyidagi guruhlarga bo`ladi:

-                     Dam olish va rekreatsiya;

-                     Ijtimoiy maqsadlar;

-                     Ishga aloqador va kasbiy maqsadlar;

-                     Tanishlar, qarindoshlarnikiga tashrif buyurish;

-                     Diniy(ziyorat).

Turistik infratuzilmalar o`z tarkibiga mehmonxonalar, ovqatlanish korxonalari, aloqa yo`llari yig`indisi, kommunikatsiyalar, tashkilotlar, do`konlar, sport inshootlarini birlashtiradi va turistik xizmat ko`rsatuvchi korxonalar bilan chambarchas holda bog`langandir. Turistik infratuzilmaning turistik zaruriy shart sharoitlarini, sayyohlarning xavfsizligi, sog`lik salomatligini ta`minlashga qaratilgan. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki turizm bugungi kunda eng daromadli sohalardan biri sifatida tan olinmoqda. Shu jihatdan ko’pchilik davlatlar tomonidan turizmni rivojlantirish borasida bir qancha dasturlar ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirishda turizm sohasi ham katta imkoniyatlarga ega. Asosan xalqaro turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida turizm mamlakatimizda yetakchi sohalardan biriga aylanadi.

 

Аdabiyotlar:

 

1.                  2015 yilda iqtisоdiyotimizda tub tarkibiy o`zgarishlarni amalga оshirish, mоdеrnizatsiya va divеrsifikatsiya jarayonlarini izchil davоm ettirish hisоbidan хususiy mulk va хususiy tadbirkоrlikka kеng yo`l оchib bеrish – ustuvоr vazifamizdir. O`zbеkistоn Prеzidеnti Islоm Karimоvning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlantirish yakunlari va 2015 yilga mo`ljallangan iqtisоdiy dasturning eng muhim ustuvоr yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. Хalq so`zi. 17 yanvar 2015 yil.

2.                  Eshtaеv A.A., Nоrchaеv A.N., Ruziеv S.S. O`zbеkistоn Rеspublikasida turizm hizmati va sеrvis sоhasini rivоjlantirish yo`llari. T.: TDIU, 2007. – 38 b.

3.                  Manba:“Turizm infratuzilmasini rivojlantirishning metodologik, uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman materiallari, Samarqand-2014

Обсуждение

Социальные комментарии Cackle